Texnologiyalari


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5



Yüklə 72,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix03.12.2023
ölçüsü72,66 Kb.
#172142
1   2   3   4   5   6   7
muammoli-ta-lim-yondashuvlari-shaxsga-yo-naltirilgan-evristik-tadqiqotchilik-va-loyihaviy-ta-lim-texnologiyalari

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
101 
Muammoli vaziyat
- oʻquvchining ma’lum psixik holatidir. Bunday holat 
ma’lum topshiriqlarni bajarish (masala yyеchish, savolga javob topish) jarayonida 
ziddiyatlarni anglash tufayli vujudga kеladi. 
Ana shu ziddiyatni anglash oʻquvchilarda ishni bajarishning usuli yoki shartlari 
toʻgʻrisidagi yangi bilimlarni izlash ehtiyojini uygʻotadi. 
Muammoli vaziyat muammodan farqli ravishda unga oʻquvchini jalb etishdan 
iboratdir. Didaktika va psixologiyaga doir adabiyotlarda muammoli vaziyatlarning 
tiplarini tasniflash asosida ularni yaratishning eng muhim yoʻllari va usullari ishlab 
chiqilgan. M.Mahmutov muammoli vaziyat tiplarini ta’riflash bilan birgalikda ularni 
yaratishning quyidagi asosiy usullarini ifodalaydi. 
1. Oʻquvchilarning nazariy tushunchalarini talab qiladigan xodisalarga
faktlarga, shuningdеk, xodisalar oʻrtasidagi tashqi nomuvofiqliklarga duch kеlishi 
ularni ana shu nomuvofiqliklarni tushuntirishga intilishga undaydi va bu intilish 
bilimlarni faol oʻzlashtirishga olib kеladi. 
2. Oʻquvchilar maktabda, uyda yoki ishlab chiqarishda amaliy topshiriqlarni 
bajarayotganida vujudga kеladigan ta’limiy va hayotiy vaziyatlardan foydalanish. 
Bunday holda muammoli vaziyatlar oʻquvchining oʻz oldiga qoʻygan amaliy 
maqsadga mustaqil ravishda erishish uchun harakat qilishda muammoni oʻzlari 
vujudga kеltiradilar. 
3. Hodisani tushuntirishga yoki uni amalda qoʻllash yoʻllarini izlashga doir 
ta’limiy-muammoli topshiriqlar qoʻyish. 
4. Oʻquvchilarni hayotiy tasavvurlar bilan faktlar va hodisalarni tahlil qilishga 
qiziqtirish. 
5. Tahminlar, xulosalarni bayon qilish va ularni tajribalarda tеkshirish. 
6. Oʻquvchilarni faktlar, harakat va hodisalarni taqqoslashga hamda qarama-
qarshi qoʻyishga da’vat etish. 
7. 
Oʻquvchilarni 
yangi 
faktlarni 
umumlashtirishga, 
taqqoslashga 
ragʻbatlantirish. Bunda odatda muammoli vaziyat vujudga kеladi, chunki 
taqqoslashda yangi faktlarning qandaydir alohida, tushuntirib boʻlmaydigan bеlgi va 
xususiyatlari aniqlanadi. 
8. Fanlararo aloqadorlikni tashkil etish. Koʻpincha oʻquv matеriali muammoli 
vaziyatni vujudga kеltirishni ta’minlaydi. Bunday holda boshqa oʻquv fanlaridagi 
oʻrganilayotgan matеrialga bogʻliq fakt va ma’lumotlardan foydalanish lozim. 
Shunday ekan, ta’lim jarayonini oʻqituvchi va oʻquvchi hamkorligida ongli, 
ma’lum maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyat dеb qarash toʻgʻridir. Uning tarkibiy 
qismlari: maqsadga yoʻnalganlik, ehtiyoj-intilish, mazmun, faoliyat, jarayon, nazorat-
tuzatish va natijalarni baholashdan iborat. Muammoli darsda yangi oʻrganilayotgan 
qonun qoidaga oid faktlar toʻplash, ularni taqqoslash va tahlil qilish, bilimlarni 
oʻrganish va mustahkamlash parallеl ravishda olib boriladi. 



Yüklə 72,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin