Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

KIRISH 
 
Mamlakatimizda 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va 
texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Bu o’z navbatida faol 
tadbirkorlikni aynan innovatsion texnologiyalarga mos holda rivojlantirishga 
hamda innovatsion g’oyalarga asoslangan holda olib borishlarini taqozo etadi. 
Albatta bunday faoliyatni yo’lga qo’yish eng avvalo biznes sohasidagi zamonaviy 
tadqiqotlarni olib borishni zaruriyatini tug’diradi. Ma’lumki, bugungi kunda biznes 
faoliyati 
bilan 
shug’ullanayotganlar innovatsion taraqqiyotning global 
o’zgarishlariga, jumladan, ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy tarkibiy o’zgarishlariga 
to’qnash kelmoqdalar. Bu o’z navbatida ular faoliyatida yangi va ko’plab 
o’rganilmagan biznesning o’ziga xos qirralarni va jahon taraqqiyotidagi biznes 
sohasidagi olib borayotgan tadqiqotlarni chuqur o’rganishni taqozo etmoqda. 
Global o’zgarishlarga javoban iqtisodchi olimlar, yirik mutaxassislar va 
amaliyotchi tadbirkorlar bunday tarkibiy o’zgarishlarga ta’sir etuvchi korxonani 
yanada zamon talablariga mos ravishda mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarning 
innovatsion usullarini topishga harakat qilmoqdalar. Erkin raqobat asosida milliy 
iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli 
to’xtovsiz ortib bormoqda.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish sharoitida 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning 
ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, 
raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o’sishga erishishda muhim 
omil bo’lib hisoblanadi. Respublikamizda iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish 
o’rinlarini tashkil etish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va 
farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga 
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Lekin bugungi kunda O’zbekistonda bu sohada hali ishga solinmagan juda 
katta salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanini, dunyodagi taraqqiy topgan 



davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yalpi ichki mahsulot hajmida 
etakchi va hal qiluvchi o’rinni egallayotganini inobatga oladigan bo’lsak, bu 
yo’nalishda hali qiladigan ishlarimiz naqadar ko’pligi ayon bo’lib bormoqda. 
O’zbekiston Respublikasida 2018 yil “Faol tadbir-korlik, innovatsion g’oyalar va 
texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili” e’lon qilinishi fikrimizning amaliy isboti 
sifatida keltirib o’tish mumkin.
Mamlakatimizda tadbirkorlik jadal rivojlanib borayotgan bo’lsada, mazkur 
sohani yanada rivojlantirish yo’llarini aniqlash va ustuvor yo’nalishlarini belgilash 
bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda. 
Mamlakatimiz uchun bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyati 
masalalari yangilik emas. Respublikamiz uchun yangilik iqtisodiyotni bozor
qonunlari talablar asosida shakllantirib, ishlab chiqarishni erkin raqobat muhitida 
olib borishdir. Tadbirkorlik iqtisodiyot sub’ektlarining mavjud iqtisodiy, tabiiy, 
mehnat va intellektual salohiyatlarini oqilona sarflab, samaraliroq natijalarga 
erishishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, u bozor munosabatlari rivojlanishi oxir-
oqibatida iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. 
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
korxonalari muhim rol o’ynaydi. Bizning mamlakat ham bu ma’noda istisno emas, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish bugungi kunda 
mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga olib chiqilgan. Bu respublikamizda 
amaldagi me’yoriy huquqiy asoslarni mustahkamlash va ushbu sohada islohotlarni 
jadallashtirish, zamonaviy talablariga javob beradigan iqtisodiy – huquqiy 
asoslarni mustahkamlash iqtisodiyotning ushbu sektori uchun kreditlar va 
imtiyozlar barqaror tizimini shakllantirish bo’yicha qabul qilingan choralarni 
yaqqol namoyish etadi. Kichik biznes korxonalari faoliyatida marketing faoliyatini 
qo’llashning eng muhim tomoni, korxonaning iste’molchilar bilan to’g’ridan-
to’g’ri muloqotda bo’lish zaruriyati va imkoniyatidir. Shuning uchun ham kichik 
biznes faoliyatida marketing funktsiyasi bozorni tashkil etishdan boshlab, sotuv 
oldi va sotuvdan keyingi xizmatlarni tashkil etishgacha o’ziga xos xususiyatga ega 
bo’ladi. Bu esa o’z navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxo-nalari 



faoliyatida biznes faoliyatini tahlil etish usullarini takomillash-tirish va shu orqali 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulot 
va 
xizmatlarining 
sifatini 
oshirish, 
raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari juda muhim, dolzarb masalalardan 
ekanligini anglatadi.
O’quv qo’llanma mazkur vazifalarni oz bo’lsada bajarishga qaratilgan 
harakatlardandir. Chunki, unib kelayotgan yosh avlod kelajakda o’z sohasi 
bo’yicha biznes faoliyatini olib borayotganda va iste’molchilar bozoriga masulot 
ishlab chiqarish yoki xizmatning yangi turlarini yaratishda albatta biznesning 
tadqiqot usullarini mukammal o’zlashtirishni zarur bo’ladi. Shuningdek, o’quv 
qo’llanmani tanishish barobarida biznesni tadqiq etishni tashkil qilish, biznesni 
tadqiq etish usullarini tanlash, biznesda raqobat ustunligini ta’minlash 
kontseptsiyasi, biznes jarayonini tahlil qilishda axborot tizimlari, firmaning biznes 
faoliyatini strategik rejalashtirish, raqobat bozorining jozibadorligini tahlil qilish va 
talabni o’rganish, biznesda bozor kon’yunkturasini o’rganishning asosiy 
yo’nalishlari, firmaning ichki va tashqi bozordagi biznes strategiyasini tanlashning 
mamlakatimiz va xorij adabiyotlaridan foydalanilgan amaliy, taxliliy, qiyosiy taxlil 
jihatlariga duch keladi. Bu o’z navbatida talabada biznesning hali ochilmagan 
qirralari yanada mukammal o’zlashtirishga hamda biznes faoliyatini olib borishda 
zarur bo’ladigan vazifalar ijrosini amalda mustaqil qo’llashga zamin yaratadi.




Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin