Texnologiyalari



Yüklə 72,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix03.12.2023
ölçüsü72,66 Kb.
#172142
  1   2   3   4   5   6   7
muammoli-ta-lim-yondashuvlari-shaxsga-yo-naltirilgan-evristik-tadqiqotchilik-va-loyihaviy-ta-lim-texnologiyalari



Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
100 
MUAMMOLI TA’LIM YONDASHUVLARI: SHAXSGA YOʻNALTIRILGAN, 
EVRISTIK (TADQIQOTCHILIK) VA LOYIHAVIY TA’LIM 
TEXNOLOGIYALARI 
 
Ibragimova Intizor Butanbayevna 
Toshkent farmatsevtika instituti 
akademik litseyi biologiya o’qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7264464
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya 
fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish masalalari yoritib berilgan bo’lib, 
bir nechta interfaol metodlarning qisqacha bayoni keltirilgan. 
Kalit so’zlar:
interfaol, metod, pedagog, xarita, kichik guruhlar, “klaster”, 
“B\B\B”. 
 
Muammoli oʻqitish jarayonida oʻquvchining mustaqilligi oʻqitishning 
reproduktiv shakllariga nisbatan tobora oʻsib boradi. 
Hozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli oʻqitishning turli ta’rif va 
tavsiflari bor. Nisbatan toʻliq va aniq ta’rif M.I.Maxmutova tomonidan berilgan 
boʻlib, unda muammoli oʻqitish mantiqiy fikrlar tadbirlari(tahlil, umumlashtirish) 
hisobga olingan oʻrgatish va dars berish usullarini qoʻllash qoidalari va 
oʻquvchilarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlari (muammoli vaziyat, bilishga 
boʻlgan qiziqish va talab...) tizimi sifatida izohlanadi. 
Muammoli oʻqitishning mohiyatini oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarning oʻquv 
ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va oʻquv vazifalarini, muammolarini 
va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni oʻzlashtirish boʻyicha ularning bilish 
faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni oʻzlashtirishning ilmiy-tadqiqot 
usulini yuzaga keltiradi. 
Muammoli ta’lim
-bu oʻquv matеrialini oʻquvchi ongida ilmiy izlanish asosida 
bilish vazifalari va muammolarini vujudga kеltiradigan yoʻsinda oʻrgatish uslubidir. 
Oʻquvchining fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga kеladi va ular 
bolani ob’еktiv ravishda izlanishga va mantiqiy toʻgʻri ilmiy xulosalar chiqarishga 
da’vat etadi. 
Muammo 
- ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’еktiv 
shaklidir. 
U muammoli vaziyatda, ya’ni jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik 
oʻrtasida ob’еktiv ravishda vujudga kеladigan ziddiyat. 



Yüklə 72,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin