Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə9/10
tarix20.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#163019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
hisob grafik ishga malumotnoma



























DAVST 2874-82 "Ichimlik suvi"



Ko’rsatkichlarning nomi
Me'yori
1
Quruq qoldiq, mg/l
1000
2
Xlor (Cl), mg/l
350
3
Sulfat (SO) mg/l
500
4
Umumiy qattiqlik, mg-ekv/l
7,0
5
Bakteriyalarning umumiy 1 ml. aralashtirilmagan suvdagi miqdori.
100
6
200 S va suvning 600 S gacha isitilgandagi hidi, ball
2
7
200 S da suvning ta'mi, ball
2
8
Og’ir metallar turlari, radioaktiv elementlar va boshqa zararli moddalar miqdori.
Davlat bosh sanitariya epedemiyasi belg-n miqdorda bo’lishi kerak.
ILOVA: Sanitar-epidemiologik xizmati tashkilotlari bilan kelishilgan holda mineralizatsiyasi 15000 mg/l va umumiy qattiqligi 10 mg-ekv/l. ga teng bo’lgan suvni vaqtincha ichishga tavsiya qilish mumkin. Vodorod ko’rsatkichi (pH) miqdori 6,5-8,5 ga teng bo’lishi kerak. Biz ko’rayotgan variant tahlilida suvdagi quruq qoldiq miqdori 673,4 mg/l, sulfat ioni 83,0 mg/l, xlor ioni 124,5 mg/l, umumiy qattiqligi 6,43 mg-ekv/l, bir millilitrdagi ichak tayoqchasi miqdori bir donadir. Demak biz tekshirayotgan suv hamma ko’rsatkichlar bo’yicha ichishga yaroqli lekin ichak kasalliklarini tarqatuvchi tayoqchalar bo’yicha gumonlidir. Shu sababli suvning sanitar holatini yaxshilash uchun uni xlorlash zarur.

9. Suvning sug’orish uchun yaroqliligini baholash.


Buning uchun suvning haroratini, tarkibidagi erigan tuzlarning umumiy miqdorini, ularning tarkibi va irrigatsion koeffitsientini hisobga olish kerak. Odatda yer osti suvlarining past haroratda bo’lishi o’simliklarga salbiy ta'sir ko’rsatadi.
A.N.Kostyakov umumiy mineralizatsiyasi 1000-1500 mg/l. dan oshmagan yer osti suvlarini sug’orish uchun zararsiz deb qabul qiladi. Agarda tarkibidagi erigan tuzlarning umumiy miqdori 1500 dan 3000 mg/l gacha bo’lsa, bunday suvlarning tarkibini sinchiklab tahlil qilish zarur bo’ladi, eng yuqori me'yor 5000 mg/l hisoblanadi. V.A.Kovdaning ma'lumotlari bo’yicha, tuproq qatlamida zararli tuzlarning miqdori 1,5-1,7 foiz bo’lganda ko’pgina o’simliklar unib chiqmaydi. Yaxshi suv o’tkazuvchan va drenajlangan tuproqli yerlarni yuqori minerallashgan (sho’r) suvlar bilan sug’orish mumkin, og’ir tuproqli, suvni yomon o’tkazadigan yerlarni sug’orishda foydalaniladigan suvlar suvlarning tarkibida tuzlar miqdorini kamaytirish kerak. Suvlarning tarkibidagi tuzlar orasida eng zararlisi natriy tuzi hisoblanadi. Bu tuzlarning zararlilik darajasi quyidagi taxminiy miqdori nisbati bilan tavsiflanadi:
Na2SO4: NaCl :Na2CO3=1:3:10.

Suvni yaxshi o’tkazuvchi tuproqli yerlar uchun natriy tuzlarining quyidagi yuqori chegarasi me'yori qabul qilinadi (mg/l. da).


Na2CO3–1000, NaCl – 2000 va NaSO4 – 5000/




































Yer osti suvining sifatini taxminiy baxolash uchun taxminiy empirik yo’l bilan chiqarilgan irrigatsion koeffitsientni aniqlash formulasidan foydalanish qulaydir.Irrigatsion koeffitsient yer osti suvi bug’langanda 1,2 m chuqurlikdagi ko’pgina o’simliklarning tuproq qatlamini zarasizlantiradigan etarli ishqorlar miqdorini bildiradi. Tahlil qilinayotgan variantdagi yer osti suvi tarkibidagi tuzlarning miqdori (umumiy mineralizatsiyasi) bo’yicha sug’orish uchun zararsizdir.

13-jadval

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin