Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


I-BOB. “BIZNESNI TADQIQ ETISH USULLARI” FANINING



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

I-BOB. “BIZNESNI TADQIQ ETISH USULLARI” FANINING 
PREDMETI VA VAZIFALARI 
Bobning qisqacha mazmuni: Mazkur bobda har bir iqtisodchi uchun o’z 
sohasi bo’yicha biznes faoliyatini samarali yo’lga qo’yish uchun zarur bo’lgan
biznesning zamonaviy usullarini o’rganish hamda qay yo’sinda faoliyatni tashkil 
etish masalalarini yorituvchi biznesni tadqiq etish usullari kursining predmeti va 
vazifalariga bag’ishlangan. Shuningdek, biznesni tadqiq etishning fan sifatida 
shakllanishi, iqtisodiy fanlar tizimidagi o’rni, boshqa fanlar bilan o’zaro 
bog’liqligi, zamonaviy bozor iqtisodiyoti talabiga mos xususiyatlari, 
respublikamizda biznesni rivojlantirishning qonuniy asoslari, fanning mamlakat 
iqtisodiyotini yangilash hamda modernizatsiyalash qilish va yangilashni izchil 
davom ettirishning davr talablariga xos va mos vazifalari ko’rsatilgan. 
 
1.1. “Biznesni tadqiq etish usullari” - fan va o’quv kursi sifatida 
«Biznes» so’zi inglizcha bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so’z 
bilan aytganda, kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir. 
«Biznesmen» (tadbirkor) atamasi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII 
asrda paydo bo’lib, u «mulk egasi» degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit
tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat 
g’oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir,
deb ta’kidlaydi. Tadbirkorning o’zi, o’z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni 
tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o’zi xo’jayinlik qiladi.
Biznes — bu avvalo, ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va 
munosabatlar, hayotning o’zi, so’ngra esa pul ishlash demakdir. Biznes — bu 
xorijiy so’z bo’lib, u butun dunyo bo’yicha tarqalgan, undan barcha mamlakatlarda 
foydalanadilar. O’zbek tilida esa biznes so’zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor 
demakdir. O’zbekcha so’z xorijiy so’zga to’g’ri keladi, lekin unga qo’shimcha 
ma’no ham beradi. Bu so’zlar ortida «ish», ya’ni ish bilan shug’ullanish yoki 
korxona tashkil qilish yotadi. Shunday qilib, biznes — bu korxona tashkil qilish 
demakdir (sanoat korxonasi, savdo do’koni, xizmat ko’rsatish korxonasi, auditorlik 


10 
kontorasi, advokat idorasi, bank va h.k.). Demak, biznes — bu yo’q narsadan pul 
qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat ko’rsatishni tashkil 
etish demakdir. Tadbirkor — bu doimo o’z ishining fidoyisi, bilimdonidir. 
Tadbirkorlik uchun o’qish kerak, nafaqat, dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir 
umr o’qishi, izlanishda bo’lishi kerak. 
Biznesni tadqiq etish usullari - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy 
munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish 
muammolarini kompleks, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan 
o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, 
raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni 
tashkil etish, bozor konyukturasini o’rganish va bashorat qilish hamda biznes 
strategiyalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Biznesni tadqiq etish 
usullari fani firma va korxonalarni bozorda o’z maqsadlarga erishish quroli sifatida 
qarashga alohida e’tibor beradi. 
“Biznesni tadqiq etish usullari” fani iqtisodiyotni modernizatsiya-lash 
sharoitida tarmoq va korxonalarda sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarini nazariy va amaliy jihatlarini o’rganish va uni mo’’tadil 
rivojlantirishning echimlarini topishda hamda magistratura ta’limi “Iqtisodiyot 
(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” mutaxassislarini shakllanishida katta ahamiyatga 
ega. Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakatda biznes faoliyati yuritishiga 
ta’sirini keng foydalaniladi.
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga biznes faoliyatini tahlil qilishning 
murakkab bo’lgan usullari orqali turli raqobat jarayonlarini, kon’yunkturaviy 
o’zgarishlarni yoritib berish, shu bilan bir qatorda biznes muhitini tashkil etish, 
iste’molchi xulq-atvorini modellashtirish, tovarning sifati, uning raqobatdoshligini 
ta’minlash, firmaning bozordagi strategiyalarini to’g’ri tanlash bo’yicha yo’nalish 
profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin