Test turlari. Test turlari tahlili. (Fsmu va t-sxema metodlardan foydalanib)


-bob. O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish



Yüklə 71,69 Kb.
səhifə6/9
tarix03.04.2023
ölçüsü71,69 Kb.
#92635
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mustaqil ish

4-bob. O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish
10. O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda akademik litsey deb yuritiladi) quyidagi mezonlar bo‘yicha 500 ballgacha baholanadi.
a) tashkiliy-boshqaruv faoliyati samaradorligi bo‘yicha (30 ballgacha):
ta’lim turi bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning akademik litsey boshqaruviga tatbiq etilganligi (5 ballgacha);
akademik litsey faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi mavjudligi va ularning tizimli tahlil qilinganligi (3 ballgacha);
akademik litsey to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar ta’limni boshqarish va nazorat qilish organlari hamda tegishli tashkilotlarga taqdim etib borilganligi (2 ballgacha);
akademik litsey istiqbol rejasining tegishli oliy ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi, unda aniq maqsad va vazifalar, ularni bajarish muddatlari, mas’ullar belgilanganligi hamda ijro monitoringining yuritilganligi (4 ballgacha);
akademik litsey direktori, o‘rinbosarlari ish rejalari, pedagogik kengash rejasining mavjudligi va ularni akademik litseyning istiqbol rejasiga mos ravishda ishlab chiqilganligi hamda ijrosi yuzasidan hisobotlarning yuritilishi (4 ballgacha);
akademik litseyning boshqarish tizimini yaxshilash bo‘yicha pedagog xodimlar hamda ta’lim sifati yuzasidan o‘quvchilar va ularning ota-onalari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilganligi (3 ballgacha);
akademik litseyda sharoitlarni yaxshilash uchun homiylar mablag‘larining jalb etilganligi (3 ballgacha);
biriktirilgan va boshqa oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligi, shartnomalarning tuzilganligi va ularning bajarilganligi (4 ballgacha);
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilganligi (2 ballgacha);
b) ta’lim jarayoniga davlat ta’lim standartlarining joriy etilganligi bo‘yicha (100 ballgacha):
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tasdiqlangan ta’lim standarti, namunaviy va ishchi o‘quv rejalar, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlarining mavjudligi (30 ballgacha);
ishchi o‘quv rejaning namunaviy o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqilganligi (25 ballgacha);
fanlar bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlarining namunaviy o‘quv dasturlarga muvofiq ishlab chiqilganligi (30 ballgacha);
dars jadvalining ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqilganligi (10 ballgacha);
o‘quv mashg‘ulotlar jurnallarining yuritilishi (5 ballgacha);
v) o‘quvchilar bilim darajalarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi bo‘yicha:
O‘quvchilar bilim darajalarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini aniqlash uchun komissiya tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs o‘quvchilaridan umumta’lim va chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha test yoki yozma ish shaklidagi nazorat ishlari o‘tkaziladi.

Yüklə 71,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin