Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari


Yunon-Baqtriya shohlarining tangalari



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə49/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

Yunon-Baqtriya shohlarining tangalari.

Miloddan avvalgi 280 yilda satrapliklarning markaziy hokimiyatga nisbatan muholifat harakatlari boshlanib ketdi. Milodidan avvalgi IIIasr o‘rtalarida Baqtriya Salavkiylar davlatidan ajralib chiqadi va shu davrdan boshlab Yunon-Baqtriya podsholigi davri boshlandi.Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga Baqtriya, Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismi ham kirgan. Baqtriyada ko‘plab tangalarni zarb etish Yunon-Baqtriya podsholigi davriga to‘g‘ri keladi. Poytaxti Shimoliy Afg‘onistondagi Balx shahri o‘rnidagi Baqtra.Davlatning birinchi hukmdori Diodot I kumush tanga zarb etib, uning bu davlatning asoschisi ekanini tangalardan bilib olish mumkin. Tangalarda uning portreti tasvirlanib, “Shoh Antiox” deb yozdirgan. U umrining oxirigacha o‘z nomini yozdirmaydi. Tanganing reversida qo‘lida chaqmoq va burgut ushlagan Zevs tasvirlangan. Buning mazmuni shuki, Diodot va uning ajdodlariga Zevs homiylik qilgan. “Diodot” – nomining tarjimasi ham “Xudo bergan” degan ma’noni anglatadi.
Diodot IIham huddi shunday tasvirli tangalarni zarb etdi. Diodotni taxtdan tushirgach, Yevtidem o‘z tangalarida Geraklni aks ettirdi. Demetriy tangalarida ham Gerakl tasvirlangan, ammo uning Geraklning boshida gulchambar bo‘lib, bu Mitraning tasviri bilan qo‘shilgan edi. Ellinizm davrida yunon madaniyati bilan mahalliy ya’ni, gibrid xudolar tasvirlangan. Antiox davrida Farg‘ona vodiysi zabt etildi. Uning tangalarida Poseydon (dengiz xudosi) tasvirlangan. SH.Pidayev “Qadimgi Termiz” nomli kitobida Yunon-Baqtra podsholari tangalari haqida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: Yunon-Baqtriya shohlarining tangalardagi rasmlari juda zo‘r mahorat bilan aks ettirilgan. Medalerlar shohlarning faqatgina tashqi qiyofasini real tasvir qilibgina qolmay, ularning fe’l-atvorlarini ham ochib berishga muyassar bo‘lganlar. Haqiqatan ham bu tangalar medalerlik san’atining eng yorqin namunalaridir. Shoh Yevtidemning tangasida bu holat kuchli namoyon bo‘lgan. Tanganing old tomonida yunonlarning afsonaviy pahlavoni Geraklning boshi tasvirlangan. U o‘rta yoshda, mo‘ylov, sochlari jingalak. Rasmda pahlavonning bo‘yni baquvvat qilib ifoda etilgan. Tanganing reversida chopib ketayotgan ot tasviri tushirilgan va yunon harflari bilan “Shoh Yevtidem hukmdor” degan so‘zlar bitilgan.
Yunon-Baqtriya podsholigi tangalari nomlari yunoncha bo‘lgan: ya’ni tanga stater, kumush tangalar – tetradrahma, drahma, obol deb atalgan. Topilmalarga qaraganda bu yerda turli qiymatdagi kumush tangalar ko‘p zarb etilgan. Tangalarning og‘irligi yunon tangalarining og‘irligiga teng bo‘lgan. Aniqrog‘i, oltin tanga 8,6 gramm, tetradrahma 16 grammga, 1 stater – 5 tetradrahma yoki 20 drahmaga teng bo‘lgan.
Yunon-Baqtriya podsholigining tangalari asosan kumush va misdan, ba’zan tilladan zarb etilardi. Ular orasida Yevkraditning 20 staterli (160 g) tangasi antik dunyo davrining eng yirigidir. Yunon-Baqtriya kumush tangalari asosan bir andozada bo‘lib, o‘ng tomonida hukmdor, reversida ma’budalar (Zevs, Gerakl, Poseydon, Apollon) tasvirlangan. Ularda podsho martabasi, ismi hamda laqabini qaratqich kelishigida masalan: “podsho Antimox xudoning” - deb beruvchi yunon yozuvlari yarim doira yoki ustuncha shaklida joylashtirilgan. Bundan tashqari tanganing reversida ma’budaning tasviri yonida bir necha yunon harflaridan iborat monogramma ham bor. (Monogramma-yunon tilida mono-bir: gramma-harf, yozuv.) Bu yerda, tangada monogramma – tangani zarb qilgan usta hamda hukmdor ismining jimjimador bosh harfi.2 Monogrammaning nima uchun kerakligi haligacha noma’lum, ba’zi tadqiqotchilar bu zarbxona nomlarining qisqartirilib tuzilgani desa, ba’zilar tangalarni chiqarish uchun ma’sul bo‘lgan amaldorlarning ismi, xatto tanga zarb etilgan sana deb ham taxmin qilinadi. Yunon-Baqtriya tangalarida andozaga tushib qolgan tasvirlardan chekinish hollari ham uchrab turadi. Masalan, podsho Yevkradit davrida zarb etilgan tangalar ichida aversida podshoh hamda “Ulug‘ shoh Yevkradit” degan yozuv, reversida peshonasiga tillaqosh taqqan ayolning yon tomonidan olingan surati aks ettirilgan. Suratning tagida - Geliokl va Laodika deb yozilgan tangalar uchraydi.
Aleksandr, Antiox, Diodot va Yevtidemlar sharafiga bag‘ishlangan tangalar ham diqqatga sazovor. Bunday metall tangalardan biri Yevtidem sharafiga Antimax tomonidan Panjikentda, Diodot va Yevkratid sharafiga Agafokl tomonidan zarb etilgan 3 ta tanga Buxorodan topilgan dafina ichidan chiqqan. Hindistonning bir qismi Yunon-Baqtriya saltanatining tarkibiga qo‘shilgandan keyin, zarb etilgan tangalarda Xaroshtx yozuvi, shuningdek fil, zebra, buqa, qora qoplon tasvirlangan. Bu jihatdan Yunon-Baqtriya mis tangalarida turli hayvonlar surati tasvirlangan. Tangalar to‘rtburchak shaklini olgan. Tangalarda aks etgan Yunon-Baqtriya podsholarining tasvirlari podshoning o‘z chinakam suratidir1.
O‘z otasini qatl qilgan Geliokl Yunon-Baqtriya qudratini saqlab qola olmadi. Uning katta hududini Parfiya bosib oldi, shimoldan esa yuechji qabilalari bu hududga yopirilib kela boshlaydi. Miloddan avvalgi 141 va 128 yillar o‘rtasida Yunon-Baqtriya davlatining taqdiri uzil-kesil hal bo‘ladi. Bu haqda E.V.Rtveladzening “So‘g‘d va Baqtriya podsholiklarida Yevtidem hamda Geliokl tetradrahmalari va Yevkraditning obol2lariga o‘xshatib zarb etilgan tangalar keng rasm bo‘lgan edi”3 degan fikrini keltirish mumkin.
So‘g‘diyona, Choch, Xorazm tangalari o‘z sifati, tayyorlanishi texnologiyasiga ko‘ra Baqtriyanikiga tenglasha olmagan. Baqtriyada o‘sha davrda kandakorlik san’ati yuksak taraqqiy etgan edi. Yunon-Baqtriya podsholigi nodir san’atining namunalari bo‘lgan tangalar yordamida podsholikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va diniy hayoti haqida ko‘pgina ma’lumotlarni olish mumkin. Yunon-Baqtriya tangalari topilmalari ichida 1 ta Diodotning, 8 ta Yevtidemning, 2 ta Demetriyning tangalari mavjud.
Yunon-Baqtriya davlatida iqtisodiy xo‘jalik, hunarmandchilik, madaniyat va shahar hayoti va savdo bitimlari uchun kumush tatradrahmalar va drahma qatorida, kichik chakana savdo aloqalari bilan bog‘liq bo‘lgan mis tangalar ham zarb etilgan.


Yüklə 5,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin