Toshkent moliya instituti «elektron tijorat» kafedrasi



Yüklə 157,96 Kb.
səhifə1/9
tarix15.04.2023
ölçüsü157,96 Kb.
#98363
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi Komilov Maxmudjon iqtisodiyot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



«ELEKTRON TIJORAT» KAFEDRASI
1-bosqich talabasi Komilov Maxmudjonning
« IQTISODIYOT NAZARIYASI » fanidan tayyorlangan
mustaqil ishi


Pul tizimi evolyutsiyasi va uning turlari

TOSHKENT-2023
KIRISH
Mustaqillik yillarda O’zbekiston oldingidan tubdan farq qiluvchi yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi bosqichlariga o’tib bormoqda. Bozor iqtisodi asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari – tovar ishlab chiqarish, tovarlarning ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodi erkin tovar-pul munosabatlarga asoslangan iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib boriladigan iqtisoddir.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati tubdan o’zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik markazi ana shu tizimlarga ko’chdi.
Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so’mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sahasidagi muammolarni o’rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda:
- naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga sabab nima?
- aholi qo’lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo’l qo’ymaslik mumkin?
- mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxona (firma) ularga kredit berilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim?
- milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak?
- inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat?
Bozor munosabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va shu asosida iqtisodiy taraqqiyotga erishish kreditdan foydalanishni, banklar faoliyatini samaradorligini oshirishni, kreditdan foydalanishda salbiy hollarning oldini olishni taqozo qiladi. Yoozirgi vaqtda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning salmog’i va sifati sohasida ancha muammolar mavjud.
Yoar bir jamiyatda bank tizimi uning iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixan tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining rivojlanishi banklarning rivojlanishi bilan o’zaro bog’liq holda taraqqiy qilib borgan. Banklar xo’jaliklarga kredit bera turib, korxona, tashkilotlar o’rtasida hisob-kitoblarni o’tkaza borib, kapital harakatida vositachi sifatida maydonga chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimida katta tarkibiy o’zgarishlar yuzaga keldi va banklarning tarkibi va ular bajaradigan funktsiyalar va ularga yuklangan vazifalarning mohiyati va sifati o’zgarib bormoqda. Banklar ma’muriy-buyruqbozlik tizimida ishlashdan yangi - bozor munosabatlari sharoitida ishlashga o’tdi. Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarni qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko’rsatishning yangi usullarini joriy qilish, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qo’llash, turli xil kredit institutlarining barpo qilinishi bilan bog’liq jarayonlarni yuzaga kelishiga olib keldi.
Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o’rni hamda faoliyatini muhimligi, pul, kredit va bank tizimining takomillashib borishi, shu sohada malakali kadrlar tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi.

REJA:

1.Pul tizimining mohiyati va elementlari


2.Pul tizimining turlari va shaklllari.
3.O’zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixi.

4. Muomiladagi pul massasi va uni boshqarish. Pul muomilasini barqarorlashtirish yo’llari

XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining


rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi,
shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul
muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi.
Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda
mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati
muhim ahamiyat kasb etadi.
Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli
bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga
solinadi.
Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
1. pul tizimini tashkil etish tamoyillari;
2. pul birligi;
3. baho masshtabi;
4. pulning turlari;
5. pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning
ta’minlanganlik asoslari;
6. pul muomalasini tartibga solishning usullari; 7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish.

Yüklə 157,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin