Tashqi savdo siyosati


-chizma. Ishlab chikaruvchilar subsidiya berilishining



Yüklə 37,75 Kb.
səhifə5/7
tarix23.04.2023
ölçüsü37,75 Kb.
#101741
1   2   3   4   5   6   7
Tashqi savdo siyosati Reja

31-chizma. Ishlab chikaruvchilar subsidiya berilishining
iktisodiy okibatlari
aynan kaysi tarmokni xalkaro rakobatdan ximoya kilishni bilish kiyin bo`ladi. Subsidiyalarni joriy kilgandan so`ng ularni bekor kilish kiyin bo`ladi, rakobat muxiti yo`koladi xamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi kuchayib boraveradi. SHuning uchun iktisodiyotni tartibga solish, bandlik darajasini oshirish va yalpi talabni kondirish maksadida fiskal va pul-kredit siyosatlari ko`llaniladi. Ushbu siyosatlarni ko`llashdan asosiy maksad mamlakat ishlab chikarishini xalkaro rakobatdan ximoya kilish, ishsizlik darajasini eng past xolatga keltirish va xalk farovonligini oshirishdan iborat.
16.5. Importni kvotalar orkali tartibga solish. Litsenziyalarni taksimlash uslublari

Jaxon amaliyotida tashki iktisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga karaganda bevosita usllaridan kengrok foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga ko`ra, iktisodiy, ma`muriy, me`yoriy - xukukiy ko`rinishga ega bo`lishi mumkin.
Litsenziyalash va kvotalash iktisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarkalgani xisoblanadi.
Litsenziyalash – bu, tashki iktisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma`lum tartibidir. Tashki iktisodiy operatsiyalarga maxsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti xamda moliya operatsiyalarini o`tkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshkalar kiradi. O`zbekistonda litsenziyalar fakat davlat ro`yxatida kayd etilgan tashki iktisodiy faoliyat katnashchilariga beriladi. Ularni boshka yuridik shaxslarga berish takiklangan.
Maxsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular okimini kattik tartibga solish, ba`zi xollarda ularni vaktincha chegaralash va shu asosda tashki iktisodiy takchillik o`sishining to`xtash xamda savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi.
Umuman, import maxsulotlarga beriladigan litsenziyalar kuyidagi usullar yordamida joylashtiriladi.
1. Ochik auktsion – davlat litsenziyalarni yukori baxolarni taklif kilgan ishlab chikaruvchilarga berishi.
2. Afzal ko`rish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chikarish xajmi jixatdan yirik bo`lgan firma va kompaniyalarga xech kanday shart va talablarsiz beradi.
3. Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chikarish kuvvatlariga va resurslarga ega bo`lgan firma va kompaniyalarga beradi.
Maxsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va imortiga litsenziyalar berish xukukiga O`zbekiston Respublikasining kuyidagi boshkaruv tashkilotlari ega: Vazirlar Maxkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Soglikni saklash, Xalk ta`limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank.
Moliya operatsiyalarini o`tkazishga litsenziyalar asosan Respublika Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan o`z va xorijiy banklarga, moliya muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va uning tashkarisida chet el valyutasi bilan opreatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy moliya-kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko`rsatish xukukini beradi.
Litsenziyalash bilan bir katorda jaxon amaliyotida maxsulotlarni, shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maksadida kvotalash keng ko`llaniladi.
Bu usulning moxiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalkaro tashkilot aloxida maxsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruxi bo`yicha ma`lum davrga eksport va importga mikdoriy yoki kiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to`lov balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda o`zaro kelishuvga erishish uchun ko`llaniladi. O`zbekistonda kvotalash xalk iste`moli mollarini va strategik xom ashyoning muxim turlarini olib chikishni chegaralash usuli sifatida ko`llanilmokda.
Kvotalash fakat maxsulot okimlarinigina emas, balki ishchi kuchi okimlarini tartibga solishda xam ko`llaniladi. Ko`pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mexnat bozorini ximoyalash maksadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o`rnatadi.
Xozirgi vaktda kvotalash bojlarga nisbatan ko`prok ko`llanilishiga ikkita sabab bor:
1. Tarif stavkalari xalkaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim xollardan tashkari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va shuning uchun iktisodiyotni rakobatdan ximoya kilish maksadida kvotalarga e`tiborni karatishga majbur bo`ladi.
2. Ximoyaga muxtoj tarmoklar xam importga kvotalar joriy kilishni ko`llaydi. CHunki, tarifni joriy kilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonrokdir.
Import kvotalari erkin rakobat sharoitiga ko`prok mos keladi. Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy kilishdan ko`riladigan farovonlikdagi yo`kotishlar ikki xolatda katta bo`ladi. Birinchidan, kvotalar maxsulotlar import kilayotgan milliy ishlab chikaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol xukumronligi darajasini oshirsa. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtirilsa.



Yüklə 37,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin