Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix17.12.2019
ölçüsü1,17 Mb.
#29956
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Dorivor o‘simliklar


Tarqalish  areallari.  O‗simlikning  tabiiy  tarqalishi:  Bolqon-Kichikosiyo, 
O‗rtaerdengizi,  g‗arbiy  Evropaning  tog‗li  o‗rmonlari  (Britan  oroli,  Fransiyaning 
shimolida, Belgiya, Germaniya, Avstriya, SHvetsariya, Italiya va Bolqon yarimoroli) da 
uzun  areallar  hosil  qiladi.  Undan  tashqari  Ukrainada,  Karpat  tog‗lari:  Ujgorod 
atroflarida,  Uj  daryosi  chap  qirg‗oqlarida  va  Lotorits  daryosining  o‗ng  qirg‗oqlarida, 
Qrimda  dengiz  satxidan  400  m.  balandlikdagi  joylarida  uchraydi..Bundan  tashqari 
Afrikaning  shimoliy  hududlarida,  Eron  va  Afg‗onistonda  ham  tarqalgan.  Moldaviyada 
yovvoiy holda kam tarqalgan bo‗lib, (2 ball) uni litsenziyasiz terish taqiqlangan. Hozirda 
o‗simlikning  katta  plantatsiyalari  MDX  ning  Lubna,  Krasnadar  o‗lkasi  va  Voronej 
oblastlarida mavjud.  
Introduksiyasi:  Atropa  belladonna  o‗simligi  o‗simliu  ilk  bor  Q.X.  Xodjaev  va 
X.X.Xolmatovlar tamonidan 1944 yilda Toshkent Botanika bog‗i sharoitida introduksiya 
qilishgan  [].  Atropa  belladonna  o‗simligi  O‗zbekiston  sharoitida  tabiiy  holda  umuman 
uchramaydi.  
O‗zRFA Botanika bog‗i ―Tibbiyot  botanikasi‖ laboratoriyasining ekspozitsiyasida 
saqlanib  kelinyotgan  Atropa  belladonna  dan  olingan  urug‗lar  asosida  ikki  xil  sharoitda 
ekilgan (quyosh yoki ochiq maydon va soya) o‗simliklarda ilmiy izlanishlar olib borildi. 
Toshkent vohasi sharoitida o‗simlikning bioekologik xususiyatlaridan: ontogenezi, 
suv  rejimi,  gullash  biologiyasi  o‗rganildi  hamda  urug‗dan  va  ko‗chatdan  ko‗paytirish 
usullari ishlab chiqildi. 
2005-2007  yillarda  urug‗larning  laboratoriya  sharoitidagi  unib  chiqishi 
kuzatilganda,  Petri  likobchasidagi  (3.2-rasm)  urug‗lar  uchun  qulay  harorat  22-24
0

bo‗lib,  haroratning  bu  darajasida  12-18  kungacha  unuvchanlik  90-95%,  ni  tashkil  etdi. 
Olingan natijalar 15-jadvalda keltirilgan. 
Dala sharoitida o‗simlik urug‗lari erta baxorda va kech kuzda ekiladi. 
Agar  o‗simlik  urug‗lari  kech  kuzda  ekilsa  erta  baxorda  unib  chiqadi  va  birinchi 
vegetatsiya  yilida  ontogenezning  barcha  bosqichlarini  o‗taydi.  Urug‗lar  baxorda 
ekilganda esa birinchi vegetatsiya yili ontogenezni to‗liq o‗tamaydi.  
Birinchi  vegetatsiya  yilida  quyoshdagi  o‗simliklar  iyul  oyining  oxirida 
g‗unchalashi  generativ  davri  kuzatilib,  g‗unchalar  II-tartibli  novdalarning  barg 
qo‗ltiqlaridan  paydo  bo‗ldi.  Soyadagi  o‗simliklarda  g‗unchalash  avgust  oyidan 
boshlandi.  
Iyulning oxirida quyosh sharoitdagi o‗simliklarda II-tartibli novdalar hosil bo‗ldi. 

92 
 
Birinchi  yilgi  o‗simliklarning  generativ  davridagi  gullash  jarayoni  juda  kam 
bo‗ladi, bir tupda 8-9 ta gina gullarning ochilishi kuzatildi. Avgustning boshida ochilgan 
gullar gullashi 14-16 kunchagcha davom etib, oy oxiriga kelib mevalarning shakillanishi 
boshlandi.  
Soyadagi  o‗simliklarda  g‗unchalash  avgust  oyidan  boshlandi  hamda  ularning 
balandligi 25-28 sm ga etdi. O‗simlikdagi barglar soni 20-25 ta ni tashkil etdi. 
Quyosh  sharoitida  o‗sgan  o‗simliklarda  birinchi  vegetatsiya  yilida  mevalarning 
pishib etilishi sentyabr oyining oxirida kuzatildi. O‗simliklarning umumiy balandligi 35-
40 sm ga etdi. 
Oktyabr  oxiri  noyabr  boshlarigacha  quyoshdagi  o‗simliklarning  g‗unchalashi, 
gullashi, mevalarining shakllanishi, pishib etilishi bir vaqtning o‗zida davom etdi. 
Ikkinchi  yilgi  (2006)  quyoshdagi  o‗simliklarning  vegetatsiyasi  mart  oyining 
boshlaridan boshlandi. Soyadagi o‗simliklarning vegetatsiyasi esa martning o‗rtalaridan 
boshlandi.  Bu  yildagi  o‗simliklarning  o‗sishi  va  rivojlanishi  birinchi  yilgi  soyadagi 
o‗simliklardan  farq  qilib,  fazalarining  boshlanishi  ancha  oldinga  surildi.  Mart  oyining 
oxirida o‗simliklarning balandligi 5-7 sm ga etdi. Bu paytda havoning o‗rtacha harorati 
11,8
0
S ni tashkil etib, yog‗ingarchilik miqdori 70,6 mm bo‗ldi. 
Bu  yili  quyoshdagi  o‗simliklarning  rivojlanish  surati  jadal  bo‗lib,    may  oyining 
boshlarida  ularning  balandligi  20-25  sm  ni  tashkil  etdi.  10-mayga  kelib  o‗simliklarda 
birinchi  g‗unchalar  paydo  bo‗la  boshladi,  20-mayda  esa  o‗simlikdagi  g‗unchalar  gullay 
boshladi. Soyadagi o‗simliklarning bu oyda jadal o‗sishi kuzatildi. 
Quyoshdagi  o‗simliklarda  mevalarining  shakllanishi  iyun  oyidan  boshlanib, 
ularning pishib etilishi iyul o‗rtalariga to‗g‗ri keldi. SHu oyining oxirlarida o‗simlikning 
balandligi  75-80  sm  ga  etdi.  Avgust  boshlarigacha  o‗simlikning  yoppasiga  gullashi 
davom etib, ikkinchi yarimidan gullash pasaydi. Oy oxirida esa har bir tupda 3-5 tagacha 
gullari ochildi va mevalarining pishishi ko‗payib, 28,2±1,3 donagacha etdi. Vegetatsiya 
davomida har bir tupda o‗rtacha 70-80 ta gullar paydo bo‗ldi. 
Soyadagi o‗simliklarning ikkinchi vegetatsiya yilida g‗unchalarining hosil bo‗lishi 
iyun  oyidan  boshlanib,  birinchi  gullarining  ochilishi  esa  iyun  oyining  o‗rtalaridan 
kuzatildi.  O‗simlik  mevalarining  shakillanishi  iyul  oyining  boshlariga  ularning  to‗liq 
pishib  etilishi  esa  avgust  oyining  boshlariga  to‗g‗ri  keldi.  SHu  oyining  oxirlarida 
o‗simliklarning balandligi o‗rtacha 75,5±1,2 sm dan bo‗ldi. O‗simliklarning g‗unchalari, 
gullari  va  mevalar  soni  birinchi  yilgidan  ko‗p  bo‗lib,  vegetatsiya  davomida  bir  tupda 
58±2,1 ta gacha gul hosil qildi. 
Uchinchi  yilgi  (2007)  quyoshdagi  o‗simliklarning  vegetatsiyasi  fevral  oxiri  mart 
oyning boshlaridan, soyada 10-martdan boshlandi.  
Har  ikkala  sharoitda  ham  uchinchi  yilgi  o‗simliklarning  o‗sishi  sur‘ati  ikkinchi 
yilgi o‗simliklardan jadalligi kuzatildi. 
Quyosh  sharoitidagi  o‗simliklar  generativ  davrga  aprel  oxiridan  o‗tdi.  30  aprelda 
o‗simliklarda g‗unchalarning paydo bo‗lishi kuzatilib, may oyining ikkinchi dekadasiga 
kelib  gulladi.  Bu  vaqtda  ularning  balandligi  30-35  sm  ni  tashkil  etdi.  O‗simliklardagi 
mevalarning  shakillanishi  may  oxirlaridan  boshlandi,  iyun  oyining  oxirlariga  kelib 
ularning to‗liq pishib etilishi kuzatildi. 

93 
 
May  oyining  o‗rtalarida  soyadagi  o‗simliklarning  balandligi  25-30  sm  ni  tashkil 
etib,  shu  oyning  o‗rtalarida  g‗unchalashi  va  oy  oxirida  gullashi  kuzatildi.  Mevalari 
iyundan shakillanib ularning to‗liq pishib etilishi iyul oxirlariga to‗g‗ri keldi. Bu paytda 
o‗simliklarning balandligi 75-80 sm ni tashkil etdi. 
Keyingi oylarida (avgust, sentyabr, oktyabr) birinchi va ikkinchi yilgi o‗simliklarga 
o‗xshab rivojlanish fazalari bir paytning o‗zida davom etaverdi. 
Uchinchi yilgi quyosh sharoitidagi o‗simliklarning umumiy vegetatsiya davri 240-
260 kun va soyada 235-241 kunni tashkil etdi. 
 
Atropa  belladonna  ni  kimyoviy  tarkibini  xar  hil  geografik  iqlim  sharoitlarga  xos 
bo‗lgan joylarda juda chuqur o‗rganishgan bo‗lib, V.I.Muraveva, A.I.Bankovskiy va E.V 
YUdinsevalar  (1950)  1948  yilda  Butunittifoq  dorivor  va  xushbuy  o‗simliklar 
Institutining  (VILAR)  Ukraina  (Poltava  oblastida)  tajriba  maydonida  qator  tajribalar 
qilib  o‗simlik  organlaridagi  alkaloidlar  miqdorini  o‗sish  dinamikasida  o‗rganishgan  va 
vegetatsiya  davomida  uning  turlicha  bo‗lishini  aniqlashgan.  Unga  ko‗ra  o‗simlikning 
ildizida  0,56%  gullash  davrida;  poyasida  0,42%  va  barglarida  0,68%  g‗unchalash 
davrida;  hamda  reproduktiv  organlarida  0,75%  gacha  urug‗  pishish  davrida  alkaloidlar 
maksimum  darajada  yig‗ilib,  bir  tup  o‗simlikda  urug‗lar  shakillanayotgan  davrda  eng 
ko‗p  bo‗lib  328  mg  gacha  alkaloid  to‗planganligi  aniqlangan.  Bundan  tashqari  V.M. 
Stulnikov  (1953), 
G.N.Buzuk,  M.YA.Lovkova,  YU.V.Naydenov  (1991) 
va 
boshqalarning  ishlarida  ham  o‗simlik  a‘zolaridagi  alkaloidlar  miqdorini  rivojlanish 
davomidagi  o‗zgarishlarini  o‗rganganligini  ko‗rish  mumkin.  Unga  ko‗ra  tabiiy  holda 
o‗sib  rivojlangan  yoki  soya  joylarda  o‗stirilgan  o‗simliklar  tarkibidagi  alkaloidlar 
miqdoridan  quyoshli  joylarda  o‗sgan  yoki  ekib  o‗stirilgan  o‗simliklarning  tarkibidagi 
alkaloidlar miqdori ancha ko‗p bo‗lishini aniqlashgan.  
Introduksiya  qilinayotgan  Atropa  belladonna  xalq  ho‗jaligidagi  axamiyatini 
baholash  uchun  avvalo  uning  kimyoviy  tarkibini  o‗rganish  muhim  hisoblanadi.  SHu 
bois,  ilmiy  izlanishlarimizda  ikki  xil  sharoitda  ekib  o‗stirilgan  o‗simliklarning  yashil 
massasining  biokimyoviy  tarkibi  rivojlanish  fazalari  bo‗yicha  xar  hil  organliridagi 
alkaloidlar miqdori aniqlandi.  
 O‗z  RFA  ―Botanika‖  IICHM  Botanika  bog‗i  sharoitida  o‗stirilgan  Atropa 
belladonna  ning tarkibidagi alkaloidlar miqdori Toshkent Farmatsevtika Instituti hamda 
O‗z RFA ning O‗simliklar moddalari kimyosi Instituti ilmiy xodimlari bilan birgalikda 
aniqlandi.  Quyosh  sharoitida  o‗sgan  birinchi  yilgi  o‗simliklar  vegetatsiya    poyasida, 
g‗unchalash  fazasida  0,32%,  bargida  0,48%;  shunga  muvofiq  soyadagi  o‗simliklar 
poyasida  0,28%,  bargida  0,43%;  quyoshda  gullash  fazasida  poyasida  0,27%,  bargida 
0,60%;  soyadagi  o‗simliklar  poyasida  0,19%,  bargida  0,52%  bo‗lib,  mevalash  fazasida 
bu  ko‗rsatkichlar  quyosh  sharoitidagi  o‗simliklar  poyasida  0,21%,  bargida  0,42%,  va 
urug‗larida  0,53%;  soyadagi  o‗simliklar  poyasida  bu  fazada  0,14%,  bargida  0,36%  va 
urug‗larida  0,40%  gacha  tropan  guruhiga  kiruvchi  umumiy  holdagi  alkaloidlarning 
borligi aniqlandi Toshkent Botanika bog‗i sharoitidagi o‗stirilayotgan Atropa belladonna 
tarkibidagi  alkaloidlar  miqdori  XI-Davlat  Farmakopeyasidagi  talablarga  to‗liq  javob 

94 
 
berib,  sug‗oriladigan  tipik  bo‗z  tuproqli  katta  maydonlarda  etishtirish  mumkinligidan 
dalolat beradi. 
Demak,  olib  borilgan  tajribalar  natijalariga  ko‗ra  quyosh  sharoitda  o‗sgan 
o‗simliklar  tarkibidagi  alkaloidalar  miqdori,  soya  sharoitida  o‗sgan  o‗simliklar 
tarkibidagi  alkaloidlar  miqdoridan  biroz  ko‗p  bo‗lib  har  ikki  sharoitdagi  o‗simliklar 
tarkibidagi to‗plangan alkaloidlar miqdori Davlat Farmakopeyalari talablariga to‗la mos 
keladi.   
Adabiyotlar 
1.Atlas arealov i resursov lekarstvennыx rasteniy.- Moskva. 1976. - s.127, 249. 
2.Berejinskaya  V.V.,  Zemlinskiy  S.E.,  Kushke  E.E.,  Muraveva  V.I.  va     
Satsыperov F.A. Belladonna. Medgiz – Moskva, 1953. - 115 s. 
3.Vulf E.V., Lyubimenko V.N., Plotnitskiy G.A., Albrext E.A. Belladonna Atropa 
belladonna L. Eyo rasprostranenie i kultura v Krыmu.- YAlta. 1917. - 46 s. 
4.Gaevskaya  O.A.  Issledovanie  travы  krasavki  kak  istochnika    promыshlennogo 
polucheniya  alkaloidov.  Avtoref.  dis.  na  soisk.  uch.  step.  kand.  farmats.  nauk.  /  VNII 
lekarstv i arom. rast. RASXN. – Moskva, 2004. – 21 s. 
5.Gammerman  A.F.  Issledovaniya  listev  krasavki,  vыrashshennыx  na  uchastke 
lekarstvennыx rasteniy Glavnogo botanicheskogo sada. //  Vestnik farmatsii. – M.: 1928. 
- №6. 
6. Dusmuratova F.M.,  Tuxtaev B.E. Introduksiya i metodы vozdelыvaniya Atropa 
belladonna  L.  //  Uzbekskiy  biologicheskiy  jurnal.  –  Tashkent,  izd.  Fan  Akademii  nauk 
RUz. 2007. – S. 57-60.  
7.Dusmuratova  F.M.  Atropa  belladonna  ning  biomorfologik  xususiyatlari.  
//Sovremennыe  problemы  strukturnoy  botaniki.  Materialы  respublikanskoy  nauchnoy 
konferensii. – Tashkent, 2010. – S. 39-41.  
8.  Dusmuratova  F.M.,Tuxtaev  B.E.    Atropa  belladonna  L.  ning  introduksiya  
sharoitida o‗stirilishi.// Xorazm Ma‘mun Akademiyasining 1000 yilligiga bag‗ishlangan 
yosh olimlarning xalqaro ilmiy konferensiyasi, Xiva2006.b. 214-215 
9.Dusmuratova F.M. Rost i razvitiya Atropa belladonna L.  v usloviya Uzbekistan. 
//Biologiya  Nauka  XXI  veka.  13-ya  Puщinskaya  mejdunarodnaya    shkola-konferensiya 
molodыx uchuennыx. 28 sentyabr-2 oktyabr. Puщina 2009.  s.227-228 
10.Zemlinskiy S.E. Lekarstvennыy rasteniya SSSR. Moskva, Medgiz. 1958.  S. 14,  
11.Flora SSSR. T. XII. Izd. Akademii Nauk SSSR. -Moskva,1955.Leningrad. 
12.Sidelnikov N.I. Izuchenie biologicheskix osobennostey Atropa  
    belladonna L s selyu vvedeniya kulturu v Sentralno-CHernozemnom  
 
 
 
 
 
 
 
 

95 
 
15-Ma‟ruza 
 
Mavzu: Dorixonalar tizimida va farmatsiya sanoati uchun tayyorlanadigan 
o„simliklar 
Mavzu 2 soatga mo‗ljallangan 
Ma‘ruza rejasi: 
1. Dorixonalar tizimida va farmatsiya sanoati uchun tayyorlanadigan o‗simliklar  
2.  O‗zbekistonda  yovvoyi  holda  o‗sadigan  dorivor  o‗simliklardan  tibbiyotda 
foydalanish uchun tavsiyalar.  
3.O‗zbekistonda yig‗ib olinishi mumkin bo‗lgan dorivor o‗simliklar.  
4. Ekish uchun tavsiya etiladigan dorivor usimliklar ro‗yxati, 
5. CHet ellardan olinadigan dorivor ayrim o‗simliklar ro‗yxati.  
Tayanch iboralar: dorixonalar tizimi, farmatsiya sanoati, yovvoyi holda o‗sadigan 
dorivor  o‗simliklar,  yig‗ib  olinishi  mumkin  bo‗lgan  dorivor  o‗simliklar,  ekish  uchun 
tavsiya  etiladigan  o‗simliklar,  chet  ellardan  olinadigan  ayrim  dorivor  o‗simliklar 
ro‗yxati, inventarizatsiya  qaydnomasi 
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) «Kitob as-Saydana fi-t-tib» («Farmakognoziya») 
nomli  mashhur  asarida  o‗sha  davrda  sharqiy  xalqlar  orasida  qo‗llanilayotgan  barcha 
o‗simliklarni,  xar  xil  nomlanishini,  bir  o‗simlikning  bir  nechta  sinonimi  borligi  yoki 
bir  nom  bilan,  bir  nechta  o‗simlikning  atalishini,  ularni  topishda  va  foydalanishda 
qiyinchilik  tug‗dirayotganini  inobatga  olib,  «Saydana»  asarini  yaratgan.  Unda 
o‗simliklarning  barcha  millatlar  va  shevalardagi  nomlarini  keltirib,  lotin  tilida 
yozgan.  Foydalaniladigan  o‗simliklarning  tavsifi,  morfologik  tuzilishini  yoritib 
berib, o‗simliklarni yig‗ish va ulardan foydalanish uchun bebaho qulaylik yaratgan. 
Xozirgi  kunda  tug‗ilayotgan  bolalarning  ko‗pchiligi  allergiya,  diatez  va  boshqa 
turli  og‗ir  kasalliklariga  chalingan  holatda  dunyoga  kelmoqda.  Kimyoviy 
moddalarni  inson  genetikasiga  ta‘siri  tufayli  xar  xil  nuqsonli  bolalar  tug‗ilib, 
«dori  kasalligi»  degan  iboralar  paydo  bo‗lib,  yangi,  avval  kuzatilmagan  kasalliklar 
yuzaga kelmoqda. 
Qadimdan  qo‗llanilib  kelayotgan  dorivor  o‗simliklar  bezarar,  asorat  qoldirmaydi, 
degan fikrlar, davolovchi mutaxassislar va davolanuvchi  aholi  orasida  keng  tarqala 
boshladi. Bunday vaziyat er yuzidagi deyarli barcha davlatlarni qamrab oldi. 
Avval,  xalq  tabobati  deganda  bu  masalaga  bir  oz  ishonchsiz  va  tanqidiy 
qaralgan  bo‗lsa  (ayniqsa  sobiq  SSSR  davrida),  xozirgi  kunda  barcha  qit‘alarda  xalq 
tabobatini rivojlantirish masalasi ko‗rilib chiqilmoqda. 
Jahon  sog‗liqni  saqlash  tashkiloti  2003  yil  iyun  oyida  Jeneva  shahrida   
«Dorivor      o‗simliklarni      yig‗ish      va      ekib      o‗stirish»,      «Dorivor  o‗simliklarning  
xavfsizligini    baholash»      mavzularida    ilmiy    va    amaliy  anjuman  o‗tkazdi. 
Anjumanda  Xitoy,  Malayziya  va  boshqalar,  rivojlangan  davlatlardan  Amerika, 
Kanada,  Angliya  va  boshqa  davlatlar  mutaxassislari  qatnashdi.  Rivojlangan 
davlatlarda          oxirgi  o‗n  yillikda  dorivor  o‗simliklar  mahsulotini  ishlatish  10  mlrd. 
AQSH dollariga etganligi qayd  qilindi. 

96 
 
Xozirgi  kunda  Evropa  dorivor  o‗simliklar  bozorida  sotiladigan  o‗simliklar 
mahsulotining umumiy qiymati 1,1 mlrd. AQSH dollariga teng. Evropada o‗simliklar va 
ularning  mahsulotlarini  sotib  oluvchi  davlatlar  Germaniya,  Fransiya  va  Italiya 
hisoblanadi. 
Dunyodagi yirik dorivor o‗simliklar xom ashyosini sotib oluvchi 
(importer) davlatlar 
Davlat 
Miqdori (tonna) 
AQSH dollari (mln) 
AQSH 
51600 
118 
Angliya 
730 
24 
Germaniya 
45400 
107 
Gonkong 
80555 
332 
Ispaniya 
7350 
24 
Italiya 
10400 
39 
Koreya 
34200 
53 
Pokiston 
12550 
43 
Singapur 
8500 
60 
Fransiya 
19800 
46 
Xitoy 
9300 
36 
YAponiya 
57850 
158 
Umumiy 
344900 
1010 
 
Asosiy  dorivor  o‗simliklar  xom  ashyosini  etkazib  beruvchi  davlatlar 
orasida  eng  yirik  davlat  Xitoy  bo‗lib,  140450  tonna  mahsulot  sotadi,  so‗ngra  keyingi 
o‗rinlarni Xindiston - 35650 tonna, Germaniya -14900 tonna, CHili - 11700 tonna, 
Singapur - 14400 va boshqa davlatlar egallaydi. 
Mustaqil  davlatlar  hamdo‗stligiga  a‘zo  davlatlarda  ham  dorivor  o‗simliklar  va 
ulardan tayyorlanadigan dori vositalariga e‘tibor kuchayib bormoqda. Ayniqsa, Rossiya, 
Qozog‗iston,  Qirg‗iziston  va  boshqa  davlatlarda  xalqaro  korporatsiyalar  va 
farm atsevtik   firm alarda ,  dori v or   o‗simliklardan  tayyorlangan  choylar,  yig‗malar, 
ekstraktlar, damlamalar, qaynatmalar keng qo‗llanila boshladi. 
Xozirgi kunda chet el etuk davlatlarida (Evropada) Abu Ali ibn Sino tavsiya ilgan 
o‗simliklar  va  yig‗malardan  foydalanadigan  yirik  korxona  va  tashkilotlar  mavjud. 
O‗zbekistonda,  olim  vatanida,  bunday  tashkilot  eki  korxonalarni  tashkil  qilish  juda 
o‗rinlidir. 
O‗zbekistonda  ham  bu  sohada  ayrim  izlanishlar  olib  borilmoqda,  ammo 
respublikaning xali imkoniyatlari katta. 
O‗zbekiston florasi 4 mingdan ortiq o‗simliklarni o‗z ichiga oladi. SHulardan 600-
700  turi  xalq,  va  ilmiy  tibbiyotda  ishlatiladi.  Ilmiy  tibbiyot  ehtiyoji  uchun  100 
dan  ortiq  dorivor  o‗simliklar  mavjud.  Ko‗pchilik  o‗simliklarni  ishlatish  uchun 
tavsiyalar  qilingan.  Lekin  hozirgi  kunda  yovvoyi  holatda  o‗sadigan,  farmatsevtika 

97 
 
sanoatida  yoki  dorixonalar  tizimida      ishlatilishi      mumkin      bo‗lgan      bir      qancha   
dorivor   o‗simliklar  e‘tiborsiz    qolmoqda.    O‗zbekistonda    farmatsevtika    sanoati,    
tibbiyotda  qo‗llash      uchun      quyidagi      o‗simliklarning      zahirasiga      putur   
etkazmasdan,    etarli  miqdorda yig‗ib   olishni tashkil qilishi mumkin. 
YOvvoyi  holda  o‗sadigan  va  O‗zbekiston  farmatsevtika  sanoati  uchun  tavsiya 
qilinadigan o‗simliklar 
 
O‗simlik nomi 
Yig‗iladigan 
xom ashyosi 
Xar  yili  yig‗ib 
olish 
mumkin 
bo‗lgan  miqdori 
(tonna) 
Ilova 
Afsonak (Thermopsis R. Br.) 
o‗ti 
125 
 
Achchiqmiya  (Sophora  pachycarpa 
C.A. Meu) 
o‗ti 
50 
 
Isiriq 
(Peganum 
harmala 
L.) 
L.)agta1a .) 
o‗ti 
350 
 
Itsigak (Anabasis aphylla L.) 
o‗ti 

 
Oqquray (Psoralea drupacea Bge.) 
mevasi ildizi 
100 20 
 
SHirinmiya (Glycyrrhiza glabra L.) 
iddizi 
30 
 
Qizilcha (Ephedra L.) 
o‗ti 
(yosh 
novdalari) 
60 
 
YApon  soforasi  (Sophora  japonica 
L.) 
g‗unchasi 
mevasi 
50 10 
Manzarali 
daraxt sifatida ko‗p 
o‗stiriladi 
 
O‗zbekiston  dorixonalarida      foydalanish  uchun  tavsiya  qilingan  yovvoyi  holda 
o‗sadigan dorivor o‗simliklar 
 
O‗simlik nomi 
Yig‗iladigan 
xom ashyosi 
Xar  yili  yig‗ib 
olish 
mumkin 
bo‗lgan  miqdori 
(tonna) 
Achchiq  toron  (suv  qalampiri)  (Polygonum  hydropiper 
L.) 
o‗t qismi 

Achchiq shuvoq (ermon) (Artemisia absinthium L.) 
o‗t qismi 
50 
Bo‗ymadoron (Achilla millefolium L.) 
guli (o‗ti) 
10 
Gazanda (Urtica dioica L.) 
bargi 

Dalachoy (Hypericum perforatum L,) 
o‗t qismi 
10 
Jag‗-jag‗ (Capsella Burza pastoris L.) 
o‗t qismi 

Kiyik o‗ti (Zizphora pedicellata Parij et  Vved.) 
o‗t qismi 
20 
Na‘matak (Rosa L.) 
mevasi 
50 

98 
 
Otquloq (Rumex convertus Willet.) 
ildizi mevasi 
0,5 
0,5 
Tog‗rayxon  (maydagulli)  (Origanum  tythanthum) 
Gontsch L.) 
o‗t qismi 
50 
Qirqbo‗g‗im (Equisetum arvense L.) 
o‗t qismi 

Qush toron (Polygonum aviculare L.) 
o‗t qismi 

SHaftoli bargli toron (Polygonum persicaria L.) 
o‗t qismi 

 
Bu 
jadvalda 
asosan 
ko‗proq 
qo‗llaniladigan 
o‗simliklarning 
ro‗yxati  keltirildi.  Extiyojga  ko‗ra  o‗simliklarning  bu  ro‗yxatini  yanada 
kengaytirish mumkin [9,10]. 
7
 
Ilmiy  va  xalq  tabobatida  davolash  uchun,  yig‗malar  tayyorlashda,  sachratqi, 
qirqbo‗g‗im, bo‗ymadoron, dalachoy va boshqalar xom ashyosidan foydalanilgan.  
Jigar  sirrozini        davolash  uchun  dalachoy,  bo‗ymadoron,  qushtarssh-  mavrak,   
dastarbosh,  moychechak,  qariqiz,  andiz  xom  ashyolaridan  tayyorlangan  yig‗malar 
tavsiya  qilingan.  Xuddi  shunday  holat  me‘da  yallig‗lanishi  (gastrit),  me‘da  yarasi 
(yazva),  xolangit,      xoletsistit,  pankreatitlarni  davolash  uchun  xududdagi  yovvoyi  
holda  o‗sadigan  o‗simliklarning  turlaridan   foydalanish  mumkin. 
O‗zbekistonda  yovvoyi  holda  o‗sadigan  dorivor  o‗simliklardan  tibbiyotda 
foydalanish uchun tavsiyalar  
O‗zbekiston  viloyatlari  har  xil  geografik  mintaqalarga  joylashgani  tufayli, 
o‗simliklarni turi va ulardan olinadigan mahsulotni hajmi har xil bo‗lganligi tufayli, biz 
ish jarayonida yig‗ilgan ma‘lumotlarimizga suyangan holda 5 ta viloyatni nisbiy dorivor 
o‗simliklarga  boy  deb  chiqardik.    Tavsiya  etilgan  o‗simliklarni  o‗sadigan  erlari  va 
zahiralari aniqlangan. 
Samarqand viloyati (Misol tariqasida)] 
a) G‗arb tumanlarida uchraydigan va yig‗ib olinsa bo‗ladigan dorivor o‗simliklar: 
- bozulbang – Lagochilus inebrians Bge. (qizil kitobda), 
 labguldoshlar-Lamiaceae 
- isiriq (garmala) Peganum garmala L., tuyatovondoshlar-Zygophyllaceae 
-oqquray (psoraleya) – Psoralea drupacea Bge., dukkakdoshlar- Fabaceae 
-  achchiqmiya  (sofora  tolstoplodnaya)  –  Sophora  pachycarpa  C.A.Mey., 
dukkakdoshlar-Fabaceae 
-  bodomcha  (mindal)  –  Amygdalis  spinosissima  Bge.Mem.,  ra‘noguldoshlar  – 
Rosaceae 
B) Janubiy SHarq erlarida uchraydigan dorivor o‗simliklar:  
- qizilpoycha (zveroboy sheroxovatыy) – Hypericum scabrum L.  
- kiyik o‗ti (zizifora svetonosnaya) - Ziziphora pedicellata Pazijet Vved. 
- ermon  (polыn)- Artemisia absinthium L. 
- tog‗rayhon  - Origanum titthantum Contsch. 
- na‘matak har xil turlari –  Rosa sp. 
- sariq andiz –  Inula grandis Schrenk. 
- qizilmiya - Glycyrrhiza glabra L. 

99 
 
  YUqorida  keltirilgan  dorivor  o‗simliklardan  tashqari  nam  erlarda,  bog‗larda, 
soylarda  va  boshqa  dehqonchilik  erlarida  tarqoq  uchraydigan  dorivor  o‗simliklar 
ro‗yxati: 
Suv qalampiri – 
Polugonum hydropiper L.
 
Kelin tili (SHaftoli bargli toron) – Polygonum percicaria L. 
Qushtaron - 
Polygonum aviculare L.
 
Otquloq  - Rumex confertus Willd. 
 Zubturum – 
Plantago major L.
 
Jag‗-jag‗ - 
Capsella bursa pastoris Medie).
 
     O‗zbekistonda  barcha  olib  borilgan  resursshunoslik  ishlarini  tahlil  qilib 
qo‗yidagi xulosaga keldik. 
 
 

100 
 
O‗zbekistonda yig‗ib olinishi mumkin bo‗lgan dorivor o‗simliklar 
O‗simliklar nomi 
Foydalaniladigan 
kismi 
Lotincha 
Uzbekcha 
Ruscha 
Altahae armeniaca Ten. 
Arman gulxayrisi 
Altey armyanskiy 
ildizi 
Anabasis aphylla L*. 
 
Bargsiz itsigek 
Anabazis bezlistnыy 
o‗t qismi 
Berberis oblonga Schneid. 
Qora zirk 
Barbaris chyornыy 
ildizi 
Berberis vulgaris L. 
Oddiy zirk 
Barbaris obыknovennыy 
mevasi 
Hyoscyamus niger L*. 
Mingdevona 
Belena chyornaya 
bargi 
Helichgysum  marocandlica 
L. 
Samarqand buznochi 
Bessmertnik samarkandskiy 
guli 
Crataegrus sanguinea Pall. 
Isirik (adraspan) 
Garmala obыknovennaya 
guli, mevasi 
Peganum harmala L*. 
To‗q qizil do‗lana 
Boyarыnshnik  krovavokrasnыy  o‗t qismi 
Polugonum hydropiper L. 
Achchik toron 
Gorets perechnыy 
er ustki qismi 
Polygonum percicaria L 
SHaftoli bargli toron 
Gorets pochechuynыy 
er ustki qismi 
Polygonum aviculare L. 
Qush toron 
Gorets ptichiy (sporыsh) 
o‗t qismi 
Adonis turcestanica Adolf.  Turkiston adonisi 
Adonis Turkestanskiy 
o‗t qismi 
Inula grandis Schrenk.  
Arman gulxayrisi 
Altey armyanskiy 
ildizi, ildizpoyasi 
Melilotus officinalis Desr. 
Bargsiz itsigek 
Anabazis bezlistnыy 
o‗t qismi 
Hyoscyamus niger L*. 
Qora zirk 
Barbaris chyornыy 
bargi 
Datura stramonium L*. 
Oddiy zirk 
Barbaris obыknovennыy 
bargi 
Origanum 
tytnanthum 
Gontstch. 
Mingdevona 
Belena chyornaya 
o‗t qismi 
Hypericum perforayum L. 
Samarqand buznochi 
Bessmertnik samarkandskiy 
o‗t qismi 
Hypericum scabrum L. 
Isirik (adraspan) 
Garmala obыknovennaya 
o‗t qismi 

101 
 
Acanthophyllum 
gypsophylloides Rgl. 
To‗q qizil do‗lana 
Boyarыnshnik  krovavokrasnыy  ildizi 
Verbascum thapsus L. 
Achchik toron 
Gorets perechnыy 
guli, bargi 
Verbascum 
soongoricum 
Schrenk. 
SHaftoli bargli toron 
Gorets pochechuynыy 
guli 
Urtica dioica L. 
Qush toron 
Gorets ptichiy (sporыsh) 
bargi 
Lagochilus inebrians Bge*.  Turkiston adonisi 
Adonis Turkestanskiy 
poyasini tepa qismi 
Tussilago farfara L. 
Arman gulxayrisi 
Altey armyanskiy 
bargi 
Amygdalus communis L*. 
Oddiy bodom 
Mindal obыknovennыy 
mevasi 
Hippophae rhamnoides L*.  CHakonda (chirqanoq) 
Oblepixa krushinovidnaya 
mevasi 
Capsella  bursa  pastoris  L 
(Megic). 
Jag‗ - jag‗ 
Pastush‘ya sumka 
o‗t qismi 
Tanacetum 
pseuodachilla 
C.Winkl. 
Tog‗ dastarboshi 
Pijma gornaya 
guli 
Plantago major L. 
Katta zubturum 
Podorojnik bolshoy 
bargi 
Artemisia absinthum L*. 
Achchiq shuvoq (erman) 
Polыn gorkaya 
o‗t qismi 
Artemisia vulgaris L. 
Oddiy shuvoq 
Polыn obыknovennaya 
o‗t qismi 
Leonuris turcestanica*.  
Turkiston arslonquyrug‗i 
Pustыrnik turkestanskiy 
o‗t qismi 
Glycyrhiza glabra L. 
SHirinmiya 
Solodka golaya 
ildizi 
Vexibia pachycarpa Jakovl.  Achchiq miya 
Sofora tolstoplodnaya 
o‗t qismi 
Sphaerophysa salsula Pall*.  SHildirbosh (sho‗r bo‗yan)  Sferofiza solonsovaya 
o‗t qismi 
Thermopsisalterniflora Rgl. 
 
 
 
Ketma ket gulli afsonak 
Termopsis ocherednotsvetkovsh  o‗t qismi 
Achilla millefolium L. 
Oddiy bo‗ymadaron 
Tыsyachelistnik obmknovennsh 
o‗t qismi, guli 
Ungernia Victoris V ed*. 
Viktor qoraqovig‗i 
Ungerniya Viktora 
bargi 
Equisetum arvense L. 
Dala qirqbo‗g‗imi 
Xvosh polevoy 
o‗t qismi 

102 
 
Cichorium intubus L. 
Sachratqi (oddiy) 
Sikoriy obыknovennыy 
o‗t qismi, ildizi 
Bidens tripartita L. 
Qoraqiz (iftikanak) 
CHereda trexrazdelnaya 
o‗t qismi, ildizi 
Rosa Sp. 
Na‘matak turlari 
Vidы shipovnika 
mevasi 
Rumex confertus Willd. 
Dorivor otquloq 
Щavel konskiy 
mevasi, ildizi 
Ephedraequisetina Bunge*.  Tog‗ efedrasi, t. qizilchasi 
Efedra xvoщevaya (gornaya) 
o‗t(poyasini 
yashil 
qismi) 
Ilova:  * - yulduzcha bilap belgilangan o‗simliklar xomashyosi farm sapoatda ishlatilishi mumkin 
Ekish uchun tavsiya etilgadigan dorivor usimliklar ro‗yxati 
(maxsus xo‗jaliklarda) 
   № 
O‗simliklar nomi 
Foydalaniladigan kismi 
 
 
Lotincha 
O‗zbekcha 
Ruscha 
 
 

Anisum vulgare Yaerth. 
Arpabodiyon 
Anis obыknovennaya 
mevasi 

Foeniculum vulgare Mile. 
Ukrop (dorixona turi) 
Ukrop aptechnыy 
mevasi 

Valeriana officinalis L. 
Dorivor valeriana 
Valeriana lekarstvennaya 
ildizpoya 

Erysimum canescens Roth. 
Erizimum 
Jeltushnik serыy 
er ustki kismi 

Calendula officinalis L. 
Tirnoqgul 
Nogotki aptechnыy 
guli 

Cassia acutifolia D.e.l. 
Makkai sano 
Kassiya ostrolistnaya 
bargi 

Atropa belladonna L. 
Belladonna 
Belladonna 
bargi 

Convallaria majalis L. 
Marvaridgul 
Landsh mayskiy 
er ustki kismi 

Mentha piperita L. 
YAlpiz (dorixona turi) 
Myata perechnaya 
bargi 
10 
Rubia tinctorum L. 
Ro‗yan 
Marena krasilnaya 
ildizpoya 
11 
Solanum lacianitum Ait. 
Bo‗lakli ituzum 
Paslyon dolchatыy 
sr ustki kismi 

103 
 
12 
Matricaria recutita L. 
Moychechak 
Romashka aptechnaya 
guli 
13 
Thymus srpyllum L. 
Tog‗jambul 
Timyan polzuchiy 
er ustki kismi 
14 
Chelidonium majus L. 
Qoncho‗p 
CHistotel bolshoy 
er ustki kismi 
15 
Salvia officinalis L. 
Dorivor mavrak 
SHalfey lekarstvennыy 
bargi 
16 
Helichrysum arenarium D.e.c. 
Bo‗znoch 
Bessmertnik peschanыy 
guli 
17 
Dioscorea nipponica Macino. 
YAms (dioskoreya) 
Dioskoreya nipponskaya 
ildiz va ildizpoya 
18 
Hypericum perforatum Z. 
Dalachoy 
Zveroboy prodыryavlennыy 
er ustki kismi 
19 
Coriandrum sativum Z. 
Kashnich 
Koriandr posevnoy 
mevasi 
20 
Urtica dioica L. 
Gazanda 
Krapiva dvudomnaya 
Bargi 
21 
Rhaponticum 
carthamoides 
llijn. 
Levzeya 
Levzeya saflorovidnaya 
ildiz va ildizpoya 
22 
Leonuris guinguelabatus B.g. 
Arslonquyruq 
Pustыrnik pyatilopastnыy 
er ustki kismi 
23 
Tanacetum vulgare L. 
Dastarbosh 
Pijma obыknovennaya 
Guli 
24 
Orthosiphon stamineus Benth.  Ortosifon 
Ortosifon 
tыchinochnыy 
Bargi 

104 
 
25 
Achillea millefolium L. 
Bo‗ymadoron 
Tыsyachelistnik obыknovennыy 
yer ustki kismi 
26 
Digitalis purpurea L. 
Angishvonagul 
Naperstyanka purpurovaya 
Bargi 
27 
Digitalis grandiflora Mill. 
 
Naperstyanka krupnotsvetkovaya 
 

105 
 
Chet ellardan olinadigan dorivor ayrim o‗simliklar ro‗yxati 
 
№ 
O‗simliklar nomi 
Xom 
ashyo 
 
 
Lotincha 
Uzbekcha 
Ruscha 
 
 

Acorus calamus L. 
Igir 
Air bolotnыy 
Ildizpoya 

Aralis 
mandshurica 
R.Maxim. 
Manchjuriya 
araliyasi 
Araliya 
manchjurskaya 
Ildizi 

Ledum palistre L. 
Botqoq ledumi 
Bagulnik bolotnыy 
yosh 
shoxlari 

Betula verrucosa Ehrh.  Qayin daraxti 
Beryoza 
borodavchataya 
kurtak  va 
bargi 

Vaccinum vitis idaea L.  Brusnika 
Brusnika 
Bargi 

Rhamnus cathartica L.  Itjumrut 
Joster 
Mevasi 

Echinopanax 
elatum 
Nacai. 
Baland 
buyli 
exinopanaks 
Zamanixa vыsokaya 
ildiz 
va 
ildizpoya 

Sanguisorba  officinalis 
L. 
Zangvizorba 
Krovoxlyobka 
lekarstvennaya 
ildiz 
va 
ildizpoya 

Frangula alnus Mill. 
Frangula 
Krushina olxovidnaya  Pustlog‗i 
10  Convallaria majalis L. 
May marvaridguli 
Landыsh mayskiy 
Bargi 
11  Rhaponticum 
carthamoides Jljin. 
Levzeya 
Levzeya 
Ildizpoya 
12  Licopodium 
clavatum 
L. 
Dorixona plauni 
Likopodiy 
spora 
13  Juniperus communis Z.  Oddiy archa 
Mojjevelnik 
obыknovennыy 
kubba 
14  Taraxacum 
officinale 
Web. 
Qoqio‗t 
Oduvanchik 
lekarstvennыy 
ildizi 
15  Alnus incana Moench.  Kulrang olxa 
Olxa seraya 
gudda 
16  Alnus glutinosa Gaerth.  Oddiy dastarbosh 
Pijma obыknovennaya  guli 
17  Rhodiola rosea Z. 
Pushti rodiola 
Rodiola rozovaya 
ildizi 
18  Pinus silvestris Z. 
Oddiy karag‗ay 
Sosna obыknovennaya  kurtagi 
19  Gnaphalium  uliginosum 
L. 
Gnafalium 
Sushenitsa bolotnaya  er 
ustki 
qismi 
20  Arctostaphulos  uva  urci 
Spreng Z. 
Dorivor toloknyanka Toloknyanka 
obыknovennaya 
bargi 
21  Menyanthes trifoliate L.  Uchbarg 
Trilistnik vodyanoy 
bargi 
22  Padus racemosa Gilib.  Oddiy shumurt 
CHeryomuxa 
obыknovennaya 
mevasi 
23  Vaccinum myrtillus L.  CHernika 
CHernika 
mevasi 
24  Eucaliptus Spec. 
Ekvalipt turlari 
Ekvalipt  sharikovыy  i 
dr. 
bargi 
 
Obodonlashtirish va ko‗kalamzorlash maqsadida ekilishi mumkin bo‗lgan dorivor 
o‗simliklar 
 
№                                 O‗simliklar nomi 
Foydalani
ladigan 
qismi 
 
 
Lotincha 
Uzbekcha 
Ruscha 
 
 
1  Quercus robur Z. 
Ko‗ng‗ir eman 
Dub chereshchatыy 
pustlog‗i 
2  Tilia cordata Mill. 
Mayda          bargli     
lipa (kuka) 
Lipa serdsevidnaya 
guli 

106 
 
3  Humulus lupulus Z. 
Kulmoq 
Xmel obыknovennыy 
qubbasi 
4  Sambcus nigra L. 
Marjon daraxt 
Buzina chyornaya 
guli 
5  Populus nigra L. 
Qora terak 
Topol chyornыy 
bargi, 
kurtagi 
6  Alnus glutinosa Gaerth.  Qora olxa 
Olxa chyornaya 
g‗udda, 
mevasi 
7  Rosa spec. L. 
Na‘matak 
SHipovnik 
mevasi 
8  Padus racemosa Gilib. 
SHumurt 
CHeryomuxa 
mevasi 
9  Cretaegus 
sanguinea 
Pall. 
Do‗lana (to‗q qizil)  Boyarыshnik 
krovavokrasnыy 
mevasi, 
guli 
10  Punica granatum L. 
Anor 
Granat obыknovennыy 
po‗stlogi 
11  Viburnum opulus L. 
Oddiy kalina 
Kalina obыknovennaya 
po‗stlog‗

12  Sophora japonica L. 
YApon soforasi 
Sofora yaponskaya 
g‗unchas
i, mevasi 
13  Aeculus  hippocastanum 
L. 
Soxta kashtan 
Konskiy kashtan 
urug‗i 
14  Berberis vulgaris L. 
Oddiy zirk 
Brbaris obыknovennыy 
bargi, 
mevasi, 
ildizi 
 
Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin