Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi



Yüklə 128.5 Kb.
tarix16.02.2017
ölçüsü128.5 Kb.
UZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGLIKNI SAKLASh VAZIRLIGI

TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI

Davolash fakulteti

Tibbiy-pedagogika fakulteti

TERI-TANOSIL KASALLIKLARI KAFEDRASI
MAVZU № 2

PIODERMIYa. KUTIR. BITLASh.

Tuzuvchilar: dost. ALLAEVA M.d., dost MUSAEVA N.Sh.



TAShKENT - 2013

Ma’ruza rejasi va organizastion tuzilishi:
1. Kirish suzi, boshlangich bilim darajasini aniklash, ma’ruza moxiyatini tushuntirish
1. pursildok yara- etiologiya, patogenez ,klinika, diagnostika.differenstialnaya diagnostika,davolash

2. Dyuring dermatiti - etiologiya, patogenez,klinika, diagnostika.differenstial diagnostika, davolash

3. Virusli dermatozlar etiologiya, patogenez ,klinika, diagnostika.differenstialnaya diagnostika, davolash

Ma’ruza rejasi va organizastion tuzilishi:

1. Kirish suzi, boshlangich bilim darajasini aniklash, ma’ruza moxiyatini tushuntirish

  1. Kasallik kuzgatuvchisini kirish yullari, rivojlanish mexanizmi

  2. piodermiyalar ketirib chikaruvchi omillar.

  3. piodermiyalar klassifikastiyasi, kuzgatuvchining tuzilishi

  4. klinika, diagnostika

  5. differenstial diagnostika

  6. Davolash

  7. Kutir, etiologiya, klinika, diagnostika, davolash

  8. Bitash etiologiya, klinika, diagnostika,davolash

10.kontrol savollari.

Ma’ruza №2




PIODERMIYaLAR. KUTIR. BITLASh.

Piodermitlar – terining yiringli yalliғlanishi (yunoncha pyon – yiring, derma – teri degan so’zlardan iborat) teri kasalliklari orasida ko’p uchraydi. Kasallik terining butunligi buzilib, teriga yiring tarқatuvchi mikroblar – stafilokokklar, streptokokklar, goҳo ko’k yiring tayoқchasi kirishi tufayli vujudga keladi. Noқulay meҳnat va turmush sharoitlari, sanitariya-gigiena me’yorining buzilishi yiringli kasalliklarning tarқalishiga sabab bo’ladi.

Ekzogen omillarga terining ifloslanishi, shilinishi, shikast-la-nishi, ishқor tomonga қarab rNning o’zgarishi kiradi.

Endogen omillarga esa – avitaminozlar, asab faoliyatining buzilishi, uglevod almashinuvining buzilishi va boshқalar kiradi. Etiologiyasiga қarab kasallik stafilokokkli, streptokokkli va aralash piodermiyalarga bo’linadi.

Stafilokokkli piodermitlar teri ҳosilalari (sochlar, follikulalar, bezlar) bilan boғliқ bo’ladilar. Stafilokokk yiringchalari mayda, shakli yarimsharsimon bo’lib, ustki қobiғi қalin, ular sariқ va қuyuқ yiring bilan to’lgan bo’ladi. Yiringcha atrofida o’rab turuvchi yalliғlanish belgilari, ya’ni terida қizarish va shishish ko’rinib turadi.

STAFILOKOKKLI PIODERMITLAR

Stafilokokkli piodermitlar – follikulyar piodermitlar deb ataladilar, sababi stafilokokklar terida albatta soch follikulalarini jaroҳatlaydilar va bir-biridan soch follikulasida yalliғlanish chuқurligi va yalliғlanish darajasi bilan ajralib turadi. Stafilokokkli piodermitlar yuza va chuқur turlarga ajratiladi. Yuza stafilokokkli piodermitlar terining, asosan, epidermis қavatini jaroҳatlab ularga: ostiofollikulit, follikulit va sikoz kiradi. Dermani jaroҳatlaydigan chuқur stafilokokkli piodermit-lar-ga: follikulit, furunkul, karbunkul, gidradenit kiradi.

Ostiofollikulit (ostiofolliculitis) – soch piyozchasining teri satҳidan chiқishdagi teshik қismining stafilokokkdan o’tkir yiringli yalliғlanishidir. Ҳosil bo’lgan yiringcha epidermal, қobiғi қalin, konus yoki yarimshar shaklida, bo’shliқning ichi sariқ rangli қuyuқ suyuқlik bilan zich to’lgan, diametri 1–3 mm, atrofi bilinar-bilinmas қizil ҳalқa yoki yalliғlanish belgisi bilan oralgan va bu yiringcha markazida albatta soch tolasi joylashadi. Ostiofollikulit, asosan, yuz, bosh, қo’l va oyoқlarning sochli қismi, ko’krakning old-orқa yuzasida uchraydi. Bu yiringcha 3–4 kunda қurib қaloқ paydo қilishi mumkin yoki jarayon faol kechsa, ostiofollikulit chuқurlashib, atrofiga kengayib follikulitga aylanishi mumkin.

Davosi.

Maҳalliy davo:



– yiringchaning bo’shliқ ustidagi қobiғini ochish;

– dezinfekstiyalovchi eritmalar (salistil kislotaning spirtdagi 2% li eritmasi, anilin bo’yoқlarining spirtli eritmalari);

– dezinfekstiyalovchi krem, mazlar (Fucidin, Ung.Sulfurati 3%, Ung.Dermatoli 5%).

Follikulit (Folliculitis) – soch piyozchasining o’tkir, yiringli yalliғlanishi. Agarda yalliғlanish soch piyozchasining yuқori қisminigina jaroҳatlab, faқat dermaning yuza қismida kechsa – yuza follikulit ҳosil bo’ladi va bu follikulitlar keyinchalik қurib, қaloқ yoki yuқori қismi ochilib eroziya ҳosil қiladi, ҳech chandiқ va atrofiya қoldirmaydi.

Soch piyozchasining to’la yalliғlanishi bilan kechuvchi jarayon esa – chuқur follikulit deb ataladi va bu jarayon yuza chandiқ ҳosil қilib tugaydi. Noto’ғri maҳalliy davo o’tkazganda follikulitdan furunkul paydo bo’lishi mumkin.

Klinik ko’rinishi. Terida tugunchaga o’xshash yoki dastlab katta bo’lmagan infiltrat ҳosil bo’lib, uning yuzasida esa bir necha kun mobaynida follikulyar yiringcha ҳosil bo’ladi. Ostiofollikulitdan farқi, bu uning atrofidagi yalliғlanish belgilarining (қizarish va shishish) ko’proқ ko’zga tashlanib turishi va bemorning oғriққa bo’lgan shikoyati. Yiringcha yorilib қuyuқ yiringli ajratma oқadi yoki u қotib қaloққa aylanadi, so’ng tushib ketadi. Yalliғlanish infiltratining chuқurligiga қarab o’rnida asta-sekin nuқtadek chandiқ ҳosil bo’lishi mumkin yoki қaloқ tushib, o’rnida vaқtinchalik pigment doғ paydo bo’ladi.

Differenstial – Acne vulgaris;

tashxisi – Sycosis vulgaris;

– Sycosis parasitaria;

– Scabies.

Davosi.

Maҳalliy davo:



– yiringcha қobiғini ochish;

– terini dezinfekstiyalovchi vositalar bilan tozalash (borat va salistil kislotalarining spirtdagi eritmalari, anilin bo’yoқlari eritmalari va boshқalar);

– dezinfekstiyalovchi kremlar, mazlar, linimentlar (Fucidin, 5% ixtiol linimenti, 5% oltingugurt mazi, antibakterial mazlar).

Umumiy davo:

Chuқur follikulitlar uchun:

– Fucidin 0,5 dan 2 maҳal, 1 kunda;

– antibiotiklar (Erythromycinum 0,5, kuniga 4 maҳal, 1 ҳafta mobaynida, Clindamycin hydrochlorid 150 mg, kuniga 4 maҳal, 7–10 kun, Dicloxacillinum 0,5, kuniga 4 maҳal, 7–10 kun va boshқalar).

SIKOZ (SYCOSIS VULGARIS)


Cikoz – surunkali, қaytalanib turib, birdaniga ko’p soch folli-kulalarining yalliғlanishi bo’lib, asosan, soқol, mo’ylab, қosh, kip-rik soҳalarida ostiofollikulit va follikulitlar ҳolida kuzati-ladi va, asosan, neyroendokrin va jinsiy bezlar faoliyati o’zgargan, ko’proқ darmonsiz erkaklarda uchraydi.

Klinik ko’rinishi. Terining mo’yli sochlarida uchrovchi, asosan, betda ҳamda қov, son soҳalarida ostiofollikulit va follikulitlar yuzaga keladi. Kamroқ bu xil toshmalar boshning sochli қismlarida ҳam kuzatiladi. Kasallik surunkali kechadi. Jaroҳatlangan soҳa terisi қizarib, infiltrastiyalanib, yuzasi kepaklanadi va yangi follikulitlar ҳosil bo’lishi kuzatiladi. O’choқdan yulib olingan soch ildizi biroz shishgan bo’lib, shishasimon parda bilan o’ralgandek ko’rinadi. Bu follikulyar yiringchalar regressiyasidan so’ng chandiқ ҳosil bo’lmaydi, teri infiltrastiyasi saқlanib eski yiringchalar o’rnidan yangi yiringchalar ҳosil bo’laveradi.

Differenstial – Sycosis parasitaria (trichophytia profunda).

tashxisi – Folliculitis.

– Acne vulgaris.

– Acne rosacea.

Davosi.

Maҳalliy davo:



– dezinfekstiyalovchi spirtli eritmalar;

– dezinfekstiyalovchi liniment;

– mazlar (Lin.Synthomycini 2–5%, Ung.Ol.Rusci 3–5%,Ung.Fucidini va boshқalar).

Umumiy davo:

– gormonal terapiya – Methyltestosteronum 0,005, kuniga 3 maҳal, til ostiga 10–15 kun, 2–4 ҳaftadan so’ng қayta kurs o’tkaziladi;

– vitaminoterapiya (E-vitaminlari, V-guruҳ vitaminlari);

– antibiotiklar (Erythromycinum 250 mg, kuniga 2 maҳal, uzoқ muddat);

– sulfanilamid preparatlari.

Furunkul – chipқon (Furunculus) bu soch piyozchasi va uning atrofidagi yumshoқ to’қimalarning o’tkir yiring va nekrozli yalliғlanishidir. Chipқon birlamchi soғ terida paydo bo’lishi mumkin yoki bo’lgan ostiofollikulit va follikulitni noto’ғri davolash natijasida rivojlanadi.

Klinik ko’rinishi. Dastlab, teri osti yoғ қavatida қattiқ oғriқ bilan kechadigan infiltrat yuzaga kelib, қisқa vaқt ichida o’sib, konussimon tugun ko’rinishiga kiradi va to’қ қizil tusda bo’ladi. Tugun vaқt o’tib yumshab, markazidan nekrotik massa ҳosil bo’lishi ҳisobiga biroz yassilanadi va oғriқ kuchayishi kuzatiladi. Faқatgina markazidan nekrotik o’zak ajralgandan keyin oғriқ keskin kamayadi va o’rni yaralanadi. Yara chuқur, konussimon, chetlari o’yilgan, tubiga қarab osilgan bo’lib, mo’l yiringli, қon aralash ajratma ajraladi. Yara chandiқ ҳosil қilib bitadi.

Differenstial – Hydradenitis.

tashxisi – Actinomycosis.

Davosi.

Maҳalliy davo:



– Ichtyolum purum bilan kompress, isitib-қizdiruvchi fiziote-rapevtik muolajalar furunkul yorilgunicha қo’llaniladi;

– dezinfekstiyalovchi eritmalar, suspenziyalar (gipertonik eritma, 5% dermatol suspenziyasi va boshқalar);

– nekrotik to’қima evakuastiyasini tezlashtirish maқsadida ferment preparatlari (fibrolat, iruksol) қo’llaniladi;

– yara atroflariga dezinfekstiyalovchi mazlar, pastalar (Fucidin, 5%-oltingugurt mazi, 5%-dermatol, ixtiol pastalari) surtiladi.

Umumiy davo:

– keng spektrli antibiotiklar (doksistiklin, eritromistin...);

– Fucidin 0,5, 2 maҳal, kunda;

– sulfanilamid preparatlari (biseptol, kotrimoksazol...).

Furunkulez (Furunculosis) – surunkali, қaytalovchi, yangi-yangi chipқonlar ҳosil bo’lishi bilan ketuvchi oғir kasallik bo’lib, asosan, gipovitaminoz, disproteinemiya, қandli diabet va boshқa ҳastaliklar, intoksikastiyalar ҳisobiga vujudga keladi.

Klinikasi. Terining turli soҳalarida bir yoki bir necha furunkullar қayta-қayta yuzaga kelib, ular turli rivojlanish bosқichida bo’ladilar.

Differenstial – Hidradenitis.

tashxisi – Actinomicosis.

Davosi.

Maҳalliy davo:



"Furunkul" davosiga қarang.

Umumiy davo:

– immunostimulyastiya (autogemoterapiya, autovakstina, stafilokokk anatoksini, T-aktivin...);

– vitaminoterapiya (vitamin S, V-guruҳi);

– antibakterial preparatlar (doksistiklin, eritromistin va boshқalar).

Avval antibiotikka mikroorganizmning ta’sirchanligini aniқlab, so’ng tayin etiladi.

Karbunkul (Xo’ppoz, Carbunculus) – bir necha soch қopchasi va ularning atrofidagi yumshoқ to’қimalarining қo’shilgan o’tkir yiringli-nekrotik yalliғlanishi bo’lib, ko’proқ darmonsiz, ichki a’zolari funkstiyasi buzilgan kishilarda uchraydi. Ko’pincha yuzaki joylashgan piodermitlarni noto’ғri davolash asorati bo’lib chiқadi.

Klinik ko’rinishi. Қattiқ oғriқli chuқur joylashgan infiltrat paydo bo’lishi bilan boshlanib, yuzasida bir necha follikulyar pustulalar bir vaқtda yuzaga kelmagani uchun, turli rivojlanish bosқichida bo’lishi mumkin. Jaroҳatlangan to’қimalar vaқt o’tib nekrozga uchraydi va bir katta yara ҳosil bo’ladi. Yara chetlari қizargan, notekis, yuzasida nekrotik to’қimali bir necha tiқin (probka) bo’ladi. Yara yuzasi katta bo’lib, қattiқ oғriқ, limfangoit, limfadenit, sepsis ҳolatlari kuzatiladi.

Differenstial – Trichophytia profunda.

tashxisi


Davosi.

"Furunkul" va furunkulez davosiga қarang.

Gidradenit (Hidradenitis) – apokrin ter bezlari va ular atrofidagi yumshoқ to’қimalarining o’tkir yiringli yalliғlanishi. Gidradenit, asosan, қo’ltiқ ostida va sut bezining so’rғichsimon o’simtasi atrofi – areolalari va oraliқ soҳasida uchrashi kuzatiladi.

Klinik ko’rinishi. Dastlab teri soҳasida oғriқli, chuқur, kichkina tugun yoki infiltrat ҳosil bo’ladi va kattalashib, uning markazida yiringcha vujudga keladi. Tugun nekrozga uchrashi natijasida, follikulyar teshiklardan yiring va nekrotik to’қimalar ajralib chiқadi. Yalliғlanish jarayoni tugagach, jaroҳat o’rnida tortilgan chandiқlar қoladi. Gidradenit tezda қaytalib turishi va limfangoit, limfadenit va sepsis bilan birgalikda kechishi mumkin.

Davosi.

"Furunkul" davosiga қarang.



STREPTOKOKKLI PIODERMIYaLAR

Streptokokkli piodermitlar (chaқiruvchisi streptokokklar) – faқat nozik yassi terini jaroҳatlaydilar va ko’pincha yuza joylashgan, yassi, yupқa tomli, bo’shashgan pufakka o’xshash, seroz suyuқlikni eslatadigan suyuқ yiring saқlovchi yiringchalarni, ya’ni fliktenalarni ҳosil қiladi. Asosan nozik terida, ayollar va bolalarda kuzatilib, bu tur piodermitlar soch, ter – yoғ bezlarining follikulyar apparatlarini jaroҳatlamaydi. Yalliғlanish jarayonining chuқurligiga қarab, yuza va chuқur streptokokkli piodermitlar tafovut etiladi.

Yuza streptokokkli piodermitlarga: streptokokkli impetigo, bullyoz impetigo, streptokokkli bichilish, tirқishsimon impetigo, yuza panaristiy kiradi. Chuқur streptokokkli piodermitlarga – streptokokk ektimasi kiradi.

Streptokokkli impetigo (impetigo streptogenes s.contagiosa) – terining birdaniga boshlanidigan yuza va juda yuқumli o’tkir streptokokk jaroҳatlanishi bo’lib, asosan, yosh bolalarda uchraydi.

Klinik ko’rinishi. Eritematoz қizargan teri yuzalarida fliktena nomli yiringcha ҳosil bo’ladi. Fliktena – yupқa va bo’sh tomli yassi pufak bo’lib, ichida seroz suyuқlikni eslatadigan yiringni saқlaydi, bu suyuқlik қisқa vaқt ichida loyқalanadi, tomi esa tezda yorilib, natijada yuza eroziya yoki u қurib қolib yupқa, ko’p қavat sarғish қaloқlar ҳosil қiladi. Jarayon tezda tarқalib, ayniқsa bemorning terisi namlanib tursa, turli yangi o’choқlar ҳosil bo’ladi. Bolalar bir-birlari bilan yaқin kontaktda bo’lishlari oқibatida kasallikni yuқtiradilar. Streptokokkli impetigoning bir necha turlari (bullyoz impetigo, bichilish, tirқishsimon impetigo va yuza panaristiy) mavjud bo’lib, ular bir-birlaridan jarayonning joylashishi, yalliғlanishning intensivligi va kechishiga қarab farқ қiladilar.

Bullyoz impetigo (impetigo bullosa) – ko’proқ katta yoshdagilarda uchraydi. Bunda fliktenalarning tomi қalin bo’lib, uzoқ vaқt yorilmasdan saқlanadi va ular o’rnida keyinchalik shaffof suyuқlik saқlovchi pufaklar ҳosil bo’ladi. Atrofida ҳar xil darajada o’zgargan eritematoz teri ko’zga tashlanib turadi.

Differenstial – Herpes simplex.

tashxisi – Dermatitis bullosa.

– Varicella.

– Microsporia cutis glabrae.

Davosi.

Maҳalliy davo:



– pufaklarni yorish;

– suv bilan bo’ladigan muolajalarni cheklash (dush, yuvinish, cho’milish);

– jaroҳat atrofi terilariga dezinfekstiyalovchi eritmalar bilan ishlov berish (20% spirt, borat kislotasi, taninli loson va boshқalar);

– dezinfekstiyalovchi liniment, krem, mazlar (Lin.Synthomycinum 2-5%;

– Ung.Mycitracini, Ung.Hydrargyri oxidati flavi 2%, Ung.Dermatoli 5%, Ung.Fucidin va boshқalar).

Umumiy davo:

– jarayon tarқalishi kuzatilsa keng spektrga ega bo’lgan antibiotiklar tayin etiladi (Dicloxacillinum 0,25–0,5, kuniga 4 maҳal, Eryth-ro-mycinum 0,5, kuniga 4 maҳal);

– polivitaminlar.

Streptokokkli bichilish (impetigo streptogenes) ko’pincha to’la odamlarning tabiiy burmalari soҳalarida kuzatiladi. Bunda teri қizargan, shishgan bo’lib, epidermisning oқarib, shishib, shilingan yuzasida eroziya yoki yoriқlar ҳosil bo’ladi. Eroziya yoki yoriқlar yuzasi sarғish қaloқlar bilan қoplanadi.

Differenstial – Intertrigo candidamycetica.

tashxisi – Epidermophytia inguinalis.

– Pemphigus vegetans.

Davosi.

Maҳalliy davo:



– teri burmalarini dezinfekstiyalovchi eritmalar bilan artiladi (Methyleni coerule 1–2%, borat kislotasining spirtdagi 2% li eritmasi, permanganat kaliy eritmasi 1: 5000);

– dezinfekstiyalovchi krem va linimentlar (Fucidin, Clotrimasol va boshқalar);

– dezinfekstiyalovchi kukunlar (2% borat kislotasi kukuni, 3% dermatol, Mediphon kukuni...).

Tirқishsimon impetigo (impetigo fissurica s.angulus infec-tio-sus) kasalligi ko’pincha oғiz burchaklarida rivojlanadi va surunkali kechadi. Kasallik ko’p ҳollarda lab burchaklarining travmatiza-stiyasi (stomatolog muolajalaridan)dan so’ng, oғiz shilliқ pardasi infekstiyalari (tonzillit, glossit, stomatit, kariesli tishlar) bor bo’lgan yoki labini yalash odati bor kishilarda ko’proқ uchraydi. Lab burchaklari yalliғlanadi, sarғish қaloқlar ҳosil bo’ladi, teri zichlashadi va oқibatda yoriқlar paydo bo’lib, ular uzoқ vaқt bitmaydi. Kasallik қaytalanishga moyil kechadi.

Differenstial – Angulus infectiosus candidamycetica.

tashxisi – Papulae syphilitica.

Davosi.

Maҳalliy davo:



– teriga dezinfekstiyalovchi eritmalar, losonlar bilan ishlov berish;

– dezinfekstiyalovchi krem va mazlar (Fucidin, Ung.Hydrargyri oxidati flavi 2% va boshқalar);

Umumiy davo:

– V-guruҳi vitaminlari (asosan riboflavin);

– infekstiya o’choқlarini sanastiya қilish.

Yuza panaristiy (panaritium superficiale) – tirnoқlar atrofi xaltachasi va uning atrofidagi to’қima-lari-ning o’tkir yoki surunkali yalliғlanishi bo’lib, bunga sabab bo’luvchi omillar turli xil mikrojaroҳat, masterastiyalar va boshқalardir.

Klinik ko’rinishi. Tirnoқ atrofi ҳalқasining қattiқ oғriқli o’tkir yalliғlanishi bo’lib, asosan, biror-bir barmoқdan boshlanadi. Jaroҳatlangan teri қizarib, shishadi, uning yuzasida yassi taқasimon ko’rinishdagi pustula ҳosil bo’lib, u tezda yoriladi va қaloқ ҳosil bo’ladi. Surunkali yuza panaristiyga teri stianozi va infiltrastiyasi xos bo’lib, tirnoқ ҳalқasida kutikula bo’lmaydi. Agar yalliғlangan tirnoқ ҳalқasini bosib ko’rilsa, yiring ajralishi kuzatiladi. Tirnoқ distrofiyasi kuzatilishi tirnoқ matristasini infekstiyaga chalinganidan dalolat beradi. Tirnoқ notekis o’sadi va ildiz қismidan қat-қatlanib ko’chadi.

Differenstial – Paranichyia candidamycetica.

tashxisi – Acrodermatitis continua suppurativa Hallopo.

Davosi.


Maҳalliy davo:

– soda, dengiz tuzi, borat kislotasi yoki ixtiolli ilik, dezin-fek-stiyalovchi vannachalar;

– tirnoқ atrofi ҳalқachasini dezinfekstiyalovchi eritma (Sol.Fuci-dini 2%, Clotrimasol va boshқalar) bilan ishlov berish;

– dezinfekstiyalovchi mazlar (Fucidin, Mycitracin, Ung.Dermatoli, Ung.Ichthyoli 5–10% va boshқalar).

Umumiy davo:

– infekstiya atrofga va teri osti to’қimalariga tarқalganda keng spektrli antibiotiklar tavsiya etiladi;

– vitaminoterapiya.

Fizioterapiya: – lazeroterapiya.

ChUҚUR STREPTOKOKKLI PIODERMIYa

Ektima (Ecthyma vulgare) organizm immunobiologik xususiyatining pasayishi yoki turli xil surunkali intoksikastiyalar oқibatida yoki қon tomirlar jaroҳatlanishi sababli yuzaga keluvchi terining chuқur, yarali defekti ҳisoblanadi. Odatda ektima boldir, son soҳalarida uchraydi va kasallik surunkali kechadi, tuzalish sekinlik bilan kuzatiladi.

Klinik ko’rinishi. Kasallik boshlanish davrida – terida yuza pustula ҳosil bo’ladi, u ҳam atrofiga, ҳam ichkariga қarab o’sadi, ichidagi serozsimon suyuқlik tezda yiringli -gemorragik tus oladi. Yiringcha yorilishidan so’ng yara ҳosil bo’ladi va uning atrofida yaққol ko’rinadigan yalliғlangan infiltrat vujudga keladi. Ayrim ҳollarda yara yuzasini қat-қat yiringli – gemorragik қaloқlar қop-laydi. Bu қaloқlarning қuyi қatlami yuzasi yuқori қatlami yuzasidan kattaroқ bo’ladi. Bunday toshmalar rupiya deb ataladi. Yara bitgach o’rnida atrofik chandiқ қoladi. Toshmalar odatda soni kam va aniқ chegaralangan bo’ladilar.

Differenstial – Ecthyma syphiliticum.

tashxisi – Ulcus cruris.

Davosi.


Maҳalliy davo:

– atrof terisini dezinfekstiyalovchi eritma, losonlar bilan ҳimoya қilish;

– қaloқ va nekrotik to’қimalarini ko’chirish maқsadida, enzimatik mazlar (fibrolat, iruksol) қo’llaniladi;

– regenerastiya tezlashtirish maқsadida oblepixa yoғi, propolis mazi, solkoseril va boshқalardan foydalaniladi.

Umumiy davo:

– teri mikrostirkulyastiyasini yaxshilovchi preparatlarni (stugeron, prodektin, ksantinol nikotinat, trental va boshқalar) қo’llash;

– polivitaminlar;

– mikroelement, fosfolipid saқlovchi preparatlar (Essentiale);

– keng spektrda ta’sir etuvchi antibiotiklar;

– antigistamin va desensibilizastiyalovchi preparatlar;

– patogenetik davo.

O’tkir diffuz streptodermiya

(Streptodermia acuta diffusa)

Streptodermiyaning atipik turi ҳisoblanadi va teri ҳimoya vazifasi kuchsizlangan katta yoshdagi bemorlarda kuzatiladi va jarayon ko’proқ tizza soҳalarida joylashadi. Kasallikka olib keluvchi omillar қuyidagilar: travma, teri trofikasining va teri gigienasining buzilishi.

Klinik ko’rinishi. Tizza-boldir soҳalari terisining қizarib-shishgan yuzalarida yassi yiringchalar vujudga keladi, yiringchalar atrofiga o’sib, bir-biri bilan қo’shilib, terining diffuz yalliғlanishini vujudga keltiradi. Teri namlanadi, keyin қurish natijasida jaroҳatlangan teri satҳida sarғish қaloқlar vujudga keladi. Tovon soҳasida jaroҳatlangan teri chegarasida notekis epidermis ko’chkilari kuzatiladi. Kasallik o’z vaқtida davolanmasa surunkali turiga (surunkali diffuz piodermiya) yoki mikrobli ekzemaga o’tishi mumkin.

Differenstial – Eczema microbicum.

tashxisi

Davosi.


Maҳalliy davo:

– dezinfekstiyalovchi eritmalar (borat kislotasining 2% li eritmasi, ixtiol 2% li eritmasi) bilan xo’llash, xo’llashni linimentlar bilan (Lin.Synthomycini 5–10%) almashtirish zarur;

– dezinfekstiyalovchi pasta, krem, mazlar: 3–5% li oltingugurtli, 3% li қora moyli, 3–10% li naftalanli, 2% li borat kislotasi.

Umumiy davo:

– keng spektrli antibiotiklar;

– yalliғlanishga қarshi ta’sir etuvchi vositalar (antigistamin preparatlari);

– patogenetik davo.

Surunkali diffuz piodermiya

(Pyodermia chronica diffusa)

Surunkali diffuz piodermiya piokokklar keltirib chiқargan, asosan, tizza-boldir terilarida uchrovchi, terining surunkali, yiringli yalliғlanishi bo’lib, asosan, oyoқning venoz tomirlari kengaygan, periferik қon aylanishi buzilgan, turli xil jaroҳat olgan yoki o’tkir diffuz streptodermiyasi bo’lgan, ammo davolanmagan bemorlarda uchrovchi kasallikdir. Teri gigienasiga rioya etmaydigan қimsalarda ҳam rivojlanishi mumkin.

Klinik ko’rinishi. Tizza soҳasida chegaralangan infiltrat vujudga kelib, u stianotik o’choқ ko’rinishida bo’lib, yuzasida sarғish-қo’nғir tusli қaloқ-kepaklar bilan қoplanadi. Kasallik atrofga tarқalish xususiyatiga ega, soғ teri oraliғidagi chegarada epidermis ko’chkisidan iborat ҳalқasi kuzatiladi.

Differenstial – Psoriasis exudativa.

tashxisi – Psoriasis pustulosa.

Davosi.


Maҳalliy davo:

– dezinfekstiyalovchi – oltingugurt, naftalan, antibiotik saқlovchi pasta, krem, mazlar;

– mikrostirkulyastiyani tiklovchi, venoz tomirlarda қon turғunligini kamaytiruvchi vositalar (Essentiale, troksevazin, ksantinol nikotinat, andekalin...);

– vitaminoterapiya;

– anabolik gormonlar;

– antibiotik vositalari (antibiotiklar, sulfanilamidlar, fustidin...);

ҚO’TIR (SCABIES)

Қo’tir – yuқumli parazitar, asosan, kechasi kuchayadigan teri қichinishi bilan kechadigan kasallik.

Etiologiyasi. Kasallikni қo’tir kanalari – Sarcoptes hominis chaқiradi. Kasallik yuқumli bo’lib, bemor yoki uning buyumlari orқali yuқadi.

Asosiy belgilari. Soғ teriga kana tushgandan keyin 7–14 kun o’tgach, bemor terida қattiқ қichinish va toshmalarga e’tibor beradi. Bemor terisida mayda pufakchasimon tugunchalar va egri-bugri, kulrang, uzunligi 5–10 mm keladigan chiziқlar (қo’tir yo’llari) va қora nuқtalar ko’rinib turadi. Қo’tir yo’lining uchi ochiқ (mayda eroziya), oxiri yopiқ bo’lib, u erlarda pufakchalar (tuguncha) bo’lib, ular doim juft joylashadilar (eroziya – tuguncha). Odatda bu joylarga kanalar joylashgan bo’ladi. Қo’l panjasi ustki bo’ғimlari, barmoқ oralari, қo’ltiқning oldi, ayollarda ko’krak uchi terisida juft-juft joylashgan pufakcha (tuguncha) va eroziyalar uchraydi. Қichinish, ayniқsa, kechasi zo’rayib, қashinish oқibatida terida tirnalishlar kelib chiқib, ikkilamchi infekstiyaga yo’l ochiladi. Kechқurun zo’rayadigan қichinish, қo’tir yo’llari, eroziya va pufakchasimon tugunchalarning o’ziga xos joylashishi, kanalar topilishi, kasallikka to’ғri tashxis қo’yishga yordam beradi.

Davolash: kattalarda 33 % li oltingugurt malҳami, 1 kunda bir marotaba (4–6 kungacha surkaladi), so’ngra dush қabul қilib, kiyimlar almashtiriladi. Bugungi kunda ko’pincha benzilbenzoatning 20% li suvdagi eritmasi қo’llaniladi (4 kun, kuniga 10 daқiқa davomida 10 daқiқa tanaffusdan so’ng 2 marta surkaladi). DEMYaNOVICh USULI: 1/1 eritma, ya’ni 60 % li natriy tiosulfat bilan 10 daқiқa orasida butun tana, қo’l-oyoқ terisiga zo’r berib surkaladi (tananing ҳar қismiga 2 daқiқadan va 5 daқiқa tanaffusdan so’ng 2 marotaba) 10 daқiқa tanaffusdan keyin 1/2 eritma bilan, ya’ni xlorid kislotaning suvdagi 6 %li eritmasi xuddi shunday usul bilan surtib chiқiladi. 4 kun davodan keyin bemor cho’miladi va uning ko’rpa-to’shagi, ichki kiyimlari almashtiriladi.

Albatta bemorning oila a’zolari, yaқin muloқotda bo’lgan insonlarni tekshirib davolab, epid o’choғni yo’қotish zarur (ilova X).

ChOV BITLAShI (PEDICULUS PUBICUS)
ChOV bitlashi – parazitlar, ya’ni xo’jayinlarda yashashga mos-lash-gan bitlar orқali vujudga keladigan, yuқumli kasallik. Bitlar odamdan-odamga, uning o’rin-ko’rpalari, kiyim-boshlari orқali o’tadi va xo’jasining қoni bilan oziқlanadi. Bir kunda 0,3–0,5 ml gacha қon so’rishi mumkin. Bit қon so’rganida odam terisiga yopishib olib, unga so’lak chiқaradi va terini sensibilizastiyalab қichitadi.

Bitlar 3 xil bo’ladi – bosh biti (Pediculus capitis), kiyim biti (Pediculus corporis) va chov biti (Pediculus pubis) uchraydi.

Chov biti kulrang қora tusda bo’lib, junlarning asosiga maҳkam yopishib oladi. Bitlar asosan, қov, қorin va sonning chegara қismlaridagi terida yashaydi, lekin ba’zan o’rmalab, tananing jun bilan қoplangan boshқa қismlariga (қo’ltiқ, ko’krak, soқol, kiprik, қoshga) o’tib oladi. Bu ҳasharotlar odatda jinsiy aloқa vaқtida bir odamdan ikkinchi odamga o’tadi, ammo ichki kiyim, o’rin-ko’rpa jildlari orқali ҳam o’tishi mumkin.

Bugungi kunda, bitlashning bu turi jinsiy yo’l bilan yuқuvchi kasalliklar guruҳiga kiritilgan.

Bitlar chaққanda қattiқ қichishish yuzaga kelib, ko’p sonli uzunchoқ tirnalishlar (ekskoriastiya), shilinishlar ҳosil bo’lib, ikkilamchi infekstiyalar tushishiga yo’l ochadi. Chov satҳida – bitlar chaққan joylarda oldin қizil rangli ekximoz toshmasi, keyin vaқt o’tgach, rangi o’zgarib kulrang, yumaloқ shaklda, ustidan bosganda yo’қol-may-digan doғlar ҳosil bo’ladi. Doғ o’rtasida nuқtadek eroziya – bit қon so’rgan o’rni turadi. Doғlar odatda 7–10 kun saқlanib turadi. Bit chaққan joy terisi қattiқ қichishib shu soҳalarda tirnalishlar paydo bo’ladi va butunligi buzilgan teri yuzasiga ikkilamchi piodermiya va ular bilan bir қatorda boshқa jinsiy aloқa yo’li bilan yuқadigan infekstiyalar ҳam yuқtirilishining eҳtimoli yuқori bo’ladi.

Tashxisi – aniқ klinik belgilari;

– terida қov biti topilishi.

Davosi.


– davolashdan oldin jinsiy a’zolar, anus atrofi va boshқa soҳalardagi junlar қirib tashlanadi.

– 2–3 kun 10%li simobli malҳam, 20% li benzilbenzoat, oltingugurt malҳami.

Ichki kiyim va ko’rpa-to’shak jildlari dezinfekstiyalanadi yoki sovun bilan issiқ suvda yuvilib almashtiriladi yoki 10%li sovunli-solvent pastali eritmada bir necha soat saқlanadi va keyin қuyoshda қuritilib dazmollanadi. Xuddi shu eritmaning 20% lisi xonalarni tozalash uchun ishlatiladi.

Bitlashning oldini olish va profilaktikasi. Bitlashning oldini olish, asosan, aҳolining moddiy farovonligi va sanitariya madaniyatini oshirishga қaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiқish va uni ҳayotga tadbiқ etishdan iborat. Shaxsiy gigienaga rioya қilish, choyshab, ichki kiyim, o’rin-ko’rpa jildlarini ҳar ҳaftada almashtirib turish, yuvilgan kiyimlarni dazmollab kiyish, birovlarning o’rnida yotmaslik, oiladan chetta va tasodifan jinsiy aloқa қilmaslik.


Tavsiya etilgan adabiyotlar:



Asosiy

1 Arifov S.S., Eshbaev E.X. Teri-tanosil kasalliklar. T.,1997

2 Vaisov A.Sh. Teri-tanosil kasalliklari. T., 2004

3 Vladimirov V.V., Zudin V.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. 4Atlas. Uchebnoe posobie dlya studentov med. VUZov.

5 Skripkin Yu.K. Kojnыe i venericheskie bolezni. Uchebnik dlya medistinskix institutov. M.,1979., 1980,

6 Skripkin Yu.K. Rukovodstvo po kojnыm i venericheskim boleznyam. M.Medistina, 1995.

7 Pavlov S.T., Shaposhnikov O.K.. Samstov V.I., Ilin I.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. L 1989g

8 Shadiev X.K., Axmedov. Teri-tanosil kasalliklar.,T.1993.

9 Karimov A.M. Teri va tanosil kasalliklari 1995 y

10 Kapkaev R.A. « Spravochnik dermatoveenrologa» 1997g.



Қo’shimcha

1. Kalamkaryan A.A., Mordovstev V.N. ,Trofimova Klinicheskaya dermatologiya, M.1989

2.Somov B.A., Dolgov A.B. Professionalnыe zabolevaniya koji v veduщix otraslyax narodnogo xozyaystva. M.1976.

3.Studnistin A.A., Berenbeyn B.A. Differenstialnaya diagnostika ojnыx zabolevaniy. M.Med.,1989

4. Shaposhnikov O.K., Venericheskie bolezni. L.1991.

Saytы Interneta :

1) www tma uz

2)www .mediashhera aha.ru // dermatol// derm –mn htm

3)www . matrix ucdavis edu // DOJ . htm l

4)www.c.c. emory .edu //WHCL// medveb. Dermatology .html/

5)www I . Mosbycom // Mosbi // Periodicals // medicals // CPDM // dm / html

6)www. Skindex . com .

7)www amaassu/org//journals // standing // derm // dermhome .htm



8)www.crawford .com //epo // mmwz //world.html


Поделитесь с Вашими друзьями:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə