Ufq ( trilogiyasi)



Yüklə 24,64 Kb.
səhifə1/4
tarix14.04.2023
ölçüsü24,64 Kb.
#98237
  1   2   3   4
Ufq ( trilogiyasi)


Toshkent davlat Sharqshunoslik Instituti

Esse


Mavzu:Said Ahmadning”Ufq ( trilogiyasi)”asarida axloqiy xususiyatlar.

Bajardi: 2 -kurs arab-inliz guruhi. Mahmudov M


Tekshirdi: Rahmonov A

Toshkent-2017

Reja:

1.Said Ahmadning hayoti va ijodi haqida.


2.“ Ufq ( trilogiyasi)” romanining mazmun mohiyati
3.“Ufq”(trilogiyasi)romanidagi etika kategoriyalarining namoyon bo’lishi
4.Xulosa

Mashhur oʻzbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxoʻjaev) 1920- yilning 10- iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida tugʻilgan. 1939-yilio‘rtamaktabni, 1943- yiliNizomiynomidagiPedagogikainstitutdabirmuddatoʻqigach, Adabiyotdarslarivato‘garaklaridaijodgabo‘lganhavasiortib, qo‘ligaqalamuhlagan. Vaqtli matbuot esa uning ijod dorilfununi bo‘lgan. 1941-yilda«Mushtum» jurnalida ishladi. 1942-1943 yillarda respublika radiosida, 1943-1947 yillarda «Qizil Oʻzbekiston» gazetasida, 1948-1950 yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi.


Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, Gʻafur Gʻulom singari adiblar davrasida oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelgun
cha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.
Urush va urushdan so‘nggi yillarda Said Ahmad ko‘plab fel’eton, ocherk va hikoyalar yozgan. Uning «Er yurak» (1942), «Farg‘ona hikoyalari» (1948), «Muhabbat» (1949) kabi to‘plamlari nashr etilgan. U «Xazina», «Hayqiriq», «Rahmat, azizlarim» kabi hikoyalarida Ikkinchi jahon urushining dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulug‘laydi.
Adib hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G‘afur G‘ulom yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi lakonizmi mujassamdir.
Uning «Choʻl burguti», «Lochin», «Boʻston», «Toʻyboshi», «Jimjitlik», «Turnalar», «Hayqiriq», «Alla», «Muhabbatning tugʻilishi», «Qorakoʻz Majnun» singari oʻnlab
hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, eʼtiqod singari maʼnaviy qadri
yatlar taʼsirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini koʻrsatishga katta eʼtibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan oʻqiladi va u
prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish boʻyicha Qahhor anʼanalarini davom ettirgan ijodkordir. Uning «Sobiq», «Qoplon», «Oʻrik domla», «Mening doʻstim Babbaev», «Muzey», «Boʻri ovi», «Xandonpista» kabi koʻplab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy soʻz jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.
Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi «Qadrdon dalalar» (1949), «Hukm» (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdir
lar mahorat bilan aks ettirilgan «Qirq besh kun» (1974) «Hijron kunlari» (1964), «Ufq boʻsagʻasida» (1969) romanlaridan iborat «Ufq» trilogiyasi, inson qismati turgʻun
lik davri qabohatlari fonida tasvirlangan «Jimjitlik» (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan «Sherzod va Gulshod» (1945), dunyoning etti burchiga yoyilgan «Kelinlar qoʻzgʻoloni» (1976), yolgʻiz moʻysafid ruhiy iztiroblari aks ettirilgan «Kuyov» (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy imkoniyatlaridan dalolatdir.
Said Ahmadning barcha hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik ta’sirchanlik bilan ifodalashga, badiiy tasvirlarning xilma-xilligiga erishishga intiladi. «Cho‘l burguti», «O‘rik domla», «Lochin», «Odam va bo‘ri», «Bo‘ston», «To‘yboshi» kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, o‘zbek nasrida ham yangilik bo‘lgan. Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy zamondoshlarimizdir. Yozuvchi «Tog‘ afsonasi», «Zumrad», «Muhabbatning tug‘ilishi», «Ko‘zlaringda o‘t bor edi», «Poyqadam», «Alla», «Iqbol chiroqlari» asarlarida hayotiy xarakterlar yaratgan.
Said Ahmad o‘zining hajviy hikoyalarida taraqqiyo-timizga to‘siq bo‘layotgan yaramas urf-odatlar ustidan kuladi, muhim ma’naviy masalalarni o‘rtaga qo‘yadi. Uning «Xanka va Tanka», «Lampa shisha» kabi o‘nlab hajviyalari fikrimizning dalilidir.
Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o‘zbek radio va televideniesida quvnoq miniatyuralar teatriga asos solgan.
Said Ahmad hikoyalardan asta-sekin yirik polotnolar yaratishga o‘tdi. 1949 yilda
chop etilgan «Qadrdon dalalar» va «Hukm» (1958) qissalaridan keyin yaratgan «Ufq» romanida (1964) Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida o‘zbek dehqonlarining
front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklarini hikoya qildi. «Ufq» trilogiya
bo‘lib, yozuvchi unda urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi. «Jimjitlik» (1988) romanida esa turg‘unlik davri illatlarini fosh etishga intiladi.
So‘nggi yillarda uning «Xandon pista» (1994), «Bir o‘pichning bahosi» (1995) kabi hajviy hikoyalar to‘plamlari chop etildi. Shuningdek, u Oybek, G‘. G‘ulom, A. Qahhor, M. Shayxzoda, Shuhrat, Mirtemir va S. Zunnunovalar haqida xotira ocherklari yaratgan bo‘lib, ular to‘plam holida nashr etildi.
S. Ahmad dramaturg sifatida ham tanilgan. U «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov» kabi sahna asarlarining muallifidir.
Said Ahmad O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968), Hamza mukofoti sovrindori unvonlariga sazovor bo‘lgan. «Buyuk xizmatlari uchun» (1997) va «Do‘stlik» (1996) ordenlari bilan taqdirlangan. U "O‘zbekiston qahramoni" (1999) hamdir.
Said Ahmad 2007 yilning 5 dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi.

Ufq” romanidagi etika kategoriyalarining namoyon bo’lishi


“Ufq” qissasida axloqiylikning o’rni nihoyatda beqiyosdir. Shuning uchun bu asar xalqimiz hayotida katta ahamiyatga egadir. Quyidagi kategoriyalar misolida buni ko’ramiz:

Yüklə 24,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin