Tasdiqlayman


Dekompensaciyalangan shokning klinik alomatlari



Yüklə 230,77 Kb.
səhifə10/28
tarix02.01.2022
ölçüsü230,77 Kb.
#1316
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Dekompensaciyalangan shokning klinik alomatlari:

  1. Gipodenamik qon aylanish reaksiyasi (yurak minutlik hajmini kamayishini o’sib borishi).

  2. Arterial gipotenziya.

  3. Anuriya.

  4. Mikroserkulaciyani buzilishi (eritrisitlarning qon tomir ichi agregaciyasiva endagen, ekzogen pressorli aminlarga mikro qon tomirlar refrakterligi).

  5. Dekompensaciyalangan asidoz.

Shok rivojlanish davomida arterial bosimni tushishi sababli EKG da o’zgarishlar kuzatiladi, bunda koronar qon aylanishdagi o’zgarishlar ko’riladi. Qoildaga ko’ra, bu o’zgarishlar miokard oziqlanishini diffuz buzilganligidan dalolat beradi.Normal EKG da ko’krak ulanishida tishchalar voltajini kamayishi kuzatiladi, shuningdek ST segment depressiyasi izoelektrik chiziqdan pastda bo’lishi, T tishchani tekislanishi kuzatiladi. Chap ko’krak ulanishida sezilarli o’zgarishlarni paydo bo’lishi chap qorincha oziqlanishini buzilganligidan dalolat beradi, uning ishlash faoliyati yomonligini bildiradi. Boshqa visseral a’zolarga nisbatan shok reaksiyalarida yurak qon aylanishdagi o’zgarishlarga chidamliroqdur.

Shokning dekompensaciyalangan qaytmas fazasidan kam farqlanadi va dekompensaciya qon aylanishini dekompensaciya vaqtida yanada chuqur o’zgarishlar fazasi hisoblanad.“Qaytmas” iborasini shartli deb hisoblasa ham bo’ladi, ammo bu bosqichda bo’ladigan o’zgarishlar juda chuqurdir, chunki bunday o’zgarishlarni bartaraf etish va qayta tiklash faqat nazariy jihatdangina mumkin. Agarda qon aylanishni dekompensaciyasi uzoq davom etsa (12 s. ko’proq) va muximi chuqurlashishga moyil bo’lsa, bemorni dalashga qaramay, arterial bosimi stabil bo’lmasa, xushi karaxt bo’lsa, anuriya kuzatilsa, sianoz va qo’l-oyoqlarda temperatura pasaysa, pastroqda joylashgan teri qismlarida sionatik o’zgarishlar, asidozni chuqurlashishi kuzatilsa, bunday xolatda shokni qaytarib bo’lmas deb hisoblasa bo’ladi.



Odatda shok qaytmas hisoblanadi, qachonki to’liq yordam 4s kechiksa!

To’rtta omilni kech yoki noto’liq oldi olinsa prognozi keskin yomonlashadi: 1) gipovolemiya; 2) nafas yetishmovchiligi; 3) qon ketishi; 4) og’riq sindromi.



Yüklə 230,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin