Toshkent davlat sharqshunoslik instituti koreyashunoslik fakulteti koreys filologiyasi kafedrasi


ASOSIY QISM 1. Hurmat kategoriyasining xususiyatlari



Yüklə 43,8 Kb.
səhifə2/5
tarix06.11.2022
ölçüsü43,8 Kb.
#67628
1   2   3   4   5
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti koreyashunoslik fakulte

ASOSIY QISM
1. Hurmat kategoriyasining xususiyatlari.
Til jamiyatda paydo bo‘lganidan boshlab hamisha ijtimoiy harakterga ega bo‘lib,kishilarning ijtimoiy mehnat jarayonida yuzaga kelgan o‘zaro aloqa bog‘lash , fikr almashishga xizmat qiluvchi vositadir. Shu bilan bir qatorda u ham millatning ma’naviy qiyofasini ham o‘zligini ifoda etuvchi muhim ramzlardan biri, insoniyat tafakkurining bebaho ko‘zgusi hamdir.
Har bir tilning dunyoga kelish sabablari,shakllanish hamda taraqqiy etish tarixi bo‘lgani kabi koreys tilining ham o‘ziga xos kelib chiqish tarixi va dialektikasi bor.
Koreys tili boshqa tillarga nisbatan ancha keyingi davrlarda o‘rganila boshlandi.Koreys tilining tarixiy negizlarini o‘rganishga xususan keyingi omillar sabab bo‘lgan. Ma’lumki, Koreya ko‘p asrlar davomida Xitoyning mustamlakasi bo‘lgan. Bu koreys tilining tarixiy negizlarini o‘rganishga bo‘lgan birinchi sabab bo‘lsa, ikkinchi muammo esa, XV asrgacha ,ya’ni ,to qirol Sejong alifboni ixtiro qilgunga qadar , koreyslarning o ‘z shaxsiy yozuvlari bo‘lmaganligidadir. Koreya Xitoyning 1,5ming yildan ortiq mustamlakasi bo‘lgani bois ba’zi tadqiqotchilar , xususan Edkins koreys tilini xitoy tilining boshqacha ko‘rinishi deya ta’kidlagan. Ammo bunday fikrlashning o‘zi xatodir. Koreys tili leksikasining 75% xitoy tilidan kirib kelgan so‘zlar tashkil qilsa-da ,bu koreys tili o‘zining mavqeini yo‘qotgan degani emas. Shuningdek, koreys xalqi boshqa millat va elatlarga kishilar o‘rtasidagi munosabatlar jihatidan o‘xshab tursa-da, ular o‘rtasida turli noo‘xshashliklarning ham guvohi bo‘lishimiz mumkin.
귛아ㅡbu sharaf juda rasmiy va uni suhbatda emas,balki yozma ravishda ko‘proq ko‘rishingiz mumkin. “DEAR” “aziz” ga tarjima qilinadi va shuning uchun siz uni rasmiy xatlarda yoki kompaniya qimmatli mijozga murojat qilganda ,ko‘pincha uning to‘liq ismini ko‘rasiz:윤 힁철 귀화.2
-언어 예절 ya’ni “Muloqot xulqi” bilan tanishar ekanmiz ,avvalo, koreys tilidagi muloqot xulqining kategoriyalarini bilishimiz lozim bo‘ladi. Koreys tilida hozirda quyidagi muloqot kategoriyalari mavjud.

높임법- Xurmat kategoriyas


완곡어법- aylanma muloqot kategoriyasi
인사법-salomlashish va xayrlashish kategoriyasi.
Endi shu kotegoriyalarga misol keltirib o‘tamiz.
절수야,선생님께서너교무실에오라고하셨습니디
Chol Su, seni o‘qituvchimiz kelsin, deb aytdilar.
ㄱ: 너 왜이렇게 쌀이쪘니?
Sen nega bunchalik semirib ketding
Koreyslarda aylanma muloqot ya’ni evfimizm juda ko‘p ishlatiladi va kishilarning ko‘nglini og‘ritib qo‘ymaslik uchun yumshoq gapirishadi. Yuqoridagi gapni yumshoqroq qilib ifodalashsa , quyidagicha gapirishadi:
요즘더 건강해 보이나요.
Shu kunlarda sog‘lom ko‘rinyapsan.
~인사법- salomlashish va xayrlashish kategoriyasi:
아령하십니까?-Assalomu aleykum!
안녕!-Salom!
안녀히 갓십시오
호징법과 지칭법-atamalar kategoriyasida ma’lum bir kasb ,fan va turli sohalarga oid terminlar ishlatiladi. Qarindoshlik atamalari ham shular jumlasidandir:
아버지가,어디 계세요
Dada qayerdasiz?
안과 병둥에 근무하는 저 호사는 마음이 예쁘구나!

Ko‘z kasalliklari bo‘limida ishlaydigan ana u hamshira qalban chiroyli ekan.


Qadimdan an’ana bo‘lib kelgan mehmondo‘stlik , kattalarni hurmat qilish koreyslar harakterining eng muhim xususiyatlaridan biri sanaladi.
Qadimgi davrda shakllangan mehmondorchilik odati hayotiy zaruriyatlar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli barcha ijtimoiy bosqichlardan o‘tib bugunga qadar yetib kelgan.
Kattalarni hurmat qilish Sharq xalqlarining ,jumladan, koreyslarning ham qadimiy udumlaridan bo‘lib,bu odat asrlardan buyon davom etib kelmoqda. Koreys xalqi ham o‘zbek xalqi singari kattalarga hurmat kichiklarga izzat naqliga amal qilishadi.
Ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni shu ruhda tarbiyalash ,barchaga teng muomalada bo‘lishni uqtirib kelishadi. Bu esa koreys xalqining o‘ziga xos tomonlaridan biridir.
Koreys millati o‘ziga xos harakterga ega bo‘lgani uchun muloqot xulqi muammosini milliy harakter,o‘ziga xos urf-odatlari, qadriyat va an’analarini hisobga olmasdan turib , o‘rganish mutlaqo mumkin emas. Chunki muloqot xulqi millat haraktering uzviy bir qismi bo‘lib, bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir.
Koreys tilida har doim so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida baholash (o‘zaro hurmat va izzat) shakllarini ifodalaydigan so‘zlar ishlatiladi. So‘zlovchining yoshi katta, tinglovchining yoshi kichik bo‘lsa,unga 나쭘말로-izzat bilan gapiriladi. Ya’ni uni o‘z mavqeidan pastroq ma‘noni ifodalovchi so‘z tanlanadi. Biroq so‘zlovchining mavqei va yoshi har qancha ulug‘ bo‘lsa-da, har jihatdan kichik (mavqei ,yoshi ) bo‘lgan ko‘pchilikka murojaat qilganda, 높임말-hurmat shaklidan foydalaniladi.
Hurmat shaklini ifodalovchi 주체높임-subyektning hurmat shakli -이시 nafaqat fe‘lga, kesim vazifasida kelgan sifatga ,otga va ravishga ham qo‘shilishi mumkin.
예: 저분이 박 선생님입니다.
Bu kishi Pak o‘qituvchi bo‘ladilar.
아버지께서 신문을 읽고 계십니다.
Dadam gazeta o‘qib o‘tiribdilar.
그분이 아주 예쁘십니다.
U kishi juda chiroyli ekan-a.
그 한국에서 온 선배님의 바름이 너무 빠르셔서 알아듣는 것이 무척 어려워요.
Koreyadan kelgan kishining talaffuzi juda tezligi sababli tushunib olish g‘oyatda qiyin.
Tinglovchining mavqei ulug‘ bo‘lganda ,harakat subyekti so‘zlovchidan nufuzli bo‘lsa ham, so‘zlovchi unga (-으)시 qo‘shimchasini qo‘shmaydi.
예: 우즈베키스탄 대통령은 한국을 방문할 예정입니다. ( 0)
할아버지, 아버지께서 아직 회사에서 안 오셨습니다. (×)
Agar subyekt oliy va yuqori martabali kishilar (vazir,prezident kabilar)haqida yangilik yetkazishda ,axborotlarni va rasmiy hujjatlarni yozishda (-으)시 qo‘llanilmaydi.
예: 우즈베키스탄 대통령은 한국을 방문할 예정입니다.
O ‘zbekiston Prezidenti Koreyaga tashrif buyurish arafasida.

세종대왕은 1443년 한국을 창제했습니다.


Qirol Sejong 1443-yil koreys alifbosini yaratgan.
Agar subyekt ikki va undan ortiq kishidan bo‘lsa, ya’ni Jamoa bo‘lsa, (-으)시hurmat kategoriyasi qo‘shimchasi qo‘llanilmaydi. Buni quyidagi misollarda ko‘rib o‘tishimiz mumkin:
예: 선생님들은 날마다 학교에서 학생들을은 가르침니다.
O‘qituvchilar har kuni o‘quvchilarga ta’lim beradi.
오늘은 다양한 나라에서 온 손님들은 위해서 우즈베키스탄 전통 문화에 대해서 재미있는 영화가 재공되었습니다.
Bugun turli mamlakatlardan kelgan hurmatli mehmonlarga O‘zbekistonning milliy madaniyati haqidagi qiziqarli film namoyish etildi.
Ikki kishi o‘rtasidagi suhbat uchinchi shaxs haqida ketayotgan bo‘lsa, tinglovchi so‘zlovchidan kichik bo‘lsa-da, gap ketayotgan uchinchi shaxs yoshiga qarab (-으)시 xurmat shaklini yasovchi qo‘shimchani qo‘llaydi.
예: 아지자, 당신이 아버지께서는 무신 일을 하시니까?
Aziza, sizning otangiz nima ish qiladilar?
철수씨, 오빠는 지금 어디 계십니까?
Chol su akangiz qayerdalar?
아버지, 할아버지는 친적 집에 가셨습니다.
Dada, buvam qarindoshimiznikiga ketdilar.
Suxbat hurmatli subyektga taaluqli jihatlar yoki uning a’zosi haqida gap ketganda ham (-으)시 hurmat shaklini yasovchi qo‘shimcha qo‘llaniladi.
예: 한국에서 오신 김 선생님의 연세가 많으십니다.
Koreyadan kelgan Kim o‘qituvchimizning yoshlari ulug‘.
르학생들을 가치기 위해서 미국에서 새로 온 선배님의 키가 작으십나다.
Talabalarga ta’lim berish uchun Amerikadan kelgan o‘qituvchimizning bo‘ylari kichik.
선생님, 시간이 있으십니까?
Ustoz vaqtingiz bormi?
Koreys tilida ba’zi so‘zlarning alohida hurmat shakllari mavjud:
자다-주무시다- uxlamoq;
죽다- 돌아가시다-o‘lmoq, vafot etmoq;
있다-계시다-bor bo‘lmoq;
먹다- 드시다-잡수시다-yemoq;
예: 지듬 아버지께서는 자신 방에서 주무시고 있습니다.
Hozir dadam o‘z xonalarida uxlayaptilar.

할머니께서는 점심 드렸습니까?


Buvim tushlik qildilarmi?

Yüklə 43,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin