kontsentratsiyasi
deb biror hajm birligidagi
mikdoriga aytiladi. Kontsentratsiya — litr (mg/l), (g/l), (g/m ) gramm yoki
milligrammlarda ifodalanadi. Suvning va havoning qay darajada zararlanganligi shu
tarifda belgilanadi.
Zaharlovchi moddaning maydon birligiga to’g`ri keladigan miqdori zaharlanish
tig`izligi deb ataladi. Bir metr kvadratdagi zaharlovchi modda grammlar bilan
ifodalanadi (g/m ). Joylar, yo’llar va texnika buyumlarining zaharlanish darajasi ana
shunday ifodalanadi.
Toksikologiyada zaharlovchi moddalarning zaharlilik darajasini belgilash
uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
—
yo’l qo’ysa bo’ladigan kontsentratsiyasi va miqdori
— bunda
zaharlovchi modda uzoq muddat ichida ta`sir qilsa ham kishi organizmida hech
qanday o’zgarish yuzaga kelmaydi;
—
bo’sag`a miqdori yoki kontsentratsiyasi
— bunda engil darajadagi klinik
alomatlar paydo bo’ladi, ish qobiliyati pasayib ketadi;
— o’rtacha safdan chiqaruvchi miqdori va kontsentratsiyasi
— kishilar va
50% i ish bajarish xususiyatini yo’qotadi va IC
50
va ID
50
belgilari bilan ifodalanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
7
Bu erda I — ingliz so’zining birinchi harfi bo’lib, Incapacitating — qobiliyatsiz,
qobiliyati yo’q degan ma`noni bildiradi;
—
o’ldiradigan o’rtacha miqdor va kontsentratsiyasi
— bunda zaharlangan
kishilarning 50% i halok bo’ladi va CL
50
, DL
50
lar bilan ifodalanadi;
—
absolyut o’ldiradigan miqdori yoki kontsentratsiyasi
— bunda
zaharlanganlarning 90—100% i halok bo’ladi va SL
50
, DL
50
bilan ifodalanadi.
Zaharlovchi moddaning organizmda qanday patologik jarayonlar rivojlanishiga
olib
kelishi
ko’p
jihatdan
organizmda
zaharlovchi
moddaning
qanday
biotransformatsiyaga uchrashiga bog`liq Agar organizmga tushgan zaharlovchi
modda miqdori ma`lum vaqt ichida kam miqdorda chiqarilsa, unda organizmda asta-
sekinlik bilan to’planib boradi. Buning natijasida zaharlovchi moddaning ta`sir kuchi
va ta`sir muddati oshib boradi, ya`ni kumulyatsiya hosil bo’ladi. Kumulyatsiya ikki
xilda bo’ladi:
1.
Moddiy kumulyatsiya
—bunda zaharlovchi modda organizmda sof holda
to’planib boradi.
2.
Funktsional kumulyatsiya
— zaharlovchi modda organizmga ta`sir kuchini
to’plab boradi.
Zaharlovchi modda to’qimalarda to’planib borgani bilan ularda qaytmas
o’zgarishlarni keltirib chiqarmaydi. lekin uning funktsiyasiga kuchli ta`sir ko’rsatadi.
SHuning uchun organizmga tushadigan zaharlovchi moddalarning miqdorsi va
kontsentratsiyasi hal kiluvchi ahamiyatga ega.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|