Zardo‘sht quyosh kalendari. VII asrda Zardo‘sht quyosh kalendarining isloh qilinishi. Xorazm quyosh kalendari.
Eron, Markaziy Osiyohududida zardushtiylik dini shakllangach, Navrо‘zga bu dinga xos urf-odat va an’analar kirib, uni diniy bayram sifatida о‘tkazish odatga aylangan. О‘sha davrda zardushtiylik mafkurasiga mos keladigan kalendar ijod qilishgan, uning oxirgi islohoti Sosoniylar sulolasidan bо‘lgan Yazdigird davrida amalga oshirilganligi uchun Yazdigird kalendari deb nomlangan. Bu kalendar 365 kunlik Quyosh (shamsiya) kalendari bо‘lib, uning 12 oyi 30 kundan 360 kun bо‘lgan, qolgan 5 kuni hech bir oyga kirmagan, bu 5 kun 21 martda kiradigan yangi yil oldidan alohida hisoblangan va bu kunlarda Navrо‘z oldidan ibodat qilishgan va tayyorgarlik kо‘rishgan. Yazdigird kalendaridagi oy nomlari uning zardushtiylik mafkursi bilan bog‘liq ekanligini kо‘rsatib turadi. Bu oylarning qadimiy Avestodagi va hozirgi nomlari quyidagicha:
Fravashi (Farvardin) - butun mavjudotning ruhi xudo Axuramazdaning sifatlaridan biri
Ashi Vaxishta (Ordibehesht chinakam) taqvodorlik
Xarvatot (Xо‘rdod) - butunlik va salomatlik xudosi.
Tishtriya (Tir) - Sirius yulduziga zardushtiylar sig‘inganlar
Ameretot (Mо‘rdod) - abadiylik
Xshatra-vara (Shahrevar) - oliy hokimiyat
Mitra (Mehr) - yorug‘lik, ahd va osmon xudosi
Apu (Obon) - suv xudosi
Odar (Ozar) - olov xudosi
Dotush (Dey) - yaratuvchi
Vohu Manoh (Baxmon) - yaxshi fikr
Spenti Omoti (Esfand) taqvodorlik asosiy aqidalardan biri
Zardusht yil hisobi Markaziy Osiyo va Eron xalqlari qо‘llagan eng qadimgi yil hisobidir. Zardusht yil hisobi Quyosh yiliga asoslangan bо‘lib, 12 oydan iborat. Har bir oy 30 kun, yana qо‘shimcha besh kun bor. Bu besh kun alohida oy hisoblanadi. Bu besh kun sakkizinchi oydan keyin qо‘yilgan bо‘lib, shunda tо‘qqizinchi oyning boshlanishi Navrо‘zga tо‘g‘ri kelgan. Kalendardagi 12 ta oyning nomi “Avesto”dagi turli ma’budlarning nomiga borib taqaladi. Oy tarkibiga kirgan 30 kunning ham alohida nomlari bor. “Avesto”ning milodning VI asrda sosoniylar davrida tuzilgan matnida oylar va kunlarning tо‘liq nomi rо‘yxati keltirilgan. Biroq ba’zi kalendar atamalari “Avesto” ”Gotlar”ida ham uchraydi. Bu kalendar sharqiy Eron va Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning boshlarida tuzilgan va dastlab g‘arbiy Eronda Ahmoniylar davrida rasmiy davlat kalendari sifatida qabul qilingan. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda qadimgi Eron yil hisobi deb ataladi.
Abu Rayhon Beruniy “Xronologiya” asarida zardusht yil hisob miloddan avvalgi 441 yildan boshlangan deb kо‘rsatadi. Zardusht kalendari 365 kun, har biri 30 kundan tuzilgan 12 oy va yana 5 kundan iborat, tо‘rt yilda yana bir kun orttirilgan, har tо‘rt yilda kabisa yili о‘n ikkinchi oyning oxiriga 5 kun emas, 6 kun qо‘shilgan.
Zardusht yil hisobidan milodning 622 yilgacha ya’ni, islomgacha qо‘llanib kelindi. 632 yilda sosoniy shoh Yazdgird IIIzardushtiylik kalendarini isloh qiladi.
Zardushtiylar kalendaridagi hafta kunlari nomlarini tо‘liq tasavvur etish uchun Andargohga murojaat etish lozim. Andargoh 365 kundan iborat kabisa yili qadimgi sharq halqlarida besh kundan iborat bо‘lgan yohud о‘sha davr haftalari besh kundan iborat edi. Hafta iborasi zardushtiylar kalendariga kо‘ra andargohga tо‘g‘ri keladi. Andargoh (hafta)ning har bir kuni Zardusht gotlarining alohida nomlari bilan atalgan.