Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari


-bob. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə4/4
tarix02.01.2022
ölçüsü108,5 Kb.
#34812
1   2   3   4
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qo

3-bob. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi
20. O‘quv yili davomida mazkur ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya qilgan, ta’lim muassasasida yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi:

ta’lim muassasasi buyrug‘i bilan o‘qituvchilarga tashakkurnoma e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;

“Faxriy yorliq” bilan taqdirlash;

qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan mukofotlash;

maktab radiouzeli orqali e’lon qilish;

“Eng faol o‘quvchi”, “Eng faol sinf” nominatsiyasini berish;

o‘quvchilarning uyiga, ularning ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga tashakkurnoma yuborish.

21. Jamoa a’zolari ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganida ularga nisbatan muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari asosida intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.



O‘quvchilarga nisbatan:

o‘quvchining qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish;

qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, o‘quvchini maktab ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish;

boshqa sinfga o‘tkazish;

sinf jamoasi orasida muhokama qilish;

ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni maktabga taklif qilish, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi doirasida muhokama qilish.

22. Mazkur qoidalarga rioya etmaganlik holatlari ta’lim muassasasidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari
va maktabning kuzatuv kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.
4-bob. Yakuniy qoidalar
23. Mazkur qoidalar har yangi o‘quv yili boshlanishida har bir o‘quvchiga, ularning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga hamda o‘qituvchilarga tushuntiriladi.

24. Mazkur qoidalar ta’lim muassasasi binosining ichki kirish (foye) qismiga ko‘rinarli tarzda joylashtirib qo‘yiladi.



25. Odob-axloq qoidalarida aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan muammoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

26. Mazkur qoidalar talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin