Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə4/10
tarix20.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#163019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
hisob grafik ishga malumotnoma

Geologiya va Gidrogeologiya fanidan
Geologo-gidrogeologik kesimni tuzish.


Hisob grafik ishi
Toshkent-2023
Geologo-gidrogeologik kesimni tuzish.

1. Jadvalda berilgan burg’i quduqlari bilan ochilgan tog’ jinslarining litologik tarkibidan foydalanib, har bir quduqning chizmada ko’rsatilgan o’qi atrofiga bir santimetr kenglikda quduqning litologik qirqimi shartli belgilari tushiriladi. Jadvalda burg’i qudug’i bilan ochilgan tog’ jinslarining qalinligi yoki yotish chuqurligining chegaralari ma'lum bir tartibda berilgan. Chizmaga tog’ jinslari qatlamlari berilgan tartibda va masshtabda tushiriladi (6a-rasm).
Qirqimdagi qatlamlar yoniga ularning yoshi ko’rsatkichlar bilan ko’rsatib qo’yiladi.
2. So’ngra quduqlarda ko’rsatilgan qirqimlardan, terrasalarning yer yuzidagi chegaralaridan, tog’ jinslarining yoshidan foydalanib litologik va stratigrafik chegaralar o’tkaziladi. Avvalo yoshni ko’rsatuvchi ko’rsatkichlardan foydalanib, tub tog’ jinslari bilan daryo hosil qilgan allyuvial jinslar oralig’idan chegaralar o’tkaziladi. So’ngra terrasa relefi va uning ostidagi yotqiziqlarning litologik tarkibini hisobga olib, allyuvial yotqiziqlar oralig’idan stratigrafik chegaralar o’tkaziladi. Litologik tarkib va stratigrafik chegaralarni o’tkazishda, terrasalar relefini e'tiborga olishda quyidagi holatlar hisobga olinishi lozim:
a) bir xil tartib raqamli terrasalar ostida bir xil tarkibli va yoshli tog’ jinslari yotadi.
b) bir tartib raqamli terrasalar ostida turli tarkibli yoki yoshli tog’ jinslari yotadi.
v) turli tartib raqamli terrasalar ostida bir tarkibli yoki yoshli tog’ jinslari yotadi.
g) ayrim tartib raqamli terrasalar daryoning bir qirg’og’ida bo’lishi ikkinchi qirg’og’idagisi esa, erroziya ta'siri natijasida yuvilib ketishi natijasida bo’lmasligi ham mumkin.
d) ayrim vodiylar ko’ndalang kesimi bir qirg’oqdagi terrasalar soni ikkinchi qirg’oqdagiga nisbatan daryo erroziyasining o’ziga xosligiga bog’liq ravishda ko’proq bo’lishi mumkin.
e) bir tartib raqamli ikkala qirg’oqdagi terrasalarning birida burg’ilash qudug’i kavlangan bo’lsa, qirqim tuzishda quduq kavlanmagan tomondagi terrasaning geologik tuzilishi kavlangan burg’ilash qudug’i bo’yicha qabul qilinadi.
Yuqorida ko’rsatilgan holatlar tahlil qilinib hisobga olingandagina daryolarning geologik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni to’liq aks ettiradigan geologik kesimni tuzish mumkin (6b-rasm).
3. Litologik va stratigrafik chegaralar o’tkazilib bo’lingandan so’ng, o’xshash jinslar o’tkazilgan chegaralar doirasida oraliqlar shartli belgilar bilan to’ldiriladi. So’ngra geoxronologik jadvalda berilgan standart ranglardan foydalanib har bir davrga mansub bo’lgan tog’ jinslari o’ziga mos ranglar bilan bo’yaladi (6v-rasm).
4. Geologik kesim tuzib bo’linganidan so’ng, jadvaldan foydalanib burg’ilash quduqlari bilan ochilgan sizot suvlari sathi chuqurliklari yer yuzasidan o’lchab belgilanadi va tekis punktir chiziqlar bilan tutashtiriladi. Punktir chiziqlarining daryo tomonidagi uchlari daryo suvi sathi bilan tutashtiriladi. Punktir chiziqlarining daryo tomonidagi uchlari daryo suvi sathi bilan tutashtiriladi.
Geologo-gidrogeologik kesim tuzib bo’linganidan so’ng bajarilgan ish asosida vodiyning geomorfologik, geologik va gidrogeologik sharoitini yozma ravishda yoritiladi. Yozuv matnida quyidagi ma'lumotlar berilishi lozim:
1. Daryo vodiysi va terrasalari xaqida tushunchalar;
2. Daryo terrasalarining hosil bo’lishi;
3. Har bir terrasaning geologik tuzilishi, tog’ jinslarining yoshi, tarkibi, qalinligi va elementlari;





6-rasm. Geologo-gidrogeologik kesim tuzish.


4. Suvli qatlamlarning tarkibi;
5. Suvli qatlamlarning terrasalar maydonidagi chuqurligi, o’zgarish qonuniyatlari hamda daryo suvi bilan bog’lanishi.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI

Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari" mutaxassisligi 2-bosqich 7-guruh talabasi: Foziljonov Nodirjonning



Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin