Tashqi savdo siyosati



Yüklə 37,75 Kb.
səhifə1/7
tarix23.04.2023
ölçüsü37,75 Kb.
#101741
  1   2   3   4   5   6   7
Tashqi savdo siyosati Reja


Aim.Uz

Tashqi savdo siyosati
Reja :

  • Savdo siyosatining moxiyati va vositalari.

  • Importga ta`riflar va ularning ishlab chiqaruvchilarga xamda iste`molchilarga ta`siri

  • Tariflarni yoqlovchi xamda ularga qarshi fikrlar.

  • Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar.

  • Importni kvotalar orqali tartibga solish.

  • Litsenziyalarni taqsimlash uslublari

  • Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash.

Biror mamlakatning tashki iktisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import xajmi va tarkibiga ta`sir ko`rsatish orkali ichki bandlilikni ta`minlash, iktisodiy o`sishga erishish, makroiktisodiy barkarorlikni ta`minlash, to`lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga solish maksadlarini ko`zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – byudjet-solik siyosatining tashki savdo xajmlarini soliklar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to`gridan-to`gri cheklashlar orkali tartibga solishni o`z ichiga olgan nisbatan mustakil yo`nalishidir.


Tashki savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar kanday chora-tadbirlar kiska muddatli samara beradi. Uzok davrda esa, fakat erkin savdogina iktisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. SHuning uchun xam ko`pgina mutaxassis-iktisodchilar mamlakat iktisodiyoti va axolisi turmush darajani yaxshilash uchun erkin tashki savdo siyosati foydalirok, chunki, tashki savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iktisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko`prok imkoniyat yaratadi, deb xisoblashadi.
Garchand, erkin savdo jaxon iktisodiyoti nuktai nazaridan foydali bo`lishi mumkin bo`lsada, ammo aloxida olingan mamlakat iktisodiyoti manfaati nuktai nazaridan erkin savdo xamma vakt xam foydali bo`lavermaydi.
Tashki savdoni cheklash usullarining 50 dan oshikrok turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat gaznasini to`ldirishga yo`naltirilgan bo`lsa, ba`zilari umuman importni cheklashga va yana boshkasi esa eksportni cheklashga yoki ragbatlantirishga yo`naltirilgan. Amaliyotda tashki savdoni tartibga solishning ta`rif va nota`rif usullaridan foydalaniladi.
Ta`rif usullariga import va eksport bojlarini joriy kilish kirsa, nota`rif usullariga eksporterlar va ishlab chikaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.
Import bojlari davlat byudjetini to`ldirish maksadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari okimini tartibga solish uchun belgilanadi. eksport bojlari mamlakat ichida talab ko`p bo`lgan maxsulotlar takchilligining oldini olish maksadida belgilanadi.
Boj olinadigan maxsulotlar, boj olinmaydigan maxsulotlar, olib kelish va olib ketish takiklangan maxsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya`ni, ularning tartibga solingan ro`yxati bojxona tariflari deb ataladi.
Bojxona tariflarini ishlab chikarish, tabiiy farklar (xayvonot va o`simlik dunyosi), kayta ishlash darajasiga (xom ashyo, yarim tayyor maxsulotlar, tayyor buyumlar) ko`ra, taksimlangan maxsulotlar ro`yxatini o`z ichiga olgan maxsulot sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida kurilgan.



Yüklə 37,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin