Til tafakkur ko’zgusi



Yüklə 32,95 Kb.
səhifə3/3
tarix19.06.2023
ölçüsü32,95 Kb.
#132682
1   2   3
Til tafakkur ko’zgusi.

Masalan: Men yolg’iz qonli ko’z yoshlarimni bu sog’anangga to’kilgan uchun emas, o’z yoziklarimni inkor etarga keldim, haqqonim (Fitrat)
Ushbu gapdagi-mak, ertaga shakklari XX asr 20-yillari uchun me’yordir. Umuman, nutq me’yori o’zgaruvchan bo’ladi. Ijodkor tarixiy mavzuda asar yozar ekan, o’sha zamon nutq madaniyati me’yoridan xabardor bo’lishi va uni o’z asarida aks ettirish o’rinlidir. Demak, nutq madaniyati ayni paytda tildan foydalana olish jarayoni hamdir. Har bir vaziayat, har bir davra, har zamonga mos so’zlay olish nutq madaniyatining zaruriy qismidir.
Derazamning oldida bir tup o’rik oppoq bo’lib gulladi”. Bu misra she’riy tizimda bo’lsa-da, unda ona tilimizning o’ziga xos shakllari bir tartibda (sifat va ot; ravish va fel kabi) joylashgan. Eng oddiy qoida: yasovchi qo’shimcha o’zak yoki negizga qo’shiladi (boshqa); so’ngi shakl yasaydigan qo’shimcha (boshla-n), so’ng shakl yasaydigan qo’shimchalari (boshlanadi) tirkalanadi. Otlarda ham shunday: farzandlikning muqaddas sharafini oqlaymiz.
Til me’yorlarini takomillashtirish, nutq madaniyatini yuksak darajaga ko’tarish so’zning fonetik tuzilishini, uning yasalish va o’zgarish qo’shilish-birikish qonuniyatlarini aks ettiruvchi adabiy me’yorlarni yana ham aniqlash mukammallashtirish hozirgi kuninng dolzarb vazifalaridan biridir. Bu vazifalarning bajarilishi me’yorlikni-qonun qoidalarda turg’unlik, izchillik holatini kuchaytiradi. Nutq madaniyatini yana ham ko’tarish masalasining bunday bo’lishi, jamiyat taraqqiyotining talabi natijasidir. Tilning o’sishi-o’zgarishidagi hamma jarayonlar jamiyatdagi talab ehtiyoj bilan bog’liqdir.
Xulosa. Rivojlangan har qanday til, shu jumladan hozirgi o’zbek tili 2 asosiy funksional turga: adabiy til va jonli so’zlashuv tiliga bo’linadi. Har qanday muayyan tilning sohibi, tashuvchilari bo’lgan elat (xalq) yoki millatning vakillari tomonidan jonli so’zlashuv tili bolalikdan boshlab egallanadi. Adabiy til, me’yorlari va qonuniyatlari esa balog’atga yetgan kamolotga erishgan kishining shakllanishi jarayonida o’rganib, o’zlashtirib olinadi. Bunda ayniqsa, oil ava maktab, oliy o’quv yurti, adabiy tilni egallagan shaxslar, olimlar bilan yaqin aloqada bo’lib turish va ular ko’magida turli janrdagi adabiyotlarni o’qish, o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Umumxalq tilining yuqori shakli hisoblangan adabiy til aniq va muayyan bir tizimda har bir davning tiliga xos me’yor, tartib-qoidalarni ifodalaydi. Milliy adabiy tilni, uning og’zaki va yozma shakllarini aniqlashda eng muhim va asosiy belgi uning muayyan bir me’yorga, ya’ni aniq bir maromga, tartib-qoidalarga solinganligidir. Milliy tilgacha bo’lgan davrdagi adabiy til bilan milliy adabiy til orasida muhim tafovutlar bo’lishiga qaramay, normativlik adabiy til taraqqiyotining barcha davrlarda-milliy tillarning tashkil toppish davrida ham, ayniqsa milliy adabiy tillar to’la shakllangan davrlarda ham-asosiy belgi bo’lib qoladi. Adabiy til taraqqiyotining dastlabki davrlariga tegishli yodgorliklarni o’rganish unda qator me’yorlar mavjudligini, eski me’yorlar yo’qolib ketishi, yangi, me’yorlar yuzaga kelishini yangi va eski me’yorlarning parallel holda qo’llanganligini ko’rsatadi. Demak me’yor faqat tilning hozirgi holati, sinxroniya uchungina bo’lib qolmay, balki diaxroniyada ham vujudga keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. To’xliyev N. Ish yuritish. – Toshkent, 2017.
2. Abdiyev M., Umarov Y. Ish yuritish. – Samarqand, 2018.
3.Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi.
4. Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik. Uslubiy qo‘llanma. Tuzuvchi: Boltayev M. – Samarqand: SamDU, 2007.
5. Abdiyev M. Sohaviy terminologiyaning sistem tahlili muammolari. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2004.


Yüklə 32,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin