Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi



Yüklə 14,29 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü14,29 Kb.
#41555
11 keys


Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati bo‘lmagan yoki jamoatchilik nazorati etarli darajada kuchga ega bo‘lmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham tasavur qilish qiyin. Shuning uchun mamlakatimiz Konstitutsiyasida jamoatchilik nazoratining mamlakatimiz fuqarolari davlat boshqaruvida ishtirok etishlarining muhim vositasi ekani e’tirof etilmoqda. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurligi alohida ta’kidlandi: “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan «O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qilish fursati etdi.”1

Jamoatchilik nazoratini tashkil qilish masalalarini tahlil qilishdan avval “jamoatchilik nazorati” tushunchasining turdosh tushunchalar bilan umumiy jihatlari va tafovutlarini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda matbuotda va ilmiy adabiyotlarda “jamoatchilik nazorati”, “ijtimoiy nazorat”, “fuqarolik nazorati” kabi atamalar ishlatilmoqda. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur atamalar ko‘pincha sinonim sifatida va ba’zan noo‘rin qo‘llanilmoqda.

Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari bir-biriga juda yaqinday tuyuladi. Aslida ular o‘rtasida umumiyliklar bilan bir qatorda jiddiy tafovutlar ham mavjud. Ular o‘rtasidagi tafovutlar avvalo shundan iboratki,harbiy yuristlarning fikriga ko‘ra, fuqarolik nazorati armiya faoliyati ustidan jamoat tashkilotlari olib borayotgan nazoratni anglatadi. Masalan, bizning mamlakatimizdaMudofaa vazirligi qoshida tuzilgan Jamoatchilik kengashi ana shunday nazoratni amalga oshiradi. Shu ma’noda fuqarolik nazorati noharbiy tashkilotlar tomonidan Qurolli kuchlar faoliyatining mamlakatimiz qonunlariga mosligi va maqsadga muvofiqligini nazorat qilishni bildiradi. Ikkinchidan, fuqarolik nazorati alohida shaxslar tomonidan Qurolli kuchlar faoliyatining Konstitutsiyaga, xalqaro shartnomalarga mosligi, shuningdek, Qurolli kuchlar tizimidagi ijtimoiy masalalarning huquqiy me’yorlarga mosligi ustidan o‘tkaziladigan nazoratni ham bildiradi.“Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut xuddi mana shu o‘rinda ko‘rinadi. Fuqarolik nazoratini hech bir jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lmagan fuqaro ham amalga oshirishi mumkin. Jamoatchilik nazoratini esa alohida fuqarolar emas, jamoat birlashmalari va ularning vakillari amalga oshiradi.



Jamoatchilik nazorati” va “ijtimoiy nazorat” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut avvalo, shundaki, “ijtimoiy nazorat” tushunchasi mazmun doirasiga ko‘ra “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan kengroq. Bu tushuncha tarkibiga “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan tashqari davlat nazorati va fuqarolik nazorati ham kiradi. Chunki ular ham mohiyatan ijtimoiy nazoratning ko‘rinishlaridir.

Jamoatchilik nazoratiga turli-tumanta’riflar berilgan. Jamoatchilik nazoratining asosiy xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta’rifdan foydalanish o‘rinliroq bo‘ladi: “Jamoatchilik nazorati ― jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo‘yicha yuritadigan faoliyat”.

Hozircha mamlakatimizda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinmagan bo‘lsa ham, shunday qonun loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilindi. Muhokama qilinayotgan Qonun loyihasida jamoatchiliknazoratining maqsadlari quyidagicha ta’riflanadi: “Jamoatchilik nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:

2014-yil 26-sentabrda e’lon qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Qonun 5 bob, 30 moddadan iborat bo‘lib, unda ijtimoiy sheriklik tushunchasi va uning asosiy prinsiplari o‘z ifodasini topgan. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va uni amalga oshirish tartibi, ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mazkur munosabat subyektlarining huquq va majburiyatlariga keng o‘rin berilgan.

Ushbu qonunda ijtimoiy sheriklikning asosiy sohalari sifatida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va faolligini oshirish, bandlikni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhit va aholi sog‘lig‘ini saqlash, barkamol avlodni shakllantirish, onalik va bolalikni, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish va boshqa masalalar nazarda tutilgan. Qonunda fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ro‘yobga chiqarishda, gumanitar muammolarni hal etishda, aholining turli qatlamlari huquq va manfaatlarini himoya qilishda davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlari ham mustahkamlandi. Bu jarayonda ijtimoiy sheriklik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Yüklə 14,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin