Teskari gidravlik zarba haqida tushuncha Reja: Gidravlik zarba. To‘g‘ri zarba uchun N. E. Jukovskiy formulasi


Gidravlik zarbadan amalda foydalanish



Yüklə 95,89 Kb.
səhifə5/7
tarix23.05.2023
ölçüsü95,89 Kb.
#120751
1   2   3   4   5   6   7
Teskari gidravlik zarba haqida tushuncha Reja Gidravlik zarba.

Gidravlik zarbadan amalda foydalanish
Texnikada ba’zi hollarda gidravlik zarbadan foydalanish ham mumkin. Masalan, gidravlik zarba energiyasidan suyuqliklarni yuqoriga ko‘tarish uchun foydalaniladi. Shu maqsadda ishlatiladigan qurilma gidravlik taran deyiladi.
Gidravlik taranning tuzilishi juda sodda bo‘lib, uning asosiy qismlari havo qalpog‘i va xabarchi klapandan iboratdir (5-rasm).
Ta’minlovchi idish 1 dan quvur 2 orqali oqayotgan suyuqlik klapan 3 orqali oqayotgan bo‘ladi.
Gidrotaran ish siklining bu davri tezlanish davri deyiladi. Klapan 3 ga kirishda oqim torayib boradi (tirqish 4) va Bernulli prinsipiga asosan suyuqlikning tezligi ortib, bosimi kamayib boradi. Natijada kesimning eng toraygan erida bosim shunchalik kamayadiki, klapan 3 prujinaning qarshiligini engib, tirqish 4 ni yopib qo‘yadi. Bu yopilish bir onda (sekundning kichik ulushlarida) bo‘lgani uchun sistemada gidravlik zarba tarqaladi.
Gidravlik zarba bosimi ta’sirida klapan 6 ochilib, havo qalpog‘iga suyuqlik zarb bilan kiradi va undagi havoni siqadi. Shu bilan birga zarba kuchi suyuqlikning bir qismini haydash quvuri 7 orqali qabul qiluvchi idish 8 ga chiqarib beradi. Gidrotaran ish siklining bu davri haydash davri deyiladi. Zarba bosimi havo qalpog‘ida so‘nib va quvurda ta’minlovchi idishdagi sath balandligi N1 bilan ifodalanuvchi normal bosim tiklanadi yoki teskari zarba hosil bo‘lib, Quvurda bosim kamayadi. Natijada klapan 3 ochilib, gidrotaranda sikl yana takrorlanishi uchun sharoit vujudga keladi. Gidrotaranlarni hisoblashda foydali ish koeffitsientini aniqlash uchun Eytelveyn quyidagi formulani taklif qilgan
b
u erda N1-N2 — ta’minlovchi va qabul qiluvchi idishdagi suyuqlik sathining balandligi.
Ba’zida zarba bosimi  rz ni kamaytirishdan ko‘ra sistemaning zaif qismlarining mustahkamligini oshirishni afzal ko‘riladi.




Yüklə 95,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin