Teskari gidravlik zarba haqida tushuncha Reja: Gidravlik zarba. To‘g‘ri zarba uchun N. E. Jukovskiy formulasi



Yüklə 95,89 Kb.
səhifə7/7
tarix23.05.2023
ölçüsü95,89 Kb.
#120751
1   2   3   4   5   6   7
Teskari gidravlik zarba haqida tushuncha Reja Gidravlik zarba.

Gidromashinalarning turlari
Nasoslarni guruhlash turlicha bo‘lib, ularni tuzilishi, turli parametrlari, suyuqlikka energiya berish usuli va boshqalarga qarab guruhlash usullari mavjud. Eng ko‘p tarqalgan usul ishlash prinsipiga qarab guruhlashdir. Bunda nasoslar ikki katta guruhga bo‘linib, ular kurakli va hajmiy nasoslar deyiladi. Bu nasoslar deyarlik barcha nasoslarni o‘z ichiga oladi, lekin bir qancha boshqacha prinsipda ishlaydigan nasoslar bunga kirmay qoladi. Bularga oqimchali nasoslar (uchinchi klass sifatida ajratish mumkin) va boshqa ko‘targichlar (montejyu, erliftlar va boshqalar) kiradi.
Kurakli nasoslar markazdan qochma, o‘qiy, propellerli, uyurmali nasoslarga bo‘linadi. Tuzilishi va ishlash prinsipi bir xil bo‘lgani uchun ventilyatorlarni ham kurakli nasoslar guruhiga kiritish mumkin. Ventilyatorlarning ham markazdan qochma, o‘qiy, propellerli turlari mavjud. Kurakli nasoslarni bitta valda bir yoki bir necha ish g‘ildiragi o‘rnatilishiga qarab, bir pog‘onali va ko‘p pog‘onali nasoslarga ajratish mumkin. Markazdan qochma nasoslar so‘rish usuliga qarab bir tomonlama so‘ruvchi va ikki tomonlama so‘ruvchi nasoslarga bo‘linadi.
Hajmiy nasoslar ikki katta guruhga bo‘linib, ular porshenli va rotorli nasoslar deyiladi. Bular yana bir qancha kichik guruhchalarga bo‘linadi.
Oqimchali nasoslar esa ejektor, injektor va gidroelevatorlarni o‘z ichiga oladi. Nasoslarni bunday guruhlashga ishlab chiqarishda eng ko‘p tarqalgan ikki tur (markazdan qochma va porshenli) nasoslar atrofida barcha nasoslarni guruhlashga intilish asos bo‘lgan.
Nasoslarni suyuqlikka bergan bosimining katta kichikligiga qarab, past bosimli (20 m. suv ust. gacha), o‘rtacha bosimli (20-60 m suv ust. ga teng), yuqori bosimli (60m suv ust. yuqori) nasoslarga ajratish mumkin. Ularni bergan sarfiga qarab past, o‘rta va yuqori sarfli nasoslarga bo‘linadi.
Yüklə 95,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin