Toshkent moliya instituti iqtisodiyot yo’nalishi i-64 guruh talabasi azimov solijon



Yüklə 24,35 Kb.
səhifə1/3
tarix22.12.2023
ölçüsü24,35 Kb.
#190160
  1   2   3
Iqtisodiyot nazariyasi Azimov Solijon oraliq


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT YO’NALISHI I-64 GURUH TALABASI AZIMOV SOLIJON
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN 1-ORALIQ NAZORATI
VARIANT 16
1.Mulkchilik shakllarini o’zgarish usullari.
Mulkchilik bu- har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan, mulkchilik– bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkchilikning turli xil shakllari mavjud bo’lib ular quyidagilar hisoblanadi va vazifalariga qarab o’zgarib boradi:
1.Davlat mulki 3.Shaxsiy mulk 5.aralash mulk
2.Jamoa mulki 4.Xususiy mulk
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.
Davlat mulki –mulkga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’ladi.Davlat mulkidan foydalanish huquqi ko’pincha xo’jalik yurituvchi subyektlarga beriladi Davlat mulki asosan ikki xil yo’l bilan hosil bo’ladi:
1) Xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkazilishi;
2) Davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida o’zlarida bo’lgan ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirib jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali paydo bo’ladi. Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aktsiyadorlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining mulki, jamoa va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.

Yüklə 24,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin