31
Kechiktirib bo’lmaydigan tadbirlar kerak bo’lganda zararlanganlarga ziddi-
zaharlar bilan (natriy tiosulfat, glyukoza, vitamin V
6
) davolash ishlari qaytadan
o’tkaziladi;
— yurak-qon tomirlar faoliyatini yaxshilovchi vositalar hamda analeptiklardan
va boshqa vositalardan simptomatik davolash ishlarini olib borish uchun
foydalaniladi;
I— reanimatsiya tadbirlaridan: nafas olish to’xtashi yoki buzilishi ro’y
berganda tezlik bilan sun`iy nafas oldirish kerak buning uchun avval og`iz bo’shligi,
halqum surgich yordamida suyuqliklardan tozalanadi va 5 shaklli yutqin naycha yoki
nafas oluvchi naycha TD-1 yordamida yoki bo’lmasa asboblar bilan nafas oldiriladi;
— yurak faoliyati buzilganda yurak glikozidlari, analeptiklar va boshqa dori-
darmonlardan foydalaniladi, yurak to’xtab qolganida yurak ko’krak qafasi ustidan
yoki ochiq usulda massaj qilinadi Uglerod oksidi organizmga faqat nafas yo’llari
bilan tushadi va chiqib ketadi. Uglerod oksidi shunday xususiyatga egaki, uning
gemoglobinga yaqinligi kislorodning gemoglobinga yaqinligiga qaraganda 250—300
marta ortiqdir. SHu sababli atmosfera havosiga uglerod oksidi salgina aralashganda
ham gemoglobinning bir qismi karboksigemoglobinga aylanadi. Karboksigemoglobin
kislorod bilan reaktsiyaga kirisha olmaydi, shuningdek sekinlik bilan parchalanish
xususiyatiga ega.
Uglerod
oksidning
zaharlash
xususiyati
uning
havo
tarkibidagi
kontsentratsiyasiga, kishini qancha vaqt zaharli havodan nafas olganligiga,
zaharlangan joyda jismoniy ish bajarganligiga bog`liq bo’ladi. Jismoniy ish
bajarilayotgan vaqtda o’pka ventilyatsiyasi kuchayadi. Masalan, o’pka ventilyatsiyasi
tinch holatda 5 l/min ni, me`yordagi jismoniy ish bajarilgan vaqtda 20 l/min ni, og`ir
jismoniy ish bajarilgan vaqtda 30 l/min ni tashkil etadi (18- rasm).
Uglerod oksidining ish zonasi havosida yo’l quyiladigan eng katta
kontsentratsiyasi 0,002% (0,03 mg/l hajmi) ga teng.
Dostları ilə paylaş: