Tillari universiteti



Yüklə 448,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix06.06.2020
ölçüsü448,91 Kb.
#31708
1   2   3
tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va muhofaza tadbirlari.

Shuningdеk,  ob'еktning  har  bir  ishchi,  xodimi  halokat  sodir  bo’lganda 

ogohlantirish  vositalaridan  foydalanish  va  tеgishli  tashkilotlarga  xabar  bеrishni 

bilishi zarur. 

Tabiiy  ofat-bu  tabiatda  yuz  beradigan  favquloddagi  o`zgarish  bo`lib,  u 

birdan  insonlarning  mo`tadil  yashash,  ishlash  sharoitlarining  buzilishi, 

odamlarning o`limi hamda qishloq xo`jaligi hayvonlarining nobut bo`lishi, moddiy 

boyliklarning yo`q bo`lib ketishi bilan tugaydigan hodisalardir. 

            Tabiiy  tusdagi  favqulodda  vaziyatlarning  sodir  bo`lishning  o`ziga  xos 

xususiyati  shundan  iboratki,  favqulodda  vaziyat  inson  ongi  va  uning  faoliyatidan 

tashqarida sodir bo`lishidir. 

  Tabiiy  ofatlarning  turlari  xilma-xil:  yer  silkinish,  suv  toshqini, 

(gidrometeorologik)  yer,  tog`,  qor  ko`chishi,  kuchli  shamol,  yo`ng`in, 

qurg`oqchilik, epidemiya, epizootiya,  epifitotiya  hodisalari va boshqalardir (o`lat, 

vabo, gemorragi isitma, toshmali terlama, sibir  yara kasalligi, quturish,   botulizm, 

va  tulyarimiya kasalliklari).          



Yer silkinish va uning  oqibatlari: 

Tabiiy  ofatlar  ichida  eng  xavflisi  va  dahshatlisi  bu  yer    silkinishidir.  Yer 

silkinish-yer  osti  zarbasi  va  yer  usti  qatlamining  tebranishi  bo`lib,  tabiiy  ofatlar, 

texnologik jarayonlar tufayli yuizaga keladi. Yer ostki   zarbasining  paydo bo`lish 

o`chog`i,  yerning  ostki  qatlamidagi  uzoq  vaqt  yig`ilib    qolgan  energiyaning  

yuzaga  otilib  chiqish  jarayoni  tufayli  yuzaga  keladi.  O`choqning    ichki  qismi 

markazi giposentr deyiladi, yerning ustki qismidagi markasi episentr deyiladi. 

Yer  silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi: 

- Tektonik zilzilalar; 

-Vulqon zilzilalari;                                                                                                      

-Ag`darilish, o`pirilish zilzilalari;, 

-Texnogen  (insonning muhandislik faoliyati bilan bog`liq) zilzilalar. 

Zilzila  turlaridan  eng  xavflisi  (talofatlisi),  tektonik  zilzila  hisoblanadi. 

Ma`lumki,  har  yili  planetamizda  100000  (yuz  ming)  dan  ortiq  yer  silkinishlarini 

seysmik  asboblar  (seysmograf)  qayd  etadi.  Bulardan  100  tasi  vayron  qiluvchi, 

fojiali    bo`lib  imorat  va  inshoatlarning  buzilishiga,  yer  yuzasida  yoriqlarni  paydo 

bo`lishiga  ming-minglab  insonlar  yostig`ining  qurishiga  olib  keladi.Yer  silkinish 

o`chog`i  giposentrning  joylashgan  chuqurligi  bo`yicha:  Yuza-70  km.gacha,  o`rta-

70-300km  va  chuqur-300    kmdan  pastda:  Mantiya  qatlamida  vujudga  keladigan 

xillarini ajratish mumkin. 

Respublikamizda  kuzatiladigan  zilzilalarning  o`chog`i  asosan  70  km.gacha  

chuqurlikda    joylashganligi  qayd  etilgan.  Kuchli  yer  silkinishi  oqibatida  yerning 

yaxlitligi  butunligi  o`zgaradi,  inshootlar,  jihozlar  buziladi,  kommunal-energetik 

qismlar  ishdan  chiqishi,    insonlar  o`limi,  shikastlanishi  ro`y  beradi.  Uzoq  tarixiy 

saboq,ya`ni  yer  silkinishi  kishilarni  ruhiy  holatiga  bo`lgan  ta`siri,  imorat  va 

inshootlarning  buzilishi,  bayron  qilinishi,  yer  yuzida  vujudga  kelgan  o`zgarishlar 

(yer  sathida  yoriqlar  va  buloqlarning  paydo  bo`lishi)yuz  bergan  hodisalarning  

kuchini  baholashga  o`rgatgan.Natijada  nisbiy  baholash  shkalasi  paydo  bo`lgan 

zilzila.  Kuchi  ikki  xil  o`lchov  birligida  o`lchanadi.  1.  Ballarda:,2.  Magnitudada. 

Dunyoning  juda  ko`p  davlatlarida  yer  silkinish  kuchi    12  balli    halqaro  o`lchov 

birligida  o`lchanadi.Episentrda  tog  jinsi  zarrachalarining  seysmik  tezlanishini,  u 

yerda sodir bo`lgan o`zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bo`lish va boshqalar) 

taqqoslagan  holda,Rossiya  fanlar  Akademiyasi    olimlari  tomonidan  yer 

silkinishining  kuchini    ballarda  baholash  shkalasi  ishlab  chiqilib,  bu  usul  hozirgi 

kunda  hamma  MDH  ga  kiruvchi  davlatlarda,  jumladan,O`zbekistondaMShK( 

Medvedev,Shponxoer  va  Karnik  )nomi  bilan    qo`llaniladi.  Ikkinchi  o`lchov  

birligiRixter  shkalasi  bo`yicha  Magnituda(M)  hisoblanadi.  Magnituda  shkalasi 

1935-yilda  Amerika  seysmologi  Rixter  tomonidan  taklif  qilingan.  Magnituda  yer 

silkinishining  umumiy  energiyasini  ko`rsatib,u  yerning  maksimal  surilish 

amplitudasi logarifmini belgilaydi  va mikronlarda aniqlanadi. 



 Yer silkinish kuchining xususiyatlari: 

 Yer 


silkinish 

kuchiga 


qarab 

quyidagi 

holatlar 

kuzatiladi;                                                                                                                                    

1ball- sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi: 

2ball-juda  kuchsiz,  uy  ichda  utirgan  ba`zi  odamlar  sezishi  mumkin(deraza 

oynalari titraydi): 

3ball-  kuchsiz,  ko`pchilik  odamlar  sezmaydi,  Ochiq  joyda  tinch  o`tirgan 

odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta sekin tebranadi: 

4ball-o`rtacha  sezilarli.Ochiq  joyda,  bino  ichida  turgan  odamlar  sezadi.Uy 

devorlari qirsillaudi.Ro`zg`or anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi:  

5ball-Ancha kuchli. 

Hamma  sezadi,  uyqudagi  odam  o`yg`onadi,  ba`zi  odamlar  hovliga  yugurib 

chiqadi.Idishdagi  suyuqlik  chayqalib  to`kiladi,osilgan  o`y  jihozlari  qattiq  

tebranadi:  

6ball-Kuchli.  Hamma  sezadi    uyqydagi  odamlar    uyg`onadi,  ko`pchilik 

odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat bo`ladi.    Ba`zi hollarda 

kitob jovonidagi kitoblar, ro`zgor buyumlari, javondagi idishlar  ag`darilib tushadi: 

7ball –Juda kuchli. Ko`pchilik odamlarni qo`rquv bosadi, ko`chaga yugurib 

chiqadi, avtomobil haydovchlari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida  katta-

katta yoriqlar paydo bo`ladi, hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqalanadi: 

8ball-Yemiruvchi.  Xom  g`ishdan  qurilgan  imoratlar  butunlay  vayronaga 

aylanadi,  ancha  pishiq  qilib  qurilgan  imoratlarda  ham  yoriqlar  paydo  bo`ladi,  uy 

tepasidagi  mo`rilar  yiqiladi,ba`zi  daraxtlar    butun  tanasi  bilan  yiqiladi,  sinadi, 

tog`lik joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi; 

9  ball-Vayron  qiluvchi.  Yer  qimirlashiga  bardosh  beradigan  qilib  qurilgan  

imoratlar  va  inshoatlar  ham  qattiq  shikastlanadi.Oddiy  imoratlar  butunlay  vayron 

bo`ladi, yer yuzasida yoriqlar paydo bo`ladi, yer osti suvlari sizib chiqish mumkin: 

10  ball-Yakson  qiluvchi.        Hamma  imoratlar    yakson  bo`ladi.  Temir  yo`l 

izlari  to`lqinsimon  shaklga  kelib    qoladi,  yer  osti  kommunal    quvurlari  uzilib 

ketadi, cho`kish hodisalari ro`y beradi.Suv havzalari  to`lqinlanib qirg`oqqa uriladi, 

qoyali yon bag`irlarda  katta-katta surilish hodisalari sodir bo`ladi:   

11  ball-Fojiali.Hamma  imoratlar  deyarli  vayron  bo`ladi,  to`g`onlar  yorilib 

ketadi,  temir  yo`llar  butunlay  ishdan  chiqadi,yerning  ustki  qismida    katta-  katta 

yoriqlar  paydo  bo`ladi,yer  ostidan  balchiqlar  ko`tarilib  chiqadi,  surilish  ,  qulash 

hodisalari nihoyasiga yetadi. 

12  ball-  kuchli  fojiali.Yerning  ustki  qismida  katta  o`zgarishlar  ro`y  beradi. 

Hamma  imoratlar  butunlay  vayron  bo`ladi,  daryolarning  o`zani  o`zgarib 

sharsharalar paydo bo`ladi tabiiy to`g`onlar vujudga  keladi. 


Mustaqil  davlatlar  hamdo`stligi(MDH)  hududining  20  foizga  yaqin  eri 

seysmoaktiv  mintaqa  hisoblanib, bunday  hududlarga  asosan  togli  o`lkalar,Kavkaz 

orti,Shimoliy Kavkaz, Karpat bo`yi, Janubiy Qrim,Moldoviya, Primor`ye, Saxalin, 

Kamchatka,  Kuril  orollari,  Turkmaniston  va  O`rta  Osiyoning    tog`li  o`lkalari 

kiradi. 

Imoratlarga, 

inshootlarga 

yer 


silkinishining 

ta`siri 


va 

xususiyatlari:Zilzilaning    kuchi  ta`sirida  imoratlar  va  inshootlar  talafot 

ko`radi.Ko`rilgan  talafot  darajasi  inshoot  loyihasiga,  ishlatilgan  qurilish 

materiallariga  bogliq.Shuning  uchun  hamma  insahootlar  va  ularning  ko`radigan 

talofotlari davlat standarti bilan tartibga solinadi.  

Inshootlar ko`radigan talafotlar quyidagicha tasniflanadi: 

1-darajali talafot.Bunda yengil shikastlanish yuz beradi. 

2-darajali  talafot.  Og`ir  bo`lmagan  shikastlanishlar  sodir  etiladi,devorlarda 

katta bo`lmagan yoriqlar paydo bo`ladi. 

3-darajali  talafot.Inshootlarning  og`ir  shikastlanish  ro`y  beradi,devorlarda 

katta va shuqur yoriqlar paydo bo`ladi. 

4-darajali  talofat.Imorat  va  inshootlar  ichki  devorlarining  to`liq  buzilishi 

ro`y beradi. 

5-darajali talofat.Imorat va inshootlar to`liq buzilish sodir bo`ladi. 

      Imorat  va  inshootlarning  konstruksiyasi  va  qurilish  materillariga  qarab 

tasniflanishi: 

A guruh-xom g`isht, paxsa devorli imoratlar: 

B guruh- pishiq g`ishtdan qurilgan imoratlar: 

V guruh –Temir-beton, sinchli va yog`ochdan qurilgan inshootlar; 

 Yuqoridagilarni  hisobga  olgan  holda  davlat  standarti(GOST)tomonidan 

imoratlar  guruhining  har  bir  ballda  ko`radigan  talofat  darajalari  hisoblab 

chiqilgan:Jumladan: 

6-ball-  yer  silkinish  jarayonida  Aguruhga  mansub  inshootlar  2-darajali 

talofat,B guruhi inshootlari1-darajali talofat ko`radi. 

7ball-A guruhidagi inshootlar 3-darajali talafot ko`radi. 

8  ball-A  guruhidagi  inshootlar  5-darajali,Bguruhidagi  inshootlar  ham 

3,4darajali,Vguruhdagi inshootlar 2-darajali talafot  ko`radi. 

9  ball-B  guruhidagi  inshootlar4-darajali,  shuningdek,  V  guruhidagi 

inshootlar 

4-darajali 

talafot 

ko`radi.                                                                                                             



10 ball- B guruhdagi inshootlar 5-darajali,Vguruhdagi inshootlar 4-darajali talafot 

ko`radi. 

11  ball-B  guruhdagi  inshootlar  to`liq  qulaydi.Tog`  jinslarinig  tik  va 

gorizantal yo`nalishdagi harakati kuzatiladi. 

12 ball-amalda yer  yuzasida tik inshoot qolmaydi.  

Yer  silkinishi  keltiradigan  talofot  inshootning  turiga  ,konsruksiyasiga 

bog`liq  bo`lish  bilan  bir  qatorda,  qurilish  maydonlarinig  muhandis-  geologik 

sharoitiga,ya`ni  tog`  jinslari  turlarining  mustahkamlik  darajasiga,  xossa  va 

xususiyatlariga  bog`liq.  Masalan,  1966  yili  Toshkent  da  sodir  bo`lgan    yer 

silkinishi  natijasida,  shaharning    yer  osti  suvlari  sathi  yer  yuziga  yaqin  bo`lgan 

pastqam  joylarga    joylashgan  imoratlar  kuchli  talafot  ko`rdi.Shundan  keyin1966 

yili  shahar  hududida  qayta  muhandis-geologik  xaritalash ishlari  o`tkazilib, shahar 

markasi  tuproq  sharoiti  nuqtai  nazaridan  9  ballik  mintaqaga  o`tkazildi.Bu  degan 

so`z,  9  ballik  mintaqada  quriladigan  inshootlar  konstruksiyasiga    va  usuliga 

ma`lum talablar qo`yish va ularni bajarishni  talab etadi. 

 Seysmoaktiv  hududlarda  qurilish  ishlarini  olib  borishda  davlat  tomonidan 

tasdiqlangan  qonun-qoidalarga,  talablarga  rioya  qilinmog`i  lozim.Ya`ni  shahar 

qurilishida imoratlarning balandligiga va  shakliga katta talab qo`yiladi. 

  -Shahar  hududida  katta-katta  ochiq  maydonlarning  bo`lishi,ya`ni  yer 

silkinishi sodir bo`lgan taqdirda va undan keyin aholini yashashi uchun palatkalar 

qurish uchun xavfsiz joy  zarur; 

-  Suv  havzalarini  bo`lishi,  ya`ni  zilzila  vaqtida  sodir  bo`lishi  mumkin 

bo`lgan  yong`inlarni    o`chirish  maqsadida,  foydalanish  uchun  suv  zahirasiga  ega 

bo`lishi: 

-Inshootlar orasidagi masofa, inshoot balandligidan 1,5  marta uzoq bo`lishi, 

chunki imorat talofat ko`rganda bir-biriga ta`sir qilmasligi lozim. 

Inshootlar  yer  silkinishiga  bardosh  berish  xususiyatiga  ko`ra  3  guruhga 

bo`linadi: 

-A  guruh-  7ballgacha  chidaydigan  kuchsiz  seysmochidamli  uylar.  Bunga 

tuproqdan, g`ishtdan qurilgan uylar  kiradi:  

-B guruh- 8 ballga chidaydigan uylar. Bu uylar har xil yog`och karkaslardan 

tayyorlanadi (sinchli uylar) 

-V guruh-9 ballgacha chidaydigan seysmochidamli uylar. Bu xildagi uylarga 

katta  metall  karkaslardan    tayyorlanadigan,  temir-beton  konstruksiyalardan  

qurilgan inshootlar kiradi.  


Yer  silkinish  oqibatlarini  tugatish  chora  tadbirlari  :Yer  silkinishining 

oqibatlarini tugatishda ishga yaroqli har bir kishi ishtirok etishi zarur va quyidagi 

ishlar birlamchi hisoblanadi. 

-Yer tagida, buzilgan va yonayotgan uyda qolgan odamlarni qutqarish: 

-Ishlab 

chiqarish,kommunal-energetik 

tizimlarda 

sodir 


bo`ladigan 

avariyalarning oldini olish va to`g`rilash.(chunki bular inson hayotiga xavf soladi) 

-Buzilgan uylarni, inshootlarni tiklash: 

-Talofat ko`rganlarga tibbiy yordam ko`rsatish shahobchalarini tayyorlash; 

-Yer silkinishi o`chog`ida suv ta`minotini tiklash. 

Shuni  nazarda  tutish  lozimki,yer  silkinishi  bu  turdagi  tabiiy  ofatlarni, 

falokatlarni:masalan,  yer  surilishi  suv  toshqini,  qor  ko`chkisi,  yong`in  va 

portlashlar  sodir  bo`lishi,  kommunal-energetik  tizimlarni    izdan  chiqishi,  kimyo 

sanoati    korxonalarida  avariya  natijasida  kuchli  ta`sir    etuvchi  zaharli 

moddalarni(KTEZM)  tashqariga  to`kilishi,atom  elektr  stansiyalarida(AES) 

radiaktiv  moddalarni  atmosferaga  chiqishi  kabilar  sabab  bo`lishi  mumkin.Ammo, 

hozirgacha yer silkinishining  aniq  vaqtini va joyini aniq aytib bera oladigan uslub 

yo`q.Lekin  yerning  tavsifli  xususiyatlari,  tirik  mavjudotlarning  hatti  harakatlari 

o`zgarishiga qarab olimlar yer silkinishi to`g`risida ayrim taxminiy ma`lumotlarni 

beradilar.Yer  silkinishi  ofatidan  muhofaza  qilishning  bir  usuli  bu  oldindan 

seysmoaktiv  mintaqalarni  belgilash  hisoblanadi.  Bunda  insonlar  uchun,  xalq 

xo`jaligi    tarmoqlari  uchun    xavfli  bo`lgan  7-8  balli  yuqori  yer  silkinish  mumkin 

bo`lgan joylarni belgilab xarita tuziladi. 

 Mana  shunday  seysmoaktiv  mintaqalarda  oldindan  turli  muhofaza  omillari 

ko`rilib,  inshootlarni  qurishni  amalga  oshirish,(kimyo  zavodlari,  atom  elektr 

stansiyalarni  )yoki  to`xtatish  ishlari  amalga  oshiriladi.  Shunday  ishlar,  ya`ni 

O`zbekistonning seysmoaktiv hududlari xaritasi 1977 yilgacha amal qilib keldi va 

hozirgi  kunda  O`zbekiston    Fanlar  Akademiyasining  seysmologiya  instituti 

tromonidan 1997   yilda O`zbekistonning yangi seysmoaktiv xaritasi tuzilib, bunda 

har  bir  hududning  seysmologik  xususiyatlari  hisobga  olingan.  Yangi  xaritada 

kursatilishicha O`zbekistonning mintaqalarida  sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yer 

silkinishlari  belgilangan.  Jumladan,  Qoraqalpog`iston  respublikasida      6-

ballgacha:Xopazm 

va 

Samarqand 



viloyatlarida, 

7-ballgacha, 

Toshkent, 

Qarshi,Buxoro,Termez,  Namangan  ,Fargona  shaharlarida-8  ballgacha,  Andijon 

biloyatida, 9- ballgacha belgilangan. 

 Respublikamizda  136  ta  shahar  mavjud  bo`lib  shundah  13  tasi  yirik 

shaharlar hisoblanadi. Shaharlarda qurilishlar  5ta toifa  bo`yicha amalga oshirilib 

ular  katta-  kichikligidan  qat`iy  nazar  halqa  yuli  bilan  belgilanishi  lozim.  Chunki 

favqulodda  vaziyatlarda  fuqarolarni  faqat  tranzit  yullar  orqali  (jumladan,  halqa 

yo`llari orqali)harakat qilishga yunaltirilishi lozim. Shuning uchun har bir korxona  



rahbari yer silkinishi oqibatlarini kamaytirishning asosiy tadbirlarini bilishi zarur.                                            

Bular quyidagilardan iborat: 

-Hududni seysmik xaritasi, unda zilzila bo`lish ehtimoli bor joylar va uning 

kochi ko`rsatiladi: 

-Zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshootlarini qurish: 

-Zilzila    sodir  bo`lib  qolgan  holda    aholi  uzini  qanday  tutishi  va  hatti- 

harakatlari haqida tushuntirish : 

-  Seysmik  stansiyalarda  uzluksiz  navbatchilakni  tashkil  etish  va  amalga 

oshirish. 

-Zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa tizimini tashkil etish: 

 -Qutqaruv, kuch vositalarni tayyor holga keltirib qo`yish. 

-Aholini, xavfsiz, o`z vaqtida evakuatsiya qilish tadbirlarini ishlab chidish: 

-Moddiy  –texnik  ta`minoti(  suv,  oziq-  ovqat,  dori-  darmon)  zaxiralarini 

tashkil qilish: 

-Zilzila haqida xabar beruvchi belgilarni aholiga tushuntirish va oz ` vaqtida 

qullash. 

 Yer 

silkinishini 



 

oldindan 

xabar 

beradigan 



(taxminiy)belgilar 

quyidagilardan iborat: 

-Yer  osti  suvlarining  fizik-  kimyoviy  tarkibining  o`zgarishi  (laboratoriyada 

aniqlanadi): 

-Qushlar  va  uy  hayvonlarining  bezovtalanishi,  gaz  hidining  kelishi,havoda 

chaqmoq chaqishi va yorug`lik paydo bo`lishi: 

-Bir-biriga  yaqin,lekin  tegmayotgan  elektr  simlaridan  uchqun  chiqishi, 

uylarning  ichki  devorlarida  zangori    shu`lalar  paydo  bo`lishi  va  lyuminitsent 

lampalarning o`z- o`zidan yonishi: 

Mana  shu  belgilarni  bilgan  fuqaro  yoki  zilzila  haqida  xabar  eshitganda, 

sarosimasiz  va  ishonchli    harakat    qilish  kerak.Zilzila  haqida  xabar  berilsa,  uyni 

tashlab  chiqishdan  oldin,gaz  va  boshqa  isitgich  asboblarini  o`chirish,  bolalar  va 

qariyalarga  yordam  berish,  zarur  buyumlarni,oziq-ovqat,  dori-darmonlarni  va 

hujjatlarni olib,ko`chaga chiqishi kerak. 

Agar  zilzila  kutilmaganda  boshlanib  qolsa,  u  holda  eshik  oraliqlariga  yoki  

ko`taruvchi  ustunlar    tagiga  turib  oliash  zarur.Dastlabki  silkinish  zarbasi  tinishi 

bilan  tezlikda  tashqariga  shiqishi  kerak.  Shuni  esdan  chiqarmaslik  kerakki,  ko`p 

qavatli  binolarning  ehg  nozik,  ishonchsiz  joylari  zinapoya  va  liftlardir.Shuning 

uchun  zilzila  boshlangan  paytda  zinapoyalardan  yugurish  tavsiya  etilmaydi  va 


liftlardan  foydalanish  taqiqlanadi.Korxona  va  mussasalarda  zilzila  paytida  ish 

to`xtatiladi.Elektr  toki,suv,  gaz  va  buglar  to`xtatilib,  fuqarolar    muhofazasi 

qismlaridagi  ishchi  va  xizmatchilar  oldindan  belgilab  qo`yilgan  joylarga 

to`oplanadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda bo`ladilar.Zilzila vaqtida  tashqarida 

bo`lgan  fuqarolar  uyga  kirishga  shoshmasligi,balki  o`sha  joy  rahbarining 

ko`rsatmalarini  diqqat  bilan  kutib,unga  rioya  etgan  holda  harakat  qilishlsri 

kerak.Zilzila  vaqtida  jamoat  transportining  to`la  to`xtatilishini  kutib,  oldin 

bolalarni, nogiron va qariyalarni tushirish  kerak..Yurib ketayotganda sakrav tushib 

qolish  yaramaydi,zilzila  vaqtida  jabrlanganlarga  asosan  yordamni  fuqarolar 

muhofazasi  qismlari  beradi,lekin  zarur  bo`lgan  hollarda  aholining  ham  yordam 

berishi maqsadga muvofiqdir.              

Suv  toshqini    va  uning  talofatlari;  Suv  toshqini  ham  tabiiy  ofatlar  orasida 

eng  xavflisi  hisoblanadi.Suv  toshqini  deb,  daryo,  ko`l  hovuzlardagi  suv  sathining 

keskin  ko`tarilish  natijasida  ma`lum  maydonlardagi    yerlarni  suv  tagida  qolishiga 

aytiladi.Suv toshqiniga turli omillar sababchi  bo`ladi;  

-Kuchli yomg`ir yog`ish oqibatida (jala, sel quyishi): 

-Qorning surunkali erishi natijasida : 

-Kuchli shamol esishi natijasida ; 

-Oqar daryolardagi  muzliklarni yig`ilib, sun`iy to`g`on hosil qilinishi: 

-Tog`  jinslarining  nurashi,  surilishi  yoki  boshqa  sabablar  bilan  suv  saqlash 

omborlarining buzilishi oqibatida. 

 Kuchli yomg`ir yog`ishi natjasida suvlarning sathi keskin ko`tarilib, daryo, 

ko`llarga  sig`maydi  va  natijada  ekin  maydonlarini  turar  joy  massivlarini,yo`llarni 

suv bosadi va ularni izdan chiqaradi. 

Bundan  tashqari,  elektr  energiya,  aloqa  uzatgichlar,  melliorativ  tizimlar 

ishdan  chiqadi,  chorva  mollari,  qishloq  xo`jaligi  ekinlari  yo`q  bo`lib  ketadi,  xom 

ashyolar,  yoqilg`i,  oziq  ovqatlar,  mineral  o`g`itlar  va  boshqa  muhim  mahsulotlar 

yaroqsiz holga keladi, yoki butunlay yo`q bo`lib ketadi.Shular hatijasida juda katta 

miqdorda moddiy zarar ko`rilib, insonlarni yaxshi hayot kechirishiga halaqit qilishi 

mumkin. Suv toshqini turli joylarda, jumladan, O`zbekistonda ham tez – tez bo`lib 

turadi.  Masalan,  1992-1995  yillarda  ko`pgina  viloyatlarda-  Xorazm,  Buxoro, 

Surxondaryo,  Qashqadaryo,  Jizzax,  Sirdaryo  va  boshqa  joylarda  juda  katta  ekin 

maydonlari  suv  ostida    qolib,  oqibatda  juda  katta  moddiy  zarar  ko`rildi.Kuchli 

yomg`ir  yog`ishi  natijasida,  suv  toshqini  1993,1994,  1995,2000,  2001  yillarda 

Evropa  davlatlarida  ham  kuzatilib,  bularning  oqibatida    nafaqat  moddiy  zarar  , 

balki  hisoblab  bo`lmaydigan  ma`naviy  zarar-  insonlar  o`limi  yuz  berdi.  Oqar 

daryolarda suvlarning sathi muzliklar bilan qoplanishi ham suvning  oqimigaqarshi 

to`siqlar (to`g`onlar) hosil bo`lishi natijasida suv toshqini ro`y berishi mumkin. Bu 

xildagi  toshqin  1992-yilda  Qoraqalpog`iston  Respublikasida  Amudaryo  oqib 

o`tadigan  uchta  tumanda  kuzatildi.  Natijada  muz  to`g`onlarni  samolyotlardan 



portlatish bilan                                                   eritildi  va mintaqani suv bosish 

xavfi bartaraf etildi.   

Suv toshqini kanallar va suv saqlaydigan omborlarning turli sabablarga ko`ra 

ishdan  chiqishi  oqibatida    ham  kuzatilishi  mumkin.  Umuman  kanallar,  suv 

omborlari,  suv  energiyasi,  suv  yo`llari  hamda  suvning  o`zidan  foydalanish 

maqsadida quriladi. Hozirgi vaqtda MDH davlatlarida suv sig`imi 1  million metr 

/kub  dan  ortiq  bo`lgan  suv  omborlari  mingtaga  yaqin  bo`lib,  ularning  suv  sathi 

116000  kilometr/kub  ga  teng.  (shundan  53  ta  suv  ombori  O`zbekiston  xududida 

joylashgandir  )  bu  suv  omborlarida  55,5miliard    metr/kubdan  ortiq  suv  saqlanib, 

ular  orqali  qishloq  xo`jaligi  suv  bilan  ta`minlanib,  katta  iqtisodiy  samara  olinadi. 

Lekin bunday gidrotexnik inshootlar biror sabablar bilan buzilsa atrofida yashovchi 

atrof-muhitga, insonlarga, dehqonchilikka jiddiy zarar keltiradi. Masalan, Chorvoq 

suv  omborida  2,1  km/kub  suv  saqlanib,  agar  u  buzilsa  8  metr  qalinlikdagi  suv 

Toshkent viloyatining  uchta tumanini 46 km/ soat tezlik bilan harakatlanib   suv 


Yüklə 448,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin