36
yaqin aloqani maqbul ko‘rmaydi. Shuni e’tiborga olish lozimki, har qanday
mamlakatda shoshqaloqlik bilan qo‘l o‘zatish ma’qullanmaydi.
Insonning sezgirligi, intuitsiyaga egaligi haqida fikr yuritganimizda biz
uning o‘zgalarning noverbal xatti-harakatlarini o‘qiy oladigan va ularni verbal
signallar bilan taqqoslay oladigan kishilarni nazarda tutamiz. Boshqacha so‘z bilan
aytganimizda, intuitsiyamiz bizga suxbatdoshimizning yolg‘on gapirayotganidan
darak berganligini ta’kidlar ekanmiz, aslida bu xolat uning aytgan so‘zlari va tana
xarakatlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni sezganligimiz tufayli sodir bo‘ladi.
Demak, intuitsiya yoki “oltinchi sezgi”ning paydo bo‘lishi uchun insonni o‘qish,
uning noverbal xatti-harakatlariga baho bera olish borasidagi bilim va malakalarni
rivojlantirish lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: