Tasdiqlayman


Kompensaciyalangan shokning klinik alomatlari



Yüklə 230,77 Kb.
səhifə9/28
tarix02.01.2022
ölçüsü230,77 Kb.
#1316
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Kompensaciyalangan shokning klinik alomatlari :

  1. Taxikardiya.

  2. Muzdek nam teri.

  3. Tirnoq chuqurchasi bosilganda “dog’lar” simptomi.

  4. Shilliq qavatlarning oqish rangdaligi.

  5. Rektal-teri xarorat gradient > 7° С.

  6. Giperdinamik tipdagi qon aylanish.

  7. Miokardda gipoksik o’zgarishlarni yo’qligi (EKG ma'lumotiga ko'ra).

  8. Miyada gipoksiya belgilari yo’qligi.

  9. Normal yoki biroz pasaygan MVB.


Shokning dekompensaciyalangan qaytuvchi bosqichi qon aylanishni buzilishi bilan xarakterlanadi, periferik qon tomirlar spazmi kuzatiladi, buning oqibatida yuqori periferik qarshilik kichik yurak otilishini kompensaciya qila olmaydi, bu o’z navbatida sistemali arterial bosimni pasayishiga olib keladi. Arterial gipotenziya markazlashgan qon aylanishini noefektivligidan dalolat beradi. Eng muhimi ushbu bosqichda a’zolar qon aylanishi (miyada, yurakda, jigarda, buyrakda, ichaklarda) buziladi. Oligouriya shokning kompensaciyalangan fazasida kompensator xarakterga ega, dekompensaciya esa, funksional siljishga o’xshab payda bo’ladi, lekin buyrak qon aylanishi buzilishi va gidrostatik bosimni tushishi bilan vjudga keladi. Shokning qaytuvchi dekompensaciya bosqichida quyidagi simptomlar paydo bo’ladi, akrosianoz, yaqqol nafas qisishi, qo’l-oyoqlarni muzlashini kuchayishi, taxikardiya.Yurak tonlari bo’g’iq bo’lishi, bu nafaqat yurak kameralarini noto’liq diastolik to’lishi (bosh o’rinda, chap qorinchani), balki miokard qisqarishini yomonlashuvidan dalolat beradi.

Maksimal vazokonstruksiyada arterial qonni ochiluvchi areteriovenoz shuntlar orqali to’g’ridan to’g’ri chiqishi kuzatiladi. Bu bilan bog’liq ravishda venoz qonning kislorod bilan tuyinishi oshishi mumkin.

Agar shokning boshlang’ich fazasida asidoz local harakterga ega bo’lsa va oddiy kapilyar qon tekshirilganda namoyon bo’lmasa, unda dekompensaciyada asidoz yaqqol bo’ladi va korreksiyani talab qiladi. Qoidaga ko’ra, u to’qima gipoksiyasi chuqurlashgini ko’rsatadi.Umumiy teri oqarishi, arterial gipotenziya va anuriya bilan birgalikada akrosianoz fonida kelishi og’irlashtiruvchi symptom hisoblanadi, bu sho’kning qaytmas bosqichi yaqinlashayotganidan dalolat beradi.


Yüklə 230,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin