Umuminsoniy qadriyatlar va milliy ma’naviyatimiz uyg‘unligi. Milliy ma’naviyatizning teran tomirlari


Umuminsoniy qadriyatlar va milliy ma’naviyat nisbati



Yüklə 57,6 Kb.
səhifə3/4
tarix09.06.2023
ölçüsü57,6 Kb.
#127586
1   2   3   4
2 reja

Umuminsoniy qadriyatlar va milliy ma’naviyat nisbati


«Milliy ma’naviyat desak, milliy biqiqlikka. yo‘l qo‘yamiz, umuminsoniy ma’naviyat haqida fikr yuritish kerak", degan gapni na ma’naviyat nimaligini, na milliylik va umuminsoniylik orasidagi nisbat qanday boyishini to‘g‘ri tasavvur eta olmaydigan, ilmiy savodi chala odamlargina aytishi mumkin. Bir insonga o‘z milliy ma’naviyatini tugal anglab etish uchun ham, Alloh yuz yil umr bersa, kamlik qiladi.
Hindiston madaniyatidan bir chimdim, Evropa ilmidan ikki jumla, islom dunyosi ma’naviy merosidan ikki cho‘qim olib, «jahonshumul» ma’naviyat nazariyasiga da’vo qilgandan ko‘ra, o‘zbek yurtida yashab o‘tgan buyuk allomalar ijodini imkon darajasida izchil o‘rganib, shu bilimlar asosida milliy ma’naviyat haqida fikr yuritgan afzal emasmi? Biz «ma’naviyat nima?» degan savolga nemis yohud ingliz, rus yoki polyak, hind yoki yapon qanday javob berishi mumkinligini bashorat qila olmaymiz. Umr bo‘yi milliy ma’naviyatini, uzoq asrlar davomida o‘z millati mansub bo‘lgan mintaqa madaniyati vakillari ijodini asl manbalardan o‘rganib kelgan odam ham milliy ma’naviyatimizni mu kammal anglab eidim, deb da’vo qilishga xijolat bo‘ladi. Bu ish aslida ko‘pchilikning ishi. Millat ma’naviyati uchun butun millat qayg‘urishi kerak.
Ma’lumki, har bir millat, har bir xalq o‘z hayot tarzini, kelajagini ajdodlarining tarixiy tajribasi asosiga quradi, hech bir xalq begona qoliplar, begona andozalar asosida emin-erkin yashab, taraqqiy eta olmaydi. "Odamzod birovning bo‘yiga qarab o‘ziga to‘n bichmaydi," deydi YUrtboshimiz6. Har bir xonadonning o‘z tartib-qoidalari bo‘lganidek, har bir yurt hayotini tashkil etishning ham o‘z andoza o‘lchovlari, qonun-qoidalari bo‘ladi. Ular o‘sha yurtning tabiiy-jug‘rofiy shart-sharoiti, tarixiy tajribasi, milliy fe’l-atvori bilan bog‘liq tarzda shakllanadi.
Ming yillar davomida er yuzidagi turli mintaqalarda yashagan xalqlarning o‘zaro siyosiy, madaniy, ijtimoiy aloqalari hozirdagidek yaqin bo‘lgan emas. Asrlar mobaynida er yuzida turli madaniy mintaqalar shakllangan. Evropa xalqlarining umummintaqa madaniyati, janubiy-sharqiy Osiyo xalqlari mintaqa madaniyati, Hindiston yarim oroli va unga qo‘shni hududlarda yaratilgan umumiy madaniyat va boshqa bir qator mintaqalar madaniyati — bularning har biri o‘zgasidan farq qiluvchi qator diniy e’tiqod, falsafiy maktablar, san’at va adabiyot, urf-odat va an’analarning o‘ziga xos uyg‘un bir tizimlarini vujudga keltirganki, ahli basharning bunday bebaho mulkini, ma’naviy xazinalarini befarqlik bilan bir-biriga qorishtirib yuborishimiz mutlaqo ijobiy natijalar bermaydi.
Hech qachon bir inson haqiqatning tagiga etgan emas. CHunki Borliq haqiqati cheksiz. Uni anglab etish uchun, birinchidan, shu kungacha insoniyat erishgan barcha yutuqlarni o‘zlashtirish lozim bo‘ladi. Ammo butun insoniyat yaratib qoldirgan ilmiy merosni mukammal o‘zlashtirish bir kishi uchungina emas, hatto kattaroq ilmiy jamoalar uchun ham og‘irlik qiladi. Ikkinchidan, barcha insoniyatning etishgan bilimlari ham Borliq haqiqati oldida ummondan tomchidek emas. SHunday ekan, voqe dunyo haqidagi tasavvurlarimizni qanday shakllantirganimiz maqsadga muvofiqroq?
Umuminsoniy qadriyatlar har bir millat ma’naviyatida o‘ziga xos va maxsus tizim shaklida namoyon bo‘ladi. CHunki milliy ma’naviyat tarixiy hodisa, o‘zbekning ma’naviy takomili nemis yoki xitoy xalqi boshidan kechirgan tarixiy jarayonlardan butkul farq qiluvchi siyosiy madaniy makon va zamonda yuz bergan. Har bir xalq mohiyatan umuminsoniy bo‘lgan qadriyatlarni tamomila o‘ziga xos shaklu shamoyilda ifoda etishining siri shu erda. Zohirbinlar ayni shu tashqi farqlarga e’tibor qaratib g‘avg‘o ko‘taradilar, ahli dillar botiniy uyg‘unlikni muhim hisoblashadi.
Turli millatlar ma’naviyatining o‘ziga xosligi kamalakdagi turli ranglar tovlanishiga monand bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi, boyitadi, ammo inkor etmaydi, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviyat ellarni zidlashtirmaydi. Umuminsoniy qadriyatlarni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, bu qadriyatlarni har bir xalq, har bir elat o‘z tarixiy tajribasi bilan asta-sekin shakllantirib boradi va o‘zaro turlicha munosabatlar jarayonida elatlar, millatlar bir-birini tushunib, o‘zaro ma’naviyatlaridagi umumiy jihatlarni tadrijiy anglab boradi.

Yüklə 57,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin