Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi


DORIVOR MAHSULOTLARNI SAQLASH



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix17.12.2019
ölçüsü1,17 Mb.
#29956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Dorivor o‘simliklar


DORIVOR MAHSULOTLARNI SAQLASH 
 
Tayyorlangan  dorivor  mahsulotlar  ishlatilishiga  qadar  ma‘lum  vaqt  ichida  ko‗p 
(markazlashtirilgan  ombor,  zavod,  fabrika  va  laboratoriya  omborlari)  yoki  oz 
(dorixonalarda)  miqdorda  saqlanadi.  SHu  davrda  dorivor  mahsulot  o‗z  sifati  va 
qimmatini yo‗qotmasligi uchun ma‘lum qoidalarga rioya qilishga to‗g‗ri keladi. 
Dorivor  mahsulotlar  saqlanadigan  bino  va  xonalar  toza,  quruq  va  shamol  o‗tib 
turadigan  bo‗lishi  lozim.  Mahsulotlarga  quyosh  tushmasligi  va  xonaning  poli  taxtadan, 
devorlari oqlangan bo‗lishi shart. 
Dorivor  mahsulotlar  mahsus  stelaj  yoki  so‗rilar  ustiga  qo‗yiladi.  So‗rilarning 
balandligi 4 m gacha, eni 1,5 m bo‗lishi, devorgacha masofa 25 sm, so‗rilarning o‗zaro 
oralig‗i 50 sm va poldan balandligi 15-20 sm dan kam bo‗lmasligi kerak. 
Dorivor mahsulotlar saqlanadigan xonalar har kuni tozalanib turilishi, xona harorati 
10-15° bo‗lishi lozim. 
Dorivor  mahsulotlarni  saqlash  uchun  guruhlarga  bo‗lish  kerak.  Zaharli  va  kuchli 
ta‘sir  etuvchi  dorivor  mahsulotlar,  masalan,  belladonna,  angishvonagul,  marvaridgul, 
bangidevona, mingdevona va boshqalar alohida xonalarda saqlanishi lozim. SHuningdek 
tarkibida efir moyi bo‗lgan dorivor mahsulotlar ham iloji boricha alohida xonalarda yoki 
boshqa dorivor mahsulotlardan uzoqroq joyda saqlanishi lozim. 
Quritilgan mevalar, masalan, malina, chernika va boshqalarni havo o‗tib turadigan 
joylarda  saqlash  yoki  mahsulot  miqdori  kam  bo‗lsa  osib  qo‗yish  kerak.  Bu  mevalarga 
hashoratlar va kemiruvchilar o‗ch bo‗ladi. SHu sababli tez qurtlab ketishi mumkin. 
Har  bir  dorivor  mahsulot  ustiga  yorliq  (birka)  osib  qo‗yiladi.  YOrliqqa  mahsulot 
nomi, qachon, qaerda, kim tayyorlagani, omborga qachon keltirilgani yozilgan bo‗ladi. 

56 
 
Zaharli  dorivor  mahsulotlar  ustiga  umumiy  yorliqdan  tashqari  yana  pushti  rangli 
yorliq ham osib qo‗yiladi. 
Dorivor  mahsulotlarni  saqlash  muddati  har  xil  bo‗lib  bu  muddat  dorivor 
mahsulotlar tarkibidagi kimyoviy birikmalar tuzilishiga bog‗liq bo‗ladi. Ofitsinal dorivor 
mahsulotlarning  (Davlat  farmakopeyasiga  kiritilgan)  saqlash  muddatini  Sog‗liqni 
saqlash  vazirligi  belgilaydi.  Davlat  farmakopeyasiga  kirmagan  dorivor  mahsulotlarni 
Davlat  farmakopeya  qo‗mitasi  ko‗rsatmasiga  binoan  har  yili  bir  marta  ko‗rikdan 
o‗tkaziladi. 
Dorivor  mahsulotlarning  saqlash  muddati  tamom  bo‗lganidan  so‗ng  tarkibidagi 
ta‘sirchan kimyoviy birikmalar miqdori yoki ta‘sir etish kuchi aniqlanadi. Tahlil natijasi 
standart  talabiga  to‗g‗ri  kelmasa,  mahsulot  tashlab  yuboriladi.  Agar  dorivor 
mahsulotlarni  saqlash  davrida  biror  nuqson  sezilsa,  dorivor  mahsulotni  saqlash 
muddatini kutib o‗tirmasdan tezda tahlil qilinadi. 
 
Adabiyotlar 
 
1.  X.X.Xolmatov,  O‘.A.Ahmedov,  Farmakognoziya:  darslik,  Toshkent,  Ibn  Sino 
nomidagi NMB,  2007.  
2.  A.A.Dolgova,  E.YA.Ladыgina,  Rukovodstvo  k  prakticheskim  zanyatiyam  po 
farmakognozii., M. Meditsina, 1977. 
3.  R.L.Xazanovich,      N.Z.Alimxodjaeva,    Kurs    leksiy      po      farmakognozii    s  
osnovami bioximii lekarstvennыx rasteniy, Tashkent "Meditsina" UzSSR, 1987. 
4. D.A.Muraveva, Farmakognoziya, uchebnik, M.Meditsina, 1991  
5.  I.E.Akopov,  Vajneyshie  otechestvennыe  lekarstvennыe  rasteniya  i  ix 
primenenie, - T. Meditsina, 1986.  
6.   Abu Ali Ibn Sino, Tib qonunlari, II - kitob, Toshkent 1982.  
 
11-12-Ma‟ruza 
 
Mavzu: Dorivor o„simliklarni muhofaza qilish va ularni resurslaridan oqilona 
foydalanish. O„zbekiston tabiiy qo„riqxona fondi 
 
mavzu 4 soatga mo„ljallangan. 
 
ma‟ruza rejasi: 
 
1. dorivor o‗simliklarni muhofaza qilish omillari. 
2. dorivor o‗simliklarni resurslaridan oqilona foydalanish. 
3. dorivor o‗simlik mahsuloti sifatiga va uni hosildorligiga antropogen    
    faktorlarni ta‘siri 
4. ―qizil kitob‖ning o‗simliklar va hayvonot olamini muhofazasidagi o‗rni.  
5. O‗zbekiston qo‗riqxonalari va ularning vazifalari. 
6. O‗zbekiston zakazniklari va ularning vazifalari. 

57 
 
 
  tayanch  iboralar:  dorivor  o‗simliklarni  muhofaza  qilish,  resurslaridan  oqilona 
foydalanish,  qizil  kitob,  O‗zbekiston  tabiiy  qo‗riqxona,  biosfera,  zakazniklar-  davlat 
buyurtmasi. 
 
 Dorivor  o‗simliklarni  muhofaza  qilish  –  bu  atrof  muhitni,  yoki  tabiatni 
qo‗riqlashdek  katta  bir  vazifani  bir  qismidir.  tabiatni  qo‗riqlash  –  bu  bajariladigan 
tadbirlar  tizimidan  iborat  bo‗lib,  tabiiy  resurslarni  (do‗)  saqlash,  ulardan  tejamli 
foydalanish va ularni qayta tiklanishi kabi ishlarni o‗z ichiga oladi.  
20  asrning  30  chi  yillaridayoq  tabiiy  resurslarni  kamayib,  yo‗qolib  ketish  xavfi, 
nafaqat  o‗rni  to‗ldirilmaydigan  foydali  qazilmalar  (neft,  ko‗mir  va  boshqalar),  xatto 
o‗rni  to‗ldiriladigan,  ya‘ni  qayta  tiklanishi  mumkin  bo‗lgan  (o‗simliklar  va  hayvonot 
olami)  ma‘lum  bo‗lib  qoldi.  xvi  asrning  oxiridan  20  asrning  70  yillarigacha  100  dan 
ortiq  tur  qushlar,  20  tur  suvda  yashaydigan  yirik  kit:  kashalot  va  boshqalar 
(mlekopitayushix)  er  yuzidan  yo‗qolgan.  xalqaro  tabiatni  qo‗riqlash  tashkiloti 
(moop)ning  ma‘lumotiga  ko‗ra,  har  haftada  o‗simlikning  1  turi  yo‗qolmoqda,  hamda 
ularning har o‗ninchisi batamom yo‗qolishi xavfi ostida.  
O‗simlik  olami  asta-sekin  o‗zining  har  xilligi  va  yaxlitligini  yo‗qotmoqda.  e r 
yuzining  1/6-1/4  gacha  qismi  tabiiy  o‗simliklar  bilan  qoplanmaganligi  ma‘lum.  areal, 
qimmatli  (noyob)  o‗simliklarni  tarqalganligi,  shu  jumladan  dorivor  o‗simliklar  soni 
kamaymoqda.  masalan,  toshkent  viloyati,  bo‗stonliq  tumani,  chimyonda  1984-1990 
yillarda dorivor o‗simliklarga boy  bo‗lib, talabalar bilan ekspeditsiyaga chiqilganda har 
20-30  m
2
 erda  kamida  30-40  tagacha  ilmiy  tibbiyotda  ishlatiladigan  dorivor  o‗simliklar 
turlari uchrar edi va ularni talabalarga o‗qituvchilar tanishtirar edilar. 2010 yilga  kelib, 
shu joylarda ko‗pi bilan 10 tagacha dorivor o‗simliklar uchrashi, shu bilan birga ularni 
hajmi kam bo‗lib, terishga mutlaqo etmaydi.  
Borgan  sari  o‗rmon  maydonlari  kamayib  bormoqda.  cho‗l,  qir  adirlarda  keng 
tarqalgan  yovvoyi  o‗simliklar  o‗sadigan  joylar  o‗zlashtirilib  ularni  ko‗p  qismini  urug‗ 
ekiladigan  yoki  madaniy  daraxtlar  ekiladigan  joylarga  aylantirilmoqda.  ko‗pincha 
odamlarning  tabiatni  tabiiy  rivojlanishiga  aralshivu  natijasida,  ko‗pchilik  o‗simliklarni 
o‗sish  sharoitlari  o‗zgarib,  ularni  qirilib  ketishi  kabi  oqibatlarga  olib  kelmoqda.  misol 
tariqasida  shuni  keltirish  mumkinki,,  tabiatni  go‗zal,  so‗lim  bo‗lgan  joylar-tog‗,  tog‗ 
oldi, ko‗l, daryo bo‗ylari va boshqalar ko‗plab dala hovlilar, pansionatlar qurilishi tufayli 
barbod  bo‗lmoqda.  ko‗plab  tekisliklarda  qishloq  xo‗jaligi  ekinlarini  ekish  uchun 
o‗zlashtirilishi tufayli ham, o‗sha joylarda keng tarqalgan o‗simliklarni kamayib ketishi, 
hatto yo‗qolishiga olib kelmoqda.  
Shunday  qilib,  jamiat  industriyasini  rivojlanishi  bilan  nafaqat  o‗siml iklarning 
ayrim  turlari  yo‗qolib  ketishi  jarayoni  tezlashadi,  hatto  butun  bir  ekologik  tizimni  
mutlaqo buzilishi ham mumkin.  
Tabiatni  muhofaza  qilish  strategiyasini  asoslash  uchun  hayot  muhitini  saqlashni 
asosiy prinsiplari sifatida quyidagilar taklif qilinadi: 
Biologik hilma-xillikni saqlash zarurligi prinsipi. faqatgina turli, xilma-xil bo‗lgan 
tirik tabiatgina muhim va yuqori hosildordir.  

58 
 
Foydasi bo‗lishi mumkin degan prinsip. bu prinsipni asosida, insoniyatga u yoki bu 
turning qanday nafi borligini oldindan bilib bo‗lmasligini hisobga olish yotadi.  
Jami  tirik  tabiatning  o‗zaro  bog‗liqligi  prinsipi.  tabiatning  bir -biriga  bog‗liq 
bo‗lgan  murakkab  zanjiridan  bir  halqa  tushib  qolsa,  oldindan  bilib  bo‗lmaydigan 
oqibatlarga olib kelishi mumkin.  
Dorivor o‗simliklardan oqilona foydalanishning asosiy prinsiplari 
Dorivor  o‗simliklarni  muhofaza  qilish  ishlari,  o‗zining  ichiga  bir  qancha  tadbirlar 
tizimini  olib,  ular,  o‗simliklarni  saqlash  va  tejamkorlik  bilan  ulardan  foydalanish  va 
qayta tiklanishini taminlash kabilardan tashkil topgan. har qanday dorivor o‗simliklardan 
foydalanish, yig‗ish ilmiy asoslangan shaklda yo‗lga qo‗yilgan bo‗lib, uning tabiatdagi 
zahirasini saqlab qolish va tabiiy qayta tiklanishini ta‘minlanishi zarur.  
Dorivor  o‗simliklar  resurslaridan  oqilona  foydalanishning  asosiy  yo‗nalishlariga 
quyidagilar kiradi: 
Mahsulot tayyorlashni to‗g‗ri rejalash va joyini aniqlash.  
Ayrim  mintaqalar,  tumanlar,  joylar  uchun  uzoq  vaqtga  mo‗ljallangan 
resursshunoslik  tadqiqotlari  dasturini  yaratish  va  dorivor  o‗simliklar  tayyorlash  joyi, 
hajmini nazorat qilish bo‗yicha takliflar ishlab chiqiladi.  
Masalan,  ma‘lum  bir  regionda  terish  mumkin  bo‗lgan  yovvoyi  holda  tarqalgan 
o‗simliklarni  ro‗yxati  va  eng  ko‗pi  bilan  qanchagacha  hajmda  terish  mumkinligi 
aniqlanadi.  bunda  teriladigan  turlar  shu  ko‗rsatilgan  joy  atrofida  (kiyik  o‗ti  er  ustki 
qismi, mayda gulli tog‗rayhon o‗ti va boshqalar); yoki qishloq atrofidagi joylardan terish 
ruxsat  berilgan  (yapon  saforasi  g‗unchalari,  do‗lana  mevalari)  yoki  alohida  ajratilgan 
uchastkalar  –  institut  sog‗lomlashtirish  ormgohi  atrofidan  (tubulg‗ibargli  bo‗ymadaron 
guli va boshqalar). 
Dorivor o‗simliklarni biologik o‗ziga xosligini hisobga olish.  
Dorivor  o‗simliklardan  oqilona  foydalanishda,  ularni  biologik  rivojlanish 
qonuniyatlari  bilimini  bilish,  terilgandan  keyin  qancha  muddatda  bu  o‗simlik  yana 
o‗zining  tabiiy  zahirasini  tiklanish  muddatini  aniqlash,  shu  o‗simlikdagi  biologik  faol, 
ta‘sir qiluvchi moddasini hosil bo‗lishi va to‗planish dinamikasiga atrof-muhitni ta‘sirini 
hisobga  olish.  bular  o‗simlik  mahsulotlarini  yig‗ishni  optimal  muddati,  usuli  va 
sharoitini aniqlash, shu bilan birga tayyorlash ishlarini samarali bo‗lishiga olib keladi.   
Mahsulot tayyorlashni me‘yorlash.  
Asoslanmagan  va  me‘yorlanmasdan  dorivor  o‗simliklarni  va  boshqa  foydali 
o‗simliklarni  tayyorlash,  ularning  tabiiy  zahirasini  tez  kamayib  ketishiga  olib  keladi. 
bunday  hollar,  ko‗pincha  tayyorlash  ishlari  bilan  ma‘suliyatsiz  mutuxassis  bo‗lmagan, 
tasodifiy  odamlar  va  tashkilotar  shug‗ullanganda  sodir  bo‗ladi.  ko‗pchilik  dorivor 
o‗simliklar,  o‗zlari  bilan  birga  o‗sadigan  o‗simliklarni  orasida  alohida  ahamiyatli  o‗rni 
bo‗lib, ularni ko‗plab terish, birga o‗sadigan o‗simliklar orasidagi bog‗liqlikni, tizimni, 
mutanosiblik  (balans)ni  buzilishiga  olib  keladi.  masalan  doimi  terish  chimyonda 
dalachoy,  oddiy  va  tubulg‗ibargli  bo‗ymadaron,  achchiq  shuvoq,  samarqand  bo‗znochi 
kabi o‗simliklarni kamayib ketishiga olib kelgan.     
4. Mahulotni tayyorlash qoidasi va usullariga bo‗ysunish.  

59 
 
Ma‘lumki  har  bir  dorivor  o‗simlik  mahsuloti  uchun  tuzilgan  vfm,  shu  dorivor  
o‗simlik  mahsulotini  tayrlash  uchun  ishlab  chiqilgan  qoida,  talab  (instuksiya) 
tasdiqlangandan  so‗ngra  qabul  qilinadi.  ushbu  instruksiyada  dorivor  o‗simlik 
mahsulotini  oqilona  yig‗ish,  quritish  reglamenti  bilan  bir  qatorda  o‗simlikning  tabiiy 
zahirasini saqlash va qayta tiklanish muddatlari ham o‗rganilgan va aniqlangan bo‗ladi. 
dorivor  o‗simliklarni  vegetatsiya  davrining  bosqichlarida,  uning  tarkibidagi  biofaol 
moddalar sifat va miqdor jihatidan o‗zgarib turishi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni e‘tiborga 
olgan holda dorivor o‗simlik mahsulotini optimal yig‗ish muddatlari va quritish yo‗llari, 
hamda  saqlsh  qoidalari  ishlab  chiqilgan  bo‗ladiki,  bu  qoidalarga  amal  qilingandagina, 
dorivor  mahsulotni  sifatiga  qo‗yilgan  me‘yoriy-texnik  hujjat  talablariga  javob  berishi 
kafolatlanadi.  
5. Istiqbolli yangi o‗simliklarning turlarini izlash. 
bu borada olib boriladigan ishlar bir necha yo‗nalishlarda olib boriladi. birinchidan 
qardoshlik  turlarini  kimviy  tarkiblari  va  farmakologik  ta‘sirlari  bir-birlariga  o‗xshash 
bo‗lishi  mumkin.  shuning  uchun  so‗nggi  vaqtlarda  ilmiy  tibbiyotda  ishlatilib 
kelinayotgan  dorivor  o‗simlikning  qardoshlik  bo‗yicha  boshqa  yaqin  turlari  ichidan 
zahirasi  ko‗p,  etarli  bo‗lganlarini  izlash  bo‗yicha  olib  borilayotgan  tadqiqotlar  dolzarb 
masalalardan  bo‗lib  qolmoqda.  shuni  ham  takidlash  lozimki,  agar  doimiy  ishlatilib 
kelinayotgan  o‗simliklarni  o‗rnini  bosa  oladigan  yangi  turlari  topilsa,  doimiy  ishlatilib 
kelingan  joylardagi  o‗simliklar  zahirasini  kamayib  ketishini  oldini  olingan  bo‗ladi, 
hamda  ularni  kamaygan  joylardagi  zahiralari  ham  tiklanishi  tezlashadi.  ularga  misol 
qilib  bo‗ymadaron,  kiyik  o‗ti,  achchiq  ermon,  samarqand  bo‗znochi  va  boshqalarni 
keltirish mumkin.  
Xalq  tabobati  tajribalarini  o‗rganish  orqali,  olib  borilgan  fitokimyoviy  tadqiqotlar 
natijasida ishlatilib kelinayotgan offitsinal dorivor o‗simliklar qatorini istiqbolli boshqa 
o‗simlik  turlarini  hisobiga  boyitish  mumkin  bo‗ladi,  hamda  ular  tibbiyot  amaliyotida 
qo‗llanilishi mumkin.  
6.  Zahirasi  chegaralangan  dorivor  o‗simliklarni  madaniylashtirish  va  ekish.  bu 
dorivor  o‗simliklarni  himoya  qilishni  ixtisoslashtirilgan  shakli  bo‗lib,  o‗simliklarni 
iqtisodiy  jihatidan  samarali  ekib  hosil  olish  yo‗nalishiga  qaratilgan.  bu  usul  birinchi 
navbatda ta‘minlay oladigan tabiiy zahirasi bo‗lmagan dorivor o‗simliklar xom ashyolari 
(tirnoqgul,  qalampir  yalpiz,  dorivor  moychechak,  bo‗ymadaron,  achchiq  shuvoq  va 
boshqalar),  etarlicha  tarqalmagan  dorivor  o‗simliklar  bo‗lib,  sanoat  miqyosida  ishlab 
chiqarish ehtiyojini qondiraolmaydiganlar (yapon soforasi, do‗lana turlari, arslonquyruq, 
adonis turlari). 
Ayrim  o‗simlik  turlarini  himoya  qilishni  eng  ishonchli,  samarali  usullaridan  biri, 
o‗simliklar urug‗lari bankini yaratish bo‗lib, o‗simlikni toza genetik materiali saqlanib, u 
ilmiy va amaliy maqsadlar uchun foydalaniladi.  
Dorivor  o‗simlik  mahsuloti  sifatiga  va  uni  hosildorligiga   antropogen  faktorlarni 
ta‘siri  biosferani  tarkibi  va  rejimini  o‗zgartirishga  ta‘sir  qiladigan  asosiy 
antropogenlarga quyidagilar kiradi: 
havoga  sanoat  chiqindilarini  chiqarib  ifloslantirish,  sanoat  axlatlari  va  boshqa 
tashlab yuboradigan chiqindilar. 

60 
 
sug‗orish  tizimi,  sug‗orish,  erlarni  haydash  va  maydonlarni  suvga  bo‗ktirish, 
haddan tashqari chorvachilk hayvonlarini boqish, o‗tlarni yig‗ish, daraxtlarni kesish va 
olib ketish; 
-  maydonlarda qurilish ishlarini olib borish, transport yo‗llarini qurilishi;  
-  shovqin-suron, elektromagnit ta‘siri, radiatsiya fonini ortishi; 
-  ommaviy  dam  olishni  tashkil  qilinishi  va  bular  ta‘sirida  erni  tepkilab, 
zichlantirib va bulg‗otib, ayrim joylarda yong‗inlar uyushtirilishi; 
-  ko‗plab  o‗simliklarni  terib  ketish  va  hayvoylarni  o‗ldirish,  shu  jumladan 
kommersiya maqsadida (brakonerstva).  
-  bu ta‘sir qiladigan faktorlarni shartli ravishda 2 ga bo‗lish mumkin, to‗g‗ridan -
to‗g‗ri ta‘sir qiladigan (bevosita), bilvosita (kosvenno). 
-  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  (bevosita)  ta‘sirga  (yig‗ish,  yo‗q  qilish)  uchastka  biosferasi 
holatiga ta‘sir qiladi (to‗g‗ridan-to‗g‗ri). 
-  insonlarni  biosferaga  kosvenno  ta‘siri,  ayrim  hollarda  kim  va  qachon  ta‘sir 
qilganini vaqt o‗tib ketgani tufayli aniqlash qiyin bo‗ladi va yomon oqibatlrga 
olib kelishi mumkin.  
-  tabiiy  muhitga  eng  ko‗p  ta‘sir  qiladigan,  shu  jumladan  dorivor  o‗simliklarga 
ham – bu texnogen faktorlardir. 
Dorivor  o‗simliklarni  ifloslanishini  o‗rganishni  dolzarbligi  shundaki,  zaralangan 
dorivor o‗simliklar inson organizmiga tushadigan biofaol modda bilan bir vaqtda zaharli 
moddalarni  manbaasiga  aylanib  qolishi  mumkin.  og‗ir  metallar,  politsiklik  aromatik 
uglevodorodlar,  ftoridlar,  mishyak,  radionukleidlar,  uy  chiqindilari,  foydali  qazilmalar, 
rangli va qora metallurgiya, mashinasozlik, elektr energiya ishlab chiqarish. pestitsidlar, 
nitratlar  va  nitritlar  o‗simlik  to‗qimalarida,  qishloq  xo‗jalik  zararkunandalariga  har  xil 
kimyoviy reaktivlarni qo‗llash natijasida to‗planadi.  
Dorivor 
o‗simlik  mahsulotlari  sifatini  reglamentirovat  qilinayotganda, 
ksenobiotiklar (pestitsidlar, nitrat va nitritlar va x.o.) va og‗ir metallar mutlaqo mahsulot 
tarkibida bo‗lmasligi kerak.  
Og‗ir  metallar  deb  atom  massasi  40  dan  ortiq  va  atom  nomeri  20  dan  ortiqlari 
aytiladi. ularni  reaksiyaga tez va oson kirishib ketishi va kompleks hosil qilishi, yuqori 
biokimyoviy  va  fiziologik  faolligi  bilan  ajralib  turadi.  o‗simliklar  tarkibida  og‗ir 
metallarni, ayniqsa pb, cd, hg bo‗lishi, antropogen ta‘sirlarni natijasi deb hisoblanadi.   
Dorivor  o‗simlik  mahsulotlari  va  oziq-ovqatlardagi  og‗ir  metallarni  bo‗lishi 
biosferani  zararlanganligidan  dalolat  hisoblanadi  va  ularni  to‗planishiga  quyidagi 
faktorlar sababidan bo‗ladi: 
Yerdagi metalni konsentratsiyasi;  
Muhitdagi metalni shakli (formasi); 
O‗simlik turlaridagi modda almashinuvini o‗ziga xosligi, hamda ularni rivojlanishi;  
Ma‘lum yashash sharoitiga o‗simlikni moslashish darajasi. 
Dorivor  o‗simlik  mahsulotlari  (do‗m)  (yovvoyi  holdagilari)  tayyorlash  odatda 
transport  yo‗llariga  yaqin  maydonlarda  tashkil  qilinadi.  do‗mni  benz(a)piren  va  metal 
birikmalari  bilan  zararlanganligi  (ifloslanganligi)  shu  yo‗llardan  qatnaydigan 
transportlarni  soniga  bog‗liq,  yo‗l  bilan  mahsulot  orasiga,  o‗simlikni  morfologiyasiga 

61 
 
ham  bog‗iq.  do‗m  tarkibidagi  benz(a)piren  shaharda  va  shahar  tashqarisidagi  mashina 
yo‗llariga  yaqin  bo‗lganda  bir  sutkada  1000  dan  ko‗p  avtomobil  o‗tganda  ko‗p  bo‗lib, 
mashinalar 1000 dan kam bo‗lganda esa nisbatan kam bo‗lishi aniqlangan. yo‗ldan 200 
m  naridagi  do‗m  dagi  benz(a)piren  miqdori  doimiy  ekanligi  aniqlangan.  agar  begona 
moddalar  do‗m  tarkibida  erdagidan  ko‗p  bo‗lsa,  aytish  mumkinki  atmosfera  havosi  u 
moddalar bilan ko‗p ifloslangan. agar bir xil klimatik sharoitda bo‗lsaku, ammo joylarda 
og‗ir metallar bilan zararlnganligi ko‗p bo‗lsa, u holda bu zararlanganlik shu erga yaqin 
bo‗lgan  sanoat  tufayligi  ham  aniqlangan.  agar  og‗ir  metallardan  ftoridlar,  mыshyaklar 
3,5  km  radiusda  tarqalgan  bo‗lsa,  ularni  miqdori  epitsentrda  ko‗p  bo‗lib,  epitsentrdan 
uzoqlashgan sari kamayib boradi.  
Yerdagi  kimyoviy  elementlar  dorivor  o‗simliklardagi  (do‗)  biofaol  moddani 
biosinteziga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi.  
Yurak  glikozidlari  saqlovchi  mahsulotlar  mn  va  mo  elementlarini  to‗playdi, 
saponinlar esa – mo, v, sr, cu, mn to‗planishiga olib keladi.  
Geokimyoviy  tomondan  ko‗p  elementlar  saqlaydigan  erda  o‗sgan  do‗  boshqa 
joylardagidan  biofaol  moddalar  (bfm)  miqdori  bo‗yicha  farq  qiladi.  bfm  sintezini 
borishi, o‗simlik va muhitdagi elementlarni konsentratsiyasi va o‗zaro ma‘lum nisbatda 
bo‗lgandagina mo‗‗tadil bo‗ladi.  
Ayrim og‗ir metallarni do‗larni ayrim organlarida to‗planishi  shu do‗ fiziologik va 
morfologik o‗ziga xosligiga ham bog‗liq.  
Do‗larni barg plastinkasini yuzasi kattalari boshqalardan ko‗ra og‗ir metallar (om) 
changini  ko‗proq  to‗playdi,  ularni  tozalash  natijasida  om  miqdori  14-50%  kamayishi 
mumkin. 
Ayrim o‗simliklar, ayniqcha qalampirmunchoqlar, karamdoshlar va boshoqdoshlar 
mikroelementlar va zaharli og‗ir metallarni ko‗proq to‗playdilar.  
Shunday  qilib  do‗larni tejamkorlik  bilan  foyalanishni  ajralmas,  kerakli  bir  bo‗limi 
do‗larni  muhofaza  qilish  masalalarini  echish  bo‗lsa,  ikiiknchi  tomondan  o‗simliklarni 
genofondini  saqlab  qolish,  hamda  do‗ga  bo‗lgan  ehtiyojni  qondirishga  ham  erishiladi. 
atrof  muhit  qonunlarini  bilish,  insonlarni  xo‗jalik  faoliyatlarini  olib  borishlari  bilan 
bog‗liq  salbiy  oqibatlarni  minimumga  keltiradi,  chunki  odamlarni  xo‗jalik  faoliyati 
tufayli tabiatga ta‘siri ham biosferani elementi hisoblanadi. 
O‗simliklar  va  hayvonot turlari  (genofondi)ni  saqlab  qolishni eng  zarur  va  ke rakli 
yo‗nalishi  qizil  kitob  chop  etilishi  hiosblanadi.  bu  esa  o‗z  navbatida  spravochnik  va 
yuridik maqomiga ega bo‗lgan  hujjat hisoblanadi.  
Qizil kitobni o‗simliklar va hayvonot olamini muhofazasidagi o‗rni.   
Hozirgi  vaqtda  er  yuzida  20-25  ming  o‗simlik  turlari  yo‗qolib  (qirilib)  ketish 
xavfida.  masalan  aqsh  da  200  turi  yaqinda  yo‗qolib  ketgan,  nihoyatda  kam  bo‗lib 
yo‗qolish  arafasida  turgan  hisoblanadi.  yangi  zellandiyada  kamayib  ketgan  va 
yo‗qolayotgan  o‗simliklar  ro‗yxati  314  turdan  iborat  bo‗lib,  shu  mamalakatni  bu 
ko‗rsatgich 14% florasini tashkil qiladi.  
Yer  sharidagi  o‗simlik  va  hayvonot  olamidan  qator  o‗simlik  turlarini  yo‗qolib 
ketish  xavfi  1948  yilda  xalqaro  tabiatni  muhofaza  qilish  tashkilotini  (msop) 
(mejdunarodnыy soyuz oxranы prirodы) doimiy komissiyasini tuzilishiga olib keldi. ular 

62 
 
o‗simlik va hayvon turlarini yo‗qolish sabablarini o‗rganadilar va oldini olish bo‗yicha 
tavsiyalar ishlab chiqadilar. shu vaqtdan boshlab butun dunda yo‗qolayotgan o‗simlik va 
hayvon turlari ro‗yxatini tuzish boshlangan. angliyalik zoolog piter skot taklifiga ko‗ra 
xalqaro  qizil  kitob  tashkil  qilindi  -  unga  noyob  (redkie),  yo‗qolib  ketish  xavfi  bo‗lgan 
hayvon va o‗simliklar bo‗yicha qisqa ma‘lumotlarni chop etish 1966 yildan boshlangan. 
1979  yili shu xalqaro qizil kitobga 321 ta dengiz maxluqlari (melkopitayuщix), 485 tur 
qush,  141  tur  sudralib  yuruvchilar  va  41  tur  erda  va  suvda  yashaydiganlar  va  194  tur 
baliq kirtilgan. o‗simlik turlari (sosudistыe rasteniya) bu kitobda 250 turni tashkil qilgan. 
shu bilan birga komissiya 1600  yildan boshlab er yuzidan yo‗qolib  ketgan hayvonot  va 
o‗simlik turlari ro‗yxatini ham tuzgan.  
Mustaqil  hamdo‗stliklar  davlatlarida  (mdh)  qo‗riqlanishga  muhtoj  bo‗lgan 
o‗simliklar  ro‗yxati  kiritilgan  ―qizil  kitob  yovvoyi  holda  o‗suvchi  o‗simliklarning 
muhofazaga  muhtojlari‖  1975  yilda  butunittifoq  botaniklar  jamiyati  tomonidan 
tayyorlangan. ushbu kitobni 2 chi nashri 1981 yili ―mdx (sssr)dagi muhofazaga muhtoj 
yo‗qolayotgan  flora  turlari‖  (―redkie  i  ischezayushie  vidы  florы  sssr,  nujdayuщies ya  v 
oxrane‖)  chop  etilgan.  bu  ishlarda  ilmiy  jamoatchilikni  takliflari  keltirilgan  bo‗lib, 
qaerda va qanday o‗simliklarni muhofaza qilish, qo‗riqlash ko‗rsatilgan bo‗lib ular sssr 
qishloq xo‗jaligi minstrligining, 1978 y. chop etilgan qizil kitobini (kras naya kniga sssr) 
asosini tashkil  qilgan.  ushbu  kitobni  ikkinchi  nashri sssr  minstrlar  soveti  qarori  asosida 
1984  yilda  chop  etilgan.  sssr  qizil  kitobiga  681  tur  o‗simliklar  kiritilgan  bo‗lib,  ular 
to‗g‗risida  qisqacha  xarakteristika  (tavsifi),  biologik  o‗ziga  xosligi  va  ularni  himoya 
qilishni choralari keltirilgan.  
1978  y.  27  sentyabrda  O‗zbekiston  hukumatining  №564  raqamli  qarori,  o‗zr  fa 
prezidiumining  1978  y.,  24  noyabrdagi  №135  raqamli  qarori  hamda,  o‗zr  fa  ilmiy 
kengashining  biosfera  muammosi  bo‗yicha  1979  y.  6  iyuldagi  №2  byurosida 
―O‗zbekiston  qizil kitobi‖ ta‘sis etilgan. ―qizil kitob‖ga u yoki bu ob‘ektni kiritilishiga 
asos,  shu  ob‘ektni  bundan  buyon  hayoti  xavf  ostidaligi  hisoblangan.  ―qizil  kitob‖ning 
ahamiti  faqat  yo‗qolayotgan  hayvonot  yoki  o‗simliklar  ro‗yxatini  tuzish  bilan 
cheklanmaydi.  unda  ro‗yxatda  keltirilganlar  to‗g‗risida  zaruriy  ma‘lumotlar  ham 
keltirilgan.  ―qizil  kitob‖ning  vazifasi  yo‗qolayotgani  hayvonot  va  o‗simliklarni  ehtiyot 
qilish va saqlashga jamoatchilikni va hukumat idoralarini e‘tiborini jalb qilish. 
O‗zbekiston  florasining  400  dan  ortiq  muhofazaga  muhtoj  bo‗lgan  o‗simlik 
turlaridan 163 tasi ―qizil kitob‖ni 1chi nashriga kiritildi, chunki ular eng ko‗p yo‗qolish 
xavfi ostida edilar. kam uchraydigan va yo‗qolayotgan turlarni aniqlash davom etmoqda.  
O‗zbekiston  respublikasi  hududida  hozir  4500  ga  yaqin  yovvoyi  o‗simlik  turlari 
mavjud. ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‗pgina kamyob, endem va relikt turlar 
ham bor. bunday turlarning soni 400 atrofida bo‗lib, ular  O‗zbekiston florasining 10-12 
foizini tashkil etadi. 
Respublika  qo‗rikxonalarida  muhofaza  qilinayotgan  floralarning  umumiy  holati 
nisbatan yaxshi bo‗lishiga qaramay, ko‗plab yovvoyi turlarning tabiiy zahiralari keskin 
kamayib  ketmokda.  dunyoga  dong‗i  ketgan  lola  va  sallagullar,  qimmatbaho  o‗simlik  -
etmak, dorivor o‗simlik  - bozulbang, oziq-ovqat o‗simligi  - anzur piyozi kabilar keyingi 
yillarda butunlay kamayib ketdi. bir qancha turlar yo‗qolib ketish holatiga kelib qoldi. 

63 
 
Aholining  tabiatga  noto‗g‗ri  munosabati  ham  o‗simliklarning  kamayib  ketishiga 
sabab  bo‗lmokda.  ayniqsa  shahar  va  qishloqlar  atrofidagi  qizil  lola,  sallagul,  shirach  va 
shunga  o‗xshash  nafis  gulli  o‗simliklar  juda  kamayib  ketgan.  tabiatga,  o‗simliklar 
dunyosiga  nisbatan  noto‗g‗ri  munosabatda  bo‗lishga  chek  qo‗yish,  tabiat  boyliklarini 
muhofaza qilish va ko‗paytirish hammamizning asosiy burchimiz. 
O‗zbekiston  respublikasi  mustaqillikka  erishgach,  atrof  mu-hitni,  xayvonot  va 
o‗simliklar  dunyosini  muhofaza  qilishga  alohida  e‘tibor  berildi.  1992  yil  9  dekabrda 
"tabiatni  muhofaza  qilish  to‗g‗risida",  1993  yil  7  mayda  "alohida  muhofaza  qilina digan 
hududlar  to‗g‗risida"  va  nihoyat,  1997  yil  26  dekabrda  "o‗simliklar  dunyosini  muhofaza 
qilish  va  undan  foydalanish  to‗g‗risida"  qonunlar  qabul  qilindi.  bu  qonunlar  barcha 
o‗simliklar  turlarini  saklab  qolish,  uni  asrab-avaylash  va  muhofaza  qilishda  muhim 
xujjatlar bo‗lib hisoblanadi. 
O‗zbekiston florasining yo‗qolib ketish xavfi ostida turgan  163 turi qizil kitobning 
1984 yilgi nashrida kiritilgan va ushbu turlarning takdiri bilan respublika mutaxassislari, 
olimlari  muttasil  shug‗ullanib  kelmokdalar.  o‗tgan  yillar  mobaynida  olib  borilgan 
kuzatishlar ayrim o‗simlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‗rsatdi. 
masalan,  anzur  va  suvorov  piyozlari  oldingi  holatiga  kelmagan  bo‗lsada,  ma‘lum 
darajada  ko‗paydi.  eng  kamyob  o‗simliklardan  sanalgan  minkvitsteziumi  nomli  o‗simlik 
turining soni 7 tadan 17 tagacha etdi. qurama tizmasida kamyob o‗simliklardan hisoblangan 
korovin  shirachining  mavjudligi  aniklandi.  ayni  vaqtda  ayrim  o‗simlik  turlarining  soni 
keskin qisqarib ketgan. omonqora o‗simligi, piskom piyozi, margarita marmaragi kabilar 
shular jumlasidandir. 
Keyingi  yillarda  olib  borilgan  izlanishlar  o‗lkamiz  florasidan  yana  138  o‗simlik 
turini  qizil  kitobga  kiritish  lozimligini  ko‗rsatdi.  shunday  qilib,  o‗zbekistonning  qizil 
kitobiga kiritilgan  o‗simlik turlarining soni 301 taga etdi. qizil kitobga kiritilgan  o‗simlik 
turlari  tabiatni  muhofaza  qilish  xalqaro  uyushmasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  tasnifga 
binoan 4 guruhga ajratildi. 
1. 
yo‗qolgan 
yoki 
yo‗qolish arafasidagi turlar 
 
bir  necha  yillar  dovomida  tabiatda  uchratilmagan, 
lekin  ayrim  yig‗ib  olish  qiyin  bo‗lgan  joylardagina  yoki 
madaniy  sharoitda  saqlanib  qolish  ehtimoliga  ega 
bo‗lgan o‗simlik turlari. 
2.  yo‗qolib  borayotgan 
turlar 
 
yo‗qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlanib qolishi 
uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar. 
3. kamyob turlar 
 
ma‘lum kichik maydonlarda o‗ziga xos sharoitlarda 
saqlanib qolgan, tez yo‗qolib ketishi mumkin bo‗lgan  va 
jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar. 
4.  kamayib  borayotgan 
turlar 
 
ma‘lum  vaqt  ichida  soni  va  tarqalgan  maydonlari 
tabiiy  sabablarga  qo‗ra  yoki  insonlar  ta‘siri  ostida 
qisqarib  ketayotgan  turlar.  ayni  vaqtda,  bunday 
o‗simliklar  har  tomonlama  nazorat  qilib  turishni  talab 
etadi. 

64 
 
 
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni qo‗riqlash tizimini tashkil qilish  
Muhofaza  qilinadigan  tabiiy  hududlar  mintaqada,  qolaversa  er  yuzida  ekologik 
muvozanatni  boshqarib  turadi,  chunki  busiz  tabiiy  boyliklardan  tejamkorlik  bilan  
foydalanish,  har  qanday  xo‗jalik  faoliyat  oqibatini  oldindan  ko‗raolmaslik,  tabiiy 
muhitni saqlashni ham iloji bo‗lmay qoladi.  
O‗simliklarni  davlat  tizimidagi  hududlarini  muhofaza  qilishni  quyidagi  shakllari 
mavjud.  
Qo‗riqxona  quruqlik  va  suv  havzasining  xarakterli  tabiiy  landshaftlari  bo‗lgan 
ma‘lum  bir  maydon  bo‗lib,  tabiatni  muhofaza  qilishning  eng  samarali  shakllaridan 
biridir.  alohida  muhofaza  qilinadigan  hududlar  orasida  qo‗riqxonalar  muhim  rol 
o‗ynaydi.  
Qo‗riqxonalarning 
asosiy  vazifasi  va  maqsadlari  nimalardan  iborat? 
qo‗riqxonalarning  asosiy  vazifasi  -  tabiatning  diqqatga  sazovor,  qimmatli 
landshaftlarning  jamiyat  manfaatlari  uchun  saqlashdan  iborat.  qo‗riqxonalarning 
xududlaridagi  majmualar  tabiiy  holda  saqlanadi.  ular  inson  tomonidan  o‗vlashtirilgan  va 
o‗zlashtirilayotgan qo‗shni hududlar uchun namuna bo‗lib xizmat qiladi. 
Qo‗riqxona  hududdaridan  xo‗jalikda  foydalanish,  pichan  tayyorlash,  ov  qilish, 
baliq tutish, qo‗ziqorin  terish umuman taqiqlanadi.  qo‗riqxonalar atrofi xam, foydalanib 
muhofaza kilinadigan zona bo‗lishi kerak. 
Qo‗riqxonalarning vazifasi tabiatni bir butun holda o‗rganishdir. ular landshaft tarkibiy 
qismlari  o‗rtasidagi  uzviy  bog‗lanishlarni  bilib  olib,  tabiiy  resurslardan  oqilona 
foydalanish  yo‗llarini  ishlab  chiqish  uchun  zarur.  inson  tomonidan  o‗zlashtirilgan 
landshaftlarga moslasholmagan hayvonlarni faqat qo‗riqxonalarda saqlash  mumkin bo‗lmoqda. 
Shuningdek,  bir  qancha  o‗simlik  turlari  faqat  qo‗riqxonalarda  saqlanmoqda. 
qo‗riqxonalar ovlanadigan hayvonlarni saqlash va  ularni ko‗paytirishda  ham katta rol 
o‗ynaydi.  shunday  qilib,  qo‗riqxona  hududlari  turli  xil  hayvon  va  o‗simlik 
turlarini,  ovlanadigan  hayvonlarning  mikdori  va  genetik  fondini  saqlash  uchun 
xizmat  qiladi.  mamlakatimizda  hamma  qo‗riqxonalar  ilmiy  m uassasalar 
hisoblanadi.  qo‗riqxonalarda minglab xodimlar tabiiy majmualarni va ularning ayrim 
tarkibiy qismlarini tekshiradilar. 
Keyingi yillarda inson tomonidan dengiz va okeanlar boyliklari o‗zlashtirilishining 
tobora  kuchayib  borishi  bilan  bog‗liq  holda  atrof-muhitning  ifloslanishiga,  ekologik 
tuzumlarning  buzilishiga,  ayrim  hayvon  va  o‗simlik  turlarining  yo‗q  bo‗lib  ketishiga 
olib  keluvchi  antropogen  ta‘sirlar  kuchayib  bormokda.  shuning  uchun  dunyo 
akvatoriyalarida  ham  qo‗riqxonalar  tashkil  etilib,  ularning  soni  170dan  ortib 
ketdi.  ular  avstraliya,  daniya,  isroil,  yaponiya,  flipppin,  janubiy  afrika  va  boshqa 
davlatlarda joylashgan. 
O‗zbekistonda  birinchi  qo‗riqxona  1926  yilda  zomin  rayonining  jizzax  o‗rmon 
xo‗jaligiga  qarashli  kulsoy  va  g‗uralashsoy  havzalarida  „g‗uralash"  tog‗  archa 
qo‗riqxonasi  nomi  bilan  tashkil  qilingan  edi.  u  keyinchalik  zomin  tog‗-  o‗rmon 
qo‗riqxonasi nomi bilan qayta taklangan. 

65 
 
O‗zbekistonda  umumiy  maydoni  460ming  gektarni  tashkil  qiluvchi  14ta 
qo‗riqxona mavjud. qo‗yida ularga to‗xtalib o‗tiladi. 
zomin tog‘-o‘rmon
 qo‘riqxonasi. u turkiston tizmasi g‗arbiy qismining shimoliy 
yonbag‗rida,  zomin  tog‗ida  1900  -  3500  metr  balandlikda  joylashgan.  bu  erda  tog‗, 
dasht, o‗rmon va subalp o‗simlik mintaqalari mavjud. qo‗riqxona  hududida 150dan 
ortiq  o‗simlik  turlaridan  iborat.  bu  erda  archaning  uch  turi  uchraydi.  o‗rmonzorning 
pastki  qismida  zarafshon  archasi,  o‗rta  kismda  saur  archasi,  yuqori  qismida  turkiston 
archasi o‗sadi.  
zomin  tog‗-o‗rmon  qo‗riqxonasida  archazorlarning  tabiiy  geografik 
majm ualarini  saqlash  ularni  har  tomonlama  tadqiq  etish,  tabiiy  resurslar 
sifatini  y a xs h ilas h ,   u lar n i  k o ‗ pa y ti ri sh   s h u n i n g de k ,  a rc ha  biologiyasini 
o‗rganish,  archazorlarni  kengaytarish,  xayvonot  dunyosini  saqlash  va  tiklash  bo‗yicha 
ko‗pgina ishlar amalga oshirilmoqda. 
mazkur  qo‗riqxona  chotqol  tizmasining  janubiy-g‗arbiy  qismidagi  dengiz  satxidan 
1000 - 3200 metr balandlikda joylashgan bo‗lib, maydoni 47,5 ming gektar erni tashkil 
qiladi. qo‗riqxona hududida quruq dashtdan tashqari mevali o‗rmonlar, archazorlar, alp 
o‗gloqlari  kabi  ladshaft  mintaqalari  mavjud.  bu  erda  600  dan  ortiq  o‗t,  40ga  yaqin 
daraxt  va  buta  o‗simlik  turlari  uchraydi.  qo‗riqkonaning  deyarli  yarmi  archazorlardan 
iborat.  bundan  tashqari  pista,  kavkaz  shamshodi,  zirk,  irg‗ay,  va  boshqa  o‗simlik 
turlari o‗sadi.  
payg‘ambarorol  qo‘riqxonasi.  bu  termiz  shahridan  20  km  quyida  joylashgan. 
orolning  maydoni  4000  gektar.  payg‗ambarorol  qo‗riqxonasining  to‗rtdan  uch  qismi 
qalin to‗qayzorlar bilan qoplangan. to‗qaylarda asosan turangi,  jiyda va turli xil o‗tlar 
o‗sadi.  qum  tepalarida  esa  yulg‗unlar  ko‗p  bo‗lib,  ularning  atrofini  tikanli 
jingilzorlar  o‗rab  olgan.  pastroq  erlar  qamishzorlar  bilan  qoplangan.  orolning 
janubiy qismida saksovul, juzg‗un, efemerlar tarqalgan.  
qorako‘l  qo‘riqxonasi.  buxoro  viloyatida  joylashgan.  qo‗riqxona  xududidan 
amu-qorako‗l va amu-buxoro kanallari oqib o‗tadi. kanal suvi to‗lib, atroflarda bir 
necha  ko‗llar  hosil  qilgan.  bular  ko‗plab  baliq  va  qushlarning  oromgohiga 
aylangan.  qo‗riqxonada  200  ga  yaqin  yuksak  o‗simliklar  uchraydi,  shundan  30  tasi 
daraxt va b u t a l a r d i r .   k a n a l   y o q a s i   v a   k o ‗ l l a r   a t r o f i d a g i   to‗qayzorlarda asosan 
jiyda,  turangi,  tol,  terak,  qizil  jing‗il  yulgunlarning  bir  necha  turi,  qamish  va  boshqa 
o‗simliklar  keng  tarqalgan.  qumlarda  asosan  qora  saksovul,  qandimning  6  turi, 
singrenning 3 turi, cherkez, iloq va boshqa o‗simliklar tarqalgan.  
qizilqum  qo‘riqxonasi
.  bu  qo‗riqxona  ham  buxoro  viloyati  hududida 
joylashgan.  unda  o‗simlikning  150  turi  o‗sadi.  to‗qayzorni  ko‗proq  daraxt-butazorlar 
egallaydi.  bundan  tashqari,  bu  erda  har  xil  o‗tlar,  qamish,  qug‗alar,  ro‗vak,  ajriq  va 
boshqalar  o‗sadi.  qumli  joylarga  qora  va  oq  s a k s o v u l ,   c h e r k e z   v a  
q u y o n s u y a k   x a r a k t e r l i d i r .  
bodayto‘qay 
qo‘riqxonasi

qoraqalpog‗iston 
hududida 
joylashgan.  
qo‗riqkonada o‗simlik va hayvon turlari ko‗p. bu erda turangi, yulg‗un va qiyoqzorlar 
mavjud.  

66 
 
nurota 
qo‘riqxonasi

nurota 
tog‗ 
tizmasi 
yonbag‗irlarida 
tashkil  etilgan.  nurota  qo‗riqxonasining  asosiy  vazifasi  tog‗-dasht  mintaqalarini, 
ayniqsa, seversov qo‗yi ekologiyasini o‗rganish va muhofaza qilish.  
zarafshon qo‘riqxonasi
bu qo‗riqxona samarkand shaxrining zarafshon daryosi 
qayirida  tashkil  etilgan.  ko‗rikxonaning  o‗simlik  va  xayvonot  dunyosi  xilma-xildir. 
qayir to‗qaylarida 140 dan ortik o‗simlik turi o‗sadi.  
qizilsuv qo‘riqxonasi. qashkadaryo viloyatida tashkil etilgan. uning xududida 
ayiq,  qoplon,  tog‗  echkisi,  umuman  tog‗-o‗rmon  mintaqasi,  archazorlar  va  uning 
xayvonlari muxofaza qilinadi. 
miroki  qo‘riqxonasi.  hisor  tizmasi  shimoliy  yonbag‗rida,  oqsuv  daryosi  irmoqlari 
xavzasida joylashgan. u o‗ziga  xos o‗simlik  va xayvonlarga juda boy  bo‗lib, ularning 
tarqalishi balandlik mintaqalari qonuniyatiga bo‗ysinadi. 
asosiy  vazifasi  balandlik  mintaqalarining  tabiiy  majmualarini  o‗rganish  va 
muxofaza qilishdir. 
vardanzi  qo‘riqxonasi.  qo‗riqxona  qadimgi  vardanzi  shaxri  o‗rnida  tashkil 
etilgan.  saksovul  o‗rmoni  bu  er  uchun  xarakterli  bo‗lgan  fumli  cho‗l  tabiiy 
majmuasining  vujudga  kelishiga  sabab  bo‗lgan.  ayni  vaqtda  bu  qo‗riqxonada  tarixiy 
yodgorliklar xam muxofaza qilinadi. 
arnasoy  cho‘l-ko‘l  qo‘riqxonasi.  jizzax  shaxridan  60  km  shimolda  joylashgan 
arnasoy  ko‗l  tekislik  qismida  cho‗l  uchun  xos  bo‗lgan  ―efemer  o‗simliklar‖ 
juzg‗un  o‗sadi.  asosiy  vazifasi  cho‗l  va  suniy  hosil  bo‗lgan  akvatoriyada  yashovchi  va 
qishlovchi  qushlarni,  cho‗l  xamda  botqoqlik-qamishzor  majmualarini  o‗rganish  va 
muxofaza qilishdan iborat. 
abdusamat to‘kay  qo‘riqxonasi.  farg‗ona vodiysida tashkil etilgan. bu qo‗riqxona 
sirdaryo yoqasidagi to‗qay majmualarini, shuningdek, ingichka bargli jiyda, aralash tolzorlarni 
saqlash uchun tashkil etilgan. 
zarafshon  (kitob)
  paleontologik-stratigrafik  qo‘riqxonasi.  kitob  shaxridan  52  km 
sharqda  tashkil  etilgan  bo‗lib,  u  o‗zbekistonda  yagona  geologik  qo‗riqxonadir.  bu 
qo‗riqxonada  qoyali  tog‗lar  muxofaza  qilinadi.  qo‗riqxonada  marjonlar,  mollyuskalar, 
dengiz  liliyalari,  qadimgi  umurtqalilar-grantolitlar,  kosali  baliqlarning  izlari  topilgan. 
ana shularga qarab 400-500 million yillar avval tabiat qanday bo‗lganligini bilish mumkin. 
zakazniklar  tabiatni  muhofaza  qilish  tadbirlaridan  biri  sifatida  juda  qadimdan 
ma‘lum.  zakazniklarda  tabiiy  -  geografik  majmualar  tarkibiy  qismlarning  ayrim 
bo‗laklari, ayrim hayvon yoki o‗simlik turlari  muhofaza qilinadi. unda qator tabiiy 
resurslardan  xo‗jaliqda  foydalanishga  ruxsat  beriladi.  zakazniklar  vaqtinchalik  va 
doimiy  bo‗ladi.  vaqtinchalik  zakazniklar  ko‗pincha  ovchilik  xo‗jaliklarida  ov 
qilinadigan  hayvon  va  qushlarning  sonini  tiklash  va  ko‗paytarish  maqsadida  ma‘lum 
muddatga  tashkil  qilinadi.  doimiy  zakazniklar  o‗simliklar,  hayvonlarni  muhofaza 
qilish  uchun  tuziladi.    o‗zbekistonda  umumiy  maydoni  197  ming  gektardan  iborat  8  ta 
zakaznik bo‗lib, ularda respublikamizning hayvonot va  o‗simliklar dunyosi muhofaza 
qilinadi va tiklanadi. 

67 
 
to‘dako‘l  cho‘l-ko‘l  davlat  buyurtmasi.  buxoro  viloyatida  tashkil  etilgan.  bu 
erda  o‗rdaklar,  oqqushlar,  sakokushlar,  ko‗lrang  g‗ozlar,  kuyonlar,  kamish  mushugi, 
jayronlar muxofaza kilinadi. 
ko‘xitang  tog-o‘rmon  davlat  buyurmasi.  surxondaryo  vi-loyatida  tashkil  etilgan. 
bunda burama shoxli echki, tog‗ ko‗yi,  burgut xamda arxeologik yodogorliklar muxofaza 
qilinadi, 
nurumtubek  tog‘-o‘rmon  davlat  buyurtmasi.    buning  xududida  yovvoyi  cho‗chka, 
bo‗rsik, tolay kuyoni, xiva kirgovuli muxofaza kilinadi. 
oqbuloq tog‘ davlat buyurtmasi.  toshkent viloyatida tash-kil etilgan. bu erda osiyo 
echkisi,  oktirnokli  ayik  oksuv-sar,  bo‗rsik,  bars,  ilvirs,  burgut  va  boshkalar  muxofaza 
kilinadi. 
dengiz  cho‘l-ko‘l
  davlat  buyurtmasi.  buxoro  viloyatida  tashkil  etilgan.  bu  erda 
mavsumiy  va  qishlovchi  qushlar  xamda  ko‗lga  suv  ichish  uchun  keladigan  hayvonlar 
muhofaza qilinadi. 
amudaryo  qayir  davlat  buyurtmasi.  qayirda  uya  quradigan  va  mavsumiy  suv 
parrandalarini muxofaza kilish maqsadida qoraqalpog‗istonda tashkil etilgan. 
shabboz  to‘qay  davlat  buyurtmasi.  xorazm  viloyatida  tashkil  etilgan.  bunda 
cho‗chka,  chiyabo‗ri,  ko‗m  bo‗rsigi,  kamish  mushuti,  kum  kuyoni,  xiva  kirgovulini 
saklash xamda to‗kaylarda yashaydigan xongul bugusi va eliklari tiklash. 
xorazm  cho‘l  davlat  buyurtmasi.  bu  xam  xorazm  voxasi-ning  chekkasidagi  suv 
xavzalariga va kumli cho‗llarga xos xayvonlarni tiklash va muxofaza kilish maksadida 
barpo qilingan. 
 
Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin