Qo`sha qarish saodati



Yüklə 20,21 Kb.
tarix21.09.2023
ölçüsü20,21 Kb.
#146430
Mahalla


Sariosiyo tumanida “Qo`sha qarish saodati” mavzusida o`tkazilgan tadbirdan olingan lavha SSENARIYSI.
BOSHLOVCHI:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo`shimcha chora tadbirlar to`grisida”gi qarorida uzoq yillar birgalikda umr kechirib, qo‘sha qarigan keksalarning ibratli hayotini yosh avlodga targ‘ib etish maqsadida mahallalarda 50 yildan ortiq birga yashab kelayotgan oila vakillarini tantanali taqdirlash , ular bilan “Qo`sha qarish saodati” mavzusida ma`naviy tadbirlar tashkil etish vazifasi belgilangan edi.
Kuni kecha “Nuroniy” jamg`armasi Sariosiyo tuman bo`limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda aynan ana shu jihatlarga alohida e`tibor qaratildi. Tadbirda Sariosiyo tumanidagi Shabnam va Shahriobod mahallasida istiqomat qiluvchi Saidovlar hamda Niyozovlar oilasi holidan xabar olinib , ularning yashash tarzi, oilaviy ahvoli bilan yaqindan tanishildi. Mavzu muxbirimizning navbatdagi lavhasida .
MUXBIR TASVIR ORTIDA:
Keksalari e`zoz topgan yurtning kelajagi ham obod bo`ladi. Nuroniylar jamiyatda tarkib topayotgan ezgu amallarni mustahkamlash, yoshlar qalbiga singdirish bilan bir qatorda ularning tajribali hayoti bugungi yoshlar uchun ibratli maktab vazifasini ham o`taydi.
“Nuroniy” jamg`armasi Sariosiyo tuman bo`limi tashabbusi bilan “Qo`sha qarish saodati” mavzusida tashkil etilgan tadbirda aynan ana shu jihatlarga alohida e`tibor qaratildi.
Shabnam mahallasida yashovchi Saidovlarning oila qurganlariga 53 yil to`libdi. To`rt nafar farzand , 15 nafar nabira hamda 30 dan ziyod chevaralarning duogo`yligida yashayotgan bu oila ahil, totuv mahallada namuna bo`ladigan oilalardan hisoblanadi. O`qituvchilikning mashaqqatiyu zahmatini chekkan Sharif bobo hamda Oltinoy aya toki nafaqaga qadar tumandagi umumta`lim maktabida birgalikda faoliyat yuritib keldilar. Hozirda esa farzandlari hamda nabiralariga ro`zg`or va turmush sirlarini, halol mehnat, uning evaziga topilayotgan rizqalbatta halol bo`lishini doim uqtirib kelishadi.
TASVIRDA INTERVYU:
MUXBIR TASVIR ORTIDA:
Tadbir tashkilotchilari ushbu oila holidan xabar olishib ular bilan yaqindan suhbatlashdilar. Nuroniylarga jamgarma tomonidan sovg`a hamda pul mukofotlari topshirildi.
Shuningdek , Niyozovlar oilasi Shahriobod mahallasidagi eng ziyoli hamda ahil oilalardan biri hisoblanadi. Ularning esa oila qurganlariga 54 yil to`libdi. Murabbiylar oilasida 8 nafar farzand voyaga yetib bugungi kunda ularning har biri oliy ma`lumotli kadrlaar qatorida jamiyat ravnaqiga o`z hissalarini qo`shib kelmoqda. Keksalik gashtini surib uzoq umr ko`rib kelayotgan Rajab bobo hamda O`g`iloy momo bugun 30 dan ortiq nabirayu abiralarni bag`rida nasihatgo`ylida yashab kelmoqdalar.
Xonadonga tashrif davomida Nuroniy jamg`armasi tuman bo`limi raisi hamda mahalla faollari ishtirok etishdi .
Suhbat davomida Nuroniylar ishtirokchilarga turmushning achchiq-chuchugi, hayot tashvishlari, o‘tgan umri davomida oiladek muqaddas dargohni mustahkamlash, farzandlarni yaxshi inson qilib tarbiyalash borasidagi orttirgan tajribalarini so‘zlab berdi. Tinch-totuv yashash sirlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ishtirokchi yoshlar keksalarning fikrlarini tinglab, bundan o‘rnak olib, kelajakda hayotga karashlari ijobiy tomonga o‘zgarishlarini his qilgan holda o‘z munosabatlarini bildirdi.
Tadbir so‘ngida keksa otaxonu onaxonlarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.


Muallif : Odiljon Tursunov
Tasvirchi: Baxtovar Tursunov.
TITR UCHUN : “QO`SHA QARISH SAODATI”MAVZUSIDA TADBIR BO`LIB O`TDI.
KEKSALARI E`ZOZ TOPGAN YURT OBOD BO`LADI.
SARIOSIYODA NURONIYLAR HOLIDAN XABAR OLINDI.
Yüklə 20,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin