Toshkent davlat sharqshunoslik instituti koreyashunoslik fakulteti koreys filologiyasi kafedrasi



Yüklə 43,8 Kb.
səhifə1/5
tarix06.11.2022
ölçüsü43,8 Kb.
#67628
  1   2   3   4   5
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti koreyashunoslik fakulte



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
KOREYASHUNOSLIK FAKULTETI
KOREYS FILOLOGIYASI KAFEDRASI

Qo‘lyozmaga teng

“Ilmiy ish asoslari” fanidan


KURS ISHI
Mavzu: Koreys va O‘zbek tillarida hurmat kategoriyasining xususiyatlari, lingvistik va qiyosiy tahlili

Bajaruvchi:Abduraufova Umida


Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi:
Qosimova Sh.S.

Toshkent-2020



Mundarija
I.Kirish…………………………………………………………………………4
II.Asosiy qism
1. Hurmat kategoriyasining xususiyatlari…………………………………………….………………………7
2. Hurmat kategoriyasining norasmiy va rasmiy uslubi………………………………………………….…………………………..13
3. Hurmat kotegoriyasining leksik uslubi……………………………………………………….……………………..15
4.O‘zbek va koreys tillarida hurmat kategoriyasining lingvistik qiyosiy tahlili……………………………………….……….………..……………...…18
III. Xulosa…………………………….………………..………….…………..23
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….…..……….25

Kirish
Xalqlar madaniy,ma’naviy tarafdan bir-birini boyitishlari evaziga har jihatdan rivojlanish qaror topadi. Chet tili, xususan, koreys tilining mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o‘qitilishi, shu ikkala davlatning har sohada teng sherikchilik asosida rivoj topishiga,tillarni tillarga,dillarni dillarga bog‘lashda asosiy omillardan biri deb hisoblash maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalari ,xususan, oliy o‘quv yurtlarining koreys tili talim yo‘nalishi bitiruvchilari shu yo‘nalish bo‘yicha bakalavr akademik darjasiga erishgandan so‘ng xalq xo‘jaligining turli sohalarida mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan ravnaq topish yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda.1
Birinchi Prezidentimizning 2011-yil 21-maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxasislarning tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini to‘g‘risida”gi qarorlari ta’lim tizimini to‘liq isloh qilish va malakali mutaxasislar tayyorlashni yo‘lga qo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. 2012- yil 16-17 fevral kunlari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash-mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi konfrensiya xalqaro jamiyatni O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, yuksak bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda davlatning roli va bu borada to‘plangan tajriba bilan keng tanishtirish imkonini beradi.
Ko‘p asrlar davomida shakllangan, ma’naviy-marifiy qadriyatlarimizga tayangan, bugungi kunda yangi istiqlol mafkurasi bilan oziqlantirilayotgan, shu bilan birga, bizni umumbashariy ulug‘ ma’naviyat sari yetaklayotgan milliy ongimiz, shuurimiz va dunyoqarashimiz o‘zbek nutqi va madaniyatini, ona tilimizning amaliy jihatlarini zamon talablariga mos ravishda o‘rganish barchamiz uchun zarurdir.
“Koreys millatini o‘z-o‘zini anglashning kuchli idrok etishiga koreys tili turtki bo‘lgan bo‘lsa, Koreys alifbosi “Hangil” esa tizimliligi bilan dunyoning boshqa alifbolaridan ajralib turishi bilan bir qatorda, aniq ilmiy hamda falsafiy ildizlarga ega bo ‘lgan yozuv turi hamdir”.
Ko‘p asrlar davomida mamlakatning turli jabhalari Xitoy ta’siri ostida bo‘lishi, Yaponiyaning harbiy mustamlaka davlatiga aylantirilganligi, 2-jahon urushidan so‘ng Koreya sarhadlarida Amerika qo‘shinlarining saqlanib turishiga qaramasdan, koreys xalqining o‘ziga xosligini, nafisligini, koreys xalqining milliy urf-odatlari-yu, ichki kechinmalarini o‘zida saqlab qololgan koreys tili- dunyoning qadimgi tillaridan hisoblanadi.
Koreys tili va koreys yozuvi koreys xalqining faxri, g‘ururi hamda iftixori hisoblanadi. Koreyslar mo‘g‘ul xalqlarining davomchilari hisoblanib, Koreya yarim oroliga bronza asrining neolit davrida ko‘chib borishgan va shu tariqa o‘rtoqlashishgan. Koreys tili Koreya Respublikasining davlat tili hisoblanib, Janubiy Koreyada “한국말” -(Hangukmal), Shimoliy Koreyada esa “조선말” -(Chosonmal) deb yuritiladi.
Yer yuzi tabiati naqadar rang-barang va xilma-xil bo‘lsa, unda yashovchi aholining etnik xususiyatlari ham shu qadar turli-tumandir. Yuqorida sanab o‘tilgan omillar har bir millatning alohida bo‘rtib turgan o‘ziga xos harakter xususiyatlari bo‘ladi. Turli millat vakillari o‘rtasida bo‘ladigan o ‘zaro muomala jarayonida bu kabi jihatlarni amalga olmaslik turli tushunmovchilik, kelishmovchilik va hatto to‘qnashuvlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Sharq tili hisoblanmish koreys tili fanini amaliy hamda nazariy o‘zlashtirishda tilning grammatik qatlamini, xususan, men tanlagan mavzu gap bo‘laklari, mazkur so‘z turkumi darajalarining tadqiq etilishi, aynan, amaliy dars mashg‘ulotlari mobaynida koreys tilidan ona tiliga, ona tilidan koreys tiliga qilinadigan tarjima mashqlari o‘z samarasini berishi, uni ta’lim islohoti jarayonida yanada takomillashtirish tanlangan mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.
Mavzuning dolzarbligi. Ishning maqsadi va vazifalari. Koreys tilidagi hurmat shakl kategoriyalarining xususiyatlarini yoritib berish ishning maqsadini belgilaydi. Qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgilab olindi.
-Koreys tilidagi hurmat shakl qo‘shimchalari haqida nazariy qarashlarni o‘rganish va izoh berish.
-Koreys tilidagi hurmat shakl qo‘shimchalarining xususiyatlari.
-Hurmat kategoriyasining norasmiy uslubi haqida tushuncha.
Ishning maqsadi. Kurs ishi kirish,asosiy qism, foydalanilgan adabiyotlar va xulosadan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va ahamiyati, maqsadi va vazifalari aniqlandi. Asosiy qismda mavzuning nazariy jihatlari yoritildi, amaliy jihatlari misollar orqali yoritib berildi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan, koreysshunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan to‘plamlardan chop etilgan ilmiy maqolalar, bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dessirtatsiyalaridan foydalanildi.



Yüklə 43,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin