Texnikaviy chizmachilik cdr



Yüklə 7,53 Mb.
səhifə64/90
tarix12.10.2023
ölçüsü7,53 Mb.
#154374
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90
24.Texnikaviy chizmachilik Rahmonova Sanobarcover

Tayanch bilimlarini faollashtirish: O`tilgan mavzuni takrorlash uchun savollari



  1. Yig‘ish chizmalarini tuzish deganda nimani tushunasiz?

  2. Yig‘ish chizmalarida qirqim bajarish usullarini ayting?

(1-ilova)


  1. Yig‘ish chizmalarida shartlilik va soddalashtirishlarni tushuntirib bering?

(2-ilova)




Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.



Dastlab doskaga bugungi kun sanasini yozib qo’yiladi


Yangi mavzu nomini


doskaga yoziladi
Yangi mavzuni o’zlashtirish bo’yicha rejalarini ham doskaga yoziladi




Tayanch so’z va iboralar:


Yangi mavzuga doir o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlar, atama va kattaliklarni aniqlab olinadi va dars jarayonida ularning har biri bo’yicha tushunchalar berib boriladi



  1. Umumiy tushunchalar.

.Nazariy ma`lumotlar.




Mavzu: SXEMАLАR

Reja:


  1. Sxemalarning tur va ko‘rinishlari.

Umumiy tushunchalar. Sxema loyihaga oid grafik hujjat bo‘lib, unda buyum qismlarining tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlar ko‘rsatiladi. Buyumlarni loyihalash, sozlash, nazorat qilish, tuzatish va ulardan foydalanish hamda mexanizm, asbob, moslama, inshoot va hokazoning harakat (ish) jarayonida ketma-ketligi sxemalarda tushuntirib beriladi. Sxemalar mashina va mexanizmlarning vazifasiga ko‘ra harakat jarayonlarini aniqlash, ularni ishga sozlash va to‘g‘rilash hamda o‘rnatishda qo‘llaniladi. Shunday qilib, buyum qismlarini va ular orasidagi bog‘liklikni shartli belgilar bilan tasvirlovchi konstruktorlik hujjati sxema deyiladi. Barcha sxemalar standart talabi bo‘yicha chiziladi. Ular asosan to‘g‘ri burchakli proyeksiyalarda bitta ko‘rinishda yoyilgan holda chiziladi. Zarur bo‘lganda aksonometrik proyeksiyada ham chizish mumkin. Sxemalar masshtabga rioya qilmasdan chiziladi. Standart detallar uchun chizmalarda yozma tushintirishlar berilmaydi, ammo standart bo‘lmagan detallarga yozma tushintirishlar berlishi shart. Sxemalarda mashina hamda mexanizmlarning yig‘ma birikmalari yaxlit tasvirlanadi va ular sxema elementlari deyiladi. Buyumlarga nasos, podshipnik, mufta va shu kabilar kiradi. Sxemalarda buyumlarga kirmaydigan elementlar buyum uchun xizmat qiladigan bo‘lsa, ular

ingichka shtrix-punktir chiziqlar bilan tasvirlanadi. Lekin uning joyi va bajaradigan ishi tushuntirish matni orqali ifodalanadi.
Standart tomonidan quyidagi atama va ta’riflar etakchi tasnifli guruhlarda belgilangan.

  1. Sxema elementi.Sxemaning tarkibiy qismiga kiruvchi va ma’lum bir vazifani bajaruvchi, ammo mustaqil ish bajaruvchi, masalan, nasos, transfarmator, kompressor, mufta kabilar.

  2. Qurilma(moslama, tuzilma). Yagona konstruksiyaga ega bo‘lgan elementlar yig‘indisi, masalan, biror apparat, mexanizm buyumda aniq bir vazifaga ega bo‘lmasligi mumkin.

  3. Funksional guruh. Yagona konstruktsiyaga kirmasada, buyumda ma’lum bir vazifani bajaradigan elementlar yig‘indisi.

  4. Funksional qism.Ma’lum vazifani bajaruvchi funksional guruh va moslama elementi.

  5. Funksional zanjir.Ma’lum yo‘nalishdaga ish bajaradigan chiziq, kanal, trakt.

  6. O‘zaro bog‘lanish chizig‘i.Buyumdagi funksional qismlar orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi chiziq bo‘lagi.

  7. Ko‘rsatma(jihozlash, o‘rnatish). Energetik inshootlarda sxemasi chiziladigan ob’ektning shartli nomi.

SXEMALARNING TUR VA KO‘RINISHLARI.
O‘zDSt 2.701-2003 barcha sanoat tarmoqlari bo‘yicha sxema turlari va ko‘rinishlarini chizish uchun tasdiqlangan.
Sxemalar buyumning tarkibiy elementlari hamda ularning o‘zaro bog‘lanishlariga qarab harflar bilan belgilanadi: K-kinematik, E-elektrik, Ngidravlik, R-pnematik, L-optik, V-vakumlik, X-gazli, R-energetikali, E-buyumning tarkibiy qismlariga bo‘luvchi, S-kombinatsiyalashtirilgan sxema kabi qabul qilingan: 1-strukturalari, 2-funktsional, 3-printsipial (elektr sxemalar uchun to‘liq), 4-birlashtirish (elektr sxemalar uchun mantaj), 5-ulash, 6-umumiy, 7-joylashtirish, 0- yig‘ish.
Sxemaning nomi uning turi va ko‘rinishiga qarab aniqlanadi. Masalan, printsipial elektr sxemasi, printsipial gidravlik sxema va boshqalar.

  1. Strukturali sxema.Buyum qismining asosiy xizmatini, o‘zaro bog‘lanishi va vazifasini aniqlaydi. Funktsional qismlari to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida tasvirlanadi. Ba’zi elementlarni shartli grafik belgilarda tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi. Agar sxema elementlari to‘g‘ri to‘rtburchaklar ko‘rinishida chizilgan bo‘lsa, ularning ichiga elementlarning nomeri, belgi turi yozib qo‘yiladi.

  2. Funktsional sxema. Buyum funksional qismlarining ayrimlari yoki barchasida ro‘y beradigan jarayonlar tasvirlanadi. Buyumning ish jarayonini o‘rganishda va buyumni sozlashda, nazorat qilishda va ta’mirlashda foydalaniladi.

  3. Printsipial sxema.Buyumning tarkibiy elementlari hamda ular orasidagi bog‘lanishlarning barchasi ko‘rsatiladi. Shunga ko‘ra sxemaning bu turi buyumning ishlash jarayoni to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi.

  4. Biriktirish (montaj) sxemasi.Buyum qismlari orasidagi o‘zaro birikishlar ko‘rsatilishi sababli, unda ana shu birikmalarni amalga oshirish vositasi bo‘lgan o‘tkazgich, kabel, truboprovod kabilar aks ettiriladi.

  5. Ulash sxemasi.Buyumning tashqi tomoni bilan boshqa buyumga birikish (ulash) joyi ko‘rsatiladi.

  6. Umumiy sxema.Kompleksning tarkibiy qismlari tasvirlanib, foydalanish joyida ularni qanday montaj qilish haqida ma’lumot beriladi. Buyum elementlarining o‘zaro joylashishi sxemada taxminan to‘g‘ri tasvirlanadi.

  7. Joylashtirish sxemasi. Buyum tarkibiy qismlarining bir-biriga nisbatan kanday joylashtirilganligi ko‘rsatiladi.

  8. Birlashtirilgan sxema. Biror maqsadni ko‘zlab ikki, uch xil sxemalar turi birlashtirilib tasvirlanishi mumkin. Masalan, printsipial va montaj (birlashtirish), birlashtirish va ulash sxemasi. Bunday birlashtirishlar sxema turi va kurinishi hujjat bilan aniqlashi lozim. Masalan, elektr printsipial sxemasi va ulash sxemasi.

  9. Kombinatsiyalashtirilgan sxema. Buyum tarkibiga turli elementlar ko‘rinishlari kiritilishi munosaboti bilan, buyum uchun bir turdagi sxemalarning bir nechtasini tuzish talab qilinadi. Bunday sxemalarni bitta kombinatsiyalashtirilgan sxema bilan almashtirish lozim bo‘ladi, masalan, elektrogidravlik printsipial sxema.

  10. Turli ko‘rinish va turlar sxemalari.Bunday sxemalar tarmoq standartlari tomonidan joriy etilgan kod, tur va ko‘rinishlarda bajariladi.

Sxemalarning shifri standartga muvofiq uning turini ko‘rsatuvchi harf va turini belgilovchi raqamdan tashkil topadi. Masalan, pnevmatik strukturali sxema – R1, kinematik funktsional sxema – K2va hokazo.
Sxemalarda tasvirlanayotgan buyum elementlari ustma-ust tushmasligi va o‘qish oson bo‘lishi uchun mazkur elementlar qulay vaziyatda joylashtiriladi. Bundan tashqari grafik belgilarni bog‘lovchi chiziqlar imkoni boricha kam sinadigan va kam kesishadigan bo‘lishi hamda parallel bog‘lovchi chiziqlar oraisdagi masofa 3 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Elektr sxemalarda qo‘llaniladigan shartli grafik belgilarning o‘lchamlari standartda berilgani holda, boshqa turdagi sxemalar elementlarining o‘lchamlari nisbati ularning haqiqiy o‘lchamlari nisbatiga taxminan mos kelishi lozim. Sxemalarda buyumning tarkibiy elementlari raqamlar bilan belgilanadi, ya’ni ularning vaziyat belgilari qo‘yiladi. Har bir elementning tartib nomeri harakat boshlanadigan joydan boshlab chiqarish chizig‘i tokchasiga qo‘yiladi. Tokcha ostiga esa, kerak bo‘lganda, element to‘g‘risida tushintirish yoziladi. Sxemalarni harakatga keltiradigan joydan boshlab o‘qiladi. O‘qish paytida har bir elementning shartli tasvirlanishi, o‘qish qiyin bo‘lsa, ularni shartli belgilar bilan taqqoslab o‘qiladi.
Sxema elementlarning shartli grafik belgilari bog‘lanish chiziqlarining yo‘g‘onligi 0,2…1,0mm atrofida olinadi. Bitta sxemada barcha chiziqlar (buyum elementlari va bog‘lanish chiziqlari) bir xil tanlangan yo‘gonlikda chiziladi. Sxemada barcha shartli grafik belgilar standart tomonidan kanday qabul qilingan bo‘lsa, o‘shanday vaziyatda chizilishi kerak, lekin ba’zi maqsadlarni ko‘zlab, ularni 90°ga burilib yoki 180°ga ag‘darib tasvirlash mumkin. Raqamli yoki harfliraqamli belgilari bor sxema elementining shartli grafik belgisini 90° yoki 45°ga burib tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi.
Sanoat va qurilmaning barcha tarmoqlaridagi buyumlar uchun qo‘lda yoki avtomatlashtirilgan usulda bajariladigan sxemalarning shartli grafik belgilari standart tomonidan umumiy tatbiq qilinishiga muljallangan. (1,.2-jadvallar).




2-jadval


Yüklə 7,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin