Umuminsoniy qadriyatlar va milliy ma’naviyatimiz uyg‘unligi. Milliy ma’naviyatizning teran tomirlari



Yüklə 57,6 Kb.
səhifə1/4
tarix09.06.2023
ölçüsü57,6 Kb.
#127586
  1   2   3   4
2 reja

Umuminsoniy qadriyatlar va milliy ma’naviyatimiz uyg‘unligi. Milliy ma’naviyatizning teran tomirlari

Ma’naviyatning asl manbayini bildik. Millat ma’naviyati ushbu millatga aloqador barcha shaxslar ma’naviyatining majmuyidan iboratligini ham aniqlashtirib oldik. Ammo bu hammasi nazariy ta’riflar. Amalda milliy ma’naviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga tayanish, uning asoslarini qaerlardan qidirish kerakligi Prezident asarlarida avval boshidanoq aniq ko‘rsatib berilgan va qayta-qayta ta’kidlab kelinmoqda. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros milliy ma’naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo‘yibdi, faqat uni holis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlug‘ an’ana-ulug‘ bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o‘z muqaddas mulki deb tan olgan ma’naviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala milliy ma’naviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va birinchi navbatda, yosh avlod e’tiborini jalb etish maqsadini ko‘zda tutadi.
Xalq ma’naviyatini, millat ma’naviyatini sun’iy ravishda, qandaydir o‘ylab topilgan aqidalarga, dogmalarga tayanib, yuzaga keltirib ham, keskin o‘zgartirib ham bo‘lmaydi. CHunki ma’naviyat tushunchasining mazmuni bir kunda, bir yilda, hatto bir asrda shakllanadigan narsa emas, u har bir xalqning juda uzoq tarixi qa’ridan oziq olib, teranlik kasb etib keladi.
Islom Karimov xalq ma’naviyatini yuksaltirish deganda nimani ko‘zda tutganligini hali mustaqillikka erishmasimizdan 1990-yili O‘zbekiston Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan edi. Prezident ushbu ma’ruzasida inson ruhiyatining nozik va murakkab tomonlari bilan, "xazinalarga to‘la milliy-tarixiy an’analar bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik" yaqin o‘tmishimizda jamiyatga qanchalar zarar keltirganligini qayd etib, yangicha vazifalarni olg‘a surgan edi:
"Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damda madad bo‘lgan. Bizning vazifamiz — shu xazinani ko‘z qorachig‘chimizdek asrash va yanada boyitish, so‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining erkinligini ta’minlashimiz kerak"1.
1991-yil "Alisher Navoiy" yili deb e’lon qilindi va o‘sha yil to‘kin kuzning birinchi oyida o‘zbek milliy ma’naviyatining quyoshiga bag‘ishlanadigan asosiy tantana va tadbirlarni o‘tkazish belgilandi. 0llohning inoyatini qarangki, xuddi ushbu tantanalar boshlanishi oldidan mamlakatimiz siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritdi va sentyabrning birinchi kuni Mustaqillik bayramiga aylandi. Prezidentimiz "millat bayrami" deb atagan Mir Alisher Navoiyning qutlug‘ to‘yi, shunday qilib, "O‘zbekistonimiz hayotiga alohida fayz, tarovat baxsh etdi", yurtimiz, elimiz tarixida qutlug‘ keldi, unutilmas sana bo‘lib qoldi"2.

SHu o‘rinda yana bir masalaga qisqa izoh berib ketish zarurga o‘xshaydi. Sobiq totalitar mafkura ta’sirida yaqin-yaqinlargacha bizdagi ijtimoiy fanlar sohasida adabiyotshunoslikka, filolog olimlarga ma’lum darajada mensimay qarash mavjud edi. Bunga, albatta, yaqin o‘tmishdagi adabiyotshunosligimizning qusurlari ham ancha-muncha sabab borganligi sir emas. CHunki inarksizm mafkurasi hukmron bo‘lgan sovet zamonida adabiyotshunoslarimizning aksariyati milliy ma’naviyatimizga butkul yot bo‘lgan va hatto dunyo sivilizatsiyasi ham mohiyatan inkor etgan «sotsialistik realizm» deb nomlanuvchi soxta «nazariya» domiga tushib, XX asrda yaratilgan barcha adabiy merosni ushbu qolipga moslashtirish yo‘lidan bordilar. Bu haqda jild-jild «ilmiy tadqiqotlar» yaratildi, odamlar doktor, professor, hatto akademiklikgacha daraja va unvonlarga sazovor bo‘lishdi. Mumtoz adabiyotimiz bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda bu illat bevosita va ochiq namoyon bo‘lmasa-da, marksistik mafkura ta’siriga berilish bu sohada ham sezilarli edi. Agar holis yondoshilsa, ilmiy adabiyotlarga nisbatan badiiy adabiyotda Borliq haqiqatini uyg‘un his etish tamoyili ustun turadi. Ayniqsa, bu holat Navoiy she’riyati darajasidagi falsafiy teranlikda ham bikr3 bo‘lgan badiiyat namunalarida yaqqol o‘zini namoyon etishi sir emas. SHu sababli ham Alisher Navoiy badiiy olami millatimiz ma’naviyati uchun doimo mahak toshi4 vazifasini bajarib kelgan va kelgusida ham shunday bo‘lib qoladi.
Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg‘izlikda rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo o‘zaro turlicha munosabatda bo‘ladilar va tarix davomida bir-birlariga ta’sir o‘tkazib, o‘zlarini ham, o‘zgalarni ham ma’naviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon, hech bir xalq o‘zligidan butkul kechib, boshqa xalq ma’naviyati hisobidan o‘zini boyita olgan emas. YAkka bir shaxs butkul o‘zga bir ma’naviy muhitda tarbiya topib, unga to‘liq moslashishi mumkin. Bu inson tabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq to‘lig‘icha o‘zligidan kechib, o‘zga xalq ma’naviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yo‘q bo‘ladi, o‘z ma’naviy qiyofasini yo‘qotgan millat yo‘qolgan millatdir. SHu sababli ham milliy mustaqillik poydevorini ma’naviy mustaqillik tashkil etadi, deyiniz. Milliy ma’naviyatning takomili esa o‘sha millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy kamoloti bilan bevosita bog‘liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi.

Yüklə 57,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin