Test turlari. Test turlari tahlili. (Fsmu va t-sxema metodlardan foydalanib)


Test topshiriqlarini taxlili va natijalarni qayta ishlash (PMI metodi yordamida jadval tuzish va diagrammalash)



Yüklə 71,69 Kb.
səhifə9/9
tarix03.04.2023
ölçüsü71,69 Kb.
#92635
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mustaqil ish

Test topshiriqlarini taxlili va natijalarni qayta ishlash (PMI metodi yordamida jadval tuzish va diagrammalash).
Metod va metodika haqida tushuncha. Metod – (Yunoncha. Metodos- tabiat hodisalarini tekshirish usuli).Psixodiagnostik metod – psixologiya fanining tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya fanining eksperimental va eksperimental bo’lmagan an`anaviy tadqiqot metodlariga nisbatan o’ziga xoslikka ega. Psixodiagnostik metodlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan hodisaning miqdoriy (va sifatiy ) baholash imkoniyatining mavjudligi tufayli o’lchash-sinashga yo’naltirilganligidir.Buni ma`lum qoidalarni bajarish natijasida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Psixologiyaning metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya. SHaxsning biror bilish jarayonlari, psixik holatlari yoki individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan aniq test yoki so’rovnoma metodika deyiladi.
Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularni sxematik qarab chiqilmasa, farqlab olish juda ham mushkul. Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar.
Savolnomali psixodiagnostik metodlar.
Ob'ektiv psixodiagnostik metodlar, bunga inson xulq-atvor reaktsiyalari analizi va faoliyat mahsuldorligini o‘rganish ham kiradi.
Psixodiagnostikaning eksperimental metodlari.
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar, albatta, kuzatish olib borish hamda olingan natijalardan psixodiagnostik xulosalar chiqarishning muvaffaqiyatli garovidir. Bunday kuzatishda standart sxemalar va sharoitlar kiritiladi, bunda nimani kuzatish, qanday kuzatish, kuzatish natijalarini qanday qilib belgilab borish, qanday baholash hamda sharhlash asosida xulosa chiqarish aniq belgilab olinadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan psixodiagnostik talablar – standartlashtirilgan kuzatish deb Yuritiladi. Bunga misol sifatida, qandaydir topshiriqning echimi bo‘yicha kichik guruhning ish faoliyatini ko‘rib chiqamiz (R.Beyls metodi bo‘yicha).
Sharoitni yengillashtirish
Muammo yechimini taklif qilish
Savollarga javob berish
Ma'lumotlar berish
Tushuntirib berish
Yordam berishni taklif qilish
Yordam so‘rash
Tushuntirib berishni so‘rash
Ma'lumotlar berishni so‘rash
Savollarga javob berishni so‘rash
Muammo echimini so‘rash
Muammoni yanada chigallashtirish.
Bu sxema xulq-atvorni kuzatishning 12 xil tipini qamrab olgan, unda 6ta ijobiy va 6ta salbiy ko‘rinishlar ifodalangan.
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagicha tartibda qo‘llash lozim:
olingan natijalarni foizlar bo‘yicha hisoblash;
o‘rtacha arifmetik qiymatni topish;
o‘rtacha kvadrat og‘ishni topish (sigma);
son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya);
omillar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini tahlil qilish (korrelyatsiya);
metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash (StYudent mezoni).
B.G.Ananevning nuqtai nazaricha, psixologik kuzatish metodlari psixologik ob`ektlar bilan operatsiyalar tizimi bo’lib, fanning bilish ob` ektidir. Psixologiyada empirik metodlarni qo’llash muammosi ko’rib chiqilayotganda ularni psixologik metodlar tizimidagi o’rnini aniqlashdan boshlash kerak. Empirik metodlarni qo’llashning beshta darajasini ajratish mumkin.
1. Metodika darajasi.
2. Metodik qo’llanma darajasi.
3. Metod darajasi.
4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi.
5. Metodologik yondashish darajasi.
To’g`ri, «metod» atamasini turli darajada ishlatsa bo’ladi, masalan psixofizikada – o’rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiagnostikada – proektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differentsial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi (birinchi daraja); yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to’g`risida bahs Yuritiladi va uning turlichaligi – egizaklar metodida (to’rtinchi daraja) ko’rsatilgan.
Psixologik tadqiqotda qo’llaniladigan usullarning darajali bo’lishini G. D. Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo’lgan:
1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish);
2) metodik qo’llanma;
3) metodik yondashuv.
S. L. Rubinshteyn “Umumiy psixologiya asoslari”da eng asosiy psixologik metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko’rsatdi. Kuzatuv “tashqi” va “ichki”ga bo’lingan, eksperiment – laboratoriya ishi, tabiiy va psixologik-pedagogik, qo’shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o’rganishda suhbat va anketa usullarini ajratib o’tdi. Tabiiyki, vaqt bu tasnifning qirralarini ta`kidladi. SHunday qilib, psixologiyaning falsafa bilan bog`liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarning psixologik ro’yxatga qo’shilishi bilan amalga oshirildi.
Psixologik tekshiruvlarning keng ko’lamdagi ikkinchi tasnifini – bolgar psixologi G.D. Pirov tuzgan. U mustaqil metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, eksperiment, modellashtirish, psixologik xarakteristikani, yordamchi metodlar maxsus metodik yondashuvlarni ta`kidlab o’tdi. SHu metodlarning har biri bir qancha turlarga bo’linadi. SHunday qilib, masalan, kuzatish (aloqador) anketalar, so’rovnomalar, faoliyat mahsullarini o’rganish va boshqalarga bo’linadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Tolipova J.O. Pedagogik kvalimetriya. O’quv qo’llanma. -T.:TDPU. 2016

  2. Shodmonova Sh.S. va boshqalar. “Pedagogika”. O’quv qo’llanma-T:”Fan va texnologiya”, 2019.

  3. Testologiya bo’yicha Ruscha-o’zbekcha, o’zbekcha-ruscha izohli terminologik lug’at-minimum/Texnika fanlari doktori B.M.Ismoilovning umumiy tahriri ostida T.:DTM, 2005. Rus va Uzb.

Yüklə 71,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin