29
odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq- atvor normalaridan
kelib chiqsa, masalan, rahbarning o‘z qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar bilan
muloqoti, pedagogning ta’lim oluvchi bilan muloqoti va hokazo, norasmiy
muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni
usha suxbatdoshlarning fikr- o‘ylari, niyat-maqsadlari hamda emotsional
munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do‘stlar suhbati, poezda o‘zoq safarga
chiqqan yo‘lovchilar suxbati, tanaffus vaqti o‘quvchilarning sport, moda, shaxsiy
munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo‘lgani
uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning xayotida ko‘proq vaqtini oladi
va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana
shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi,
ochiq ko‘ngilligi, suxbatlashish yo‘llarini bilishi, til topishish qobiliyati, o‘zgalarni
tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham raxbar bo‘lolmaydi, ayniqsa
pedagogik ishga hamma ham qo‘l uravermaydi, chunki buning uchun undan
rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab kilinadi.
Dostları ilə paylaş: