54
Prezidentining 2018 yil 20 iyundagi “Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal
amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-3794-
sonli Qarori hamda 2020 yil 10 yanvardagi “2020-2022 yillarda O‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4565-son Qarori asosida “2020-2022 yillarda
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini
rivojlantirish dasturi” qabul qilingan.
Ushbu dastur asosida avtomobil yo‘llari, ko‘priklar hamda yo‘l
o‘tkazgichlarini va boshqalarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va
jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlarni o‘z ichiga oladi. Dasturni amalga oshirish
uchun jami 48598,9 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Bu chora-tadbirlarning barchasi pirovardida mamlakatimiz iqtisodiyotining
jadal sur’atlar bilan o‘sishi uchun zamin yaratadi.
Dostları ilə paylaş: