Tillari universiteti



Yüklə 448,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix06.06.2020
ölçüsü448,91 Kb.
#31708
1   2   3
tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va muhofaza tadbirlari.

bosish  xavfi  tug`iladi.  Shunga  o`xshash    katta  hajmdagi  suv  omborlari  Jizzax, 

Sirdaryo, Buxoro, Samarqand  viloyatlariga ham xavf solishi mumkin. 

Shuning  uchun  suv  saqlaydigan  omborlarni  har  xil  falokatlardan  asrash 

uchun  hamma  turdagi    ehtiyot  choralari  ko`rilishi  lozim.  Jumladan,  birlamchi  va 

ikkilamchi saqlovchi platina qurish, har bir platinalar temir betonli qorishmalardan 

tayyorlanishi  lozim.  Gidrotexnik  inshootlar  quyidagi  sabablarga  ko`ra  buzilishi 

mumkin. 

Kushli tabiiy hodisalar oqibatida: a) yer silkinishi, b) yer surilishi, v) kuchli 

sel kelishi,) kuchli yomg`ir suvidan  yuvilib ketishi: 

-Gidrotexnik inshoot jihozlarinig eskirishi va tabiiy parchalanishi oqibatida: 

-Gidrotexnik  inshootlarni  loyihalashda  va  qurishda  yo`l  qo`yiladigan 

xatoliklar oqibatida: 

-Gidrotexnik  inshootlardan  noto`g`ri  foydalanish  va  qoidalarini  buzilishi 

oqibatida 

Umuman  suv  toshqiniga  qarshi  qo`llaniladigan  omillar  quyidagilardan 

iborat:  daryodagi  suvning  sarflanish  darajasini  oshirish,  suv  oqimiga  qarshi 

yerlarni  kundalang  qilib  chuqur  haydash,  daryo  qirg`oqlarini  ko`tarishdan 

iboratdir.  Suv  toshqini  xavfi  tug`ilganda  aholini  o`z  vaqtida  xabardor  qilish, 

fuqarolarni  moddiy  resurslarini,  qishloq  xo`jaligi  hayvonlarini  xavfsiz  joylarga 

evakuatsiya qilish eng muhim ishlardan hisoblanadi. Evakuatsiyadan oldin  har bir 

fuqaro  o`zi  yashab  turgan  uylarni  xavfsiz  holatga  keltirish  ya`ni  (gaz,suv,  elektr 

tarmoqlarini o`chirish deraza va eshiklarni mahkamlab bekitishlari lozim ) va o`zi 

bilan  kerakli  hujjatlarini,  pul  va  taqinchoqlarini    kamida    uch  kunga  yetadigan 

yegulik  oziq-ovqatlar va ichimlik suvlarini olishi zarur. 

Suv toshqinida qolqan odamlar turli   xavfsirashlarga berilmasliklari va suv 

oqimi 


bo`yicha 

past 


sathli 

qirg`oq 


tomon 

suzishlari                                                                              



(harakatlanishlari)  kerak.  Suv  toshqini  paytida  ma`lum  qism  odamlar 

(qutqaruvchilar)  shu  falokat  hududida  qolib,  imkoni  boricha  qilinadigan  ishlarni 

bajarishlari zarur.                                                                                              Aholi 

suv ichida qolgan oziq ovqatlarni yemasliklari va suv ichmasliklari kerak.Yashash 

joylarda  elektrdan  foydalanmasliklari  lozim,  chunki  yong`in  chiqishlarga  olib 

kelishi mumkin. Suv toshqini xavfi o`tgandan keyin, fuqarolar o`zlarining doimiy 

yashash  joylariga  qaytib  kelgach  toshqin  oqibatlarini  bartaraf  etish  chora 

tadbirlarini boshlab yuboradilar. Ular quyidagilardan iborat: 

-Suv bosgan joylardagi suvni chiqarib tashlash va quritish: 

-Uylarning yerto`lalaridagi suvlarni chiqarib tashlash: 

-Toshqin  natijasida  buzilgan  joylarni:  maishiy  –energetik    tarmoqlarni, 

yo`llarni, ko`priklarni va boshqalarni qayta tiklash. 

-Qayta tiklab bo`lmaydigan, inshootlarni, uylarni yiqitish va tozalsh. 

- Ekinzorlarni suvdan tozalash. 

Yuqoridagi  tadbirlar  fuqarolar  muhofazasi  shtabi  va  uning  tizimlari 

boshchiligida, xalq ommasi ishtirokida amalga oshiriladi. 

   Yer surilishi, uning sabablari va talafotlari. 

Tog`  jinslari  qatlamlarini  qiya  sath  bo`ylab  o`z  og`irligi,  gidrodinamik, 

gidrostatik,  seusmik  kuchlar  ta`sirida    surilishiga  yer  surilishi  yoki  yer  ko`chishi 

deb  aytiladi.  Yer  surilishining  vujudga  kelish  qonuniyatlarini,  bularning 

dinamikasini  o`rganish  katta  ahamiyatga  ega.  Bu    qurilish  ishlarini  olib  borish 

sharoitini  aniqlashda,  xalq  xo`jaligi  inshootlarini  inson  hayotini  saqlashda  muhim 

omil  hisoblanadi.Yer  surilishi  oqibatida  xalq  xo`jaligi  katta  zarar  ko`radi  ba`zi 

yirik  inshootlar,  yo`llar  bir  necha  metrga  surib  tashlanadi,  katta-katta  ekin 

maydonlari foydalanishga butunlay yaroqsiz bo`lib qoladi butun-butun qishloqlar, 

shaharlar  vayron  bo`ladi  minglab  kishilar  boshpanasiz  qoladi,  halokatga 

uchraydi.Yer  surilishi-  tog`  jinsining  surilish  tezligi  hamda  suriluvchi  tog`  jinsini 

miqyos darajasiga ko`ra turli xilda bo`lishi mumkin. Jumladan, tog` jinslari surilish 

tezligining  sekin,  o`rtacha  va  kuchli  xillari  bo`lib,  birinchisida  surilish  ber  necha 

santimetrga,  o`rtacha  surilish  bir  necha  metrga,  kuchli  bo`lganda  esa  tog`  jinslari 

soatiga  bir  necha  kilometrga  suriladi.  Mana  shunday  tezlikda  yuz  bergan  

surilishlar  oqibatida  katta  falokatlar  sodir  bo`ladi    ko`plab  odamlar,  va  boshqa 

jonivorlar  talofat  ko`radilar.Yer  surilishida    ko`chgan  tog`  jinsining  massasi  bir 

necha  million,  ba`zan  milliardlab  metr/kubga  yetadi.  Markaziy  Osiyo 

Respublikalari  hududlarida  ham  hozirgi  kungacha  ko`pdan-ko`p  yer  surilishlari 

kuzitilgan. Masalan, 1973  yilda  respublikamizning  Ohangaron  vodiysida,  ATCHI 

deb  nom  olgan  katta  surilish,  1987  yil  7-dekabrdaTojikistonning  SHarora  

qishlog`ida  ,  1991  yilda  Ohangaron  vodiysida  sodir  bo`lgan  Jigariston      1994  yil  

16  aprelda  sodir  bo`lgan  Ohangaron  tumanining  Qora  qishloq  hududida  sodir 


bo`lgan yer  surilishlarini  aytish mumkin.Bu joylarda   davlatga va aholiga  katta 

miqdorda moddiy- ma`naviy ziyon keltirdi.    

Yer  surilishining  yuzaga  kelishida  quyidagi  omillar  sabab  bo’ladi.                                                   

–Tog`  yon  bag’ri  etaklarining  tabiiy  holatini  oqar  suvlar  suv  omborlari  ta`sirida 

buzilishi hamda rejasiz olib borilgan qurilish ishlari: 

Qiya  sathlarda  tarqalgan  tog`  jismlarining  xossa  va  xususiyatlari, 

mustahkamlik  darajasining  o`zgarishi,  sug`orish  ishlari,  qor-yomg`ir  suvlari 

ta`sirida namlikning o`ta oshishi: 

Tog`  jismlariga  yer  osti  suvlari  (gidrodinamik)  va  yerustki  suvlari 

(gidrostatik) bosimining ta`siri: 

-Tog` jinsi zichligini va mustahkamligining, burg`ulash hamda tog`- kovlash 

ishlari natijasida buzilishi:  

-Tektonik  va  seusmik  kuchlar  ta`siri.  Surilishlarning  yuzaga  kelishida 

hududning  iqlim hamda, gidrogeologik sharoitlari va boshqalar. Tog` jinslarining 

qiya  sath  bo`ylab  surilishida  iqlim  sharoiti  eng  muhim  omillardan  biri  bo`lib,  u 

davomli  yog`ingarchiliklar  kuzatiladigan  yerlarda  keng  tarqalgan  bo`ladi.  Bunga 

sabab  yomg`ir  suvlari  tog`  jinslari  qa`riga  singib  zarrachalar  orasida 

yopishqoqlikni  kamaytiradi  natijada  surilishni  sodir  bo`lishini  tezlashtiradi. 

Shuning uchun ham surilishlar asosan qorlar erib, yog`ingarchilik ko`paygan mart 

oylarida  boshlanib  may  iyun  oylarida  to`xtaydi.  Yog`ingarchilik,  qorlar  va 

muzliklarning erishi natijasida daryo  va suv havzalarida  suv  sathining  ko`tarilishi 

daryo  qirg`oqlarining  yuvilishiga,  ya`ni  qiya  sathlardagi  muvazanat  holatlarini 

buzilishiga  sabab  bo`ladi.  Misol  sifatida,  Amudaryo,  Zarafshon  daryosi 

qirg`oqlarida, Chorvoq suv ombori atrofida kuzatilgan surilmalarni aytish mumkin. 

Yer surilishi uch bosqichda kuzatiladi: 

1-bosqich.Surilishning tayyorlanish bosqichi. Bu bosqichda qiya sathlardagi 

tog`jinsi turg`unligi susayadi, yer sathida turli kenglikdagi yoriqlar paydo bo`ladi. 

2-bosqich.Tog`  jinsining  katta  tezlik    bilan  yoki  sekin  asta  surilish 

kuzatiladi.  Surilish  tezligi  yuqorida  qayd  etilgan  omillarning  ta`sir  darajasiga 

bog`liq bo`ladi. 

3-  bosqich.  Surilishning  so`nish  bosqishi.  Bunda  tog`  jinslari  surilishi 

to`xtaydi. 

Yer surilishlarini  chuqur o`rganish ularni oldindan bashorat qilish imkonini  

beradi. Buning uchun kompleks muhandis geologik qidiruv ishlari o`tkaziladi.Yer 

surilishi ofatining oldidan kuzatiladigan belgilari quyidagilardan iborat: 

Yer  yuzasida  yoriqlarni  paydo  bo`lishi,  yo`llarda  uzilishlarning  yuzaga 

kelishi,  daraxtlarning  to`g`ri  o`smasligi,  uylarning  devorlarini  yorilishi,  binolar, 

inshootlar  tuzilishida  muvozanatning  buzilishi  va  boshqa  belgilar  paydo  bo`ladi. 



Yer surilishini vujudga kelishi va harakatdagi surilishlarga qarshi olib boriladigan 

ishlar mazmuniga qarab ikki guruhga bo`linadi. 

-Surilishni oldini olish usullari. 

-Yer surilishi harakati va ta`sirini bartaraf etish usullari. 

-Yer surilishini oldini olish usullari. 

-Qiya sathlarda qurilish va ular bilan bog`liq bo`lgan ishlarni olib bormaslik. 

-Qiya sathlarda tog` jinsi to`kilmalarining yig`ilishiga yo`l qo`ymaslik. 

-Temir yo`l, transport vositalari harakat tezligini belgilangandan 

oshishini taqiqlash: 

-Qiya sathlarda o`simlik dunyosini muhofaza qilish; 

-Qiya sathlarda sug`orish, shudgorlash ishlarini olib bormaslik. 

Surilish harakati va ta`sirini bartaraf etuvchi usullar quyidagicha: 

1.  Surilish  harakati  tezligini  sekinlashtirish  yoki  to`xtatishga  qaratilgan 

usullar:  a).  suv  oqimini  tartibga  soluvchi  va  boshqaruvchi  qurilmalar  qurish:  b). 

daryo  va  suv  havzalari  qirg`oqlari  yuvilishini oldini  oluvchi  qurilmalar  qurish:  v) 

yer osti suvlari sathini kamaytirish. 

2. Tog` jinsi surilishlarini ushlab turuvchi tirgak devorlarini qurish. 

3. Suriluvchi tog` jinsi qatlamlarini olib tashlash. 

4.  Tog`  jinslari  fizik-mexanik  xususiyatlarini  sun`iy  usulda  yaxshilash. 

Ularning  namligini  oshib  ketishiga  yo`l  qo`ymaslik.Yer  surilishi  ofatidan  

saqlanishning ishonchli omili xalqni o`z vaqtida ogoh etish hisoblanadi.1996-1999 

yillarda  O`zbekistonning  bir  necha  xududlarida,  masalan;  Surxondaryo, 

Qashqadaryo,  Samarqand  va  boshqa  viloyatlarning  tog`  etaklarida  yashovchi 

fuqarolarni  yer  surilishi  ofati  to`g`risida  ogoh  qilinishi  natijasida,  aholi  boshqa 

joylarga ko`chirildilar va hech qanday  moddiy va ma`naviy yuqotishlar bo`lmadi. 

Hozirgi  kunda  ham  respublikamizning  ba`zi  viloyatlarida  yer  silkinishi  ehtimoli 

bor  hududlar  mavjud  bo`lib,  hukumatimiz  va  fuqaro  muhofazasi  xizmati 

tomonidan  doimiy  ravishda  xavfli  mintaqada  yashovchi  fuqarolar  ogohlantirilib 

borilmoqda. 

     Kuchli shamol, qurg`oqchilik va ularning oqibatlari 

 Kuchli  shamol  ham  insonlar  hayotiga  va  xalq  xo`jaligiga  jiddiy  zarar 

yetkazadigan  ofatdir.  Bu  ofat  uzoq  davom  etuvchi  va  buzish  kuchiga  ega.Bu 

ofatning  tezligi  30-90  metr/sek  ga  etadi.  O`rta  Osiyo  mintaqalarida  shamolning 

kuchi 40-60m/s ni tashkil etadi. O`zbekistonning Xovos, Bekobod tumanlarida esa 

50-60m/s  ni  tashkil  etadi.  Kuchli  shamolning  paydo  bo`lishi,  ya`ni  atmosferada 


muvazanatning  buzilishi  natijasida  havo  oqimi  juda  katta  tezlikda  harakatlanib, 

ba`zi  joylarda  u  o`rama  harakatga  aylanib  ketadi.  Bunday  ofat  oqibatida 

odamlarning  halok  bo`lishi,  inshootlarning  buzilishi,  ekinzorlarning  payhon 

bo`lishi,  elektr,  telefon  tarmoqlarining  izdan  chiqishi  va  boshqa  oqibatlarga  olib 

keladi.  Bu  ofatlardan  eng  ishonchli  saqlovchi  omil-  bu  himoya  inshootlari 

(metro,yerosti  yulaklari,uylarning  yerto`lalari  va  boshqalar)  hisoblanadi.  Bu 

ofatdan  saqlanishning    yana  bir  omili-  ofat  haqida  odamlarni  o`z  vaqtida  ogoh 

qilishdir.  Hozirgi  paytda  ob-havoni  bir  necha  kun  oldin  ayta  oladigan  zamonaviy 

uslublar  yaratilganki,  bularning  bergan  ma`lumotlariga  asosan  oldindan  ehtiyot 

choralarini ko`rish mumkin bo`ladi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, kuchli shamol 

ofati  yuz  berganda  fuqaro  muhofazasi  tizimlari  davlat  organlari  xodimlari 

boshchiligida        qutqaruv  va  buzilgan  joylarda    tiklash  ishlarini  bajaradi,  jabr 

ko`rganlarga birlamchi  tibbiy yordam ko`rsatadi. 

        Qurg`oqchilik  ofati  ham  O`zbekistonga  xos  bo`lib,  ilgari  bu  holatga 

deyarli  e`tibor  berilmagan.  Lekin  keyingi  yillarda  ekologiyaning  haddan  tashqari 

buzilishi,  suv  resurslaridan  noto`g`ri  foydalanish  va  boshqa  sabablar  oqibatida 

bizning  mintaqada  ham  bunday  ofatlar  aynan  hozirgi  paytda  kuzatilmoqda. 

Qurg`oqchilikda odamlarning o`limi daraxtzorlar va ekinzorlarning qurishi, kuchli 

yong`inlarni  chiqishi  va  turli  xil  kasalliklarni  tarqalishiga  imkon  yaratiladi. 

Ta`kidlash  lozimki,  O`zbekistonda  qurg`oqchilik  muammosi  Orol  dengizi  bilan 

bog`liqdir. 

 Respublikamiz  Prezidenti  I.Karimov  “O`zbekiston  XXI  asr  bo`sag`asida: 

xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari”  kitobida 

ta`kidlaganidek:  “Yaqin  –yaqinlargacha  cho`lu  sahrolardan  tortib  olingan  va 

sug`orilgan  yangi  yerlar  haqida  dabdaba  bilan  so`zlanardi.  Ayni  chog`da  ana  shu 

suv  Oroldan  tortib  olinganligi,  uni  jonsizlasntirib  qo`yilganligi  xayolga  kelmasdi, 

endilikda  Orolbo`yi  ekologik  kulfat  hududiga  aylandi”.Ma`lumki,  Orol  dengizi 

suvi  yildan-yilga  kamayib,  qurib  bormoqda.  Buning  oqibatida  dengizga  yaqin 

bo`lgan  joylarda,  daraxtlar,  ekinzorlar,  qurib  turli  xil  kasalliklar  ko`payib 

bormoqda.  Ma`lumotlarga  ko`ra  Amudaryo  suvining  bor-yo`g`i  10  foiz  miqdori 

Orol  dengiziga  quyilmoqda.  Bundan  tashqari  dengizga  kelib  tushayotgan  suv 

miqdoridan dengiz suvinig havoga bug`lanib ketishi bir necha barobar ko`pdir. Shu 

sababdan hozirgi kunga kelib Orol dengizi suvining balandligi taxminan 17 metrga 

kamayib ketgan, ya`ni 1960 yillarda uning balandligi 53metrni tashkil etgan bo`lsa, 

2000 yilda 36 metrni ko`rsatdi. Endilikda Orolni ilgarigi holatiga qaytarish uchun 

unga  30  kilometr/kub    suv  quyilishi  lozim.Bu  degan  so`z  Sirdaryo    suvini  tuliq 

quyish  demakdir. 

    Sel, uning xususiyatlari va talofatlari 

Tog`  hududlarida  kuchli  yomg`irlarning  yog`ishi,  muzlik  va  qorlarning  tez 

erishi  natijasida  hosil  bo`lgan  daryo  toshqinlarini,  tog`  yon  bag`irlarida  nuragan 

tog` jinsi bo`laklarini suv oqimi bilan tekislikka tomon oqizib turilishi sel hodisasi 

deb  yuiritiladi.  Sel  massasining  taxminan  50-60  foizi  turli  kattalikdagi  tog`  jinsi 



yig`indilaridan,  o`simlik  va  daraxt  bo`laklaridan  iborat  bo`ladi.  Sel  oqimining 

davomiyligi 0,5-2soatdan 12 soatgacha, tezligi 5-8metr/ soatgacha yetishi mumkin, 

sel  massasining  zichligi  esa  1,2-1,9  tonna/metrni  tashkil  etadi.  Bunday 

ko`rsatkichlarga  ega  oqim  juda  katta-  kuch  bo`lib,  xalq  xo`jaligiga  sezilarli  zarar 

keltiradi,  oqim  yo`lida  uchragan  inshootlarni,  yo`llarni,  qishloq  va  shaharlarni, 

bog`larni,  ko`priklarni  vayron  qilib  ketadi,  ulkan  maydonlarni  loy,  tosh,  qum 

qatlamlari bilan ko`mib tashlaydi. 

Sel  –arabcha  so`z  bo`lib,    tog`lik  hududlardagi  suv  toshqini    ma`nosini 

ahglatadi 

Sel  oqimlari  o`zi  bilan  olib  keladigan  qattiq  zarrachalarning  o`lchamiga 

qarab uch guruhga bo`linadi: 

Suv toshli sellar; 

Loyqa sellar; 

Aralash sellar. 

Yer  yuzasida  yuz  bergan  ofatli  sellarga  misol  qilib,  1934  yilning  yangi  yil 

kechasi        AQSHning  Los-  Anjelos  shahri  atrofida  ko`zatilgan  sel  oqimini 

ko`rsatish mumkin. Suv oqimi to`lqinining balandligi 6 metrga yetgach, o`z yo`lida 

500ta  ko`prikni,  bir  qancha  inshootlar  va  imoratlarni  vayron  qilgan,  minglab 

aholini boshpanasiz qoldirgan. 

Markaziy Osiyoda eng kuchli sel oqimlari Qozog`iston respublikasining 

Olma- ota   shahridan o`tuvchi shahar nomi bilan ataluvchi daryo vodiysida 

kuzatilgan. Masalan, 1921yil 8iyun kuni kechqurun yuz bergan sel oqimi natijasida 

shaharga olib kelingan tog` jinslari 100 ming vagonga joylab chiqarilgan  bu ofat 

natijasida  400dan  ortiq    kishi    halok  bo`lgan.  Sel  oqimining  vujudga  kelishiga  

tog`lik  hududlardagi  qorlar  va  muzliklarning  erishi,  kuchli  yomg`ir  yog`ganligi 

sabab bo`lgan. 

Olma-  Ota  shahri  va  uning  atrofida  juda  ko`p  marta  talofatli    sel  oqimlari 

kuzatilgan.   

Oxirgi  100yil  ichida  O`zbekiston  respublikasi  hududida  2500dan  ortiq  sel 

oqimlari  kuzatilgan.Bulardan  1400  dan  ortig`i  loyqa,  350  dan  ortig`i  suv  toshli, 

650  ortig`i  aralash  sellardir.Respublikamizning  Farg`ona  vodiysi,  Toshkent  atrofi 

hududlarida ham sel oqimlari kuzatilib turiladi. 

Sel  oqimlarining  oldini  olish,  ularga  qarshi  kurashish,  sel  bo`lishi  ehtimoli 

bor maydonlarni aniqlash, ularni vujudga kelish sabablarini chuqur urganish, atrof 

muhitni  muhofaza  qilishning  asosini  tashkil  etishda  xalq  xo`jaligida  katta 

ahamiyatga ega.                                                              Shuning uchun sel 

hodisasini  bartaraf  etish  maqsadida  olib  boriladigan  ishlar    ilmiy  –amaliy  

xulosalarga, chora tadbirlarga asoslangan bo`lmog`i kerak. 



          Bular quyidagilardan iborat: 

1.  Sel  bo`lishi  mumkin  bo`lgan  daryolarning  suv  yig`ish  maydonlarida 

doimiy kuzatish ishlarini olib borish. 

 2.  Sel  oqimi  yuzaga  kelishi  mumkin  bo`lgan  daryolarning  suv  yig`ish 

maydonlarini  muhofaza  qilish,  ya`ni  bu  maydonlarda  o`simlik  dunyosini  saqlash, 

daraxtlar  va  butalarni  kesish,  maydonlarda  shudgorlash  ishlarini  olib  borishni 

chegaralash: 

 3.  O`rmon  xo`jaliklarini  rivojlantirish,  ya`ni  tog`  yon  –bag`rida  butalar  va 

daraxtlar ekilishini yo`lga qo`yish talab etiladi, chunki bu o`simliklar tog` jinslari  

qatlamlarini  mustahkam  ushlab  turevadi,  qor  erishini  sekinlashtiradi,  yer  yuzasini  

yuvilishdan saqlaydi; 

4.  Tog`li  hududlardagi  daryolarning  o`zanida  suv  oqimini  boshqaruvchi 

inshootlar  qurish,  tabiiy,  sun`iy  to`g`onlarni  tartibga  solish,  temir  yo`l,  avtomobil 

yo`llari  ostiga  sel  suvlarini  o`tkazuvchi  katta  diametrli  quvurlar  yotqizish.  Sel 

oqimiga  qarshi  kurashish  uslubini  tanlash  maqsadida  maxsus  muhandis-geologik 

qidiruv  ishlari  olib  boriladi.Olingan  natijalardan  urganilayotgan  hudud  uchun 

xarita tuziladi. Bu xaritada: sel ko`zatiladigan, sel kuzatilishi mumkin bo`lgan, sel 

kuzatilmaydigan maydonlar ajratiladi. 

 Sel kuzatiladigan va kuzatilishi mumkin bo`lgan joylarning iqlim sharoitiga, 

geologik o`zgarishlarga, vujudga kelishi mumkin bo`lgan sel  

Olingan  natijalardan  o`rganilayotgan  hudud  uchun  xaritatuziladi.  Bu 

xaritada: 

- sel kuzatiladigan; 

- sel kuzatilishi mumkin bo`lgan; 

- sel kuzatilmaydigan maydonlarga ajratiladi. 

 Tog`lik hududlarda shaxsiy imoratlarni qurish ishlari sel xavfi xaritasi bilan 

tanishgan holda  maxsus tashkilotlar  ruxsati bilan amalga oshiriladi. 

 

 



Yüklə 448,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin