Turgunboev abdusamat farxodovich


III BOB. AHOLIGA SIFATLI IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISHDA JAMOATCHILIK FIKRIGA TAYANISH SAMARADORLIGI



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə13/20
tarix16.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#131141
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Turg\'unboyev Abdusamat

III BOB. AHOLIGA SIFATLI IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISHDA JAMOATCHILIK FIKRIGA TAYANISH SAMARADORLIGI


3.1. Maktabda zo‘ravonlikka uchragan bolalarga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda jamoatchilik fikri
Anketa usuli yordamida tadqiqotlar olib borishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, tadqiqot obyektidagi munosabatlarni ijtimoiy omillarini har tomonlama o‘rganishdan iborat. Anketa metodi – sotsiologiyada fanida eng ko‘p qo‘laniladigan metodlardan biri. Aniq maqsadga qaratilgan anketa savollari eng avvalo, respondentlarni ichki bir hissiyotini qo‘zg‘otadi, ularni sotsial jarayonlarga tortadi, mavjud muammolarni ichiga kirishiga yaqindan yordam beradi. Anketa yordamida jamoaning turli muammolarini to‘liq qamrab olish mumkin. Shu bois anketa umumiy va saralash metodlaridan samarali foydalanishga katta imkoniyat beradi.
Anketa yordamida jamoaga taluqli barcha ma’lumotlarni yig‘ish, unda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlarni kuzatish va ta’sir ko‘rsatish omillarini aniqlash mumkin bo‘ladi. Anketa metodini qo‘llash orqali sotsiologik tadqiqot sub’ekti bo‘lgan shaxslar yoki guruhlarning: qarashlari, fikrlari, omillar, munosabatlar, baholashlarni o‘rganish mumkin bo‘ladi. Anketa metodidan foydalanishda so‘rov, kuzatish, eksperement metodlari yaqindan yordam berishi mumkin.
Anketa metodini o‘tkazishda tadqiqotchi bevosita tashqarida qoladi. Lekin anketa savollari yordamida sotsiologik tadqiqot markazida turadi. Anketada maqsadga eltuvchi savollarni tuzishga alohida e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Har bir savolning so‘raluvchiga tushunarli va soddda tilda bo‘lishi, javob variantlarning berilishi, jumlalarning bir-biriga yaqinligi anketa usulini samarali ekanligini belgilaydi.
Anketa metodi o‘zining imkoniyatlariga ko‘ra og‘zaki so‘rov usulidan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
a) anketa o‘tkazishda tadqiqotchi va so‘raluvchi bevosita savollar orqali uchrashadi, bu ularning mustaqil ishlashlari uchun qulaylik yaratadi. Bu usul bilan anketa savollariga obyektiv javob olish mumkin bo‘ladi.
b) anketa orqali tadqiqotlar xodimlarni ishdan bo‘sh vaqtida, asosiy ishiga xalaqit bermasdan turib o‘tkazilishi mumkin.
v) tadqiqotchi savollarni o‘zi qanday mazmunda berishni xoxlagan bo‘lsa, shunday ifodalashi, zaruriy maqsadni yashirib berishi mumkin.
g) anketa yordamida mehnat jamoasining rahbarlari va boshqaruv usullariga doir yashirin ma’lumotlarni obyektiv olish mumkin.
d) anketa metodi asosida tadqiqotlar olib borish nisbatan arzon va kam vaqt talab qiladi.
e) bir vaqtning o‘zida ko‘p miqdoridagi kishilar orasida tadqiqot olib borish imkoniyatini beradi. Demak, bu metod yordamida ko‘p ma’lumotlarni olish mumkin.
Biz, anketadagi savollarini dissertatsiya mavzusi hamda tadqiqot dasturidan kelib chiqib shakllantirdik. Dastur xarakteridagi savollar tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib masalani kengroq yoritish maqsadida bir nechta asosiy savollarda ifodalab berishga harakat qildik. O‘tkazilgan anketa so‘rovida mavjud savollarning mavzuga oid bo‘lgan eng dolzarblarini dissertatsiya matniga kiritdik. Anketa savollarimizning to‘liq na’munasi ilova shaklida taqdim etilmoqda.
Anketa so‘rovining I-bosqichi quyidagi ta’lim muassasalarining o‘quvchilari bilan amalga oshirildi.
- Farg‘ona shahar 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 53 nafar o‘quvchilari, 27 nafar o‘qituvchilari va ma’muriyat xodimlari;
- Marg‘ilon shahar 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 58 nafar o‘quvchilari, 38 nafar o‘qituvchi va ma’muriyat xodimlari;
- Yozyovon tumani 1-sonli kasb-hunar maktabining 65 nafar o‘quvchi talabalari hamda 26 nafar o‘qituvchi va ma’muriy xodimlari;
- Yozyovon tumani 2-sonli kasb-hunar maktabining 68 nafar o‘quvchi talabalari hamda 42 nafar o‘qituvchi va ma’muriy xodimlari.
Tadqiqotning umumiy soni bo‘yicha 244 nafar o‘quvchi yoshlar hamda 120 nafar turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar hamda 13 nafar ma’muriyat xodimlari ijtimoiy so‘rovnomada ishtirok etdilar. So‘rovnoma qog‘oz shaklida amalga oshirildi.
Ishtirokchilarga ta’lim muassasasining ijtimoiy mavqei, oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq 15 ta savolga javob berish taklif etildi. Bularga: zo‘ravonlik sabablari; bolani oilada yomon muomaladan ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish tizimi; ushbu ijtimoiy xodisaning oldini olish choralari; shuningdek, bolalarni zo‘ravonlik qilish masalasiga shaxsiy munosbat bildirish.
So‘rovnomada ishtirok etgan o‘quvchilardan dastlab, oilaviy ahvolini o‘rganish va mavzu yuzasidan qisqacha ularga baho berish maqsad qilib olindi (3.1.1 rasm). Sizning oilaviy holatingiz qanday va undagi munosbatlar asosan kimlarga bog‘liq? O‘quvchilarning aksariyat 84% bugungi kunda ota-onasi bilan birga yashayotgan oilalardan ekanligi, 8% yaqin qarindoshlari bilan va
8% to‘liqsiz oilalarda istiqomat qilishi ma’lum bo‘ldi.
(3.1.1 rasm)

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik deganda nimani tushunasiz? savoli orqali yoshlarning zo‘ravonlik holati bo‘yicha tushunchalariga baho berildi (3.1.2-rasm). Ushbu savolda o‘quvchi yoshlarning tushunchalarida kelib chiqib 47% bola huquqlarinig kamsitilishi ta'kidlangan bo‘lsa, 33% o‘zaro kamsitilish holatlarini e’tirof etdilar. 20% nisbatda bolalarga jismoniy va ma’naviy taz’iq o‘tkazilishida deb topildi.

So’rovnomaning 5-savoliga binoan o‘quvchilarning maktabga o‘z ixtiyori va qiziqishlari bilan kelishi borasida so‘ralganda 65% yaxshi kayfiyatda kelishlari, 30% a’lo kayfiyatda kelishlari va 5 % yomon kayfiyatda kelishlari aniqlandi. Bu o‘z navbatida 65 % o‘quvchilarni maktabka kelish kayfiyatini a’lo darajaga olib kelish uchun maktabda ijtimoiy ish hodimini rolini kuchaytirish lozimligini ko‘rsatadi (3.1.5-rasm). O‘z o‘rnida maktab o’quvchilarining bu boradagi fikrlari orqali sinfga mas’ul o‘qituvchining har bir bola bilan individual tarzda ishlashlari uchun imkoniyat doirasini kengayrish lozimligini taqozo etadi. Shuningdek, sinfdagi o‘quvchilarning son jihatidan ko‘pligi o‘qituvchi faoliyatida turli muammolarni keltirib chiqaradi.


(3.1.5-rasm)



Maktab o‘quvchilari orasida o‘zaro do‘stona munosabatlarning mustahkam bo‘lishi bevosita ularning maktabga bo‘lgan qiziqishlari va maktab xayotida o‘zlarining munosib o‘rni bor ekanligini his etishlariga yordam beradi. O‘quvchilarning har biri sinf bo‘yicha bir birlarini doim qo‘llab turishlari ijobiy holatdir. Shu sababli o‘quvchilar maktabga kelishlarida o‘zlarini ham ruxan ham jismonan erkin his qilishlari, turli taz’iqlar va kamsitishlardan himoya qilinishlari zarur hisoblanadi.


Agar siz maktabda zo‘ravonlikka uchragan bo‘lsangiz sizga yordam berilgan holatlar bo‘lganmi? savoliga o‘quvchilarning 33% qismi o‘qituvchilarning nazoratida ekanliklari va ularga ishonishlarini, yana 33% qismi o‘quvchilar o‘zlarini sinfdoshlari va yaqin do‘stlari himoya qilishlarini va 24% o‘quvchilar o‘zlarini o‘zi himoya qila olishlarini va 10% o‘quvchilar bunday holatga tushmaganiklarini bildirdilar (3.1.6-rasm). Bu albatta ayrim ijobiy holatlar mavjud ekanligini ko‘rsatib beradi. Ya’ni o‘quvchilar dars jarayonlari mobaynida hususan, maktabga kelgan paytidan boshlab maktab ma’muriyati xodimlari va o‘qituvchilar nazoratida ekanliklari quvonarli holat. Lekin bunga qo‘shimcha tariqasida barcha o‘quvchilarning fikrini maktab ma’muriyati xodimlari va o‘qituvchilar nazoratida ekanliklariga etkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
(3.1.6-rasm)

So‘rovnomaga asosan Zo‘ravonlikka qarshi kurashishda maktabda kimlar ishlaydi deb hisoblaysiz? savoliga o‘quvchilarning 67% ichki ishlar xodimlarini, 20% maktab o‘qituvchilarini hamda 20% maktab psixologi ishlashini ma’lum qildilar. Bu o‘rinda ota-onalarning ishtirok etmasligi kuzatildi (3.1.7-rasm).
(3.1.7-rasm)

Kelajakda maktabda zo‘ravonlikka qarshi kurashish uchun siz nimalarni taklif eta olasiz? (3.1.8-rasm)


Ushbu savolga o‘quvchilarning javoblari umumlashtirilib, 50% o‘quvchilar maktablarda doimiy qattiqqo‘l intizom o‘rnatilishini, 22% o‘quvchilar maktabdagi hulqi buzuq o‘quvchilar bilan alohida ishlash choralarini ko‘rish lozimligini, 21% o‘quvchilar maktablarga kuzatuv kameralarini ko‘proq o‘rnatish kerakligini hamda 7% o‘quvchilar sinflardagi o‘quvchilar bilan birgalikda zo‘ravonlik xolatlarini o‘zaro muhokama qilib turish kerak ekanligini bildirdilar.
(3.1.8-rasm)

Shuningdek, maktablardagi ijtimoiy muhitdan kelib chiqib o‘quvchilarning bu borada jamoatchilik fikrini bildirishda ishtirok eta olishlarini o‘rganish maqsadida maktablarga zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashishda maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilari, ota-onalar va boshqa vakillarning barchaning fikrini o‘rganib chiqish zarur deb hisoblaysizmi degan savol berildi. (3.1.9-rasm). Mazkur savolga o‘quvchilarning 64% qismi albatta barchaning fikri muhimligi, 25% o‘quvchilar jamoatchilik fikrining muhim emasligi va 11% foiz o‘quvchilar bu borada fikrlar muhim emasligini ko‘rsatib o‘tdilar.

(3.1.9-rasm)



Mazkur savoldan yig‘ilgan fikrlarga ko‘ra, o‘quvchilar bilan ishlashda maktab o‘qituvchilari, ota-onalar, hamkor tashkilotlardan vakillar qolaversa, ijtimoiy ish xodimi bilan ishlashda alohida e’tibor qaratilishi lozimligini tushunishimiz mumkin. Bu o‘z navbatida jamoatchilik fikrini o‘rganish va uni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatib bermoqda.


Ta’kidlash joizki, tadqiqot ishida o‘quvchilarga berilgan har bir savollar ularning mustaqqil fikriga tayana olishlarini o‘rganish va baholashga qaratildi. Ko‘zlangan maqsad bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi. Albatta, tadqiqotning yanada samarali o‘tkazilishi uchun savollar saviyasini yanada boyitish va mazmundorligini oshirish borasida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Lekin umumiy ma’noda o‘quvchilarning munosabatlari va shaxsiy fikrlariga tayanib jamoatchilik fikrini o‘rganish va takomillashtirish bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi.
Ijtimoiy so‘rovining II-bosqichi ham Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari hamda Yozyovon tumanidagi ta’lim maskanlarida o‘tkazilib taqdiqot mavzusiga ko‘ra o‘qituvchilar o‘rtasida olib borildi. So‘rovnoma statistikasiga ko‘ra
45 nafar erkak o‘qituvchilar va 88 nafar ayol o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Ularning ish tajribalari va yoshi nuqtai nazaridan baho berilganda 29 yoshdan 63 yoshgacha bo‘lgan o‘qituvchilarda iborat bo‘ldi.
O‘tkazilgan so‘rovnomaga muvofiq, o‘quvchilar o‘qituvchilariga turli shakllardagi zo‘ravonlik holatlariga uchraganliklari bo‘yicha murojaat qilgan holatlar so‘ralganda (3.2.1-rasm) o‘qituvchilarning 80% yo‘q deb javob berdilar, 20% o‘qituvchilarga u yoki bu masalada murojaat qilingan holatlar mavjudligini bildirdilar.
(3.2.1-rasm)

Keyingi savolda o‘qituvchilardan o‘quvchi yoshlar o‘rtasidagi zo‘ravonlik holatlarini birinchi navbatda qaysi sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi so‘raldi (3.2.2-rasm).


O‘qituvchilarning 55% vakillari ushbu savolga o‘quvchilarning ota-ona e’tiboridan chetda qolganliklarini, 18% vakillari oiladagi samimiy muhit yaxshi emasligini, 12% qismi yoshlar bo‘sh vaqtlaridan unumsiz foydalanishlarini, 8% vakillar maktab ma’muriyati tomonidan e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilayotganligini hamda 7% o‘qituvchilar o‘quvchilarning o‘zaro boshqa o‘quvchilar bilan salbiy munosabatlari mavjud ekanligini ma’lum qildilar.

(3.2.2-rasm)



Ijtimoiy so‘rov davomida hulqi yomon bo‘lgan o‘quvchilar (zo‘ravonlik qiluvchi) bilan ishlash vaziyatida o‘qituvchilar yoki ma’muriyat xodimlari birinchi o‘rinda qanday usullardan foydalanishlari maqsadga muvofiq ekanligini aniqsh bo‘ldi. 3.2.3-rasm diagrammasida ko‘rinib turibdiki, 53% o‘qituvchilar mazkur o‘quvchilarning ota-onasini chaqirtirish va alohida suhbat o‘tkazilishini, 29% o‘qituvchilar mazkur toifadagi o‘quvchi bilan ishlashni maktab psixologiga topshirishni va 18% o‘qituvchilar bu o‘quvchining shaxsan o‘zi bilan alohida tushuntirish ishlarini olib borish va suhbatlar o‘tkazish zarurligini ko‘rsatdilar.

(3.2.3-rasm)



So‘rovnoma davomida o‘qituvchilarga maktablarda zo‘ravonlikka uchragan o‘quvchilar kimga yordam so‘rab murojaat qilishlari mumkinligi so‘ralganda (3.2.3-rasm) 50% javoblar maktab ma’muriyati va psixologiga, 20% profilaktika inspektoriga, 20% maktabdagi o‘qituvchilarga, 5% o‘z oilasi va ota-onasiga, hamda yana 5% sinfdoshlari va yaqin o‘rtoqlariga murojaat qilishlari mumkinligini ko‘rsatib o‘tishdi.


(3.2.3-rasm)

So‘rovnomaning o‘ninchi savolga asosan “Kelajakda maktabda zo‘ravonlikka qarshi kurashish uchun siz nimalarni taklif eta olasiz?” (3.2.4-rasm) deb so‘ralganda o‘qituvchilarning 38% qismi hulqi buzuq o‘quvchilar bilan alohida ishlash kerakligini, 31% qismi maktablarda kuzatuv kameralarini ko‘paytirish kerakligi, 13% qismi yuqori sinf o‘quvchilarini nazoratga olish kerakligini, 12% qismi maktabda doimiy qattiq intizom o‘rnatish zarurligini, 6% qismi esa maktab o‘qituvchilarini ota-onalar tomonidan nazoratga olish kerakligini bildirdilar.


(3.2.4-rasm)

“Maktabdagi hulqi og‘ir bo‘lgan (zo‘ravon) o‘quvchilarning hatti-harakatlarini o‘qituvchilar o‘zaro muhokama qilib turadilarmi?” (3.2.5-rasm) degan savolga 100% o‘qituvchilar ha deb javob berdilar.
(3.2.5-rasm)

So‘rovnomaning o‘n to‘rtinchi savoliga (3.2.6-rasm) asosan o‘quvchilar o‘rtasidagi zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashish uchun ota-onalar yoki maktab ma’muriyati xodimlarining fikrini o‘rganish zarurligi va uni ahamiyati so‘raldi. 89 % o‘qituvchilar ha deb javob bergan bo‘lsalar 11 % qismi yo‘q deb javob berdilar.
(3.2.6-rasm)

So‘rovnomaning yakunida o‘qituvchilardan (3.2.7-rasm) yoshlar o‘rtasidagi hulqi og‘ir yoki zo‘ravonlikka moyilligi bor o‘quvchilar bilan ishlashda o‘zingizni mas’ul deb hisoblaysizmi deb so‘ralganda 61 % o‘qituvchilar ha deb javob berdilar. 28 % qismi bu borada alohida mutaxassislar va mutasaddi idoralar mavud deb baho bergan bo‘lsalar 11% o‘qituvchilarimiz shunchaki yo‘q deb javob berdilar.


(3.2.6-rasm)

Mazkur tadqiqotimiz o‘quvchi va o‘qituvchilar jamoalarida anketa usulidan foydalanib sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va uning natijalarini umumlashtirish masalalariga bag‘ishlandi. Ta’lim muassasalarida yuz berayotgan ko‘p qirrali ijtimoiy jarayonlar sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan o‘rganildi. Bu birinchi navbatda anketa metodidan foydalanishimizga asos bo‘ldi. Turli metodlar yordamida jamoasidagi barcha muammolarni ilmiy-amaliy o‘rganish yaxshi natijalar berishi mumkin. Anketa so‘rovi yordamida esa, biz o‘qituvchilarning mehnat samaradorligi, ularning faolligi, o‘zaro munosabatlari, mehnat intizomini mustahkamligi, rahbar va xodim o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish kabi holatlarga baho berish imkoniyatlariga ega bo‘ldik.


Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, anketa metodi so‘rovchini mustaqil fikrlashga imkon berishi bilan savollarga asosli javoblar olishga yaqindan yordam berdi. Har bir rospondent o‘ziga berilgan anketa ustida oldin o‘ylab olib so‘ngra javob berdi.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin