177
bo‘ladilar. Biroq ular
faqat asosiy ranglarni yaxshi biladilar, murakkab
ranglar, masalan, sarg‘ish, ko‘kimtir, pushti, jigarrang, to‘q qizil, och havo
rang, zangori, binafsha rang, oqimtir, timqora kabilarni esa yaxshi
bilmaydilar. Bog‘cha yoshidagi
bolalar bu murakkab ranglar
ning nomini
ham to‘g‘ri ayta olmaydi. Shuning uchun bolalar gaplarning bunday
murakkab nomlarini tarbiyachilardan eshitish orqali o‘zlashtiradilar. Ba’zi
paytlarda esa o‘zlari bilganlaricha ayta boshlaydilar. Masalan, timqorani —
ja qora, pushti rangni
—
sal qizil, yashil, zangori, binafsha ranglarni umumiy
ravishda «ko‘k» deb ataydilar.
Har bir tarbiyachi o‘z ish tajribasidan biladiki, kichik guruh bolalariga
nisbatan katta guruh bolalari ranglarning o‘zini ham, nomlarini ham yaxshi
farqlay oladilar. Bu, albatta, mashq qilish va turmush tajribasining ortishi
natijasidir. Bolalar yorqin (juda yaltiroq) ranglarni yoqtiradilar. Yorqin
ranglar ularga qandaydir zavq bag‘ishlaydi.
Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farqlay olmaydi. Unga
ranglarning farqini
bilishga yordam qiladigan o‘yinchoqlar berish lozim.
Bolalar rasmli kitobchalar va o‘yinchoqlar bilan shug‘ullanganlarida ularni
ko‘zlariga juda yaqin tutadilar. Ma
na shunday paytlarda bolalarga rasmli
kitob va o‘yinchoqlarni ko‘zlaridan birmuncha uzoqroq
masofada tutishni
o‘rgatish lozim. Bolalarni ta’limiy mashg‘ulotlardan so‘ng kengroq joyga olib
chiqib, ochiq havoda o‘ynatish kerak. Bunda bolalar uzoq masofa va
manzaralarni tomosha
qiladilar hamda shuning bi
lan birga mashg‘ulotda
toliqqan ko‘zlariga
dam beradilar.
Shunday qilib, bog‘chada bolaning tasavvuri, xotirasi, tafakkuri va
xayolining taraqqiyoti uchun turli-
tuman yorqin obrazlar beruvchi ko‘rish
sezgisining faoliyatini har xil mashqlar orqali izchil ravishda oshirib borish
kerak.
Bog‘cha yoshi
dagi bolalarning psixik jihatdan taraqqiy etishlarida
eshitish sezgisining ham roli juda kattadir. Bola eshitish orqali nutqni
egallaydi. Nutq esa inson taraqqiyotining eng muhim manbalaridan biridir.
Eshitish sezgisi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, bolalar
da
yildan yilga tez
rivojlanadi. Agar bog‘cha yoshidagi bolaning eshitish a’zosi (qulog‘i) biron
kasallikka uchramay, normal rivojlanib borsa, tez orada kamolotga erishadi
va natijada eshitish sezgirligi kuchayadi. Bolalarning eshitish a’zolari
anatomik jihatdan katta odamlarnikiga nisbatan birmuncha nozik va zaif
bo‘ladi. Ayr
im
bolalarning ko‘rish sezgilari zaifroq bo‘lgani singari boshqa
bir bolalarning eshitish sezgilari zaifroq bo‘lishi mumkin. Tarbiyachi
bog‘cha yoshidagi bolalar eshitish sezgilari sezgirligini tekshirib ko‘rishi
kerak. Yaxshi eshitmaydigan bolalar odatda anqov va hadiksiraydigan
bo‘ladilar. Bunday bolalar «kar», «karquloq», «anqov» degan laqab olishdan
qo‘rqib, o‘zlarining ayblarini hech kimga, hatto tarbiyachiga ham
178
bildirmaslikka ti
rishadilar. Eshitish sezgisi zaif bo‘lgan bolalar nutqi
o‘zlashtirishdan orqada qoladi. Bu
esa ularning umuman psixik
taraqqiyotdan orqada qolishlariga olib kelishi mumkin.
Tarbiyachi eshitish sezgisi zaif bo‘lgan bolalarni aniqlab olgandan
so‘ng ularga nisbatan individual munosabatda bo‘lishi kerak. Bunday
bolalarni hikoya o‘qib berish yoki suhbatlashish kabi mashg‘ulotlarda eng
oldingi qatorga o‘tkazish lozim. Bundan tashqari, eshitish sezgisi zaif bolalar
ayrim narsalarni qayta-
qayta so‘raganlarida ularn
i jerkib tashlamay,
osoyishtalik bilan aniq javob berish lozim. Ba’zi bir ota
-onalar va
tarbiyachilar bunday bolalarning qayta-
qayta so‘roqlariga
osoyishtalik
bilan javob berish o‘rniga «Ha, nima, karquloqmisan eshitib o‘tir, ovsar!»
deb urishib beradilar.
Natijada bola o‘z tengdoshlari o‘rtasida mulzam
bo‘lib, ikkinchi marta so‘rashga yuragi bezillaydigan bo‘lib qoladi. Mana
shunday g‘ayripedagogik munosabatda bo‘lish bolaning umumiy psixik
taraqqiyotiga juda sal
biy ta’sir etadi. Chunki bola eshita olmaga
n va,
binobarin, tushuna olmagan narsalarni kattalardan so‘rab olish o‘rniga, o‘zi
bilganicha talqin qilishga odatlanib qoladi. Ana shularni nazarda tutib,
bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy bilish qurollari bo‘lgan ko‘rish va
eshitish sezgilarini normal rivojlanti
rish ishiga zo‘r mas’uliyat bilan qarash
lozim.
Bog‘cha yoshidagi bolalar umuman ta’mni emas, balki ta’mning barcha
turlarini deyarli ajrata oladilar. Hidlarga nisbatan ham xuddi shunday. Biroq
bu ishdagi bolalarning turmush tajribalari juda ozligi tufayli ayrim
hidlarning nomini to‘g‘ri ayta olmasliklari mumkin. Bog‘cha
yoshidagi
bolalarning hid va ta’m bilish a’zolari anatomik tuzilishi jihatidan katta
odamlarning hid va ta’m bilish a’zolaridan deyarli farq qilmasada, lekin
funksiyasi, ya’ni o‘z vazifasini qay darajada bajarishi jihatdan biroz farq
qiladi. Bu farq hid va ta’m bil ish sezgirligining o‘tkirligida namoyon bo‘ladi.
Katta odamlarda hid va ta’m bilish sezgirligi bolalarga nisbatan o‘tkirroq
bo‘ladi. Shu narsa diqqatga sazovorki, bos
hqa sezgilarga nisbatan hid va
ta’m bilish sezgilarini bog‘cha yoshidagi bolalarda qandaydir yo‘l
bilan
mashq qildirish orqali rivojlantirish birmuncha qiyin.
Dostları ilə paylaş: