Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R



Yüklə 6,32 Mb.
səhifə12/20
tarix01.01.2017
ölçüsü6,32 Mb.
#4041
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20

13.Motivatsiya

Sog‘lom onadan – sog‘lom bola tug‘iladi. Bu homiladorlikning, tug‘ishdan oldin, tug‘ish va keyingi davrlar qanday o‘tishiga bog‘liqdir. Homilador ayollarning homiladorlik davri yaxshi o‘tishi, tug‘ish jarayoni yengil va asoratsiz o‘tishida davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Davolovchi jismoniy tarbiyaning afzalligi shundaki, unda dori moddalari ishlatilmaydi, insonning hayoti davomida bajaradigan fiziologik harakatlar qo‘llaniladi. Shuning uchun asosiy e'tibor homiladorlik vaqtida, tug‘ish davrida va har xil ginekologik kasalliklarda va jarrohlikda jismoniy mashqlarning davolash maqsadida qo‘llanilishiga qaratiladi.

Akusherlik va ginekologiya amaliyotida davolovchi jismoniy tarbiyani homiladorlikda, tug‘ruqdan keyin, erta chilla davrida va ginekologik kasalliklarda qo‘llaniladi. Homiladorlikda qo‘llanilganda DJTni ayol organizmiga gigienik faktor sifatida va ayolning salomatligida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan har turli o‘zgarishlar va buzilishlarning oldini olish chorasi bo‘lib ta'sir qiladi.

Talabalarni davolovchi jismoniy tarbiyaning homiladorlikda, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi davrda, har xil ginekologik kasalliklarda va pediatriyada qo‘llanilishining o‘ziga xosligi va ahamiyati bilan tanishtirish.



14. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:

DJT fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha bioximiya, fakultativ terapiya, travmatologiya va ortopediya, jismoniy tarbi va shifokor nazorati fanlari bilan uzviy bog‘langan.



15. Mashgulot mazmuni

15.1. Nazariy kismi

Ayollarda homiladorlik davri yengil kechishi, homilaning yaxshi rivojlanishi, tug‘ish jarayonining yengil va asoratsiz kechishi uchun davolovchi jismoniy tarbiya keng qo‘llniladi. Davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilishi homiladorlikning trimestrlariga bog‘liq, ya'ni quyidagi trimestrlar farqlanadi :

- 1-trimestr - 16 haftagacha

- 2-trimestr - 17-32 haftalar

- 3-trimestr - 33-40 haftalar

1-trimestrda davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash.

Vazifalari :

1.Homilaning rivojlanishiga optimal holatlarni yuzaga keltirish.

2.Homilador ayolni to‘liq nafas olishga o‘rgatish.

3.Asta-sekinlik bilan yurak-qon tomir va boshqa sistemalarni o‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga moslashtirish.

4.Homilador ayolni erkin holatda mushaklarni kuchlantirish va bo‘shashtirishga o‘rgatish.

Bu trimestrda homilaning tushushini oldini olish maqsadida qorin ichki bosimini keskin ko‘taradigan mashqlar tavsiya etilmaydi. Davolovchi gimnastik muolajaning kirish qismida ayollar uchun qo‘l-oyoqlarning distal – proksimal qismlariga mashqlar, dinamik va statik nafas mashqlari beriladi. Mashg‘ulotning asosiy qismida ko‘krak va diafragmal nafas mashqlari bilan birga qorin oldi mushak pressi va tos tubi mushaklari uchun mashq beriladi. Qorin oldi mushak pressi va tos tubi mushaklari uchun mashqlar orqada, yon boshda yotgan, tizza-kaft dastlabki holatlarida beriladi. Qorin ichki bosimini keskin oshiruvchi quyidagi mashqlar tavsiya etilmaydi :

- bir vaqtning o‘zida to‘g‘ri oyoqlarni yuqoriga ko‘tarish;

- yotgan holatdan keskin ravishda o‘tirgan holatga o‘tish;

- keskin ravishda tanani orqaga va oldinga bukish va h.z.

Mashg‘ulotning tugallanish qismida statik va dinamik nafas mashqlari, qo‘l-oyoqlarning distal va proksimal qismlariga mashqlar va bo‘shashtiruvchi mashqlar tavsiya etiladi.

Davolovchi gimnastik muolajalaridan tashqari ayollarga toza havoda sayr etish buyuriladi.

2-trimestrda shifobaxsh jismoniy tarbiyani qo‘llash.

Vazifalari:

1.Homilaning oksigenatsiyasini va qon bilan ta'minlanishini yaxshilash.

2.Qorin oldi mushaklar pressini mustahkamlash.

3.Tos tubining elastiklik darajasini oshirish.

4.Umurtqa pog‘anasining elastiklik darajasini va tos bog‘lamlarining qo‘zg‘aluvchanligini oshirish.

5.Qon dimlanish holatlari bilan kurashish.

6.Yurak-qon tomir sistemasini jismoniy yuklamalarga moslashtirish.

Bu davrda homilador ayolda ikkinchi yoki plansentar qon aylanish doirasi hosil bo‘ladi, natijada yurakning qisqarish soni ortadi va kislorodga ixtiyoj oshadi, umumiy qonning hajmi ortadi. Bachadon o‘lchovlarining ortishi bilan bel lordozi kuchayadi va tosning bukilgan burchagi ortadi. Orqaning uzun mushaklari har doim statik kuchlangan holatda bo‘ladi. Doimiy ravishda o‘sayotgan bachadon tos venalarini siqib qo‘yadi, shuning natijasida bachadon venalaridagi bosimning oyoq venalaridagiga nisbatan yuqori bo‘lishi, oyoqlardan qonning oqishiga qiyinchilik yaratadi, shuning uchun homiladorlikning 2-trimestrida oyoq tomirlarida varikoz kengayishi holatlari yuzaga keladi. Bundan tashqari mashqlar homilador ayolning diurezini va ichak peristaltikasini oshiradi. Davolovchi gimnstika muolajasining kirish qismida qo‘l-oyoqlarning distal qismiga mashqlar, statik va dinamik nafas mashqlari beriladi. Asosiy qismida qorin oldi mushaklar pressi, tos tubi mushaklari, dumba mushagi, sonning olib keluvchi mushaklari uchun mashqlar tavsiya etiladi.Bunda homilador ayolga qorin oldi mushaklari va tos mushaklarining funksional holatini kengaytirish mashqlari qo‘llaniladi, bu bilan bo‘ladigan tug‘ish jarayoniga tayyorlanadi. Mashg‘ulotlarda orqaning uzun mushaklari uchun, ya'ni tanani burish va aylantirish, bu bilan homilador ayolning tayanch markazi mustahkamlanadi. Tos tubi mushaklarining holatini yaxshilovchi mashqlar, ya'ni tos-son bo‘g‘imi va dumg‘aza yon bosh qo‘shilmasining qo‘zg‘aluvchanlik darajasi yarim o‘tirgan, yurganda oldinga va yon boshga tashlanadigan mashqlar bilan amalga oshiriladi, gimnastik narvon oldida turib asta-sekinlik bilan 1-4 pog‘anaga chiqib tushish tavsiya etiladi. Shuningdek statik, dinamik nafas mashq-lari, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar bilan birga olib boriladi. Mashqlar turgan, o‘tirgan, yon boshda yotgan dastlabki holatlarda bajarilishi mumkin.

Mashg‘ulotning tugallanish qismida statik, dinamik nafas mashqlari, qo‘l-oyoqlarning distal qismlari uchun va umumiy bo‘shashtiruvchi mashq-lar beriladi. Bu trimestrda autotrening elementlarini tavsiya etish mumkin.

3-trimestrda davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash.

Vazifalari :

1.Nafas va qon aylanishini stimulyasiya qilish.

2.Qon dimlanishlari bilan kurashish.

3.Ichakning faoliyatini stimullash.

4.Qorin oldi mushak pressining tonusini ushlab turish.

5.Dumg‘aza yon bosh qo‘shilmasi, son-tos bo‘g‘imi va umurtqa pog‘anasining qo‘zg‘aluvchanligini oshirish.

6.Tug‘ish jarayonida bajariladigan mashqlarga o‘rgatish.

7.Ayolga chuqur nafas olib, mushaklarni bo‘shashtirish mashqlariga o‘rgatish.

Mashg‘ulotning kirish qismida periferik va kollateral qon oqimini yaxshilash uchun qo‘l-oyoqlarning distal qismi uchun mashqlar, o‘pka ventilyasiyasini yaxshilash uchun statik, dinamik nafas mashqlari tavsiya etiladi. Asosiy qismda tos tubi, qorin oldi mushaklar pressi, dumg‘aza yon bosh qo‘shilmasi, son-tos bo‘g‘imi va umurtqa pog‘anasi uchun mashqlar beriladi. Nafas olganda qorin oldi mushak pressini kuchaytiruvchi mashqlar, ko‘krak va diafragmal nafas mashqlari bajariladi. Tug‘ishning 1-davrida bajariladigan mashqlar beriladi. Mashqlar turgan, o‘tirgan, orqada yotib boshi ko‘tarilgan, yon boshda yotgan dastlabki holatlarda bajariladi.Mashg‘ulotning tugallanish qismida statik (diafragmal) nafas mashqlari, qo‘l-oyoqning distal qismlari uchun va umumiy bo‘shashtiruvchi mashqlar buyuriladi.

Bu trimestrda asosiy e'tibor nafas olganda nafasni ushlab turish bilan va tos tubi mushaklarini bo‘shashtirish mashqlari trenirovkasiga berilishi kerak. Homilador ayollarning tug‘ish davrida umumiy qarshi ko‘rsatmalardan tashqari tug‘ish davrining 1-davrida akusherlik holatlarida xususiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘lishi mumkin, shuning uchun tug‘ishning 1-davrida homilador ayollar akusher-ginekolog tomonidan muntazam nazorat ostida bo‘lishlari zarur. Shifobaxsh jismoniy tarbiya buyurilishidan oldin homilador ayolning jismoniy tayyorgarligini baholash kerak. Bu bilan jismoniy mashqlar ichidan optimal mashqlarni tanlab olish, kardiorespirator sistemasining faoliyat darajasini va shu bilan organizmning funksional imkoniyatlarini aniqlash mumkin. Shuning uchun mashg‘ulotlardan oldin va keyin mashg‘ulot jarayonida puls, nafas olish, arterial bosim, o‘pkaning tiriklik hajmi, homilaning holati nazorat qilib borilishi kerak. Homilaning holati asosan yurak urishining soni va sifati bilan baholanadi. Muolaja davomida umumiy rivojlantiruvchi va nafas mashqlari tavsiya etiladi. Bu mashqlar asosan bo‘shashtiruvchi mashqlar bilan birgalikda olib borilishi kerak, chunki tug‘ish jarayonida ayollarning ish qobiliyatini oshirish maqsadida, ya'ni tug‘ishning birinchi 8 soatida charchoq holatining oldi olinadi, periferik qon aylanishi, tashqi nafas olish funksiyalari yaxshilanadi. Bo‘yinchaning 3 smga ochilishi bilan muolaja kompleksiga dinamik nafas mashqlari, qo‘l-oyoqlar, tana va bo‘yin mushaklari uchun umumiy rivojlantiruvchi mashqlar va bo‘shashtiruvchi mashqlar beriladi. Dard vaqtida statik nafas mashqlari (ko‘krak, diafragmal) asta-sekinlik bilan nafas olishni uzaytirilgan holatda olib borilishi kerak. 2-davrida asosan yotgan holatda qo‘l-oyoq, bo‘yin mushaklari uchun yengil bajariladigan mashqlar, orqa, qorin, dumba mushaklarini bo‘shashtiruvchi mashqlar va statik nafas mashqlari berilishi kerak.

Ginekologiyada DJT

Ayollar jinsiy organlarining yallig‘lanish kasalliklarida (salpingoomfarit, metroendometrit, parametrit), bachadonning anomaliyalarida (retrofleksiyasi), bachadonning va qinning pastga tushishlarida davolovchi jismoniy tarbiya keng qo‘llaniladi.

Ayollar jinsiy organlarining yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llaniladigan davolovchi jismoniy tarbiyaning vazifalari :

-organizmning umumiy holatiga ta'sir etib, kasalliklarga organizmning umumiy qarshiligini oshirish;

-qon turib qolishlari bilan kurashish;

-qon-limfa aylanishini kuchaytirish;

-to‘qimalarda oksidlanish-tiklanish jarayonlarini oshirish;

-kichik tos organlarida venoz qon turib qolishlarini kamaytirish va yo‘qotish;

-gipodinamiya bilan kurashish, asoratlarni yo‘qotish.

Davolovchi gimnastika muolajasi asosan erkin tartibotda beriladi. Unda turgan, o‘tirgan, tizzada turgan, orqada va qorinda yotgan, tizza-tirsak dastlabki holatlaridan foydalaniladi. Mashqlar asosan butun tana mushak-lari uchun buyuriladi. Maxsus mashqlar bo‘lib tos tubi, tos-son bo‘g‘imi, oraliq mushaklariga beriladigan mashqlar hisoblanadi. Tos-son bo‘g‘imi uchun mashqlar orqada yotgan dastlabki holatda bajariladi, ya'ni oyoqlarni bukkan holatda qoringa olib kelish va dastlabki holatga keltirish, bir vaqtning o‘zida to‘g‘ri oyoqlarni ko‘tarish, ma'lum gradusga ko‘targan holda aylanma harakat qilish, oyoqlarni yuqoriga ko‘targan holatda “yurish” yoki velosiped “haydash” imitatsiyasi, “shag‘am” mashqi. Qorinda yotgan holatda bras usulida “suzish” mashqi, yarim o‘tirgan holatda oyoqlarni yon tomonga kengaytirish, tanani oyoq tomonga bukish, o‘tirgan holatda oyoqlar yordamida “qaychi” mashqi va oyoqlar bilan rotatsion mashqlar bajariladi. Tos tubi mushaklari uchun mashqlar asosan turgan holatda yurish bilan bajariladi, ya'ni oyoqlarni yuqoriga ko‘tarib, tovon bilan dumba tomonga harakat qilish, oyoqlarni ko‘tarib ko‘krak tomonga harakat qilish, erkin yoki tayanib turgan holatda oyoqlarni oldinga, orqaga, yonga harakat mashqlari, qiyinlashtirilgan yurish va yurganda tanani oldinga tashlash, yarim o‘tirib yurish va to‘siqlar osha yurish mashqlari tavsiya etiladi. Qorin oldi mushaklariga beriladigan mashqlar yordamida bemorlarda bo‘ladigan qorin oldi mushaklarining bo‘shashganlik va qavziyat holatlari kamaytiriladi va yo‘qotiladi. Mashqlar o‘rta sur'atda, kengligi asta-sekin oshirib borish bilan o‘tkaziladi. Bemorlarga davolovchi jismoniy tarbiya vositalaridan tashqari ertalabki badan tarbiya, bemorlarga individual topshiriqlar, ya'ni shakllar beriladi. Bemorlar shifoxonadan tashqarida davolovchi jismoniy tarbiya bilan ayollar maslahat xonalarida yoki shifokor-jismoniy tarbiya dispanserlarida davom ettiradilar. Ularda davolovchi jismoniy tarbiya bilan bir vaqtda ginekologik hamda segmentar massaj o‘tkazish mumkin.

Bachadonning anomaliyalarida davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash va uning vazifalari :

-kichik tosdagi qon va limfa aylanishini kuchaytirish, trofikasini yaxshilash;

-qorin oldi mushak pressini rivojlantirish;

-tos tubida joylashgan organlarning bir-biriga bog‘liqligini oshirish;

-tos tubi mushaklarini mustaxkamlash;

-qorin ichki bosimini kamaytirish, bachadon bog‘lam apparatini mustaxkamlash, siydik qopi va uretraning sfinkterini mustaxkamlash.

Yuqorida qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun qo‘llaniladigan va tanlanadigan dastlabki holatlar muhim ahamiyatga ega. Davolovchi gimnastika mashg‘ulotlarida asosan tizza-kaft, tizza-tirsak, tizza-ko‘krak dastlabki holatlari keng qo‘llaniladi. Bu bilan bukilgan ichki organ yuqoriga harakat qildiriladi. Qorin oldi mushak pressi bo‘shashtiriladi, qorin ichki bosimi kamaytiriladi. Bog‘lam-mushak apparati funksiyasining yaxshilanishi va tiklanishini oyoqlarning harakati yordamida amalga oshiriladi, bunda sonlarning yon tomonga tashlanishi va rotatsiyasi katta ahamiyatga ega. Bu bilan bel-dumg‘aza, noksimon mushaklar faoliyati oshadi. Ularning qisqarishi qon oqimini tezlashtiradi, bo‘shashishi esa kichik tos organlarini qon bilan to‘lishini yaxshilaydi. Davolovchi gimnastika muolajalari asosan ginekologik massaj yoki fizioterapevtik muolajalardan 1-2 soatdan so‘ng o‘tkazilishi tavsiya etiladi. Umumiy talab bo‘lib, mashg‘ulotlardan oldin siydik qopi va to‘g‘ri ichak bo‘shatilgan bo‘lishi kerak. Umumiyrivojlantiruvchi mashqlar asosan nafas va umumiy bo‘shashtiruvchi mashqlar bilan amalga oshiriladi. Agarda bemorlarda fiksatsiyalangan retrofleksa holati bo‘lsa, mashg‘ulot davomida ular tizza-ko‘krak dastlabki holatida 3-4 minut turishlari kerak. Bu mashq mashg‘ulot davomida 3-4 marta qaytariladi. Mushaklarni umumiy bo‘shashtirish uchun qorinda yotgan holat tavsiya etiladi. Agarda bachadon normal holatda uzoq vaqt ushlab turilsa, unda qorinning to‘g‘ri va qiyshiq mushaklari uchun mashqlar, suzish, chang‘ida uchish, me'yorli yurish mashqlari beriladi. Bemorlarga og‘irlik ko‘trish, sakrash, xatlab o‘tish, yugurish, orqaga yeqilish mashqlari tavsiya etilmaydi.

Bachadon va qin pastga tushganida davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llashda asosiy e'tibor tos tubi mushaklarini mustaxkamlashga qaratiladi. Bachadon va qin tushishining boshlang‘ich bosqichida ginekologik massaj tavsiya etiladi, bunda mahalliy qon oqimi yaxshilanadi, venoz qon turib qolish kamayadi, tos tubi mushaklari mustahkamlanadi. Ginekologik massaj davolovchi gimnastika muolajasidan oldin o‘tkazilishi kerak. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar bachadon va qinni pastga tushish darajasini oshirib yubormasligi uchun har bir ayolga alohida gimnastik mashqlar kompleksi tanlab olinishi zarur, unda qorin ichki bosimini oshiruvchi mashqlar bo‘lmasligi kerak. Turgan va o‘tirgan dastlabki holatlarida oyoqlarni oldinga olib kelish va oyoq mushaklariga izometrik mashqlar beriladi. Orqada, yon boshda, qorinda yotgan, tos sohasi ko‘tarilib orqada yotgan, turgan dastlabki holatlarda tos tubi mushaklarini mustahkamlash uchun quyidagi mashqlar tavsiya etiladi :

Orqada yotgan dastlabki holatda

-anus sfinkterini o‘ziga tortish va bo‘shashtirish;

-to‘g‘ri oyoqlarni bir-biriga olib kelish va kengaytirish;

-tirsakka va tovonga tayangan holatda tosni yuqoriga ko‘tarish;

-ketma-ket yoki bir vaqtning o‘zida oyoqlarni tizzada bukib, ko‘krak tomonga olib kelish;

-ketma-ket to‘g‘ri oyoqlarni ko‘targan holatda aylanma harakatlarni bajarish;

-“shag‘am” mashqlarini bajarish.

Yon boshda yotgan dastlabki holatda

-bukilgan oyoqni ko‘krak tomonga harakat qildirish;

-yuqorida turgan oyoqni aylanma harakat qildirish;

-bir vaqtning o‘zida to‘g‘ri oyoqlarni oldinga va orqaga, yuqoriga harakat qildirish.

Qorinda yotgan dastlabki holatda

-ketma-ket yoki bir vaqtning o‘zida to‘g‘ri oyoqlarni ko‘tarish;

-bras usulida “suzish”;

-to‘g‘ri oyoqlarni kengaytirish va birlashtirish;

-tirsakka tayangan holatda umurtqa pog‘anasini ko‘tarish.

Orqada yotgan dastlabki holatda

-oyoqlar gimnastika narvoniga qo‘yilib, to‘g‘ri oyoqlarni kengaytirish va birlashtirish;

-ketma-ket oyoqlarni ichkariga va tashqariga rotatsiya qilish;

-tirsak va ko‘krakka tayangan holatda tos sohasini ko‘tarish.

Turgan dastlabki holatda

-tanani aylantirish, orqaga va oldinga bukish;

-aylanma va burilish mashqlarida qo‘llarni harakatga keltirish.

Yuqorida keltirilgan mashqlar statik, dinamik nafas mashqlari bilan birgalikda olib borilishi kerak. Bemor ayollarga yugurish, sakrash xatlab o‘tish mashqlari qat'iy man etiladi.

Bemorlarga berilgan davolovchi gimnastika muolajasining organizmga bo‘layotgan ta'sirini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki berilayotgan yuklama ko‘paysa organizmga salbiy ta'sir etib, kasallikni kuchaytirib yuborishi, asoratlarga olib kelishi mumkin. Agarda berilayotgan jismoniy yuklama kam bo‘lsa, oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajara olmaymiz. Shuning uchun mashg‘ulot davomida, bemorlar shifoxonada davolanish vaqtida berilayotgan jismoniy yuklamalarning organizmga ta'sirini, ya'ni davolovchi jismoniy tarbiya samaradorligini baholashimiz kerak. Samaradorlikni baholash uchun har xil usullardan foydalaniladi.

Anomaliyalarida operativ davodan keyin va operatsiyadan oldin davolovchi jismoniy tarbiya keng qo‘llaniladi.

Jimoniy mashqlarning samaradorligini baholash usullari.

Homiladorlik va tug‘riqdan keyingi davrda davolash maqsadida, hamda pediatriyada qo‘llanilayotgan davolovchi gimnastika muolajasining samaradorligini baholashda quyidagilardan foydalaniladi :

-yurakning qisqarish soni;

-arterial bosim;

-nafas olish soni;

-bolaning rivojlanishini;

-bolaning yoshga bog‘liq xususiyatlari baxolash;

-spirometriya;

-spirografiya;

-homila holatini kuzatish;

-homila yurak urishining sonini va sifatini aniqlash.

Ginekologik kasalliklarda davolovchi gimnastika muolajasining samaradorligini baholashda quyidagilardan foydalaniladi :

-yurakning qisqarish soni;

-arterial bosim;

-nafas olish soni;

-spirometriya;

-spirografiya;

-oksigemometriya;

-yotgan va turgan dastlabki holatlarda kindak sohasida qorin aylanasini o‘lchash.

Bolalar kasalliklarida DJT.

Maksad: talabalarga ShJTga kursatmani o‘rgatish, davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashni o‘rgatish, bolalar kasalliklarining xususiyatlarini hisobga olib kompleks davolashni tuzishni o‘rgatish.

Topshiriklar:

- bolalar kasalliklarida DJT yunalishni tanlash;

- bolalar kasalliklarida etiopatogenetik va simptomatik davolash;

- bolalar kasalliklarining profilaktikasi va sog‘lomlashtirishning asosiy usullari.

Xozirgi zamonda kasalliklarni davolash va ularning profilaktikasida qator tabiiy faktorlarni qo‘llash imkoniyatiga ega. Ular o‘sib borayotgan organizmning ko‘plab fiziologik jarayonlariga aktiv tasir etadi: himoya kuchini oshiradi, yalliglanishga qarshi tasir qiladi, funksional buzilishlarga qarshi tasir kiladi, adaptatsion qobiliyatni oshiradi.

DJT bolalarning o‘tkir va surunkali kasalliklarini davolashda ajralmas qisimga aylandi. Pediatriya bolalar organizmining yoshga bog‘lik anatomo-fiziologik xususiyatlari shartli qilib olingan. Bola organizmining funksional yetilmaganligi xarorat muvozanatini ushlab turolmaganligi tufayli fizik va kimyoviy boshqoruviga bog‘lik bo‘lgan moddalar almashinuvi jadalligi va buning natijasida issiqlik xosil bo‘lishi organizmning gomeotermik xolatini ushlab turadi. Bola qanchalik yosh bulsa, fizik vositalar bilan davolash shunchalik ahamiyatli bo‘ladi. Ularni quyidagicha o‘tkazish mumkin.Bola ulgaygan sayin uning tarbiyasida shartli reflekslar paydo buladi. Avvaliga shartli reflekslar uzoq vaqt shakillangani uchun sust bo‘ladi. Ularning tezlashishi 2 yoshdan oshganda va yana qayta sustlashishi pubertat yoshda buladi. Bolalarda shartli reflekslar bekaror bo‘ladi. Xar kanday kichik tashqi yoki ichki ( yangi sharoit,salbiy o‘zgalishlar, interkurrent kasalliklar, kuchli affektlar ) o‘zgarishlar markaziy asab tizimi faoliyati tormozlanishi va shartli reflekslar shakllanishining cheklanishiga olib keladi. Bolalar uchun tormozlanish Jarayonining sekin rivojlanish xarakterli, bolalarda irodaviy faollik yoshi kattalarga nisbatan sust. Bolaning suyaklari kattik moddani kam tutadi, qanchalik yumshok va elastik bo‘lsa shunchalik deformatsiya va dislokatsiyaning shakllanishi kam buladi. Mushak tizimi yoshga bog‘lik xolda rivojlanadi. Bola tug‘ilgandan keyin uning yozuvchi mushaklarining usishi bukuvchi mushaklarga nisbatan axamiyatlirok. Bola hayotining 1,5 – 2 chi oylarida xarakatlari impuls-reflektor, tarqoq koordinatsiyalashmagan, stereotipik atetozasimon xarakterga ega buladi. Piramida tizimi va bosh miya pustlok kismining boshkaruvchanligi boshlangandan sung maksadga yunaltirilgan va differensiallashgan xarakatlar boshlanadi.

Bu barcha momentlar bolalarda DJT kompleksini tuzish va iqlim-davolash o‘tkazishda o‘z aksini topadi.



  1. Bolalarga DJT kichik dozalarda buyuriladi. Bunda kuch ishlatish shart bulmagan va muvozanatni ushlab turuvchi mashklar bajarilmaydi. Muolajalar kam vaqtda, lekin kuniga 2 – 3 martagacha buyuriladi.

  2. Bolalarda jismoniy mashqlarga faol ishtiroki ikki yoshdan keyin, qachonki ikkinchi signal tizimi ishga tushgandan so‘ng boshlanadi. Bu yoshda mashklar intensiv nutk mustaxkamlovchilar va bolaga tanish bulgan rasmlar Bilan bajariladi. Faqat olti yoshdan keyingina analitik-sintetik usuldagi mashqlarga bosqichma-bosqich o‘tiladi va bola o‘zi aktiv ishtirok etib mustaqil bajaradi.

  3. Bolaning klinik xususiyatlaridan kelib chikib asosiy joyda qiziqarli va modifikatsiyalashgan sport o‘yinlari, dozalangan sayr va ekskursiya ajratib olinadi. Shuning uchun bolaning yoshi qanchalik kichik bo‘lsa DJT kompleksiga o‘yin elementlari va o‘yinlar shuncha ko‘p kiritiladi.

DJT – kompleks nafas gimnastikasi, kukrak qafasi massaji, umumiy UBN keyinchalik bosqichma-bosqich mashg‘ulotlar: basseynda cho‘milish, suzish, sanator – kurort davolanish.

Nazariy qismni baholash mezoni.


Maksimal ball 25-24

23-21 ball

20-19 ball

17-16 ball

13 ball

A'lo

yaxshi

o‘rta

qoniqarsiz

yomon

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam


15.2. Taxliliy qism

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

Grafikli organayzerlar - fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi.

Klaster tuzilmasi

(klaster - tutam, bog‘lam) axborot xaritasini tuzish yo‘li barcha tuzilmaning markazlashtirishni aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish.

Klasterni tuzish qoidasi.

1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing.

2. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.

3. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e'tibor bermang.

4. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.

Pedagog tushintiradi.

1.Klaster tuzish qoidasi bilan tanishtiradi

2.Yozuv taxtasi yoki katta kog‘oz varag‘ini o‘rtasiga mavzu nomi yoki savol yozadi

Talaba bajaradi.

1.Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar yo‘ldoshlarni yozib qo‘shadilar.

2.Ularni asosiy so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiradilar.

3.Bu yo‘ldoshlarda kichik yo‘ldoshlar bo‘lishi mumkin.

4.Yozuvni ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugaguncha davom etrishlari mumkin.

Klaster tuzishga savollar to‘plami:



  1. Homiladorlik davrida DJTning usullari va ularning afzalliklari?

  2. Tug‘ruq davrida DJTni qo‘llashdan maqsad.

  3. Tug‘ruqdan keyingi davrda qo‘llaniladigan DJTning qanday vositalarini bilasiz?

  4. Ayol jinsiy organi yallig‘lanishida DJTning shakllari va ularning davolash jarayonidagi ahamiyati?


Yüklə 6,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin