Umumiy pedagogika


Frantsuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o’kuvchilarini uch tabakaga ajratib o’qitishni afzal ko’radilar. Bular Quyidagilar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/5
tarix15.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#98356
1   2   3   4   5
OSTONOVA KUMUSHBIBI.TAQDIMOT

, Frantsuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o’kuvchilarini uch tabakaga ajratib o’qitishni afzal ko’radilar. Bular Quyidagilar:


1.Gomogenlar — matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladigan o’kuvchilar
3.Gegeron — barcha predmetlarni xar xil saviyada o’zlashtiradigan o’quvchilar va xokazo.
Tabaqalashtirish jarayoninig yangi muxim yo’nalishi to’ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bo’lib qolmokda.
2.Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil o’kuvchilar
To’ldiruvchi maktablar paydo bo’lishining sababi, AQSH va G’arbiy Yevropada o’zlashtirmovchi xamda ulgurmovchi o’quvchilarning ko’payib borayotganligi, funktsional savodsizlik avj olayotganligidir.
To’ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda amalga oshirilmoqda. AQSH da bu xizmatga ommaviy axborot vositalarinig imkoniyatlari xam safarbar etilgan, Milliy telekompaniya maxsus o’quv kanali orqali 130 soatlik o’quv ko’rsatuvlari tashkil etildi.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda
O’quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo’yicha chet mamlakatlarining ko’pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda
80 — yillarda AQSH o’quvchilarinig 50 — yillarga nisbatan reyting ko’rsatkichi 973 dan 893 ga tushdi. Frantsiyada xar uch litseychidan biri bu salbiy xolatni bartaraf etish to’ldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi.

Germaniya maktablarida sinfda o’quvchilar sonini kiskartirish sari yo’l tutilgan. Bunday o’quvchilarning xar biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni o’quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda u o’qituvchidan konsulьtatsiya oladi. Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlari :


-maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarinikuchaytirish
-Maktab o’kuv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro aloqasini mustaxkamlash, takomillashtirish.
-Yangi, ya’ni o’kuv texnik vositalarini ta’limdagi salmogni oshirish, o’kituvchilar korpusida kompьyuter ta’limini yo’lga ko’yish.
-Pedagogik goyalarni amalga oshirishda keng kamrovli eksperiment — tadkikotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
-Maktabni mexnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish, kasbga yo’naltirish ishlarini qayta tashkil etish.
-o’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish
-tarbiyaning yangi formalarida - o’quvchilar kengashi, mktab kengashlarida tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish.
-Tabaqalashtirib o’qitishni yo’lga ko’yish, maxsus o’kuv muassasalarini (xam talantlar, xam aqliy, jismoniy zaif o’quvchilar uchun) rivojlantirish.
CHet el ta’limidagi bunday ibratli jixatlarni Vatanimiz ta’lim tizimlarida ko’llash yosh, mustakil Resublikamizda o’kuv — tarbiya ishlarini islox qilish jarayonini tezlashtiradi.
Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy e’tibor matematikaga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi, yuqorida tasdiqlangan yagona dasturlar bo’lmaydi. O’quvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar, qo’llanmalar yo’q. Amerika maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar bor. Amerika maktablarining aksariyati davlat ixtiyorida bo’lib, davlat mablag’i bilan ta’minlanadi. Lekin shaxsiy maktablar ham anchagina. Katta shaharlarda yashovchi o’ziga to’q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi. Davlat maktablarida tekin, shaxsiy maktablar esa – pullik o’qitiladi.
Amerika davlat maktablarining yuqori sinflaridagi o’qish-o’qitish tizimi biznikidan tubdan farq qiladi. Yuqori sinflardagi har bir o’quvchiga alohida o’qituvchi-murabbiy biriktiriladi. U shu o’quvchining qobiliyati, qiziqishlarini sinchiklab o’rganib, faqat shu o’quvchiga mos alohida reja tuzadi, uning o’qishiga rahbarlik qiladi. U o’rganishi lozim bo’lgan majburiy fanlar ro’yxatini tuzib chiqadi. Masalan, 9-sinf o’quvchisi bir fandan, deylik, kimyodan kuchli bo’lsa-yu, chet tilidan oqsasa, bu o’quvchiga 9-sinfda o’ninchi sinf rejasi bo’yicha kimyoni o’rganishga ruxsat etiladi. U chet tilini 9-sinf hajmida yoki engillashtirilgan reja bo’yicha o’rganishi mumkin. Kimyodan yoki matematika, biologiya, fizika va boshqa tabiiy fanlardan maktab rejasini muddatidan oldin tugatgan, barcha nazorat ishlarini topshirgan o’quvchiga maktabda o’qib yurgan vaqtidayoq shu fanlar bo’yicha o’zi kirmoqchi bo’lgan kollejning birinchi kursi imtihonlarini ham topshirishiga imkoniyat yaratiladi

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin