Ufq ( trilogiyasi)



Yüklə 24,64 Kb.
səhifə3/4
tarix14.04.2023
ölçüsü24,64 Kb.
#98237
1   2   3   4
Ufq ( trilogiyasi)

Mehnatsevarlik. Inson barcha mavjudotlar ichida xatti-harakatlarining, faoliyatlarining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Mehnat ana shu xatti-harakatlarning aniq maqsadga yo‘naltirilgan qismidir. Axloqiy kategoriyalar orasida mehnatsevarlik o’ziga xos o’ringa egadir.
Bu asarning o`zi ikkinchi jahon urushida davridagi o`zbek xalqining qahramonona mehnatsevarlik davri tasvirlangan.
Asardan mehnatsevarlikda doir shaxs sifatida Nizomjonni olishimiz mumkin. Uning bir qo`li nogironligi sababli urushga olishmaydi, shuning uchun u yangi cho`l qurulishiga ketadi. U yerda u Ikromjonni koradi shunda Ikromjon Nizomjonga sen yengilroq ishlarni qil deganida u men urushga bormadim do`stlarim esa hoz urushda menga eng qiyin ishlarni bering men ularga munosib bo`lay deydi va shu orqali o`z mehnatsevarligi ko`rsatadi.
Nomussizlik. Asosiy tushunchalardan yana biri – nomussizlik. Nomussizlikning vujudga kelishi bir tomondan burch bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan qadr-qimmat tushunchasiga aloqador. Zero, nomus mohiyatan shaxsning o‘z qadr-qimmatini anglab yetishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo‘ladigan munosabati bilan belgilanadi. Nomussizlik esa buning aksidir. Asarda bunga misollar juda ko’plab uchraydi.
Xususan, Asarda salbiy obraz sifatida tasvirlangan Azamjon o`z ukasi bo`lgan Nizomjonning yaxshi ko`rgan qizi Dildorni nomusiga tegadi va unga uylanadi. Keyin cho`lga ishlashga ketishganida Azamjon yana boshqa ayolni yoqtirib Dildorni tashlab ketadi va nomussiz yigitni ishini qiladi.
Vijdon – ham axloqshunoslikning boshqa ba’zi asosiy tushunchalari kabi baholash xususiyatiga ega. Lekin bu baholash hech qachon ob’ektga qaratilmaydi, u sub’ektning xatti-harakatlarini baholaydi, ya’ni unda sub’ekt o‘zi uchun ichki ob’ekt vazifasini o‘taydi.
Asarda fronga oziq-ovqat yuborish maqsadida Nizomjon yer olib ishlaydi va vijdonli odam sifatida gavdalanadi uning otasi esa Inoyat oqsaqol juda ham vijdonsiz tasvirlangan u odamlarga oziq-ovatni juda ham qimmatga sotib pul toplaydi. Inoyat oqsoqol vafot etgandan keyin Nizomjonga juda ham kata pul qoladi va u pullarni kolxoz qurulishiga topshirib odamlarga yordam beradi. Nizomjon vijdonli shaxs sifatida ko`plab odamlarga yordam beradi.

Yüklə 24,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin