yada yaqin-yaqinlargacha qishloqlardan
birining yaqinida aholining
ma'jusiy diniy bayramlari o‘tkazilgan. An’anaviy arxaik dinlar bilan
bo g iiq muqaddas joylarning tartibda saqlanishi.
uning atrofidagi
maydonga ishlov berish jamoaning vazifasi hisoblanadi.
Ozarbayjonlarda ma’jusiy diniy tasavvurlar islom bilan chirmashib
ketgan. Xalq e’tiqodiga ko‘ra 21-fevraldan 21-martga qadar tabiatda-
gi barcha tirik va o iik narsalar qishki uyqudan uyg‘onadi. Avval havo
uyg‘onib iliq shamol esadi, u daraxtlaming kurtaklarini uyg‘otadi.
Undan keyin suv uyg‘onib,
uchinchi haftada yer, to'rtinchi haftada
havo iliydi. Ushbu oy davomida chorshanba arafasidagi barcha kun-
lar bayram hisoblangan. Aholi gulxanlar yoqib yoshlar uning ustidan
sakrab o'tganlar. So‘nggi chorshanba Yangi yil - Navro‘z
bayrami-
ning xabarchisi sanalgan. Ozarbayjonlar olovni tabiatning eng toza
va muqaddas hodisasi deb hisoblaganlar. Toshlarga davolash xususi-
yatini berib, suvni o‘z ajdodlari hisoblashgan. XX asr boshlariga qa
dar Su jedim (suv mening ajdodim) nomli bayram bo‘lib,
shu kuni
bir-birlariga suv sepishgan.
Dostları ilə paylaş: