Teri va uning hosilalarning tuzilishi hamda topografiyasi



Yüklə 331,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix02.04.2023
ölçüsü331,19 Kb.
#92578
  1   2   3
1-amaliy. teri va uning hosilalarning tuzilishi hamda topografiya



TERI VA UNING HOSILALARNING TUZILISHI HAMDA 
TOPOGRAFIYASI 
Darsning maqsadi: Terini tuzilishi, uni qavatlari, teri o’zgarishidan hosil 
bo’ladigan organlar: jun, ter bezlari, tuyoq, yumshoq tovon va shoxni tuzilishi, teri 
hosila organlarini hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlarini o’rganish. 
Ko’rgazmali qurollar: Rasm, mulyaj, ho’l va quruq preparatlar, tirik 
hayvon. 
Darsning mazmuni: Teri qoplami – integumentum commune, ya’ni teri
hayvonlar tanasini tashqi tomondan o’rab turadigan, murakkab tuzilgan pardadir. 
Organizmning tashqi muhit bilan bog’lanishida ham teri muhim rol o’ynaydi, 
chunki hayvon organizmi tashqi muhit ta’sirlarini sezadi va unga tegishli javob 
beradi. Teri qoplami organizmni har qanday mikrob, bakteriya va boshqa yot 
narsalardan saqlash uchun ham katta to’siq hisoblanadi. Teri qoplamining 
o’zgarishidan bir qancha muhim hosilalar kelib chiqadi. Ular organizmda xilma – 
xil funktsiya bajaradi. Shox moddaga aylangan tuyoq, shox, tirnoq, pix, jun, tish, 
sut bezlari, yumshoq tovon, ter, yog’p, moy bezlari ana shunday organlarga kiradi. 
Umurtqali hayvonlar terisi murakkab tuzilgan bo’lib, u 3 qatlamdan iborat:
1) ustki qatlam – epidermis; 2) asosiy qatlam; 3) teri osti qatlami. 
Epidermis – epidermis - terining eng muhim va murakkab qatlami bo’lib, 
tana hamda asosiy terini tashqi muhitdan himoya qiladi, shu bilan birga bu 
qatlamdan har xil tuzilgan muguzlashgan organlar ham kelib chiqadi. Epidermis 
qatlami tez rivojlanishi bilan bir qatorda o’zidan shox modda hosil qiluvchi keratin 
ishlab chiqaradi. Epidermis qatlami doimo nobud bo’lib, yana yangilanib turadi. 
Asosiy, ya’ni chin teri – derma, (s, cutis, cornea). Bunday atalishiga sabab 
shuki, unda har xil nerv va qon tomirlari, limfa tomirlari juda ko’p bo’ladi. Asosiy 
qatlamning tayanchi biriktiruvchi to’qimalar. Biriktiruvchi to’qimaning tolalari har 
tomonlama joylashib, bir – biriga zich o’ralgan bo’ladi. Asosiy terida bir qancha 
ter bezlari, jun xaltachasi, jun ildizi, yog’ bezlari bo’ladi. 
Teri osti qatlami – subcutis - asosiy terining ostida joylashgan bo’lib, siyrak 
biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Terining harakati, cho’ziluvchanligi shu 
qatlamning tuzilishiga bog’liq. Bo’yin terisi serharakat, suyakka yaqin joydagi teri 
kam harakat, chunki bu erda teri osti qatlami juda yupqa bo’ladi. Shuning uchun 
bunday joylarda shilimshiq xaltachalar bo’lib, ular ishqalanishni kamaytiradi. 
Ko’pchilik sut emizuvchi hayvonlar terisining ostida yog’ bezlari bo’lib, ular – 
glandula adipose deyiladi. Bu bezlar yog’ tuplash uchun xizmat qilib, 
cho’chqalarda va suvda yashovchi sut emizuvchilarda yaxshi rivojlangan. 
To’plangan yog’ hayvonlar uchun zahira oziq hisoblanadi. Hayvonlar yoz va kuz 
vaqtida terisi ostida juda ko’p yog’ topplab, qish oylarida sarf qiladi. 



Yüklə 331,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin