Umumiy pedagogika



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə1/5
tarix15.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#98356
  1   2   3   4   5
OSTONOVA KUMUSHBIBI.TAQDIMOT

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • REJA

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI
59-21 GURUH TALABASI
OSTONOVA KUMUSHBIBINING
“UMUMIY PEDAGOGIKA “FANIDAN
TAYYORLAGAN TAQDIMOTI.

MAVZU:”HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TA’LIM TIZIMI VA PEDAGOGIK FANI RIVOJI”

REJA:


1. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim—tarbiya, maktab va maorif tarakkiyotining asosiy yo’nalishlari
2.Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim tizimi
4.. Germaniya va Frantsiyada ta’lim tizimi
3. Yaponiya va Janubiy Koreyada ta’lim

Amerika Qo’shma Shtatlarida bolalar 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 yil o’qiydilar. Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil etilgan:


1. 3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida.
2. Boshlang’ich maktab. Bu bosqich 1-5-sinflarni o’z ichiga oladi.
3. To’liq bo’lmagan o’rta maktab. Bu bosqich 6-8-sinflardan iborat.
4. Yuqori maktab. Bu bosqich 9-11-sinflar bo’ladi. Mazkur Yuqori maktab bilan Oliy ta’limni aralashtirmaslik kerak.

Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.

  • Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yo’naltirish hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi islohotlarni o’z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta axamiyatga ega.
Keyingi yillarda chet el ta’limi bo’yicha ko’pgina maqolalar, broshyuralar, qo’llanmalar chop etildi, unga bag’ishlab seminarlar, anjumanlar, o’quvlar, uchrashuvlar o’tkazildi.
Bu bizning ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda o’quv tarbiya ishlarining qo’yilishiga etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o’sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi tizimlarida chet el ta’limini o’rganish bilan shug’ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika o’quv-metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda, malaka oshirish markaziy instiutida bir qator kafedralar ish bilan shug’ullanmoqdalar.
CHet el ta’limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSHning Tinchilik Korpusi mutaxassislari, Germaniy xalqaro rivojlanish fondi AKSELS markazi, Adenauer jamg’armasi, Frantsiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, «Silm A. SH.» firmasi, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko’plab tashkilotlar yaqindan yordam bermokdalar.
Darxaqiqat rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan xaqiqatdir
. SHu tufayli xam chet mamlakatlarida maktab extiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag’ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli»gina bo’lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.
80 — yillardan boshlab Buyuk Britaniyada xam AQSHdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o’quvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari Frantsiya va Germaniya ta’limiga xam sezilarli ta’sir etayotir.
Germaniya to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv dasturlari xam amalga oshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora to’liqsiz
o’rta maktab doirasidan chikib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni xam qamrab olmokda.
Yaponiya maktablari ikkinchi jaxon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yo’lidan bordi. Lekin shunga karamay, bu ikki mamlakat o’kuv dasturida bir kator farklar ko’zga tashlanadi

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin