Tekshirdi: Kubayev S.
SAMARQAND – 2023 Mavzu: Mashinali o'qitishda o’rgatuvchi tanlanma (Dataset). Mashinali o’qitishda tanlanmani yaratish usullari
Reja: 1. O’qitiluvchi va testlanuvhi ma’lumotlar to’plami.
2. DataSet, DataTable, DataRow va Data Column haqida tushunchalar.
3. Ma'lumotlarni tahlil qilish - DataSetlar.
Tayanch iboralar.Ma’lumotlar to’plami (Data set), ma'lumotlar bazasi, o'quv tanlanma (training set), qvalifikatsiya tanlanmasi (qvalidation set), test tanlanma (qtesting set), neyron tarmoq, AI-loyihalar (AIprojects), Data Set, Data Table, Data Row va Data Column, Avtopilot, Google Dataset Search, Kaggle, UCI Machine Learning Repository
O’qitiluvchi va testlanivchi ma’lumotlar to’plami
Ma’lumotlar to’plami (Data set). Ma’lumotlar to’plami - bu o’qitish uchun kerakli bo’lgan ma'lumotlar to'plamidir. Boshqacha aytganda, ma'lumotlar to'plami ma'lumotlar bazasi jadvalining yoki bitta statistik ma'lumotlar matritsasining qiymatlari hisoblanib, bunda jadvalning har bir ustuni ma'lum o'zgaruvchini yoki parametr (x1, x2, ... , xn) qiymatini ifodalasa, har bir satr esa berilgan parametrlar asosidagi obyekt qiymatiga (X1, X2, ..., X N) to'g'ri keladi.
Machinali o’qitish loyihalarida biz o'quv ma'lumotlari to'plamidan (training dataset) foydalanamiz. Bu turli xil harakatlarni bajarish uchun modelni o\qitish uchun ishlatiladigan haqiqiy ma'lumotlar to'plami hisoblanadi.
Ma’lumot to’plamlari (data set) turlari. Mashinan io’qitish jarayonida va modelning to’liq ishlashini ta’minlash maqsadida quyidagi ma’lumotlar to’plami turlaridan foydalaniladi: