• 4-bob. Rag‘batlantirish va ta’sirchan choralar ko‘rish tartibi
29. O‘quv yili davomida yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, namunaviy xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun hamda mazkur ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya qilgan, ta’lim muassasasida ijobiy sog‘lom muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi:
- mahalla raislari bilan birgalikda namunali otaonalarga “minnatdorchilik xati”ni yuborish;
- ta’lim muassasasi buyrug‘i bilan o‘qituvchilarga “Faxriy yorliq”, “tashakkurnoma” e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat
mukofotlariga tavsiya qilish; - esdalik sovg‘alar bilan taqdirlash;
- muassasa radiouzel va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilish;
- o‘quvchilarning yashash manziliga, ularning ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga tashakkurnoma yuborish;
- “Har bir nuroniy – o‘smir yoshlarning g‘amxo‘r murabbiyi” tamoyili asosida tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar mahallada katta hurmatga ega bo‘lgan nuroniylarning tarbiyasiga biriktirish.
30. O‘quvchilar ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzgan taqdirda ko‘riladigan choralar:
o‘quvchining qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish; qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, o‘quvchini muassasa ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish;
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni muassasaga taklif qilish, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi doirasida muhokama qilish; farzandi tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot yuborish;
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga nisbatan muassasaga biriktirilgan inspektor-psixolog tomonidan tegishli ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash.