59
Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganish uning
mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali
tortishuvlarga chek qo‘yadi. Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish
jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan
holda, qancha qiymatga ega bo‘lsa shuncha qiymat aniq mehnat bilan ishlab
chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi. Lekin ishlab chiqarishning
oxirida qiymat oshiqcha bo‘lib chiqadi. Bu ishchi kuchi tomonidan yaratilgan
yangi qiymat evaziga sodir bo‘ladi. Yangi qiymat faqat ishchi kuchi tomonidan
jonli abstrakt mehnat bilan yaratiladi.
Ishlab chiqarish vositalari naflilikni yaratishda to‘liq qatnashadi, qiymatning
tashkil topishida esa qisman, ya’ni uning eyilgan (iste’mol qilingan) qismi
qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar
(masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda tuproq unumdorligi, quyosh
va shamol energiyasi) qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovarning nafliligini
hosil qilishda omil sifatida to‘liq qatnashsada, lekin qiymatning tashkil topishida,
uning ko‘payishida umuman qatnashmaydi (2.5-rasm).
Dostları ilə paylaş: