Teskari gidravlik zarba haqida tushuncha Reja: Gidravlik zarba. To‘g‘ri zarba uchun N. E. Jukovskiy formulasi



Yüklə 95,89 Kb.
səhifə2/7
tarix23.05.2023
ölçüsü95,89 Kb.
#120751
1   2   3   4   5   6   7
Teskari gidravlik zarba haqida tushuncha Reja Gidravlik zarba.

1-rasm. Gidravlik zarb hodisasi.
uzilishga intiladi (1- rasm, g). Natijada krandan idishga tezlik bilan harakat qiluvchi manfiy zarba to‘lqini vujuga keladi va u bosimni ∆p3 ga kamaytirib, quvur devorini toraytirib, suyuqlikni kengaytiradi (1–rasm, d). Suyuqlikning kinetik energiyasi yana deformatsiya ishiga aylanadi, lekin bu ish endi manfiy bo‘ladi. Bu harakat davom eta borib, manfiy zarba to‘lqini ham idishgacha yetib keladi. (1- rasm, e) Musbat zarba to‘lqinidagi kabi bu holat ham teng vaznli bo‘lmaydi va natijada quvurda yana bosim tiklana boshlaydi, suyuqlik esa v0 tezlikka erishadi (1- rasm, j). Idishdan qaytgan zarba to‘lqini jo‘mrakka etib borishi bilan jo‘mrak yopilgandagiga o‘xshash hodisa yana vujudga keladi. Shundan so‘ng butun sikl takrorlanadi.
N.E. Jukovskiy tajribalarida bunday siklning 12 marta takrorlanishi qayd qilingan, lekin har bir navbatdagi siklda, ishqalanish kuchi va energiyaning idishdagi suyuqlikka o‘tishi natijasida ∆p3 kamayib borgan. Gidravlik zarbaning vaqt davomida o‘tishi 2-rasmda diagramma ko‘rinishida tasvirlangan (2–rasmdagi, a) diagrammada jo‘mrak bir onda yopilgan deb qarab, jo‘mrakning oldidagi k nuqtadagi bosimning nazariyadagi o‘zgarishi ∆p3 tutash chiziq bilan tasvirlangan. Quvurning o‘rtasidagi v nuqtaga zarba bosimi a vaqtga kechikib keladi va to‘lqinning bu nuqtadan idishga borib qaytib kelgunicha, ya’ni vaqt saqlanib turadi. So‘ng v nuqtada bosim r0 ga tiklanadi (ya’ni ∆p3=0) va shu holda teskari to‘lqin etib kelguncha, vaqt saqlanadi (2 – rasm, b).
2–rasmda bosimning haqiqiy o‘zgarishi ham tasvirlangan bo‘lib, u punktir chiziq bilan ifodalangan. Bundan ko‘rinadiki, haqiqiy bosim grafigi tik o‘zgargani bilan, bu o‘zgarish keskin emas. Bundan tashqari, tebranish so‘nib boradi, ya’ni uning amplitudasi energiyaning sarf bo‘lishi hisobiga kamayib boradi.


2
-rasm.



Yüklə 95,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin